1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. O‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QIShLOQ XO‘JALIGIGA AGROKIMYo XIZMATI KO‘RSATIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli “O‘zbekiston Respublikasida o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tovar yetishtiruvchilariga agrokimyo xizmati ko‘rsatishning yaxlit tuzilmasini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1—9-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi 33-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 33-modda)
10. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qishloq xo‘jaligi korxonalariga ko‘rsatiladigan agrokimyoviy xizmatlar va ishlarga, shuningdek “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan hamda “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari orqali sotiladigan mineral o‘g‘itlarga va o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalariga narx belgilash normalarining asoslanganligi va ularga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsinlar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
11. “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga respublika qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari, shu jumladan qo‘shma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikasini Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq lizing bo‘yicha sotib olish huquqi berilsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 131-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 11-son, 161-modda)
(12—17-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi 33-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 33-modda)
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi 33-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 33-modda)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi 33-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 33-modda)