1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
QONUN LOYIHALARINING UMUMXALQ MUHOKAMASI TOʻGʻRISIDA
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Ushbu Qonunning maqsadi jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalariga daxldor qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
3-modda. Qonun loyihalari umumxalq muhokamasining asosiy prinsiplari
Qonun loyihalari umumxalq muhokamasining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
ixtiyoriylik;
tenglik;
oshkoralik;
hamma uchun ochiqlik;
erkin fikr bildirish.
4-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi ishtirokchilari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.01.00 Umumiy qoidalar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.01 Jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi]
Fuqarolar, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi ishtirokchilari boʻlishlari mumkin.
Chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlarning ekspertlari Oʻzbekiston Respublikasi qonun loyihalarining umumxalq muhokamasiga ushbu Qonunga muvofiq jalb etilishlari mumkin.
5-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida fuqarolarning huquqlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.01 Jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.03 Kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi]
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida fuqarolar quyidagi huquqlarga egadirlar:
qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida erkin ishtirok etish;
qonun loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, boshqa davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalariga, ommaviy axborot vositalariga takliflar va mulohazalar kiritish;
qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi uchun deputatlar bilan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuvlarda va boshqa tadbirlarda qatnashish.
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etuvchi fuqarolar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
6-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ommaviy axborot vositalarining ishtirok etishi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
Umumxalq muhokamasiga qoʻyilgan qonun loyihalari ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
Ommaviy axborot vositalari qonun loyihalari umumxalq muhokamasining borishini yoritadilar, qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi ishtirokchilarining taklif va mulohazalarini eʼlon qilib boradilar.
II BOB. QONUN LOYIHALARINING UMUMXALQ MUHOKAMASIDA FUQAROLARNING ISHTIROK ETISH HUQUQLARI KAFOLATLARI
7-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida fuqarolar ishtirok etishining ixtiyoriyligi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.05 Fikr, soʻz va eʼtiqod erkinligi huquqi]
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida fuqarolarning ishtirok etishi ixtiyoriydir.
Fuqarolarni qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etishga majburlash taqiqlanadi.
8-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etishda fuqarolarning teng huquqliligi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.01 Jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etishda fuqarolar teng huquqqa egadirlar.
Fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyiga qarab qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etish huquqlarini cheklash taqiqlanadi.
9-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasini oʻtkazishda oshkoralik
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi oshkora oʻtadi va ommaviy tusga ega boʻladi.
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasiga toʻsqinlik qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
10-modda. Qonun loyihalari umumxalq muhokamasining hamma uchun ochiqligi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.01.00 Umumiy qoidalar]
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi uning hamma ishtirokchilari uchun ochiq boʻlishi kerak.
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etishga hech kim monelik qilishga haqli emas.
11-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi jarayonida fuqarolarning erkin fikr bildirish huquqi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.05 Fikr, soʻz va eʼtiqod erkinligi huquqi]
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi jarayonida fuqarolar qonun loyihalari boʻyicha oʻz fikrini erkin bildirish huquqiga ega.
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi jarayonida hech kim qonun loyihalari yuzasidan oʻz fikrini bildirishga majbur qilinishi mumkin emas.
III BOB. QONUN LOYIHALARINING UMUMXALQ MUHOKAMASINI TASHKIL ETISH
12-modda. Qonun loyihalarini umumxalq muhokamasiga qoʻyish tashabbusi
Qonun loyihalarini umumxalq muhokamasiga qoʻyish tashabbusi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlgan organlar va shaxslarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qoʻmitalari va komissiyalariga tegishlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yoki uning Kengashi qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi jarayonida tushadigan taklif va mulohazalarni koʻrib chiqish ishlarini tashkil etish muddati va tartibini belgilaydi.
14-modda. Qonun loyihalarini umumxalq muhokamasi uchun eʼlon qilish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Qonun loyihalari umumxalq muhokamasi uchun “Xalq soʻzi”, “Narodnoye slovo” gazetalarida, ularni umumxalq muhokamasiga qoʻyish haqida qaror qabul qilinganidan keyin oʻn kundan kechiktirmay eʼlon etiladi. Ular maxsus nashrlarda, boshqa ommaviy axborot vositalarida ham chop qilinishi mumkin.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qoʻmitalari va komissiyalarining qonun loyihalarining umumxalq muhokamasini oʻtkazish boʻyicha vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qoʻmitalari va komissiyalari:
qonun loyihalari yuzasidan tushgan taklif va mulohazalarni hisobga olib boradilar;
tushayotgan taklif va mulohazalarni umumlashtiradilar, oʻrganib chiqadilar va tahlil etadilar;
taklif va mulohazalarni oʻrganib chiqish va tahlil etishga ekspertlar, mutaxassislar va olimlarni jalb qiladilar;
qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi boʻyicha seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari uyushtiradilar;
taklif va mulohazalarni inobatga olgan holda qonun loyihalarini maromiga yetkazadilar;
qonun loyihalarining umumxalq muhokamasini oʻtkazish boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
16-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasiga doir tadbirlarni tashkil etish
Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar bloklari, shuningdek Oliy Majlis deputatlari saylov okruglarida qonun loyihalarining umumxalq muhokamasiga doir tadbirlarni tashkil etadilar.
17-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasini oʻtkazish uchun shart-sharoitlarni taʼminlash
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
Davlat organlari qonun loyihalarining umumxalq muhokamasini oʻtkazish uchun:
qonun loyihalarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish;
qonun loyihalarining muhokamasiga doir tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashish;
qonun loyihalari umumxalq muhokamasining borishi va yakunlari toʻgʻrisidagi axborotni ommaviy axborot vositalarida tarqatish yoʻllari bilan zarur shart-sharoitlarni taʼminlaydilar.
18-modda. Qonun loyihalarini muhokama qilish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Umumxalq muhokamasiga qoʻyilgan qonun loyihalari davlat organlarining majlislarida, fuqarolar yigʻinlarida, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalarida, harbiy xizmatchilarning yigʻilishlarida, ommaviy axborot vositalari orqali muhokama qilinishi mumkin.
19-modda. Qonun loyihalari umumxalq muhokamasi ishtirokchilarining taklif va mulohazalari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.05 Boshqa siyosiy huquq va erkinliklar]
Qonun loyihalari umumxalq muhokamasi ishtirokchilarining taklif va mulohazalari yakka tartibda yoki jamoa tarzida, ogʻzaki yoki yozma shaklda kiritiladi.
Qonun loyihasi yuzasidan taklif va mulohazalarda fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning turar joyi, tegishli organning, tashkilotning nomi va pochta manzili koʻrsatiladi. Qonun loyihasi yuzasidan taklif va mulohazalar imzolangan boʻlishi kerak.
Qonun loyihasi yuzasidan belgilangan tartibda kiritilgan taklif va mulohazalar koʻrib chiqilishi shart. Taklif va mulohazalarni qabul qilib olishni rad etish taqiqlanadi.
Qonun loyihalari umumxalq muhokamasi ishtirokchilarining taklif va mulohazalari tavsiya va maslahat xususiyatiga ega boʻladi.
20-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi boʻlib oʻtadigan til
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili]
Fuqarolar qonun loyihasiga doir taklif va mulohazalarini davlat tilida yoki oʻzlari bilgan istalgan boshqa tilda kiritishga haqlidirlar.
IV BOB. QONUN LOYIHALARINING UMUMXALQ MUHOKAMASI DAVOMIDA TUSHGAN TAKLIF VA MULOHAZALARNI KOʻRIB CHIQISH
21-modda. Qonun loyihalari umumxalq muhokamasi ishtirokchilarining taklif va mulohazalarini koʻrib chiqish
Fuqarolar, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalaridan umumxalq muhokamasi davomida qonun loyihasi yuzasidan tushgan taklif va mulohazalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qoʻmitalari va komissiyalari tomonidan koʻrib chiqiladi.
22-modda. Qonun loyihalari umumxalq muhokamasi ishtirokchilarining taklif va mulohazalarini umumlashtirish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qoʻmitalari va komissiyalari umumxalq muhokamasi davomida tushgan taklif va mulohazalarni umumlashtiradilar hamda qonun loyihalarini maromiga yetkazadilar.
23-modda. Shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini hisobga olish
Qonun loyihalarini maromiga yetkazish paytida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qoʻmitalari, komissiyalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar bloklari aholi turli qatlamlarining, jamiyat siyosiy kuchlarining hamda davlatning manfaatlarini har tomonlama hisobga oladilar.
24-modda. Taklif va mulohazalarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida axborot
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qoʻmitalari va komissiyalari qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi yakunlari toʻgʻrisida umumlashtirilgan axborot tayyorlaydilar hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari eʼtiboriga yetkazadilar.
25-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi yakunlarini koʻrib chiqish
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi yakunlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi koʻrib chiqadi.
Qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yakunlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunni qabul qiladi yoki qonun loyihasini qoʻshimcha ravishda ishlashga yuboradi yoxud uni rad etadi.
26-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi yakunlarini eʼlon qilish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi yakunlari ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi mumkin.
27-modda. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 14-dekabr,
166-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 14-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)