| T/r | Tadbirlar nomi | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul bajaruvchilar | Amalga oshirish shakli |
| I. Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarining oliy maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan real ehtiyojini aniqlash | |||||
| 1. | Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlari uchun mutaxassislarning lavozimlari va ishchilar kasblarining namunaviy nomenklaturasini, shuningdek fermer xoʻjaliklarining namunaviy shtatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2015-yil | — | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi | Bajaruvchilarning qoʻshma qarori |
| 2. | Fermer xoʻjaliklaridagi asosiy kasblar va lavozimlar boʻyicha tarif-malaka tavsiflarini ishlab chiqish, tasdiqlash va nashr etish. | 2015-yil | — | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi | Bajaruvchilarning qoʻshma qarori |
| 3. | Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarining oliy maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan ehtiyoji prognoz parametrlarini aniqlash. | har yili | — | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, | Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi |
| 4. | Fermer xoʻjaliklari hamda boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlari uchun yangi lavozimlar va kasblarni joriy etishni, shuningdek mintaqaviy xususiyatlarni va kadrlarga boʻlgan real ehtiyojni hisobga olgan holda qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalariga talabalar qabul qilishning har yilgi kvotalari boʻyicha takliflarni shakllantirish. | har yili | — | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va tashkilotlar | Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi |
| 5. | Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari kontingentini hisobga olgan holda ish oʻrinlari tashkil etishning prognoz parametrlarini aniqlash. | har yili | — | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi | Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi |
| II. Davlat taʼlim standartlarini, oʻquv rejalarini va oʻquv fanlari dasturlarini yangilash, zamonaviy, yuqori samarali pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻquv jarayoniga joriy etish asosida qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish | |||||
| 6. | Fermer xoʻjaliklarining, qishloq va suv xoʻjaligi tashkilotlarining xususiyatlarini va faoliyatini, mehnat bozori konyukturasini, lavozimlar va kasblarning yangi nomenklaturasini, kadrlardan foydalanuvchilarning mutaxassislarning bilimlariga, mahoratiga va kasbiy koʻnikmalariga boʻlgan zamonaviy talablarini hisobga olgan holda davlat taʼlim standartlarini, oʻquv rejalarini va oʻquv fanlari dasturlarini takomillashtirish, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini oʻquv-metodik taʼminlashni yaxshilash. | 2015-2016-yillar | — | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat test markazi, | Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi |
| 7. | Qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha bakalavriat va magistratura ixtisosliklarining talab katta boʻlgan ochilayotgan yangi taʼlim yoʻnalishlarini hisobga olgan holda Oliy taʼlim yoʻnalishlari va ixtisosliklari klassifikatoriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. | 2016-yil may | — | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari | Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi |
| 8. | Yangi pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, zamonaviy oʻquv va metodik adabiyotlardan foydalanish, ularning axborot-resurs markazlarini zamonaviy elektron-kutubxona tizimlari bilan jihozlash yoʻli bilan qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayoni sifatini yaxshilash. | 2015 — 2017-yillar | Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablagʻlari, homiylar mablagʻlari | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, | Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi |
| 9. | Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi har bir oliy taʼlim muassasasida eng yaxshi bitirish malakaviy ishi, eng yaxshi magistrlik dissertatsiyasi va talabalar ilmiy konferensiyasidagi eng yaxshi maʼruza uchun tanlovlarni oʻtkazish. | har yili | Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari | Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, | Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi |
| Kelgusida ularni ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga aniq maqsadli tayyorlash uchun qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining bakalavrlari va magistrantlari orasidan 100 nafar iqtidorli talabalarni tanlash, ularni moddiy ragʻbatlantirishni tashkil etishni nazarda tutish. | 2015-yil | Homiylar mablagʻlari | |||
| Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining bakalavrlari va magistrantlari orasidan iqtidorli talabalar roʻyxatini har yili yangilab borish. | har yili martda | ||||
| Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari Kengashlarining aʼlochi talabalari uchun maxsus stipendiyalarni, shuningdek homiylarning 12 ta maxsus stipendiyalarini taʼsis etish. | har yili noyabrda | Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylar mablagʻlari | |||
| Yaqin vaqtlarda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishni moʻljallayotgan qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining hamda Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi ilmiy-tadqiqot institutlarining (keyingi oʻrinlarda ilmiy muassasalar deb ataladi) 50 nafar eng yaxshi tayyorlangan katta ilmiy xodimlari-izlanuvchilarini va mustaqil ilmiy izlanuvchilarini tanlash, ularni moddiy ragʻbatlantirishni tashkil etishni nazarda tutish. | 2015-yil noyabr | Homiylar mablagʻlari | |||
| III. Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining hamda qishloq va suv xoʻjaligi mutaxassislarining malakasini oshirishni va ularni qayta tayyorlashni tizimli asosda taʼminlash | |||||
| a) Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash | |||||
| 10. | Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash talablariga muvofiq qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash dasturlarini takomillashtirish va tasdiqlash. | har yili 1-dekabrgacha | — | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar | Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi |
| 11. | Pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayoniga zamonaviy pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish. | doimiy ravishda | Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, | Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi |
| b) Qishloq va suv xoʻjaligi mutaxassislarining, shuningdek fermer xoʻjaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash | |||||
| 12. | Qishloq va suv xoʻjaligi mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash davlat talablarini, oʻquv rejalarini, dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2015-yil | — | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat test markazi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, manfaatdor tashkilotlar | Bajaruvchilarning qoʻshma qarori |
| 13. | Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish qisqa muddatli kurslarini tashkil etish va oʻtkazish. | har yili 2015 — 2017-yillar jadvali boʻyicha | Qishloq va suv xoʻjaligi tashkilotlari mablagʻlari | Suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, manfaatdor tashkilotlar | Bajaruvchilarning qoʻshma qarori |
| 14. | Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida quyidagilar boʻyicha har yilgi qisqa muddatli kurslarni tashkil etish: suv xoʻjaligi tashkilotlari rahbarlari uchun malaka oshirish boʻyicha; suv xoʻjaligi uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash boʻyicha. | har yili jadval boʻyicha | Qishloq va suv xoʻjaligi tashkilotlari mablagʻlari | Bajaruvchilarning qoʻshma qarori | |
| 15. | Qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha kasb-hunar kollejlarida suv xoʻjaligi hamda suv isteʼmolchilari uyushmalari, shuningdek 2013-2017-yillar davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha davlat dasturini amalga oshirishda qatnashuvchi tashkilotlarning mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish. | har yili jadval boʻyicha | Suv xoʻjaligi tashkilotlarining va suv isteʼmolchilari uyushmalarining, boshqa manfaatdor tashkilotlar va homiylarning mablagʻlari | Bajaruvchilarning qoʻshma qarori | |
| 16. | Maxsus oʻquv auditoriyalarini va laboratoriyalarini, shuningdek suv xoʻjaligining demonstratsiya obyektlarini va dala uchastkalarini suv xoʻjaligi tashkilotlari, suv isteʼmolchilari uyushmalari rahbarlari va mutaxassislarining, shuningdek suv xoʻjaligi uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari pedagog kadrlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan oʻquv-demonstratsiya materiallarini tayyorlash, zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalar bilan jihozlash. Ularni suv xoʻjaligi va suv xoʻjaligi qurilishidagi eng yangi yutuqlar bilan yangilab borishni taʼminlash. | har yili jadval boʻyicha | Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti, “Oʻzmeliomashlizing” DLK mablagʻlari, suv xoʻjaligi tashkilotlari va homiylar mablagʻlari | Suv xoʻjaligi vazirligi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti, “Oʻzmeliomashlizing” DLK, manfaatdor vazirliklar va idoralar | Bajaruvchilarning qoʻshma qarori |
| 17. | Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari huzurida davlat unitar korxonalari shaklida fermer xoʻjaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlarini tashkil etish. | 2015-yil dekabr | Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining markazlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlardan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlari, Homiylar mablagʻlari | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi | Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi |
| IV. Qishloq va suv xoʻjaligi, ilm-fan hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi boʻyicha taʼlimni integratsiyalashni chuqurlashtirish | |||||
| 18. | Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining pedagog kadrlarini qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlarini tanlash va shakllantirishga jalb etish. Qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha ilmiy va oliy taʼlim muassasalarining fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalari boʻyicha ilmiy-innovatsiya loyihalarini tanlash boʻyicha tanlovlarda birgalikda ishtirok etishi. | 2015 — 2017-yillar jadval boʻyicha | — | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, | Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi |
| 19. | Ilmiy muassasalarning yetakchi ilmiy xodimlarini va ishlab chiqarishning tajribali mutaxassislarini qishloq xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalaridagi pedagogik faoliyatga, qishloq va suv xoʻjaligida fan va texnikani rivojlantirishning eng dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha darsliklar va oʻquv adabiyotlarini ishlab chiqishga jalb etish. | doimiy ravishda, tasdiqlangan oʻquv dasturlari asosida | Oliy taʼlim muassasalarining ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablagʻlari, homiylar mablagʻlari | Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari, ilmiy muassasalar, manfaatdor tashkilotlar | Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi |
| 20. | Ilmiy muassasalar tomonidan qishloq va suv xoʻjaligi oliy taʼlim muassasalarining oʻqituvchilarini, katta ilmiy xodim-izlanuvchilarini va mustaqil ilmiy izlanuvchilarini qishloq va suv xoʻjaligini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishga jalb etish. | doimiy ravishda, tasdiqlangan oʻquv dasturlari asosida | Ilmiy muassasalarning ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablagʻlari, homiylar mablagʻlari | Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari, ilmiy muassasalar | Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi |
| 21. | Talabalar, oʻqituvchilar, katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil ilmiy izlanuvchilar tomonidan oʻquv-amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining fakultetlari va yetakchi soha kafedralari kabinetlarini tashkil etish. | 2015-yil dekabr | Bajaruvchilar mablagʻlari | Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarining tashkilotlari | Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi |
| V. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash | |||||
| 22. | Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari hamda yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalar oʻrtasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash. | 2015 — 2017-yillar | Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarning grantlari | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, | Hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomalar |
| 23. | Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini yanada takomillashtirish, pedagog kadrlar malakasini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun xalqaro grantlarni jalb etish. | 2015 — 2017-yillar tuzilgan shartnomalarga muvofiq | Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarning grantlari | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari | Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi |
| 24. | Axborotlar, toʻplangan tajriba va mutaxassislarning keng almashinuvini taʼminlash, pedagog kadrlarning yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalardagi stajirovkalarini tashkil etish. Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarida leksiyalar va maxsus mashgʻulotlar oʻtkazish uchun yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarning yuqori malakali olimlarini taklif etish. | doimiy ravishda | Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarning grantlari | qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, | Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi |
| VI. Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishni tubdan takomillashtirish hamda ularni ishga joylashtirish ishlarining samaradorligini oshirish | |||||
| 25. | Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalariga talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini oʻtkazishda amaliy yordam koʻrsatish va homiylik qilish. | har yili jadval boʻyicha | Homiylar mablagʻlari | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzgidromet” markazi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar | Bajaruvchilarning qoʻshma qarorlari |
| 26. | Talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashlari va ilmiy ishlanmalarning sinovlarini oʻtkazishlari uchun qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari qoshidagi har bir oʻquv-tajriba xoʻjaligining 5 gektardan sugʻoriladigan yer maydonini davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishdan ozod qilish. | 2015-yil | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Buxoro, Samarqand, |
| 27. | Talabalarni ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash uchun yetakchi xorijiy qishloq xoʻjaligi va suv xoʻjaligi tashkilotlariga yuborish. | 2015 — 2017-yillar tuzilgan shartnomalarga muvofiq | Xalqaro tashkilotlarning, xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarining grantlari | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari | Hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomalar |
| 28. | Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanining “Navoiy” qishlogʻi hududida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi “ToshDAU Eksperimental muassasasi” oʻquv-tajriba xoʻjaligini tugatish, belgilangan tartibda quyidagilarni: 58,9 gektar yer uchastkasini doimiy foydalanish huquqi bilan “VUZ AGRO” masʼuliyati cheklangan jamiyatga (“VUZ AGRO” MCHJ) meva, sabzavot va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hamda 149,5 gektarini keyinchalik fermer xoʻjaliklari tashkil etish uchun Oʻrta Chirchiq tumani hokimligining yer zaxirasiga berilishini; binolar, inshootlar va boshqa mol-mulkning tezkor boshqaruv huquqi bilan Toshkent davlat agrar universitetiga, keyinchalik “VUZ AGRO” MCHJga begʻaraz foydalanishga berilishini taʼminlash. | 2015-yil | — | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi | Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi va qoʻshma qarorlari |
| 29. | Andijon qishloq xoʻjaligi instituti qoshidagi “AQXI oʻquv-tajriba xoʻjaligi”ning Andijon viloyati Andijon tumani “Koʻyganyor” qishlogʻi hududidagi 9,7 gektar yer uchastkasini doimiy foydalanish huquqi bilan Gʻalla va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutiga hamda 143,3 gektarini keyinchalik fermer xoʻjaligi tashkil etish uchun Andijon viloyati Andijon tumani hokimligining yer zaxirasiga berish. | 2015-yil dekabr | — | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Andijon qishloq xoʻjaligi instituti, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi | Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi va qoʻshma qarorlari |
| 30. | Davlat unitar korxonasi shaklida Samarqand qishloq xoʻjaligi institutida “Veterinariya xizmati koʻrsatish ilmiy-amaliy markazini (“Vetservis”)” va “Naslchilik ilmiy-amaliy markazini (“Naslservis”)”, Andijon qishloq xoʻjaligi institutida — “Oʻsimliklarni biologik himoya qilish ilmiy-amaliy markazini (“Bioservis” IAM)” tashkil etish. Tashkil etiladigan markazlar bazasida talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etgan holda ularning amaliyot oʻtashini tashkil etish. | 2015-yil dekabr | Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti va Andijon qishloq xoʻjaligi institutining markazlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlardan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylar mablagʻlari | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti, Andijon qishloq xoʻjaligi instituti, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi | Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi |
| 31. | Har yilgi mehnat yarmarkalarini, boʻsh oʻrinlar taqdimotlarini tashkil etgan, ommaviy axborot vositalarida bakalavrlar va magistrlarning bitirishi toʻgʻrisidagi obzorli va statistik materiallarni eʼlon qilgan holda, talabalar, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari va ish beruvchilar oʻrtasida uchrashuvlar oʻtkazish va uch tomonlama shartnomalar tuzish yoʻli bilan bitiruvchilarning ishga joylashishiga koʻmaklashish. | har yili, | Bajaruvchilar mablagʻlari | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar , manfaatdor tashkilotlar | Talabalar, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi shartnomalar |
| 32. | Oʻzbekiston Fe�merlari kengashi hamda qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish. | doimiy ravishda | Bajaruvchilar mablagʻlari | Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari | Bajaruvchilar-ning Chora-tadbirlari kompleksi |
| VII. Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarida oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlimning uzviyligini va uzluksizligini taʼminlash, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi akademik litseylar, kasb-hunar kollejlariga oʻquv jarayonining sifatini oshirishda amaliy yordam koʻrsatish | |||||
| 33. | Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining pedagog kadrlarini qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida oʻquv jarayonini tashkil etish va sifatini yaxshilash chora-tadbirlarini va dasturlarini amalga oshirishga jalb etish. | doimiy ravishda | Bajaruvchilar mablagʻlari | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari | Hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomalar |
| 34. | Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarida kasb-hunar kollejlari uchun quyidagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha pedagog kadrlar tayyorlashni tashkil etish: “Qishloq xoʻjaligida menejment”, “Oʻrmonchilik va oʻrmon melioratsiyasi”, “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik”, “Oʻsimliklarni himoya qilish va karantin”, “Elektroenergetika (suv xoʻjaligida)”, “Suv xoʻjaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash”, “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish”. | 2016-2017 oʻquv yilidan boshlab | Bajaruvchilar mablagʻlari | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari | Bajaruvchilarning qoʻshma qarorlari |
| 35. | Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarida kasb-hunar kollejlari pedagog kadrlarining malakasini oshirish. | har yili, tasdiqlangan jadvallar asosida | Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida | Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari | Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi |
| 36. | Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining pedagog kadrlarini kasb-hunar kollejlari uchun darsliklar va oʻquv adabiyotlari tayyorlashga jalb etish. | 2015 — 2017-yillar, | Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari | Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi |
| 37. | Kasb-hunar kollejlarining 3-bosqich oʻquvchilarini qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga jalb etishga doir manzilli amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. | doimiy ravishda | — | Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari | Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi |
| VIII. Qishloq va suv xoʻjaligi so�asidagi oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish hamda ularni oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari va axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlash | |||||
| 38. | Toshkent davlat agrar universitetida tashkil etiladigan Oʻquv va ishlab chiqarish amaliyoti markazi binosini mukammal taʼmirlash, uni zarur oʻquv-laboratoriya va ilmiy asbob-uskunalar, axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlash. | 2015-2016-yillar | Homiylar mablagʻlari | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Akademik M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent davlat agrar universiteti, manfaatdor tashkilotlar | Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi |
| 39. | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining asoslangan takliflariga muvofiq quyidagi loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi va keyingi yillardagi Investitsiya dasturiga kiritish: Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish, Qishloq va suv xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish, Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish fakultetlarining oʻquv-laboratoriya korpusini, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining binosini, laboratoriya korpusini va nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish; Samarqand qishloq xoʻjaligi institutining Zootexniya va qorakoʻlchilik fakulteti binosi qurilishini tugallash; Samarqand va Andijon qishloq xoʻjaligi institutlarining, Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining oʻquv-laboratoriya binolarini, talabalar turar joylarini bosqichma-bosqich qurish va rekonstruksiya qilish. | 2016-yildan boshlab | Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori |
| 40. | Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining oʻquv-laboratoriya binolarini, talabalar turar joylarini, oʻquv-mashina-traktor parklarini zamonaviy oʻquv-laboratoriya va texnologiya asbob-uskunalari, axborot-kommunikatsiya vositalari, mebel, anjomlar, zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan jihozlash. | har yili | Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doira-sida, homiylar mablagʻlari | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari, manfaatdor tashkilotlar | Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi |