1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordami tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda bolali oilalarga davlat yoʻli bilan madad berishni kuchaytirish, yosh avlodni tarbiyalash muammolarini hal etishda ijtimoiy kafolatlarni taʼminlash va bolalarni har tomonlama kamol toptirish maqsadida:
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.06 Bola ikki yoshga toʻlgunga qadar unga qaraganlik uchun onalarga beriladigan nafaqalar]
1. 1994-yil 1-sentabrdan boshlab bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordamining amaldagi tizimi oʻrniga quyidagi nafaqa turlaridan iborat yagona tizim joriy etilsin:
16 yoshgacha bolalari boʻlgan barcha oilalarga har oylik nafaqa;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 7-fevraldagi PF-1080-sonli Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 4-son, 68-modda)
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.02 Homiladorlik va tugʻish nafaqasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
3. Quyidagilar pul bilan taʼminlashning asosiy manbalari etib belgilansin:
16 yoshgacha bolalari boʻlgan barcha oilalarga har oylik nafaqalar uchun — respublika va mahalliy budjetlarning mablagʻlari;
bola tugʻilganda bir yoʻla beriladigan nafaqa uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
(3-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 21-dekabrdagi PF-4158-son farmoni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 558-modda)
bola ikki yoshga yetguncha uni parvarishlashga onalar uchun beriladigan har oylik nafaqalar:
ishlovchi onalar uchun — korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablagʻlari;
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga, korxonalar va tashkilotlarga:
mavjud mablagʻlar doirasida bolali oilalarga beriladigan nafaqalarning belgilangan turlariga qoʻshimcha pul va qoʻshimcha imtiyozlar belgilash, ushbu maqsadlar uchun ijtimoiy jamgʻarma mablagʻlaridan toʻlaroq foydalanish;
jamoat, xayriya tashkilotlarining har xil ijtimoiy yordam koʻrsatishga oid faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, jamiyatda insonparvarlik, xayr-ehson va rahm-shavqat gʻoyalarini yoyishga koʻmaklashish tavsiya qilinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida ushbu Farmonni roʻyobga chiqarishga doir qaror qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV