1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Shahrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va saqlash departamentini tashkil etish toʻgʻrisida
Shahrisabz shahrining tarixiy qismida maydonlar, koʻchalar, parklar, favvoralar va boshqa tashqi obodonlashtirish obyektlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish hamda boshqarishni yanada takomillashtirish, shuningdek ignabargli va manzarali oʻsimliklar qimmatli turlarining saqlanishini taʼminlash, Shahrisabz shahrining tarixiy qismini namunali tarzda saqlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qashqadaryo viloyati hokimligining Shahrisabz shahar hokimligi huzurida Shahrisabz shahar Obodonlashtirish boshqarmasini (keyingi oʻrinlarda — Boshqarma) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 267-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)
2. Quyidagilar Boshqarmaning qoʻshimcha vazifalari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 267-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)
shaharsozlik va sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq Shahrisabz shahrining tarixiy qismidagi maydonlar, koʻchalar, parklar, favvoralarning obodonlashtirish obyektlarini hamda boshqa tashqi obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish ishlarini oʻz vaqtida va sifatli tashkil etish;
koʻkalamzorlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish, daraxtlarni, butalarni, gullarni parvarish qilish va koʻkalamzorlashtirilgan maydonchalarni taʼmirlash uchun zarur agrotexnika ishlarini amalga oshirish;
obodonlashtirish obyektlarini saqlash, ulardan foydalanish ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish, mukammal va joriy taʼmirlashga doir pudrat shartnomalari tuzish hamda sunʼiy sugʻorish tizimlari, nasos stansiyalari, quduqlar, yoʻl va yoʻlkalar qattiq qoplamalarining zarur sanitariya va texnik holatda boʻlishini taʼminlash;
arxitektura inshootlaridan foydalanish, ularni joriy va mukammal taʼmirlash, shuningdek tegishli sanitariya va texnik holatda saqlash;
ignabargli va manzarali oʻsimliklarning qimmatli turlarini saqlash, ulardan foydalanish hamda ularni saqlab qolish ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish, yashil maysalarni saqlash, ularning zararkunandalariga va kasalliklariga qarshi kurashishga doir kompleks agrotexnika tadbirlarini, xizmat koʻrsatiladigan hududni yanada koʻkalamzorlashtirish va obod qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etgan holda tashqi yoritish tarmoqlarini, sunʼiy sugʻorish va favvoralar tizimlarini saqlash va ulardan foydalanish.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 267-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 267-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)
2016-yilda Shahrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va saqlash departamentini taʼminlash uchun maxsus avtotransport vositalari va asbob-uskunalar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 267-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 267-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)
6. Belgilansinki, Shahrisabz shahar Obodonlashtirish boshqarmasi oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 267-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 267-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 267-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 25-martdagi 87-son qaroriga 3-ILOVA
2016-yilda Shahrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va saqlash departamentini taʼminlash uchun maxsus avtotransport vositalari va asbob-uskunalar
ROʻYXATI
T/r
Texnikaning nomi
Talab etiladigan texnika soni (ta)
Sotib olish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar (mln soʻm)
1.
Tirkamali traktor
2
120,0
2.
Tirkamali minitraktor
2
55,0
3.
Sugʻorish-yuvish mashinasi
2
189,1
4.
“Isuzu” teleskopik minora
1
149,5
5.
“Isuzu” samosvali
2
173,0
6.
Avtokran (22 metr)
1
286,0
7.
WAN damasi
1
25,1
8.
Kompressor
1
22,0
9.
Payvandlash agregati
2
20,0
10.
Karcher
8
64,0
11.
Maysa oʻrish mashinasi
36
100,8
Hammasi
58
1 204,5
Izoh: texnika qiymati texnika yetkazib beruvchilarning narxlari oʻzgarganda, shuningdek tender savdolari natijalari boʻyicha oʻzgarishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 13-son, 117-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)