1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.08.00 Boshqa davlat xavfsizlikni taʼminlash organlari]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar]
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qarorini ijrosini taʼminlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Toshkent shahar hokimligi tasarrufida boʻlgan Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Tuzel-1 massivi manzilida joylashgan poliklinikaning qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarini tutash hududi bilan birgalikda (keyingi oʻrinlarda-obyekt) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga:
ikki hafta muddatda Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda obyektni qabul qilish-topshirish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.03 Loyiha va qidiruvga oid ishlarni bajarishga oid, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarni bajarishga oid pudrat]
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari uchun obyektni turar joy sifatida rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va belgilangan tartibda tasdiqlashi taʼminlansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi va keyingi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini shakllantirishda Favqulodda vaziyatlar vazirligining har yili Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan limitlar doirasida obyektni rekonstruksiya qilish uchun asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha tegishli markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarni nazarda tutsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkidan samarali foydalanish va Toshkent shahri aholisining uy-joy-kommunal shart-sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 2-martdagi 39-son qarori 2-ilovaning 16-pozitsiyasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV