2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 17-dekabrdagi 86-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarida budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish, yopish va yuritish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2414, 2013-yil 18-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 3-son, 42-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 24-mart,
21-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 24-martdagi 21-sonli buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini yuritish
1. Budjet tizimi budjetlari va boshqa maqsadli jamgʻarmalar budjetlari (bundan buyon matnda BMJ deb yuritiladi) daromadlari va mablagʻlari xarajati hisobi boʻyicha operatsiyalarni yuritish maqsadida budjet tizimi budjetlarining tegishli darajalari, budjet tashkilotlari, budjet mablagʻlari oluvchilar, BMJ budjetlaridan mablagʻ oluvchilar uchun moliya organlari va davlat maqsadli jamgʻarmalarini (bundan buyon matnda DMJ deb yuritiladi) va BMJ taqsimlovchi organlari tomonidan “OʻRMV” ATda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti budjet tasnifining tegishli kodlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi.
2. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
BMJ — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (bundan buyon matnda Moliya vazirligi deb yuritiladi) huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi va Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini texnika bilan taʼminlashni davlat tomonidan ragʻbatlantirish jamgʻarmasi;
xarajatlarni toʻlash uchun ruxsatnoma (bundan buyon matnda XTR deb yuritiladi) — budjet tashkilotiga yoki budjet mablagʻlari oluvchiga Moliya vazirligi Gʻaznachiligi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha Gʻaznachilik boshqarmalari, tumanlar va shaharlar boʻyicha Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan beriladigan, XTRda koʻrsatilgan vaqt davridan boshlab budjet tashkiloti yoki budjet mablagʻlari oluvchi uning doirasida moliyaviy majburiyatlar qabul qila oladigan va kassa xarajatlarini amalga oshira oladigan budjetdan ajratilgan mablagʻlar summasini aks ettiruvchi hujjat;
“OʻRMV” AT — tegishli budjetlarning budjet jarayonini kompleks avtomatlashtirish, shu jumladan budjet tizimi budjetlari va BMJ budjetlari ijrosi bilan bogʻliq operatsiyalarni aks ettirish uchun moʻljallangan axborot tizimi;
“UzASBO” DM — budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobi va hisobotining yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun moʻljallangan dasturiy majmua.
3. Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari quyidagi turlarga boʻlinadi:
budjet tizimi budjetlari va BMJ budjetlari darajalari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari (bundan buyon matnda darajalar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari deb yuritiladi);
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti, DMJ va BMJ daromadlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari (bundan buyon matnda daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari deb yuritiladi);
budjet tashkilotlari, budjet mablagʻlari oluvchilar va BMJ budjetidan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari (bundan buyon matnda xarajatlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari deb yuritiladi).
4. Darajalar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari budjet tizimi budjetlarining tegishli darajalari va turlarining tasdiqlangan budjet mablagʻlari hajmlari boʻyicha maʼlumotlarni, turli darajadagi budjet tizimi budjetlari oʻrtasida taqsimlangan oʻzaro hisob-kitob mablagʻlari boʻyicha operatsiyalarni, budjet tizimi budjetlari va BMJ budjetlarining gʻazna ijrosi jarayonida budjet tizimi tegishli budjetlarining kassa daromadlari va xarajatlari summalari hajmini oʻzida aks ettirishga moʻljallangan analitik hisob registrlari hisoblanadi.
5. Darajalar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi raqami oʻn yetti razryaddan iborat:
1 dan 6 gacha boʻlgan razryadlar — tasdiqlangan Budjet tizimi budjetlari mablagʻlarining manbalari va darajalari tasnifiga muvofiq mablagʻlar manbasi va tegishli budjetlar darajalari kodi;
7 dan 9 gacha boʻlgan razryadlar — tasdiqlangan Valyutalar tasnifiga muvofiq valyuta kodi;
10 dan 14 gacha boʻlgan razryadlar — tasdiqlangan Hududiy tasnifga muvofiq hududiy tegishlilik kodi;
15 dan 17 gacha boʻlgan razryadlar — “OʻRMV” ATda avtomatik tarzda beriladigan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻining noyob raqami.
6. Daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari budjet tizimi tegishli budjetlarining tasdiqlangan daromadlari miqdori boʻyicha maʼlumotlarni, budjet tizimi budjetlari va BMJ budjetlari daromadlarining gʻazna ijrosi jarayonida daromadlarning kassa tushumlari hajmini va tegishli budjetlarga va budjetlardan daromadlar turlari va manbalari boʻyicha qaytarish (hisobga olish) summalarini oʻzida aks ettirishga moʻljallangan analitik hisob registrlari hisoblanadi.
7. Daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari kelib tushayotgan daromadlarning tegishli budjetlarga mablagʻlar kirimi amalga oshirilgan tegishli hududga mansubligini aniqlaydi.
8. Daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi raqami yigirma besh razryaddan iborat:
1 dan 6 gacha boʻlgan razryadlar — tasdiqlangan Budjet tizimi budjetlari mablagʻlarining manbalari va darajalari tasnifiga muvofiq mablagʻlar manbasi va tegishli budjetlar darajalari kodi;
7 dan 9 gacha boʻlgan razryadlar — tasdiqlangan Valyutalar tasnifiga muvofiq valyuta kodi;
10-razryad — nazorat kaliti;
11 dan 15 gacha boʻlgan razryadlar — tasdiqlangan Hududiy tasnifga muvofiq hududiy tegishlilik kodi;
16 dan 22 gacha boʻlgan razryadlar — daromad turi;
23 dan 25 gacha boʻlgan razryadlar — Tashkiliy tasnifning tegishli kodi.
4-§. Xarajatlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari
9. Xarajatlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari tasdiqlangan (aniqlangan) rejali budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni, roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik va moliyaviy majburiyatlarni, XTRlarni, amalga oshirilgan kassa xarajatlarini oʻzida aks ettirishga moʻljallangan analitik hisob registrlari hisoblanadi.
10. Xarajatlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari raqami yigirma yetti razryaddan iborat:
1 dan 6 gacha boʻlgan razryadlar — tasdiqlangan Budjet tizimi budjetlari mablagʻlarining manbalari va darajalari tasnifiga muvofiq mablagʻlar manbasi va tegishli budjetlar darajalari kodi;
7 dan 9 gacha boʻlgan razryadlar — tasdiqlangan Valyutalar tasnifiga muvofiq valyuta kodi;
10 dan 14 gacha boʻlgan razryadlar — tasdiqlangan Hududiy tasnifga muvofiq hududiy tegishlilik kodi;
15 dan 21 gacha boʻlgan razryadlar — Vazifa jihatdan tasnifining tegishli kodi;
22 dan 24 gacha boʻlgan razryadlar — Tashkiliy tasnifning tegishli kodi;
25 dan 27 gacha boʻlgan razryadlar — “OʻRMV” ATda avtomatik tarzda beriladigan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻining noyob raqami.
11. Xarajatlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ikki turga boʻlinadi: budjet va budjetdan tashqari.
12. Xarajatlar boʻyicha budjet shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida quyidagilarning hisobi olib boriladi:
ularning faoliyatini yuritishni taʼminlash va markazlashgan tadbirlarini amalga oshirish uchun xarajatlar smetasida nazarda tutilgan rejali budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va BMJ mablagʻlari;
yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan quyi tashkilotlar uchun nazarda tutilgan rejali budjetdan ajratiladigan mablagʻlar;
kapital qurilish obyektlari boʻyicha xarajatlarning oylik yoyilmasida nazarda tutilgan rejali budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va DMJ mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Zaxira jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamgʻarmalari mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablagʻlar;
yuridik va moliyaviy majburiyatlar;
XTR;
kassa xarajatlari.
13. Xarajatlar boʻyicha budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida quyidagilarning hisobi olib boriladi:
budjet tashkilotlari, budjet mablagʻlari oluvchilari va BMJ budjetidan mablagʻ oluvchilarning tegishli smetalarida nazarda tutilgan rejali budjetdan tashqari mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlarning tushumi va sarflanish yoʻnalishlari chegaralanmagan turlari bundan mustasno;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjeti boʻyicha — tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari moliya boshqarmalari tomonidan;
DMJ budjetlari boʻyicha — DMJ taqsimlovchi organlar tomonidan;
BMJ budjetlari boʻyicha — BMJ taqsimlovchi organlar tomonidan.
15. Darajalar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochilganidan yoki oʻzgartirilganidan soʻng hududiy moliya organlari hamda DMJ va BMJ taqsimlovchi organlar bu haqda gʻaznachilik boʻlinmalari, davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlariga xabar beradilar.
16. Darajalar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida tegishli budjetlarning darajalari va turlarining tasdiqlangan budjet mablagʻlari hajmlari, turli darajadagi budjet tizimi budjetlari oʻrtasida taqsimlangan oʻzaro hisob-kitob mablagʻlari boʻyicha operatsiyalar, budjet tizimi budjetlari va BMJ budjetlarining gʻazna ijrosi jarayonida tegishli budjetlarning kassa daromadlari va xarajatlari summalarining hajmi boʻyicha maʼlumotlar hisobi yuritiladi.
17. Darajalar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarining yopilishi tegishli budjetga mansub boʻlgan hudud qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan (birlashtirilgan) hollarda amalga oshiriladi. Boshqa hollarda, darajalar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari yopilmaydi.
18. Ochilgan va yopilgan darajalar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hisobi “OʻRMV” ATda Darajalar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobida elektron koʻrinishda mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladi.
20. Daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari tegishli yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tegishli hududda toʻlanadigan, budjet tasnifiga muvofiq har bir soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar, maʼmuriy jarimalar va moliyaviy sanksiyalar (bundan buyon matnda toʻlovlar deb yuritiladi) boʻyicha har bir budjet uchun ochiladi.
21. Daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochilgandan yoki oʻzgartirilgandan soʻng Moliya vazirligi bu haqda tegishli hududiy moliya organlari, gʻaznachilik boʻlinmalari, DMJ va BMJ taqsimlovchi organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, shuningdek toʻlovlarni undiruvchi vakolatli organlarga xabar beradi.
22. Toʻlovlarni undiruvchi vakolatli organlar toʻlovchilarga daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni yetkazadilar.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻlovchilarning hisob raqamlari ochilgan barcha tijorat banklariga daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni yetkazadi.
24. Daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida tegishli budjetlar daromadlarining tasdiqlangan rejaviy hajmi, haqiqiy tushumlar hajmlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, DMJ va BMJ budjetlari daromadlarining gʻazna ijrosi jarayonida darajalar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga amalga oshirilgan ajratmalar (taqsimotlar) hamda tegishli budjetlarga yoki tegishli budjetlardan daromadlar turlari va manbasi boʻyicha qaytarilgan (hisobga olingan) summalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hisobi yuritiladi.
25. Daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarining yopilishi tegishli budjetga oʻtkazilishi lozim boʻlgan toʻlov turi bekor qilingan hollarda amalga oshiriladi.
26. Ochilgan va yopilgan daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hisobi “OʻRMV” ATda Daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobida elektron koʻrinishda mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladi.
3-§. Xarajatlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish
27. Xarajatlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ularning belgilangan maqsadiga koʻra mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq tegishli turlar boʻyicha:
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar boʻyicha — Moliya vazirligi tomonidan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar boʻyicha — tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari moliya boshqarmalari tomonidan;
28. Xarajatlar boʻyicha budjet shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari quyidagilarga asosan ochiladi:
mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochish uchun ariza. Bunda, agar budjet tashkiloti bir vaqtning oʻzida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan, quyi budjet tashkilotining budjet mablagʻlarini taqsimlovchisi boʻlsa, tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochish uchun shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochish toʻgʻrisidagi arizaga mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq shaklda xizmat koʻrsatiladigan quyi budjet tashkilotlarining roʻyxati ilova qilinadi;
xarajatlar smetasi. Bunda, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan quyi budjet tashkilotlarining xarajatlariga xizmat koʻrsatish va hisobini yuritishni amalga oshiradigan budjet tashkilotlari uchun oʻz xarajatlari hisobini yuritish uchun (xarajatlar smetasi asosida) alohida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari va xizmat koʻrsatiladigan quyi budjet tashkilotlarining xarajatlari hisobini yuritish uchun (jamlanma xarajatlar smetalari asosida) budjet tasnifining har bir kichik boʻlimi boʻyicha alohida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi;
kapital qurilish buyurtmachilari uchun — kapital qurilish obyektlari boʻyicha xarajatlarning oylik yoyilmasi, qurilishlarning manzilli roʻyxati, loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli roʻyxati, qurilishlarning titul roʻyxati.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Zaxira jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamgʻarmalari mablagʻlari uchun xarajatlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari har bir xarajatlar smetasi boʻyicha alohida ochiladi.
30. Xarajatlar boʻyicha budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari quyidagilarga asosan ochiladi:
mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochish uchun ariza. Bunda, agar budjet tashkiloti bir vaqtning oʻzida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan, quyi budjet tashkilotining budjet mablagʻlarini taqsimlovchisi boʻlsa, tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochish uchun shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochish toʻgʻrisidagi arizaga mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq shaklda xizmat koʻrsatiladigan quyi budjet tashkilotlarining roʻyxati ilova qilinadi;
budjetdan tashqari mablagʻlarning limitlangan tushumi va xarajatlari boʻyicha xarajatlar smetasi (tushumi va xarajat yoʻnalishi limitlanmagan budjetdan tashqari mablagʻlar bundan mustasno). Bunda, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan quyi budjet tashkilotlarining xarajatlariga xizmat koʻrsatish va hisobini yuritishni amalga oshiradigan budjet tashkilotlari uchun oʻz xarajatlari hisobini yuritish uchun (xarajatlar smetasi asosida) alohida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari va xizmat koʻrsatiladigan quyi budjet tashkilotlarining xarajatlari hisobini yuritish uchun (jamlanma xarajatlar smetalari asosida) budjet tasnifining har bir kichik boʻlimi boʻyicha alohida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi.
31. Xarajatlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari budjet tashkilotlari, budjet mablagʻlari oluvchilar va BMJ budjetidan mablagʻ oluvchilar tomonidan mazkur Qoidalarning 28 va 30-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida ochiladi.
Agar taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmasa, ular qayta ishlash va kamchiliklarni bartaraf etish uchun ikki ish kuni mobaynida qaytariladi.
32. Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish uchun asos boʻlgan taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi va moliya organlari hamda DMJ va BMJ taqsimlovchi organlarda saqlanadi.
33. Moliya organlari hamda DMJ va BMJ taqsimlovchi organlar xarajatlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochilgandan yoki oʻzgartirilgandan soʻng keyingi kundan kechiktirmasdan bu haqda budjet tashkilotlari, budjet mablagʻlari oluvchilar va BMJ budjetidan mablagʻ oluvchilarni xabardor qiladilar. Oʻz navbatida budjet tashkilotlari, budjet mablagʻlari oluvchilar va BMJ budjetidan mablagʻ oluvchilar ikki ish kuni mobaynida ochilgan yoki oʻzgartirilgan xarajatlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari rekvizitlarini tegishli davlat soliq xizmati organlari va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga yetkazadilar.
34. Budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi va BMJ budjetidan mablagʻ oluvchining boʻysunishining yoki tashkiliy-huquqiy maqomining oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlmagan tarzda uning nomi oʻzgarganda, budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi va BMJ budjetidan mablagʻ oluvchi yangi nom olganidan soʻng, bir ish kuni mobaynida bu haqda tegishli moliya organi yoki DMJ va BMJ taqsimlovchi organga yozma ravishda xabar beradi.
Budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi va BMJ budjetidan mablagʻ oluvchining yozma xabarnomasi asosida moliya organi va DMJ yoki BMJ taqsimlovchi organlar tomonidan budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi yoki BMJ budjetidan mablagʻ oluvchining nomi oʻzgarganligi munosabati bilan xarajatlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga shaxsiy gʻazna hisobvaraqning noyob raqamini oʻzgartirmagan holda tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
35. Budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi yoki BMJ budjetidan mablagʻ oluvchining birlashishi, boʻlinishi, ajralib chiqishi, qayta tashkil etilishida, yangidan vujudga kelgan tashkilot davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng, qoʻshilish shaklida qayta tashkil etilganda esa, tashkilot faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi yozuv yagona davlat reyestriga kiritilgandan soʻng qayta tashkil etilganligi haqidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda moliya organiga yoki DMJ va BMJ taqsimlovchi organga xarajatlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini yopish uchun ariza taqdim etadi.
36. Budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi yoki BMJ budjetidan mablagʻ oluvchi tugatilganda, tugatilayotgan tashkilotning rahbari tomonidan tugatish jarayoni boshlangan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida moliya organiga yoki DMJ va BMJ taqsimlovchi organga yuqori turuvchi tashkilot yoki notarial tasdiqlangan tugatish toʻgʻrisidagi va tugatish komissiyasining tayinlanishi toʻgʻrisidagi hujjatlarning nusxalarini tugatish komissiyasining faoliyat yuritish muddatlarini koʻrsatgan holda taqdim etiladi.
37. Budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi yoki BMJ budjetidan mablagʻ oluvchilarning qayta tashkil etilishi, boʻysunuvdagi oʻzgarishlar, tugatish komissiyasi ish faoliyatining tugatilishi, boshqa gʻaznachilik boʻlinmasi tomonidan xizmat koʻrsatilishiga oʻtish munosabati bilan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda xarajatlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini yopilishi moliya organlari yoki DMJ va BMJ taqsimlovchi organlar tomonidan mazkur Qoidalarning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi xarajatlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻini yopish uchun arizaga asosan amalga oshiriladi.
38. Moliya organi, DMJ va BMJ taqsimlovchi organ tomonidan qayta tashkil etish jarayoni tugallangandan soʻng, shuningdek budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi yoki BMJ budjetidan mablagʻ oluvchining budjet darajasi oʻzgarganda yoki boshqa gʻaznachilik boʻlinmasiga xizmat koʻrsatilishiga oʻtganda yangi xarajatlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochish mazkur Qoidalarning 28 — 30-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
39. Ochilgan va yopilgan xarajatlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hisobi “OʻRMV” ATda Xarajatlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini roʻyxatdan oʻtkazish kitobida elektron koʻrinishda mazkur Qoidalarning 7-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladi.
budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetalari, shuningdek vaqtinchalik xarajatlar smetalari hamda kapital qurilish obyektlari boʻyicha xarajatlarning oylik yoyilmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Zaxira jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamgʻarmalari mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetalarida koʻrsatilgan mablagʻlar;
xarajatlar smetalariga, shuningdek kapital qurilish obyektlari boʻyicha xarajatlarining oylik yoyilmalariga kiritilgan oʻzgartirishlar;
b) budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha:
budjet tashkilotlarining tegishli xarajatlar smetalarida koʻrsatilgan mablagʻlar, tushumi va xarajat yoʻnalishlari cheklanmaydigan budjetdan tashqari mablagʻlar turlari bundan mustasno;
xarajatlar smetalariga kiritilgan oʻzgartirishlar.
41. DMJ va BMJ taqsimlovchi organlarning vakolatli xodimlari xarajatlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarining tegishli satrlarida quyidagilarni aks ettiradilar:
a) jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha:
DMJ va BMJ budjetidan mablagʻ oluvchilarning xarajatlar smetalari, shuningdek vaqtinchalik xarajatlar smetalari, shuningdek kapital qurilish obyektlari boʻyicha xarajatlarning oylik yoyilmalarida koʻrsatilgan mablagʻlar;
xarajatlar smetalariga, shuningdek kapital qurilish obyektlari boʻyicha xarajatlarining oylik yoyilmalariga kiritilgan oʻzgartirishlar;
b) budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha:
DMJ va BMJ budjetidan mablagʻ oluvchilarning tegishli xarajatlar smetalarida koʻrsatilgan mablagʻlar;
xarajatlar smetalariga kiritilgan oʻzgartirishlar.
42. Gʻaznachilik boʻlinmasining vakolatli xodimlari xarajatlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarining tegishli satrlarida quyidagilarni aks ettiradilar:
43. Gʻaznachilik boʻlinmalari budjet tashkilotlari, budjet mablagʻlari oluvchilar hamda BMJ budjetidan mablagʻ oluvchilarning soʻroviga koʻra ularning tegishli xarajatlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan operatsiyalar amalga oshirilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda ulardan koʻchirmalarni mazkur Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etadilar.
“UzASBO” DMga ulangan budjet tashkilotlari “UzASBO” DMdan elektron hujjat koʻrinishdagi koʻchirmalarni olishlari mumkin. Elektron hujjat koʻrinishda taqdim qilingan koʻchirmalar va ularga ilovalar qogʻoz hujjatlarga tenglashtiriladi va ular bilan bir xil yuridik kuchga ega boʻladi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
44. Mazkur Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari va boshqa maqsadli jamgʻarmalar daromadlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarni roʻyxatdan oʻtkazish KITOBI
T/r
Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi nomi
Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochilgan sana
Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi yopilgan sana
Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi
Mablagʻlar manbasi va budjet darajasi kodi
Valyuta kodi
Nazorat kaliti
Hududiy tegishlilik kodi
Daromad turi
Tashkiliy tasnif kodi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini yuritish qoidalariga 3-ILOVA
Budjet tashkilotlari, budjet mablagʻlari oluvchilar va boshqa maqsadli jamgʻarmalar budjetidan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari
TURLARI
Davlat budjeti
T/r
Mablagʻlar manbasi
Yoyilma
Vaqtinchalik xarajatlar smetasi
Xarajatlar smetasi
Yuridik majburiyatlar
Tushumlar
XTR
100 % XTR
I va II guruh xarajatlari boʻyicha soʻrovnoma
Toʻlov hujjatlari
Bir satrdagi xarajatlar
Maʼlumot
Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi turi
1.
iaviaiaivavivaiaivaiaaivai
1 000
Davlat budjeti (budjet tashkilotlari uchun)
+
+
+
+
-
+
+
+
+
-
-
1
2.
1 000
Davlat budjeti (bir satrda moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari uchun)
Erkin qoldiqlar hisobiga oʻtkazib beriladigan mablagʻlar
+
+
+
+
-
+
+
+
+
-
-
20
12.
1000
Daromadlarni oshirib bajarilgan qismi hisobiga oʻtkazib beriladigan mablagʻlar
-
+
+
+
-
+
+
+
+
-
-
21
13.
1 000
Xususiylashtirish hisobiga oʻtkazib beriladigan mablagʻlar
-
+
+
+
-
+
+
+
+
-
-
21
Davlat maqsadli va boshqa maqsadli jamgʻarmalari
T/r
Mablagʻlar manbasi
Yoyilma
Vaqtinchalik xarajatlar smetasi
Xarajatlar smetasi
Yuridik majburiyatlar
Tushumlar
XTR
100 % XTR
I va II guruh xarajatlari boʻyicha soʻrovnoma
Toʻlov hujjatlari
Bir satrdagi xarajatlar
Maʼlumot
Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi turi
1.
2 001
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi
+
+
+
-
-
+
-
+
+
-
-
10
2.
2 002
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi
+
+
+
+
-
-
-
+
+
-
-
18
3.
2 003
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi
+
+
+
+
-
-
-
+
+
-
-
18
4.
2 003
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi (depozit)
-
-
-
+
-
-
-
-
+
-
-
12
5.
2 004
Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasi
-
-
-
+
-
-
-
-
+
-
-
12
6.
2001
—
2 003
Daromadlarni oshirib bajarilgan qismi hisobiga oʻtkazib beriladigan mablagʻlar
-
+
+
+
-
+
+
+
+
-
-
21
7.
3 002
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini texnika bilan taʼminlashni davlat tomonidan ragʻbatlantirish jamgʻarmasi
+
+
+
+
-
-
-
+
+
-
-
18
8.
3 003
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi
+
+
+
+
-
-
-
-
+
-
-
19
9.
3 004
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi
+
+
+
+
-
-
-
+
+
-
-
18
10.
3 004
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi (depozit)
-
-
-
+
-
-
-
-
+
-
-
12
11.
3 007
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi
+
+
+
+
-
-
-
+
+
-
-
18
12.
3 008
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi
+
+
+
+
-
-
-
+
+
-
-
18
13.
3 008
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi (depozit)
-
-
-
+
-
-
-
-
+
-
-
12
14.
3 800
Boshqa maqsadli jamgʻarmalarning depozit mablagʻlari
-
-
+
+
+
-
-
-
+
-
-
25
15.
3 999
Boshqa maqsadli jamgʻarmalarning boshqa mablagʻlari
-
-
+
+
+
-
-
-
+
-
-
25
16.
3 001 — 3 008
Daromadlarni oshirib bajarilgan qismi hisobiga oʻtkazib beriladigan mablagʻlar
-
+
+
+
-
+
+
+
+
-
-
21
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari
T/r
Mablagʻlar manbasi
Yoyilma
Vaqtinchalik xarajatlar smetasi
Xarajatlar smetasi
Yuridik majburiyatlar
Tushumlar
XTR
100 % XTR
I va II guruh xarajatlari boʻyicha soʻrovnoma
Toʻlov hujjatlari
Bir satrdagi xarajatlar
Maʼlumot
Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi turi
1.
4 001
Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmasi
-
-
-
-
+
-
-
-
+
-
11
2.
4 002
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijtimoiy nafaqalarni toʻlash uchun mablagʻlari
-
-
-
-
+
-
-
+
+
-
3
3.
4 003
Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi
-
-
-
-
+
-
-
-
+
-
11
4.
4 004
Oʻtgan yillar debitorlik qarzlarining tushgan summasi
-
-
-
-
+
-
-
-
+
+
14
5.
4 005
Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalardan tushumlar
-
-
+
-
+
-
-
-
+
+
31
6.
4 006
Maktabdan tashqari muassasalarda bolalar taʼminoti uchun ota-onalardan tushumlar (musiqa va sanʼat maktablari)
-
-
+
-
+
-
-
-
+
-
33
7.
4 007
Xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi boʻyicha hisob-kitoblardan tushadigan tushumlar
-
-
-
-
+
-
-
-
+
+
32
8.
4 008
Maktab-internatlar va litseylarda bolalarning taʼminoti uchun ota-onalardan tushumlar
-
-
+
-
+
-
-
-
+
+
31
9.
4 009
Oʻquv muassasalarida oʻqitishdan tushayotgan mablagʻlar
-
-
+
-
+
-
-
-
+
-
33
10.
4 010
Ajratmalar hisobiga shakllanadigan vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari
-
-
+
+
+
-
-
+
+
-
2
11.
4 011
Umumtaʼlim muassasalarida darsliklar ijarasi uchun toʻlovlardan tushgan mablagʻlar
-
-
-
-
+
-
-
-
+
+
14
12.
4 012
Kapital qoʻyilma mablagʻlari boʻyicha depozitlar
-
-
+
+
+
-
-
+
+
-
2
13.
4 013
Turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan ovqatlanish uchun undiriladigan toʻlovlar
-
-
-
-
+
-
-
-
+
+
32
14.
4 014
Taqsimlanishi nazarda tutilgan mablagʻlar (tibbiyot muassasalari uchun)
-
-
-
-
+
-
-
-
+
-
11
15.
4 014
Taqsimlanishi nazarda tutilgan mablagʻlar (tranzit)
-
-
-
-
+
-
-
-
+
-
11
16.
4 015
Boshqa taʼlim muassasalarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini yuritish qoidalariga 4-ILOVA
Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi (lari) ochish toʻgʻrisida ARIZA 20 __ yil “____” _____________
Budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi va BMJ budjetidan mablagʻ oluvchi tomonidan toʻldiriladi ----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
Budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi va BMJ budjetidan mablagʻ oluvchi nomi ______________________________________________________ Budjet __________________________________________________________________________ Viloyat ___________________________________________________________________________ Tuman (shahar) _____________________________________________________________________ Xarajatlarning vazifa jihatidan tasnif kodi __________________________________________ Tashkiliy tasnif kodi ______________________________________________________________ __________________________________________ da shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochishni soʻrayman
(moliya organi, DMJ yoki BMJ taqsimlovchi organ nomi)
Rahbar
_______________ (imzo)
__________________________ (F.I.O.)
M.Oʻ
Bosh hisobchi
_______________ (imzo)
__________________________ (F.I.O.)
Moliya organi, DMJ yoki BMJ taqsimlovchi organ tomonidan toʻldiriladi ----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻini ochish uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirdi ________________________________ ______________ _________
(xodimning F.I.O.)
(imzo)
(sana)
_______________________________________ da shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochishga ruxsat etiladi
(moliya organi, DMJ yoki BMJ taqsimlovchi organning nomi)
Rahbar
______________ (imzo)
_______________________ (F.I.O.)
M.Oʻ
20 ___ yil “____” ________________ da shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi(lari) ochildi
Razryadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi raqami
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
Razryadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi raqami
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
___________________________________________________________ Moliya organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochganligi haqidagi belgisi
Xizmat koʻrsatiladigan quyi budjet tashkilotlari ROʻYXATI _____________________________________________________ (budjet mablagʻlarini taqsimlovchi nomi
T/r
Xarajatlarning vazifa jihatidan tasnif kodi
Tashkiliy tasnif kodi
Budjet tashkilotining nomi
Rahbar
______________ (imzo)
___________________ (F.I.O.)
Bosh hisobchi
______________ (imzo)
___________________ (F.I.O.)
M.Oʻ
20 ___ yil “____” ________________
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini yuritish qoidalariga 6-ILOVA
Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻini yopish toʻgʻrisida ARIZA 20 __ yil “____” _____________
Budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi va BMJ budjetidan mablagʻ oluvchi tomonidan toʻldiriladi ------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
Budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi va BMJ budjetidan mablagʻ oluvchi nomi _______________________________________________________ Xarajatlarning vazifa jihatidan tasnif kodi ___________________________________________ Tashkiliy tasnif kodi _______________________________________________________________ Moliya organi nomi _________________________________________________________________ Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi raqami ______________________________________________________ __________________________________________________________________________________
(budjet mablagʻlari oluvchi)
___________________________________________________________________________ sababli
Moliya organi, DMJ yoki BMJ taqsimlovchi organ tomonidan toʻldiriladi ------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
Masʼul xodim
_______________ (lavozimi)
____________ (imzo)
___________________ (F.I.O.)
Tegishli boʻlim (sektor) boshligʻi
____________ (imzo)
___________________ (F.I.O.)
Rahbar
____________ (imzo)
___________________ (F.I.O.)
20 ___ yil “___” _____________
_______________________________________________________ Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻini yopish toʻgʻrisida moliya organi belgisi
Budjet tashkilotlari, budjet mablagʻlari oluvchilar va boshqa maqsadli jamgʻarmalar budjetidan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini roʻyxatdan oʻtkazish KITOBI
T/r
Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi nomi
Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochilgan sana
Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi yopilgan sana
Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi
mablagʻlar manbasi va budjet darajasi kodi
valyuta kodi
hududiy tegishlilik kodi
xarajatlarning vazifa jihatidan tasnif kodi
tashkiliy tasnif kodi
noyob raqami
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini yuritish qoidalariga 8-ILOVA
Budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi va BMJ budjetidan mablagʻ oluvchining budjet mablagʻlari (jamgʻarma mablagʻlari) boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan KOʻCHIRMA 20___ yil “____” ______________ uchun
Gʻaznachilik boʻlinmasi nomi __________________________________________________________ Budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi va BMJ budjetidan mablagʻ oluvchi nomi _______________________________________________________ Shakllangan sana 20 ___ y “___” _______________ Avvalgi koʻchirma sanasi 20 ___ y “___” _______________ Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ____________________________________________________________ Masʼul xodim _____________________________________________________________________
(F.I.O.)
T/r
Hisob raqam
MFO
Hujjat raqami
Debet aylanmasi
Kredi t aylanmasi
Xarajatlar moddasi
Jami aylanmalar
Shtamp oʻrni
Gʻaznachilikning masʼul xodimi imzosi _________________________________________________ 20___ yil “___” __________________________________________________________________________________
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari (jamgʻarmaning budjetdan tashqari mablagʻlari) boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan KOʻCHIRMA 20___ yil “____” ______________ uchun
Gʻaznachilik boʻlinmasi nomi __________________________________________________________ Budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi va BMJ budjetidan mablagʻ oluvchi nomi _______________________________________________________ Shakllangan sana 20 ___ y “___” _______________ Avvalgi koʻchirma sanasi 20 ___ y “___” _______________ Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ____________________________________________________________ Masʼul xodim _____________________________________________________________________
(F.I.O.)
Kun boshiga qoldiq
Debet aylanmasi
Kredit aylanmasi
Kun oxiriga qoldiq
Budjet tashkilotlari va jamgʻarmalarning budjetdan tashqari mablagʻlari
T/r
Hisob raqam
MFO
Hujjat raqami
Debet aylanmasi
Kredit aylanmasi
Xarajatlar moddasi
Jami aylanmalar
Shtamp oʻrni Gʻaznachilikning masʼul xodimi imzosi _____________________ 20___ yil “___” _____________