1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tender savdolari oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 14-sentabrdagi 264-son qarori)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tender savdolari oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 14-sentabrdagi 264-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 27-apreldagi 201-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 4-noyabr,
317-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-noyabrdagi 317-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 26-yanvardagi 37-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 09/21/37/0067-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyuldagi 302-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 57-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishdagi tanlov savdolari toʻgʻrisida nizomning 1-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida va ijtimoiy sohada amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilishni amalga oshirishda bitta kontrakt boʻyicha 5,0 mln AQSh dollaridan ortiq ekvivalentdagi summadagi kapital qurilish bilan bogʻliq boʻlgan tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilishni amalga oshirishda tanlov savdolari Vazirlar Mahkamasining “Tender savdolari oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 14-sentabrdagi 264-son qarorida nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda oʻtkaziladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 44-son, 564-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 09/21/37/0067-son)