toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh VA AYRIMLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yig‘imlarni undirishni tartibga solish to‘g‘risida” 1997-yil 23-oktabrdagi 483-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 35-modda) 2-bandi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Importni tariflar bilan boshqarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 24-fevraldagi 80-son qarori 1-bandining oxirgi xatboshi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlar importini tariflar bilan boshqarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 29-iyundagi 284-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi R QT, 2001-y., 6-son, 35-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan iste’mol tovarlari bilan savdo qilishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 31-oktabrdagi 433-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 10-son, 61-modda) 3-bandining uchinchi va to‘rtinch xatboshlari hamda 4-bandining ikkinchi xatboshi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-yanvardagi 16-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 5-son, 19-modda)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 26-iyul,
267-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 14-son, 111-modda; 2008-y., 5-son, 19-modda)