1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. Oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QIShLOQ XOʻJALIGIGA AGROKIMYo XIZMATI KOʻRSATIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qishloq xoʻjaligini mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish, qishloq xoʻjaligi tovar yetishtiruvchilariga agrokimyo xizmati koʻrsatishning yaxlit tuzilmasini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1—9-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi 33-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 33-modda)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Moliya vazirligi “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan hamda tovar ishlab chiqaruvchilarga “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari orqali sotiladigan mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy vositalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Respublika oʻsimliklarni himoya qilish markazi tomonidan bajariladigan qishloq xoʻjaligi korxonalariga agrokimyoviy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha xizmatlar va ishlarga narx belgilash normalarining asoslanganligi va ularga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-avgustdagi 397-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 33-son, 370-modda)
11. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi korxonalari, shu jumladan qoʻshma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikasini Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq lizing boʻyicha sotib olish huquqi berilsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-avgustdagi 397-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 33-son, 370-modda)
(12—17-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi 33-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 33-modda)
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi 33-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 33-modda)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi 33-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 33-modda)