1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.07.00.00 Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali valyuta, tovarlar va transport mahsulotlarini olib oʻtish]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
JISMONIY ShAXSLAR TOMONIDAN TOVARLAR IMPORTINI TARIFLAR BILAN BOShQARIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-iyuldagi 267-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va ayrimlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Importni tariflar bilan boshqarishni takomillashtirish, jismoniy shaxslar tomonidan isteʼmol tovarlari olib kelinishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, 2001-yil 1-iyuldan boshlab:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.07.00 Bojxona yigʻimlari]
jismoniy shaxslar (oʻzlari qatnab olib keladiganlar) tomonidan respublikaga tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib kirishda yigʻim bojsiz olib kirishning cheklangan normasi qoʻllanilmasdan tovarlar bojxona qiymatining 50 foizi stavkasi boʻyicha undiriladi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.02.00 Import vaqtida qoʻshilgan qiymat soligʻining qoʻllanilishi (shuningdek, 07.10.03.00ga qarang)]
jismoniy shaxslar (oʻzlari qatnab olib keladiganlar) tomonidan olib kiriladigan tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlardan qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona bojlari bojsiz olib kirishning cheklangan normasi qoʻllanilmasdan undiriladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.07.00 Bojxona yigʻimlari]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Importni tariflar bilan boshqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 24-fevraldagi 80-son qarori bilan belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan tijorat faoliyati uchun moʻljallanmagan tovarlardan yigʻim undirishning stavkalari va amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
3. Tijorat faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan bojxona toʻlovlari va soliqlar toʻliq hisoblab chiqilishi va yigʻilishi uchun nazoratni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik maqsadlarida tovarlar olib kirilishida ular davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma mavjud boʻlgan taqdirdagina yukni bojxonadan oʻtkazsin;
har oyda, oyning 10-kunidan kechikmay davlat soliq xizmatining tegishli organlariga jismoniy shaxsning pasportiga oid maʼlumotlarni, tovarlar nomi va qiymatini koʻrsatgan holda jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik maqsadida olib kirilayotgan tovarlar toʻgʻrisidagi axborotni yuborsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida taklif kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 29-iyun,
284-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 12-son, 84-modda)