1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.31.00 Xizmat safari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
1. Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 19-oktabr,
92-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 19-oktabrdagi 92-son buyrugʻiga ILOVA
Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi
mazkur Nizomga muvofiq qoplanishi lozim boʻlgan xizmat safarining boshqa xarajatlari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safarlariga yuborilganda sutkalik xarajatlar va yashash uchun (turar joyni ijarasi boʻyicha) xarajatlar xorijiy valyutada mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq meʼyorlar asosida toʻlanadi.
3. Xizmat safariga yuboriladigan ayrim toifadagi shaxslarga xorijiy valyutadagi sutkalik xarajatlar meʼyorlariga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq belgilanadigan ustamalar toʻlanadi.
2-bob. Sutkalik xarajatlarni toʻlash
4. Sutkalik xarajatlar xizmat safaridagi har bir kun, jumladan joʻnab ketish hamda qaytib kelish kuni uchun, belgilangan meʼyorlarning 100 foizi miqdorida xorijiy valyutada toʻlanadi.
Joʻnab ketish hamda qaytib kelish kuni Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib oʻtish kuni hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib oʻtish kuni xizmat safariga yuborilgan shaxsning pasportida Oʻzbekiston Respublikasi chegara-nazorat punktlari qoʻygan belgisi boʻyicha aniqlanadi.
Havo transportida uchib ketilganda, agar xorijiy davlatga yetib borish sanasi xalqaro aviareysning Oʻzbekiston Respublikasi aeroportidan uchib ketgan sanasidan keyingisiga toʻgʻri kelgan hollarda (aviachiptaga asosan), joʻnab ketish kuni uchun sutkalik xarajatlar berilmaydi.
Havo transportida uchib kelganda, agar Oʻzbekiston Respublikasiga yetib kelish sanasi xalqaro aviareysning xorijiy davlatining aeroportidan uchib ketgan sanasidan keyingisiga toʻgʻri kelgan hollarda (aviachiptaga asosan) qaytib kelish kuni uchun sutkalik xarajatlar berilmaydi.
5. Xodim ikki va undan ortiq xorijiy davlatga xizmat safariga yuborilganda (jumladan tranzit holatida ham) bir xorijiy davlatdan boshqa xorijiy davlatga oʻtish kuni uchun sutkalik xarajatlar, xodim qaysi xorijiy davlatga oʻtayotgan boʻlsa, shu xorijiy davlatning sutkalik xarajatlar meʼyorlarining 100 foizi miqdorida toʻlanadi.
6. Mazkur Nizomga 1-ilovaning “Joylashgan mamlakat doirasida xizmat safariga joʻnatiladigan xorijiy muassasalar xodimlari, shuningdek xorijga ishga yuboriladigan xodimlar uchun; xorijda 60 sutkadan ortiq (61-kundan boshlab) xizmat safarida boʻladigan xodimlar uchun sutkalik xarajatlar meʼyorlari” grafasida belgilangan meʼyorlar boʻyicha sutkalik xarajatlar toʻlovi:
xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlarining xorijdagi vakolatxonalarining xodimlari borgan mamlakatlari hududida xizmat safarida boʻlganlarida;
xorijda uzluksiz 60 sutkadan ortiq (61-kundan boshlab) xizmat safarida boʻlganlarga nisbatan amalga oshiriladi.
Agarda yuqorida koʻrsatilgan xodimlar xizmat safari muddati davomida bir mamlakatdan boshqa bir mamlakatga oʻtsa, ularga sutkalik xarajatlar belgilangan qoʻshimchalarni hisobga olgan holda mazkur Nizomga 1-ilovaning “Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi mamlakatlarga boruvchilar uchun sutkalik xarajatlar meʼyorlari” grafasida belgilangan meʼyorlar boʻyicha xorijiy valyutada toʻlanadi.
7. Xorijga xizmat safariga boradigan xodimlar boradigan davlatlarida qabul qiluvchi tomon hisobidan bepul ovqat (nonushta, tushlik, kechki ovqat) bilan taʼminlangan hollarda sutkalik xarajatlar xizmat safariga yuborilgan shaxsning shaxsiy ehtiyojlarini qoplashga boshqa xarajatlar uchun sutkalik xarajatlar meʼyorining 30 foizi miqdorida toʻlanadi.
Qabul qiluvchi tomon bepul ovqatlanishdan tashqari xodimning shaxsiy ehtiyojlari uchun mablagʻlar bilan taʼminlagan taqdirda joʻnatuvchi tomon sutkalik xarajatlarni (boshqa xarajatlarni) toʻlamaydi.
8. Oʻquvchilar, talabalar va muddatli harbiy xizmat askarlari oʻqishga yuborilganda taklif qiluvchi tomon ularni ovqatlanish (nonushta, tushlik, kechki ovqat) bilan taʼminlaganda joʻnatuvchi tomon sutkalik xarajatlar meʼyorining 15 foizi miqdorida sutkalik xarajatlar (boshqa xarajatlar) toʻlaydi.
9. Qabul qiluvchi tomon ovqatlanish va boshqa xarajatlarni qoplash uchun bergan mablagʻlar summasi mazkur Nizom bilan belgilangan sutkalik xarajatlar meʼyoridan kam boʻlsa, xizmat safaridan qaytib kelib boʻnak hisoboti topshirilganida tashkilotning rahbari qarori bilan xizmat safariga borib kelgan xodimga tasdiqlovchi hujjatlar hamda mazkur Nizom 30-bandining ikkinchi xatboshisiga muvofiq ortiqcha pul mablagʻlari mavjud boʻlgan taqdirda, qabul qiluvchi tomon toʻlab bergan mablagʻlar va Oʻzbekiston Respublikasida amaldagi sutkalik xarajatlar meʼyorlari oʻrtasidagi tafovut summasi qoplanadi.
3-bob. Yashash uchun (turar joyni ijarasi boʻyicha) xarajatlarni qoplashga mablagʻlar toʻlash
10. Yashash uchun (turar joyni ijarasi boʻyicha) xarajatlar mazkur Nizomga 1-ilovaning “Xodimlarni turar joy ijarasi boʻyicha xarajatlari toʻlovining eng yuqori meʼyori (sutkada koʻrsatilgan summagacha)” grafasida belgilangan eng yuqori meʼyorlar va mazkur Nizomning 30-bandiga asosan ularga tashkilotlarning rahbarlari tomonidan tasdiqlangan qoʻshimcha toʻlovlar bilan, agarda ular rahbar tomonidan belgilangan boʻlsa, ushbu xarajatlar keyinchalik tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi sharti bilan belgilangan meʼyorlarning 100 foizi miqdorida xorijiy valyutada toʻlanadi.
11. Yashash uchun (turar joyni ijarasi boʻyicha) xarajatlarning yakuniy hisob-kitobi xizmat safariga yuborilgan shaxs tomonidan haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar boʻyicha, biroq qoʻshimcha toʻlovlarni hisobga olgan holda, belgilangan meʼyorlardan ortiqcha boʻlmagan miqdorda, agar ular mazkur Nizomning 30-bandiga muvofiq tashkilot rahbari tomonidan belgilangan boʻlsa, amalga oshiriladi.
Bunda yashash uchun (turar joyni ijarasi boʻyicha) xarajatlar xizmat safarining ayrim kunlari uchun ortiqcha xarajatlarni hisobga olmasdan, har bir sutka uchun toʻlanadi.
12. Xizmat safari xarajatlari uchun boʻnak hisoblanganida yashash uchun (turar joyni ijarasi boʻyicha) qoʻshimcha mablagʻlar tashkilot rahbari qarori boʻyicha taklif etuvchi tashkilot, chet eldagi diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasalari tomonidan taqdim etilgan xizmat safariga yuborilgan mamlakatdagi yashash uchun maqbul mehmonxona narxlari boʻyicha maʼlumot yoxud tasdiqlangan meʼyorlar doirasida mehmonxonalar mavjud emasligini tasdiqlovchi maʼlumot asosida koʻzda tutiladi.
13. Mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sutkalik xarajatlarga ustamalar olish huquqiga ega boʻlgan xodimlarga yashash uchun (turar joyni ijarasi boʻyicha) mablagʻlar mazkur maqsadlar uchun belgilangan meʼyorlardan qatʼi nazar, haqiqiy xarajatlar miqdorida toʻlanadi.
Sutkalik xarajatlar meʼyoriga ustama olish huquqiga ega boʻlmagan, biroq Hukumat delegatsiyasi tarkibida ketayotgan xodimlarga alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra, belgilangan meʼyorlardan qatʼi nazar, yashash uchun (turar joyni ijarasi boʻyicha) mablagʻlar bir kishilik mehmonxona xonasining qiymati boʻyicha haqiqiy xarajatlar miqdorida toʻlanadi.
14. Sutkalik xarajatlarga ustamalar olish huquqiga ega boʻlgan xodimlarga yashash uchun (turar joyni ijarasi boʻyicha) belgilangan meʼyoridan ortiq boʻlgan qoʻshimcha mablagʻlar xizmat safari xarajatlariga ajratiladigan boʻnak summasiga kiritilishi mumkin.
Tasdiqlangan meʼyordan ortiq boʻlgan yashash uchun (turar joyni ijarasi boʻyicha) qoʻshimcha mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xizmat safariga yuborish boʻyicha xarajatlar smetasining loyihasi tayyorlanayotganda xizmat safari uchun javobgar boʻlgan tashkilot tomonidan taklif etuvchi tashkilot, chet eldagi diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasalari tomonidan taqdim etilgan xizmat safariga boriladigan mamlakatdagi mehmonxonalar narxlari boʻyicha hujjatlardagi maʼlumot asosida koʻzda tutiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xarajatlar smetasi loyihasini kelishayotganda taqdim etilgan asoslantiruvchi hujjatlarga muvofiq yashash uchun (turar joyni ijarasi boʻyicha) belgilangan meʼyorlardan ortiq miqdordagi mablagʻlarni koʻzda tutadi. Bunda, ushbu mablagʻlarni ajratish zaruriyati boʻyicha yakuniy qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida xizmat safarida boʻlganda yashash uchun (turar joyni ijarasi boʻyicha) qoʻshimcha xarajatlar delegatsiya rahbari qarori boʻyicha asoslangan sabablarga koʻra (xizmat safari muddati uzaytirilishi, aviareys ushlanib qolinishi va boshqalar) koʻzda tutilmagan xarajatlarga ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
15. Asoslangan sabablar mavjud boʻlganda (mehmonxonalar mavjud emasligi, mehmonxonada yashash narxining belgilangan meʼyorlardan oshib ketishi, mehmonxona boʻlmagan yashash joyini ijaraga olish narxining pastligi va boshqalar) xizmat safariga yuborilayotgan xodimlarga yashash joyi joylashgan mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan yashash joyini ijaraga olish shartnomasi asosida jismoniy shaxsda (mehmonxonada emas) yashashiga tashkilotlar rahbarlari tomonidan ruxsat berilishi mumkin (yashash joyini ijaraga beruvchi toʻlovni qabul qilganligini tasdiqlagan holda). Bunda yashash uchun (turar joyni ijarasi boʻyicha) xarajatlar mazkur Nizomga 1-ilovaning “Xodimlarni turar joy ijarasi boʻyicha xarajatlari toʻlovining eng yuqori meʼyori (sutkada koʻrsatilgan summagacha)” grafasida belgilangan meʼyorlardan oshib ketmasligi kerak.
16. Ovqatlanish va boshqa shaxsiy xizmatlar (mini-bar, kabel televideniyasi, kiyimlarni yuvdirish va dazmollatish va boshqalar) uchun xarajatlar summasi, shu jumladan yashash uchun (turar joyni ijarasi boʻyicha) toʻlov schyotlariga kiritilgan xarajatlar xizmat safariga yuborilgan shaxs tomonidan sutkalik xarajatlar hisobidan toʻlanadi va alohida qoplanmaydi.
Mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sutkalik xarajatlarga ustamalar olish huquqiga ega boʻlgan xodimlarga choyshab va kiyimlarni yuvdirish va dazmollatish boʻyicha xarajatlar qoplanadi.
17. Qabul qiluvchi tomon bepul turar joyni taqdim etganda yoki uning ijarasi uchun xarajatni qoplashga tegishli pul kompensatsiyasini toʻlagan hollarda, xizmat safariga yuborilgan shaxsga yashash uchun (turar joyni ijarasi boʻyicha) mablagʻlar toʻlanishi amalga oshirilmaydi.
Agar seminar, sport musobaqalari, konferensiya va boshqa tadbirlar tashkilotchilari tomonidan ushbu tadbirlar davomida amalga oshiriladigan xarajatlarning (yashash, ovqatlanish, yoʻl va boshqa xarajatlar) oʻz meʼyorlari belgilangan hollarda, ushbu maqsadlar uchun mablagʻlar mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq oʻrnatilgan meʼyorlardan oshmagan holda tashkilotchilar belgilagan meʼyorlar boʻyicha ajratiladi.
4-bob. Transport xarajatlari
18. Transport (taksidan tashqari) xarajatlarini qoplash uchun mablagʻlar haqiqiy xarajatlar boʻyicha ularni tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi sharti bilan toʻlanadi.
19. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining xizmat safariga yuboriladigan xodimlari havo transportida borganlarida ustuvor “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK reyslaridan foydalanishlari lozim.
20. Transport xarajatlarini qoplash uchun mablagʻlar Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining xizmat safariga yuboriladigan xodimlariga quyidagicha toʻlanadi:
xizmat safariga yuboriladigan shaxslar — tashkilot rahbarlariga:
havo transportida — 1-biznes yoki iqtisodiy klass tariflari boʻyicha;
temir yoʻl va suv transportida — 1-klass tarifi boʻyicha;
xizmat safariga yuboriladigan shaxslar — tashkilotlar rahbarlarining oʻrinbosarlariga, Bosh konsullar — alohida xorijdagi konsullik muassasasi rahbarlariga:
havo transportida — biznes yoki iqtisodiy klasslar tarifi boʻyicha;
temir yoʻl va suv transportida — 1-klass tarifi boʻyicha;
boshqa barcha xizmat safariga yuboriladigan shaxslarga:
havo transportida — iqtisodiy klass tarifi boʻyicha;
temir yoʻl transportida — 2-klass tarifi boʻyicha;
suv transportida — sayyohlik klassi tarifi boʻyicha.
Poyezdlarda 2-klass vagonlari, kemalarda esa sayyohlik klassi kayutalari boʻlmagan taqdirda xarajatlar 1-klass tarifi boʻyicha qoplanadi.
Osiyo va Afrika mamlakatlariga temir yoʻl transportida borish qiymati barcha xodimlarga 1-klass tarifi boʻyicha qoplanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Elchisi yoki Bosh konsul — alohida xorijdagi konsullik muassasasi rahbari bilan birga oila aʼzolari (er (xotin)i, shuningdek 18 yoshga toʻlmagan ikki nafargacha farzandi) ketayotganida ularga ham transport xarajatlarini qoplash uchun mablagʻlar mazkur bandning ikkinchi — yettinchi xatboshilariga muvofiq toʻlanadi.
21. Xorijiy davlat hududida aeroport, vokzal yoki pristandan, agar ular aholi punktidan tashqarida yoki boshqa aholi punktida joylashgan boʻlsa, yashash joyigacha borish va orqaga qaytish boʻyicha tasdiqlangan qoʻshimcha yoʻl xarajatlari ham qoplanadi.
22. Ayrim hollarda Hukumat delegatsiyasi, hamda katta hajmdagi sport anjomlariga ega boʻlgan sportchilar delegatsiyasiga xorijiy davlat hududida yurish uchun avtomobilni ijaraga olishga yoʻl qoʻyiladi.
23. Shahar ichidagi transportdan foydalanganlik uchun xarajatlar xodimga sutkalik xarajatlar tarkibida qoplanadi.
24. Tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safaridagi transport xarajatlari qoplanishi amalga oshirilmaydi.
5-bob. Vakillik, koʻzda tutilmagan va xarajatlarning boshqa turlariga mablagʻ ajratish
25. Vakillik xarajatlariga vakillarning (qatnashchilarning) rasmiy qabuli (nonushta, tushlik yoki shunga oʻxshash tadbirlar)ni oʻtkazish, ularning transport taʼminoti, muzokaralar vaqtida bufet xizmatlarini koʻrsatish, tashkilot shtatida boʻlmagan tarjimon xizmatiga haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar kiradi.
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan tasdiqlovchi boshlangʻich hisob hujjatlari boʻlganda vakillik xarajatlari davr xarajatlariga kiritiladi, ularda rasmiy qabulni oʻtkazish uchun asos, sanasi va joyi, taklif qilingan shaxslar va qatnashchilar soni, ularni transport taʼminoti, muzokaralar vaqtida bufet xizmatlarini koʻrsatish, tarjimon xizmatiga haq toʻlash, vakillik xarajatlarining xorijiy valyutadagi summasi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
26. Koʻzda tutilmagan xarajatlarga reysning kechikishi yoki oʻzgarishi, delegatsiya rahbari qaroriga koʻra marshrutning, safar dasturining oʻzgartirilishi va boshqa fors-major holatlar bilan bogʻliq xarajatlar kiradi.
27. Hukumat nomidan muzokaralar olib borish, bitimlarni imzolash maqsadida xalqaro tashkilotlarning majlislarida, syezdlarida, assambleyalarida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga ketayotgan Hukumat delegatsiyalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra vakillik va koʻzda tutilmagan xarajatlarga ham mablagʻlar ajratiladi.
Koʻrsatilgan xarajatlar 1000 AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda koʻzda tutiladi va Hukumat delegatsiyasi aʼzolaridan biriga hisobot topshirish sharti bilan beriladi.
Koʻzda tutilmagan va vakillik xarajatlari miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.
28. Tashkilotlar vakillik xarajatlariga beriladigan mablagʻlarni qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradilar. Xorijiy valyutada olingan vakillik xarajatlari summalarini milliy valyutaga qayta hisoblash mablagʻlar berilgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
29. Yoʻl, yashash uchun (turar joyni ijarasi boʻyicha), sutkalik, vakillik va koʻzda tutilmagan xarajatlardan tashqari hujjatlar bilan tasdiqlangan quyidagi xarajatlar ham qoplanadi:
borgan mamlakatida xorijiy valyutani sotib olish yoki sotish chogʻida yigʻimlar (foizlar, komissiyalar)ni toʻlash boʻyicha;
30 kilogrammgacha boʻlgan yuk olib ketish uchun toʻlov (xodim borayotgan transport turida bepul yuk olib ketish meʼyoridan ortiqchasiga);
aeroport, sugʻurta (faqat borayotgan mamlakatiga kirish uchun majburiy boʻlgan sugʻurta turlari), bojxona va vositachilik yigʻimlari (koʻrgazmalar, taqdimotlar, konferensiyalar va gastrollar oʻtkazilganda);
konferensiya, sport musobaqalari qatnashchilarini roʻyxatga olish yigʻimlari, sport anjomlarini ijaraga olish;
pullik toʻxtash joylari xizmatlarini toʻlash, avtobenzin xarid qilish, yukni transportda joʻnatish (faqat xizmat safariga yuborilgan haydovchilar uchun) toʻlovlari boʻyicha;
MDH mamlakatlariga boradiganlar mazkur Nizomning 2-ilovasida belgilangan 20 foiz va undan ortiq ustamasi mavjud shaxslar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari boʻyicha “VIP” zallari orqali xizmat koʻrsatish;
xizmat safariga joʻnatilgan shaxslarga favqulodda, qoldirib boʻlmaydigan holatlarda koʻrsatilgan tibbiy xizmatlarni toʻlash boʻyicha;
hujjatlar bilan asoslangan xizmat safari bekor qilinishi, yoʻl marshruti yoki xorijiy davlatda boʻlish muddatlari oʻzgarishi sababli yoʻl chiptalarini qaytarib berish, almashtirish yoki ulardan foydalanmaslik bilan bogʻliq jarimalar yoki qoʻshimcha xarajatlarni toʻlash boʻyicha.
Tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda tegishli xizmat safari xarajatlari qoplanmaydi.
30. Tashkilotlarning rahbarlari mazkur Nizomning 1-ilovasida belgilangan xizmat safari xarajatlari meʼyorlariga qoʻshimcha toʻlovlar miqdorini mustaqil ravishda tasdiqlash huquqiga egadirlar.
Bunda koʻrsatilgan qoʻshimcha toʻlovlarni toʻlash tashkilotda xorijiy valyutadagi kreditlarni (Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlangan hamda kafolatlanmagan) soʻndirish majburiyatlaridan, import kontraktlari boʻyicha (tovarlar, ishlar va xizmatlar boʻyicha) chet ellik hamkorga toʻlovlardan va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti oldidagi majburiyatlardan ozod boʻlgan oʻzining valyuta mablagʻlari mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi. Agarda qoʻshimcha toʻlov toʻlashni belgilagan tashkilot yuqorida keltirilgan toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblar uchun xorijiy valyutani ichki valyuta bozoridan sotib olgan boʻlsa, koʻrsatilgan qoʻshimcha toʻlovlarni toʻlash amalga oshirilmaydi.
31. Sutkalik xarajatlar va yashash uchun (turar joyni ijarasi boʻyicha) xarajatlar meʼyorlaridan ortiq qoʻshimcha toʻlovlar qoplash quyidagicha amalga oshiriladi:
budjet tashkilotlarida — ularni saqlash uchun xarajatlar smetasi boʻyicha tejalgan mablagʻlar hisobidan;
boshqa tashkilotlarda — sutkalik xarajatlar va yashash uchun (turar joyni ijarasi boʻyicha) xarajatlar meʼyorlaridan ortiq qoʻshimcha toʻlovlar tashkilotlarning xarajatlarida hisobga olinadi.
32. Yuqorida keltirilgan xarajatlardan tashqari, xizmat safariga yuborilgan shaxsga ishlab chiqarish maqsadlarida sarflangan qoʻshimcha xarajatlar qoplanishi mumkin. Ushbu xarajatlar faqat xizmat safari topshiriqlarini bajarish uchun zarur boʻlganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganida qoplanishi mumkin.
Xodimning muzokaralarni borishi va boshqalar toʻgʻrisida tashkilot rahbariyatiga axborot berish majburiyati xizmat safari reja-topshirigʻida koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
Xizmat safarining xususiyati biror-bir qoʻshimcha ishlab chiqarish xarajatlar (telefon soʻzlashuvlari, yukni olib ketish, hujjatlardan nusxa koʻchirish va boshqalar) zaruriyatini nazarda tutganida, tashkilot rahbari tomonidan xodimni xizmat safariga yuborilishidan oldin ushbu xarajatlarni qoplash toʻgʻrisidagi buyruq (farmoyish) chiqariladi.
6-bob. Xizmat safarlarini rasmiylashtirish, boʻnak berish
33. Xodimni xizmat safariga yuborish uchun tashkilot rahbari tomonidan buyruq chiqariladi va xizmat safari reja-topshirigʻi tasdiqlanadi.
34. Xizmat safariga yuboriladigan shaxsga xorijiy valyutada boʻnak berilishi lozim.
35. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan ketayotgan delegatsiya yoki alohida shaxs xizmat safarini tashkil etish boʻyicha javobgar tashkilot xizmat safari muddatlari va delegatsiya tarkibi koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirigʻi asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini, xarajatlar smetasi bilan birga tayyorlaydi va asoslantiruvchi hujjatlarni (xizmat safarini moliyalashtirish qismida taklif qilayotgan tomonning hujjatlar nusxasi, avia chiptalar narxi boʻyicha asoslar, aviareyslar sanasi va vaqti koʻrsatilgan holda yoʻl marshruti, xizmat safariga yuboriladigan mamlakatdagi mehmonxonalarda yashash qiymati va boshqalar) ilova qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan xizmat safariga ketayotgan delegatsiya yoki alohida shaxsning xarajatlar smetasi loyihasini koʻrib chiqadi va zaruriyat tugʻilganda unga oʻzgartirish kiritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyati bilan kelishilgan xarajatlar smetasi loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritgan tashkilotga qaytarib beriladi.
36. Talab qilib olunguncha depozit hisobvaragʻidan naqd xorijiy valyutani olish uchun tashkilotlar tomonidan xizmat koʻrsatuvchi vakolatli banklarga quyidagi hujjatlar (yoki ulardan koʻchirma) taqdim etiladi:
xizmat safari xarajatlarini qoplash uchun mablagʻlarni berish haqida ariza;
xizmat safariga yuboriladigan xodimlarning familiyalari, ismi-sharifining bosh harflari, xizmat safariga yuboriladigan joy va xizmat safarining muddati koʻrsatilgan holda xizmat safariga yuborish toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi;
tashkilotning rahbari va bosh buxgalteri (buxgalteri) tomonidan tasdiqlangan xorijiy valyutada olinishi lozim boʻlgan summaning hisob-kitobi;
tashkilotning rahbari tomonidan tasdiqlangan xizmat safari reja-topshirigʻi;
taklif qilayotgan tomonning mazkur safarni moliyalashtirish shartlari (ular mavjud boʻlganda) koʻrsatilgan xatlari, fakslari va telekslarining nusxalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori nusxasi (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori boʻyicha joʻnab ketayotgan shaxslar uchun).
Bunda vakolatli bank taqdim qilingan hisob-kitobni mazkur Nizomning talablariga muvofiqligi yuzasidan tekshiruvni amalga oshiradi.
Tashkilotning shtatida boʻlmagan xodimlar uchun tashkilotning valyuta hisobvaragʻidan mablagʻlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi (mazkur Nizomning 39-bandida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno).
37. Tashkilotlar hisob raqamlarida mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan xorijiy valyuta boʻlmagan taqdirda xizmat safari xarajatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining xizmat safari mablagʻlari beriladigan kundagi kursi boʻyicha AQSH dollaridagi ekvivalenti berilishiga ruxsat etiladi.
Tashkilotlarda xorijiy valyutadagi mablagʻlar boʻlmagan taqdirda tashkilotlar xorijiy valyutani vakolatli banklardan yoki birjadan tashqari valyuta bozorida sotib olishlari mumkin.
38. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari boʻyicha ketayotgan tashkilotlarning xodimlariga xizmat safari xarajatlari uchun xorijiy valyutani sotib olish banklararo savdo sessiyasida amalga oshiriladi.
39. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi birjadan tashqari valyuta bozorida oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xorijiy valyutani sotib oladi va xizmat safariga alohida joʻnatiladigan shaxsga, delegatsiya rahbariga (uning rasmiy vakiliga) yoki delegatsiya aʼzosiga — delegatsiyaning barcha aʼzolariga xizmat safari uchun mablagʻlarni xorijiy valyutada ajratadi Bunda, oldin amalga oshirilgan xizmat safari boʻyicha mazkur Nizomning 44-bandiga asosan boʻnak hisobotni taqdim etmagan xodimlarga boʻnakni berish boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorida koʻzda tutilgan milliy valyutadagi mablagʻlar tegishli tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladi.
40. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari boʻyicha Hukumat delegatsiyalari tarkibida tashkilot oʻzining milliy valyutadagi mablagʻlari hisobidan joʻnatilayotgan shaxslarga xizmat safari xarajatlari uchun xorijiy valyutani sotib olishga talabnoma ular ishlaydigan tashkilotlar tomonidan taqdim etiladi.
Xizmat safari xarajatlari uchun xorijiy valyutani sotib olish uchun talabnomalarga mazkur Nizomning 36-bandida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinadi.
41. Xizmat safari xarajatlariga soliq solish soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
42. Qabul qiluvchi tomon Oʻzbekiston Respublikasidan xizmat safariga yuboriladigan xodimga transport xarajatlari va boshqa xarajatlarni (sutkalik, yashash, viza haqini toʻlash va boshqalar) xizmat safariga yuboriladigan mamlakatga yetib kelishi bilan qoplaydigan hollarda, joʻnatuvchi tashkilot xizmat safariga ketayotgan xodimni chiptalarni sotib olish, viza haqini toʻlash va boshqalar uchun mablagʻlar bilan keyinchalik u Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelganida olingan mablagʻlarni joʻnatuvchi tashkilotga qaytarib berish sharti bilan taʼminlaydi.
Bunda, mablagʻlar qaysi valyutada berilgan boʻlsa, qaytarib berilishi ham shu valyutada amalga oshiriladi.
7-bob. Hisobot
43. Xizmat safari xarajatlariga berilgan mablagʻlardan foydalanganlik toʻgʻrisidagi boʻnak hisoboti tashkilot buxgalteriyasiga xizmat safaridan qaytib kelingandan keyin uch ish kunidan kechiktirmay boʻnak olingan valyutada taqdim etiladi.
Xizmat safari natijalari boʻyicha yakuniy hisob-kitob hujjatlar bilan tasdiqlangan haqiqiy xarajatlar boʻyicha, belgilangan meʼyorlar va qoʻshimcha toʻlovlarni hisobga olgan holda, boʻnak hisobotini qabul qilish kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi kursining xorijiy valyutaga nisbatan oʻzgarishidan yuzaga keladigan kursdagi farqlar hisobda amaldagi buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq aks ettiriladi.
44. Hukumat delegatsiyalarning xizmat safariga mablagʻlar ajratilganida xizmat safaridan qaytib kelganidan keyin oʻn kun ichida delegatsiya rahbari (yoki hisobot beruvchi shaxs) amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni (hisob, kvitansiya, yoʻl chiptalari va boshqalar) ilova qilingan holda batafsil boʻnak hisobotini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga topshiradi.
Boʻnak hisoboti oʻz vaqtida topshirilmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xorijiy valyutada boʻnakni olgan xodim ishlaydigan tashkilotga boʻnak hisobotni qisqa muddatda topshirish va ishlatilmagan xorijiy valyutadagi qoldiqni qaytarish boʻyicha tegishli choralarni amalga oshirish zaruriyati toʻgʻrisida bildirishnoma joʻnatadi.
Ushbu bildirishnomani olgan tashkilot zaruriyat tugʻilganda qonun hujjatlari va ichki mehnat tartibi qoidalariga muvofiq intizomiy jazo choralarni koʻradi.
Boʻnak hisoboti, shuningdek xorijiy valyutadagi ishlatilmagan qoldiqni oʻz muddatida topshirilishini taʼminlamagan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, boʻnak hisobotini taqdim etish va xorijiy valyutadagi ishlatilmagan qoldiqni tashkilotning mablagʻlari (budjetdan tashqari mablagʻlari) hisobidan qoplanishi uchun javobgarlik tashkilot rahbari zimmasiga yuklanadi.
45. Boʻnak hisobotida koʻrsatiladigan barcha xarajatlar tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar bilan, shuningdek delegatsiya rahbari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Agarda xizmat safari xarajatlari uchun boʻnak AQSH dollarida berilgan boʻlib, xarajatlar esa xizmat safariga borilgan davlatning valyutasida amalga oshirilgan boʻlsa, xizmat safariga borilgan davlatning valyutasidagi haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar boʻyicha boʻnak hisoboti AQSH dollari xizmat safariga borilgan davlatning valyutasiga almashtirilganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan kurs boʻyicha qabul qilinadi.
46. Vakillik xarajatlari boʻyicha alohida hisobot tuziladi. Vakillik xarajatlari boʻyicha hisobotga amalga oshirilgan xarajatlar asoslanganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak.
Hisobot hisobot beruvchi shaxs tomonidan imzolanadi va delegatsiya rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Delegatsiya rahbari boʻlmaganda yoki xizmat safariga alohida shaxs joʻnatilganda hisobot hisobot beruvchi shaxs tomonidan imzolanadi.
47. Vakillik va koʻzda tutilmagan xarajatlarga ajratilgan mablagʻlarning ishlatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan holatlarda, amalga oshirilgan xarajatlarning roʻyxati koʻrsatilgan, delegatsiya rahbari tomonidan tasdiqlanadigan va delegatsiya aʼzolari tomonidan imzolanadigan dalolatnoma tuziladi. Delegatsiya rahbari boʻlmaganda yoki xizmat safariga alohida shaxs joʻnatilganda hisobot delegatsiyaning barcha aʼzolari yoki alohida shaxs tomonidan imzolanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oshirilgan xizmat safari boʻyicha boʻnak hisoboti taqdim etilgan paytda, xizmat safari uchun boʻnak berilganida xarajatlar smetasida koʻzda tutilmagan, tegishli tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlishi sharti bilan, koʻzda tutilmagan xarajatlar uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan boshqa xarajatlar (mazkur Nizomning 16-bandining ikkinchi xatboshisi, 29 va 32-bandlarida nazarda tutilgan xarajatlar) ham hisobot uchun qabul qilinishi mumkin.
48. Transport xarajatlari, yashash uchun (turar joyni ijarasi boʻyicha), vakillik va koʻzda tutilmagan xarajatlarga berilgan xorijiy valyuta toʻliq yoki qisman ishlatilmagan holda summa (qoldiq) boʻnak hisoboti topshirilgan kundan ikki bank kuni ichida tashkilotning kassasiga keyinchalik vakolatli bankka topshirish uchun qaytarilishi kerak.
Agarda xorijiy valyuta Oʻzbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida sotib olingan hollarda, tashkilot bir vaqtning oʻzida vakolatli bankka belgilangan tartibda ishlatilmagan valyuta mablagʻlarini sotishga talabnoma taqdim qiladi.
49. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan olingan xorijiy valyutadagi ishlatilmagan qoldiq delegatsiya rahbari (uning rasmiy vakili) yoki delegatsiya aʼzosi tomonidan qaytariladi.
50. Xizmat safariga borgan shaxs xizmat safari xarajatlari uchun naqd xorijiy valyutada berilgan boʻnak boʻyicha hujjatlar bilan tasdiqlangan ortiqcha xarajatga yoʻl qoʻyganda, xizmat safariga yuborilgan shaxs oldidagi qarz summasi naqd xorijiy valyutadagi tegishli summani berish yoʻli bilan qoplanadi. Tashkilot xorijiy valyutadagi mablagʻlarga ega boʻlmasa, xizmat safariga yuborilgan shaxsning roziligi bilan uning oldidagi xorijiy valyutadagi qarzdorlik boʻnak hisobot topshirilgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha milliy valyutadagi ekvivalentda qoplanishi mumkin.
Xizmat safariga joʻnatilgan shaxs oldidagi qarzdorlik summasi mazkur Nizom bilan oʻrnatilgan meʼyorlarni hisobga olgan holda hisoblanadi.
51. Hukumat delegatsiya tarkibida xizmat safariga joʻnatilgan shaxsda ortiqcha xarajatlar mavjud boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tegishli tasdiqlovchi hujjatlar asosida boʻnak hisobotini qabul qilinishi va tegishli naqd xorijiy valyutadagi va milliy valyutadagi summa berilishi toʻgʻrisidagi qaror delegatsiya rahbari yoki boʻnak hisobotni topshiruvchi xodim ishlaydigan tashkilot taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori boʻlmagan holatda boʻnak hisoboti mavjud boʻlgan tasdiqlovchi hujjatlar asosida qabul qilinadi, ortiqcha xarajatlar summasi tashkilotning mablagʻlari (budjetdan tashqari mablagʻlari) hisobidan qoplanadi.
52. Xodimlarga ortiqcha xarajatlarni qoplash uchun tashkilotlar hisobvaraqlaridan mablagʻlarni olish uchun tashkilotlar xizmat koʻrsatuvchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mablagʻlarni berish haqida ariza;
tashkilot rahbari va (yoki) bosh buxgalter (buxgalter) tomonidan tasdiqlangan xizmat safariga joʻnatilgan shaxsning boʻnak hisoboti;
xizmat safariga joʻnatilgan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarisidagi xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
qoplanishi lozim boʻlgan summa hisob-kitobi.
Mazkur bandga muvofiq hujjatlar taqdim etilmaganda, shuningdek soʻralgan summa mazkur Nizomning talablariga muvofiq haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar summasiga toʻgʻri kelmagan holatda xizmat koʻrsatuvchi vakolatli bank tomonidan tashkilotlarning hisobvaraqlaridan mablagʻlar berilishi amalga oshirilmaydi.
8-bob. Yakuniy qoidalar
53. Sarf qilingan xarajatlarning toʻgʻriligi va maqsadga muvofiqligi uchun javobgarlik delegatsiya rahbariga va hisobot beruvchi shaxsga yuklatiladi.
54. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2015-yil 19-oktabr,
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2015-yil 19-oktabr,
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
2015-yil 19-oktabr,
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2015-yil 19-oktabr,
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2015-yil 19-oktabr,
Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlarining xizmat safarlarida xorijiy valyutadagi xizmat safari xarajatlari
MEʼYORLARI
T/r
Mamlakat yoki hudud
Xorijiy valyuta nomi
Xorijiy valyutadagi sutkalik xarajatlar meʼyorlari
Xodimlarni turar joy ijarasi boʻyicha xarajatlari toʻlovining eng yuqori meʼyori (sutkada koʻrsatilgan summagacha)
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi mamlakatlarga boruvchilar uchun
joylashgan mamlakat doirasida xizmat safariga joʻnatiladigan xorijiy muassasalar xodimlari, shuningdek xorijga ishga yuboriladigan xodimlar uchun; xorijda 60 sutkadan ortiq (61-kundan boshlab) xizmat safarida boʻlish holatlarida
Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safarlarida xorijiy valyutadagi sutkalik xarajatlar meʼyorlariga belgilanadigan
USTAMALAR
Xizmat safariga joʻnatiladigan shaxslar toifasi
Ustama miqdori, %
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri
30
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi
25
Vazir va lavozim boʻyicha unga tenglashtirilgan shaxs, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va komissiyalari raislari, boʻlimlar mudirlari, Oʻzbekiston Respublikasi Elchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Vakili, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Devonining Ishlar boshqaruvchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Devonining bosh konsultanti, viloyat va Toshkent shahar hokimi
20
Vazir oʻrinbosari va lavozim boʻyicha unga tenglashtirilgan shaxs, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi muxbir aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va komissiyalari raisi oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, viloyat va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Devonining Ishlar boshqaruvchisi oʻrinbosari