toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tadbirkorlik subyektlarini va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boʻyicha faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek adliya organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2018-y., 07/18/3666/1073-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlar 2016-yil 1-fevraldan Yagona tarif setkasiga muvofiq 1 razryadga oshirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki oy muddatda mazkur qarorga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritsin va ularni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B. Kokanbayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 25-yanvar,
PQ-2480-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 25-yanvardagi PQ-2480-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2018-y., 07/18/3666/1073-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida”gi 147-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 3-ilovaning nomidagi “investitsiy i torgovli” soʻzlaridan keyin “Ministerstva yustitsii” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 9-ilovaning nomidagi “ekonomicheskix svyazey” va “ekonomicheskim svyazyam” soʻzlaridan keyin tegishlicha “Ministerstva yustitsii” va “upravleniy yustitsii” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 4-son, 34-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2018-y., 07/18/3666/1073-son)