1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.01 Umumiy qoidalar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi KENGAShIning
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI DEPUTATINING GUVOHNOMASI VA KO‘KRAK NIShONI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatining guvohnomasi to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati guvohnomasining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati guvohnomasining transportda bepul yurish huquqini beradigan ilova varaqasining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
4. “OLIY MAJLIS DEPUTATI” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
5. “OLIY MAJLIS DEPUTATI” ko‘krak nishonining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
“OLIY MAJLIS DEPUTATI” ko‘krak nishoniga tashqi ko‘rinishi bilan o‘xshash bo‘lgan ko‘krak nishonlari tayyorlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 18-aprel,
51-II-son
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 2000-yil 18-apreldagi 51-II-son qarori bilan TASDIQLANGAN
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatining guvohnomasi to‘g‘risida
NIZOM
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatining guvohnomasi Oliy Majlisi deputatining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlar bilan belgilab qo‘yilgan vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatdir.
2. Guvohnoma Oliy Majlis deputatiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan deputat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin beriladi.
Oliy Majlis deputatiga guvohnoma bilan bir vaqtda davlat yo‘lovchilar transportining barcha turlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bepul yurish huquqini beruvchi guvohnomaning ilova varaqasi ham beriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati unga berilgan guvohnomadan o‘z vakolatlari muddati davomida foydalanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining vakolat muddati tugaganidan keyin guvohnoma deputat etib saylangan shaxsda qoladi. Oliy Majlis deputatining vakolatlari muddatdan ilgari to‘xtatilgan taqdirda, guvohnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kotibiyatining Umumiy bo‘limiga qaytarilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 2000-yil 18-apreldagi 51-II-son qarori bilan TASDIQLANGAN
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati guvohnomasining
TAVSIFI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatining guvohnomasi 95x65 millimetr kattalikdagi to‘q qizil rangli qattiq charm muqovali kitobcha ko‘rinishiga ega. Guvohnomaning old tomon chap qismining yuqorisiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining metaldan tayyorlangan o‘xshash tasviri o‘rnatilgan bo‘lib, pastda esa o‘ngroq uch satrda “O‘ZBEKISTON OLIY MAJLISI DEPUTATI” degan matn joylashgan.
Guvohnoma ichki so‘l tomonining chapdagi yuqori qismiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan, pastroqda esa besh satrda — Oliy Majlis chaqirig‘ini ifodalovchi raqam, “CHAQIRIQ”, “ChAQIRIQ” so‘zlari, shuningdek Oliy Majlis saylangan yilni va vakolati tugaydigan yilni ko‘rsatuvchi raqamlar joylashgan.
Guvohnoma so‘l tomonining o‘ngdagi yuqori qismiga bir satrda “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI” so‘zlari, pastroqda “GUVOHNOMA” so‘zi yozilgan bo‘lib, unda o‘ngroqda guvohnomaning tartib raqami qo‘yiladi.
Ushbu matnda pastroqda alohida satrda deputatning familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek ikki satrda “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatidir” degan matn joylashtiriladi.
Guvohnoma ichki so‘l tomonidagi matnlar lotin harflarida yoziladi. “Chaqiriq” so‘zi lotin harflarida yozilib, kirillitsada takrorlanadi.
Guvohnoma ichki o‘ng tomonining chap qismida deputatning 30x40 millimetr kattalikdagi rangli fotosurati joylashtiriladi. Fotosurat o‘ng tomonining pastki burchagiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining gerbli muhri bosiladi.
Guvohnoma o‘ng tomonining yuqori qismida bir satrda: “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” so‘zlari, pastroqda bir satrda “GUVOHNOMA” so‘zi joylashgan bo‘lib, undan o‘ngroqda guvohnomaning tartib raqami qo‘yiladi.
Ushbu matnda pastroqda alohida satrda deputatning familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek ikki satrda: “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatidir” degan matn joylashtiriladi.
Deputatning fotosurati tagiga: “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi” degan matn joylashtiriladi. Markaziy saylov komissiyasi Raisining imzosi, ismining bosh harfi va familiyasi qo‘yiladi.
Guvohnomaning o‘ng tomonidagi matn kirillitsada yoziladi.
Guvohnomaning ichki tomonlari och sarg‘ish rangdagi maxsus qog‘ozdan tayyorlangan va shaffof plyonka bilan qoplangan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi rangli tasvirda bosiladi. Oliy Majlis chaqirig‘ini, saylangan yilini hamda vakolati tugaydigan yilni ko‘rsatuvchi raqamlar, lotin harflarida va kirillitsada yozilgan “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” va “ChAQIRIQ” so‘zlari, gerbli kichik muhr qizil rangda, qolgan matn esa qora rangda beriladi.
Guvohnomaning o‘ng tomonidan Oliy Majlis deputatiga transportda bepul yurish huquqini beruvchi guvohnomaning ilova varaqasi uchun maxsus qincha bor.
_____________O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI______
__________________GUVOHNOMA No ____
___________
GUVOHNOMA №__________
O‘zbekiston
______________________
_______________________
Respublikasi
(familiyasi)
(familiyasi)
gerbi
______________________
________________________
(ismi)
(ismi)
______________________
____________
________________________
II
(otasining ismi)
(otasining ismi)
CHAQIRIQ
ChAQIRIQ
O'zbekiston Respublikasi
O‘zbekiston Respublikasi
2000
Oliy Majlisining deputatidir
Oliy Majlisining deputatidir
2004
______M.U.
_________�zbekiston Respublikasi Markaziy _________saylov komissiyaning raisi __________
(imzo)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 2000-yil 18-apreldagi 51-II-son qarori bilan TASDIQLANGAN
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati guvohnomasining transportda bepul yurish huquqini beradigan ilova varaqasining
TAVSIFI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati guvohnomasining transportda bepul yurish huquqini beradigan ilova varaqasi 80x55 millimetr kattalikdagi oq rangdagi qattiq qog‘ozdan tayyorlanadi.
Ilova varaqasi old tomonining yuqori qismida qizil rangda O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan gerbning o‘ng tomonida ikki satrda: “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI DEPUTATI” so‘zlari bor.
Guvohnoma ilova varaqasining qolgan matni qora rangda bosiladi.
Ilova varaqasining markazida guvohnomaning tartib raqami va “GUVOHNOMAGA” degan yozuv joylashadi. Mazkur matnning tagida deputatning ismi va otasi ismining bosh harflari hamda familiyasi qo‘yiladi. Undan so‘ng hamda ilova varaqasining orqa tomonida quyidagi mazmundagi matn joylashtiriladi: “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga binoan Oliy Majlis deputati O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha turdagi davlat passajir transportida (taksi, boshqa transport turlarining buyurtma yo‘nalishlari, shuningdek shahar yo‘lovchilar transporti bundan mustasno) tekin yurish huquqidan foydalanadi.
Oliy Majlis deputati o‘z guvohnomasini ko‘rsatganidan keyin temir yo‘l vokzallari va stansiyalarining chipta sotadigan kassalari, fuqarolik aviatsiyasi agentligi yoki aeroportlar Oliy Majlis deputatiga poyezdning yotoqli yoki yumshoq o‘rindiqli vagonidan, samolyot salonidan navbatsiz joy berishlari shart. Deputat Oliy Majlis sessiyasiga borayotganida unga samolyot chiptalari uchishdan kamida ikki soat oldin, boshqa hollarda esa kamida bir sutka oldin beriladi.
Chiptasida o‘rindiqning tartib raqami ham ko‘rsatiladigan shaharlararo, shuningdek shahar atrofiga qatnovchi avtobuslarda Oliy Majlis deputati avtovokzallar va avtostansiyalarning kassalaridan navbatsiz olinadigan bepul chipta bilan yuradi.
Boshqa barcha hollarda Oliy Majlis deputati davlat passajir transportida (taksi, boshqa transport turlarining buyurtma yo‘nalishlari, shuningdek shahar yo‘lovchilar transporti bundan mustasno) Oliy Majlis deputatining guvohnomasini ko‘rsatish orqali qatnaydi.
Oliy Majlis deputati transportning har bir turida amalda bo‘lgan normalarga mos og‘irlikdagi qo‘l yukini bepul olib yurish huquqiga ega”.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 2000-yil 18-apreldagi 51-II-son qarori bilan TASDIQLANGAN
“OLIY MAJLIS DEPUTATI” ko‘krak nishoni to‘g‘risida
NIZOM
1. “OLIY MAJLIS DEPUTATI” ko‘krak nishoni Oliy Majlis deputatiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan deputat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin beriladi.
2. Ko‘krak nishoni ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.
3. Deputatning vakolat muddati tugaganidan yoki uning vakolatlari muddatidan ilgari to‘xtatilganda ko‘krak nishonini taqib yurish huquqi to‘xtatiladi.
Oliy Majlisning vakolat muddati tugaganidan keyin ko‘krak nishoni deputat etib saylangan shaxsda qoladi. Deputatning vakolati muddatidan ilgari to‘xtatilgan taqdirda ko‘krak nishoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kotibiyatining Umumiy bo‘limiga qaytarilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 2000-yil 18-apreldagi 51-II-son qarori bilan TASDIQLANGAN
“OLIY MAJLIS DEPUTATI” ko‘krak nishonining
TAVSIFI
“OLIY MAJLIS DEPUTATI” ko‘krak nishoni O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i tasviriga o‘xshash ko‘rinishda bo‘ladi.
Deputat ko‘krak nishonining asosi mis qotishmadan tayyorlanadi. Nishonning sirt tomoni moviy, oq va yashil rangdagi emal bilan qoplangan. Oq yo‘l moviy va yashil yo‘llardan qizil rangdagi emal qoplangan hoshiya bilan ajralib turadi. Nishondagi tasvirlar, “DEPUTATI” degan yozuv, nishon qirralari hamda orqa tomoni zarhal qilib, “OLIY MAJLIS” degan yozuv esa qizil rangdagi emal bilan ishlangan.
Nishonning chapdagi yuqori burchagida moviy fonda yarim oy va undan o‘ngroqda o‘n ikkita besh qirrali yulduz tasvirlangan. Yarim oy vertikal holatda joylashtirilgan, yulduzlar vertikal va gorizontal bo‘yicha quyidagi tartibda joylashtirilgan: yuqori qatorda — uchta yulduz, o‘rta qatorda — to‘rtta yulduz, quyi qatorda — beshta yulduz.
“OLIY MAJLIS” yozuvi nishonning oq hoshiyasida, “DEPUTATI” yozuv yashil hoshiyasida bitilgan.
Nishonning orqa tomonida saylov okrugi va deputat guvohnomasining tartib raqamiga mos keladigan raqam ko‘rsatilgan.
Nishon to‘g‘nog‘ich bilan taqiladi.
Nishonning kattaligi 32x21 millimetr.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 4-son, 127-modda)