Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Davsuvxoʻjaliknazorat”)ni tashkil qilish toʻgʻrisida”gi
Farmonini roʻyobga chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari roʻyxati 1-ilova
* ga muvofiq;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili “Oʻzdavsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi va uning viloyat boʻlinmalari apparati xarajatlariga hamda tashkiliy texnika va boshqa zarur materiallar xarid qilish uchun budjet mablagʻlari va xizmatda foydalanish uchun bitta yengil avtomashinaga limit ajratishni nazarda tutsin.
4. Toshkent shahar hokimligi “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi apparatini joylashtirish uchun 10 kun muddatda joy ajratsin.
5. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Hukumat aloqasi xizmati “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasini telefon aloqasi, shu jumladan, hukumat, shahar va xalqaro telefon aloqasi bilan taʼminlasinlar.
6. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi ikki oy muddatda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, “Oʻzsanoatkontexnazorat” davlat qoʻmitasi va boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini puxta xatlovdan oʻtkazsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.