O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Davsuvxo‘jaliknazorat”)ni tashkil qilish to‘g‘risida”gi
Farmonini ro‘yobga chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari ro‘yxati 1-ilova
* ga muvofiq;
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili “O‘zdavsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi va uning viloyat bo‘linmalari apparati xarajatlariga hamda tashkiliy texnika va boshqa zarur materiallar xarid qilish uchun budjet mablag‘lari va xizmatda foydalanish uchun bitta yengil avtomashinaga limit ajratishni nazarda tutsin.
4. Toshkent shahar hokimligi “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi apparatini joylashtirish uchun 10 kun muddatda joy ajratsin.
5. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Hukumat aloqasi xizmati “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasini telefon aloqasi, shu jumladan, hukumat, shahar va xalqaro telefon aloqasi bilan ta’minlasinlar.
6. “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi ikki oy muddatda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasi va boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini puxta xatlovdan o‘tkazsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.