1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar boʻyicha savdo;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash;
2.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 28-iyundagi 289-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli “Neft-gaz tarmogʻida litsenziyalash tartibotlarini qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznesni yuritishni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Neft mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shugʻullanuvchi korxonalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek neft mahsulotlarini sotish boʻyicha (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olish tartibotlarini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 28-iyundagi 289-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 50-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzdavneftgazinspeksiya” davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 30-noyabr,
349-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-noyabrdagi 349-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 28-iyundagi 289-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qaror 3-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzdavneftgazinspeksiya”ga Vazirlar Mahkamasining Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasining hujjatlarni qabul qilish, litsenziyalar berish, litsenziya bitimini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiruvchi ishchi organi funksiyalari”.
2. 1-ilovada (Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom):
a) 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi)” soʻzlari “Oʻzdavneftgazinspeksiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
“e) “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boʻlinmasining neft ombori xoʻjaligining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
“12. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan “Oʻzdavneftgazinspeksiya”ga bevosita, olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi orqali yoki elektron shaklda yetkazib beriladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi”:
“18. “Oʻzdavneftgazinspeksiya” ariza olingan kundan boshlab oʻn besh kundan oshmaydigan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi, ular yuzasidan ekspert xulosalar tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan birgalikda Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
“Oʻzdavneftgazinspeksiya” ekspert xulosasini tayyorlash uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining mutaxassislarini jalb etish huquqiga ega.
Komissiya “Oʻzdavneftgazinspeksiya”ning taklifi olingandan soʻng 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorning protokoli Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Komissiya qarori soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin (yozma tarzda yoki tasdiqlovchi elektron raqamli imzo bilan elektron shaklda)”;
e) Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatni litsenziyalash
SXEMASI
3. 3-ilovada:
a) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) yettinchi xatboshidagi “Shodmonxoʻjayev N.S. — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yongʻindan saqlash bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻining oʻrinbosari” soʻzlari “Sultonov A.A. — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yongʻindan saqlash bosh boshqarmasi boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) toʻqqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) oʻninchi xatboshidagi “Ramazonov N.S. — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzdavneftgazinspeksiya” boshligʻi” soʻzlari “Akbarxodjayev L.T. — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzdavneftgazinspeksiya” boshligʻi, komissiya kotibi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) oʻn birinchi xatboshidagi “Tashmuhamedov X.F. — “Sanoatkontexnazorat” agentligi bosh direktorining oʻrinbosari” soʻzlari “Yunusov A.N.— “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 48-son, 606-modda)