1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.02 (Кучини йукотган) Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.03.00 Umumiy ovqatlanish korxonasi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish;
2.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISh KORXONALARIGA SOLIQ SOLISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-iyuldagi 300-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-iyundagi PF-3270-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 13-iyundagi 208-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Chakana savdo sohasida mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
“Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi tushumidan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish tartibi 2002-yil 1-iyuldan boshlab oʻzgarganligi munosabati bilan ushbu korxonalarda oʻsha davrda amal qilgan soliq solish tizimidan kelib chiqqan holda oʻtgan davr uchun soliqlar toʻlash boʻyicha majburiyatlar saqlanib qoladi.
3. Belgilansinki, dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini sotuvchi ulgurji savdo korxonalari qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod etiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi:
mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish boʻyicha nizomlarni soliq toʻlovchilar eʼtiboriga yetkazsinlar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish masalalari boʻyicha joylarda seminar-kengashlar oʻtkazsinlar.
5. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish tartibi toʻgʻrisida” 1998-yil 10-apreldagi 153-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 4-son, 14-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish tartibi toʻgʻrisida” 1998-yil 10-apreldagi 153-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 1999-yil 14-yanvardagi 20-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 1-son, 5-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 30-avgustdagi 339-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 55-modda) ilovaning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 12-iyul,
249-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 12-iyuldagi 249-son qaroriga 1-ILOVA
Chakana savdo sohasida mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom chakana savdo sohasida mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizomning amal qilishi aholiga benzin, dizel yonilgʻisi, transport vositalariga quyish uchun gaz sotuvchi hamda savdo korxonalari uchun nazarda tutilgan tartibda yalpi tushumdan yagona soliq toʻlovchi avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalariga, shuningdek “OʻzDEUavto” aksiyadorlik jamiyatining avtomobillar sotish boʻyicha dilerlari hisoblangan kichik korxonalar va mikrofirmalarga tatbiq etilmaydi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 24-son, 200-modda)
2. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq oʻzida belgilangan fizik koʻrsatkich birligiga belgilangan daromad miqdoridan (soliq toʻlovchining potensial yalpi daromadidan) kelib chiqib hisoblangan soliqning qatʼiy belgilangan summasini ifodalaydi.
3. Chakana savdo sohasida mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq:
soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllovchi soliq toʻlovchilar uchun — atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari va chiqitlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga joylashtirilganligi yagona soliq oʻrniga;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyundagi 270-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 12-son, 92-modda)
soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga oʻtmagan soliq toʻlovchilar uchun — yalpi daromad soligʻi va mulk soligʻi oʻrniga joriy etiladi.
4. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni toʻlovchilar uchun:
bojxona toʻlovlari (bojxona bojlari va yigʻimlari, aksiz soligʻi va tovarlarni import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻi);
davlat bojlari;
savdo huquqini beruvchi yigʻimlar, shu jumladan tovarlarning ayrim turlari bilan savdo qilish huquqiga litsenziya yigʻimlari;
davlat maqsadli fondlariga ajratmalar toʻlashning amaldagi tartibi saqlanib qoladi.
5. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq toʻlovchilarga soliq solishning boshqa tizimini tanlash huquqi joriy etilmaydi.
6. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq toʻlashga oʻtish soliq toʻlovchilarni Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan buxgalteriya hisobini yuritish hamda soliq organlari va boshqa davlat organlariga buxgalteriya va statistika hisobotlarini taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
7. Agar mikrofirmalar va kichik korxonalar asosiy faoliyati — chakana savdodan tashqari faoliyatning boshqa turlari bilan shugʻullansalar, u holda ular faoliyatning ushbu turlari boʻyicha alohida hisob yuritishga va faoliyat turiga qarab yoki yalpi tushumdan yagona soliq toʻlashga (ulgurji savdo, umumiy ovqatlanish) yoxud mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlashga majburdirlar.
II. Soliq toʻlovchilar
8. Chakana savdo sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq toʻlovchilar (keyingi oʻrinlarda “belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq toʻlovchilar” deb yuritiladi) hisoblanadi.
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq chakana savdo sohasida xodimlarning oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 5 kishi boʻlgan korxonalar mikrofirmalar, xodimlarning oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 10 kishi boʻlgan korxonalar kichik korxonalar hisoblanadi.
9. Yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan korxona faoliyati kodi belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq toʻlovchilarni aniqlashning asosiy mezoni hisoblanadi.
III. Soliq solish obyekti
10. Foydalaniladigan umumiy maydon, ijaraga olingan maydon belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq solish obyekti hisoblanadi.
Quyidagi turgʻun maydonlar:
xaridorlarga xizmat koʻrsatiladigan va bevosita tovarlar sotiladigan savdo zali;
xaridorlarga qoʻshimcha xizmat koʻrsatish joylari (gazlamani bichish boʻlimlari, tayyor koʻylakni jussaga moslash ustaxonalari, yangi tovarlarni namoyish qilish zallari, xizmat koʻrsatish byurosi va saqlash kameralari, oʻyib yozish ustaxonalari va maishiy priborlar va poyabzalni mayda taʼmirlash ustaxonalari, tovarlarni kreditga sotishni rasmiylashtirish xonalari);
tovarlarni qabul qilish, saqlash va sotishga tayyorlash joylari (ombor binolari) soliq solish maqsadlari uchun umumiy foydalaniladigan maydon sifatida tushuniladi.
IV. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish tartibi va uning stavkalari
11. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq summasi:
umumiy foydalaniladigan maydon hajmidan;
bazaviy stavkalardan;
korxonaning joylashgan joyiga va sotiladigan tovarlar turlariga qarab tuzatish kirituvchi koeffitsiyentlardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi.
12. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqning bazaviy stavkasi va belgilangan (bazaviy) stavkaga tuzatuvchi koeffitsiyentlar miqdorlari savdo shoxobchasining joylashgan joyiga va sotiladigan tovarlar turlariga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Sotiladigan tovarlar turlariga qarab belgilangan stavkaga tuzatuvchi koeffitsiyentlar miqdorlari, va tovarlarning aralash turlari bilan savdo qilishda ularni qoʻllashga misol mazkur Nizomga 1-ilovada keltiriladi.
Savdo yoki ombor maydoni ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni tuzatuvchi koeffitsiyentlarni qoʻllamasdan hisoblab chiqadi.
13. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq stavkalarining aniq miqdorlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ularning bazaviy stavkalaridan va savdo korxonasi joylashgan joyga qarab tuzatuvchi (pasaytiruvchi, oshiruvchi) koeffitsiyentlardan kelib chiqib belgilanadi va oʻz hududida joylashgan soliq toʻlovchilar eʼtiboriga yetkaziladi.
S=B x Km
bunda:
S — belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadigan aniq stavkasi;
B — Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan bazaviy stavka;
Km — savdo korxonasi joylashgan joyga qarab tuzatuvchi koeffitsiyentlar.
Stavkalarning miqdorlarini belgilashda:
savdo faoliyati amalga oshirilayotgan aholi punkti tipi;
aholi punkti ichida savdo faoliyati amalga oshiriladigan joy (markaz, chekka joy, transport chorrahasi va boshqalar);
agar faoliyat aholi punktidan tashqarida amalga oshirilsa, joyning xususiyati (avtomagistral turi va boshqalar);
korxonaning savdo bazalari va ulgurji bozorlardan yiroqligi hisobga olinadi.
14. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqiladi:
N=PxCxKr
bunda
N — belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq summasi;
P — umumiy foydalaniladigan maydon;
C — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadigan daromaddan olinadigan yagona soliqning aniq stavkasi;
Kr — sotiladigan tovarlar turlariga qarab tuzatuvchi koeffitsiyent.
Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqishga misol mazkur Nizomga 2-ilovada keltiriladi.
V. Soliq toʻlovchilarni hisobga olish tartibi
15. Chakana savdo sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar soliq toʻlashning belgilangan muddatigacha mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza taqdim etish yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkazish joyi boʻyicha davlat soliq xizmati organlarida belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq toʻlovchi sifatida hisobga turishga majburdirlar. Arizaga mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha soliq summasining hisob-kitobi ilova qilinadi.
16. Davlat soliq xizmati organlari belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq toʻlovchi sifatida mikrofirmalar va kichik korxonalarni hisobga qoʻyish toʻgʻrisida ariza olingandan keyin hisob-kitobda keltirilgan maʼlumotlar asosida hisoblab chiqilgan soliq summasi toʻgʻri aks ettirilganligini tekshirib, mazkur arizani bir ish kuni mobaynida koʻrib chiqishlari shart.
17. Mikrofirmalar va kichik korxonalarning bir nechta savdo shoxobchalari mavjud boʻlgan taqdirda, yagona soliq summasi hisobi savdo shoxobchasi joylashgan joy boʻyicha belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib har bir savdo shoxobchasi boʻyicha amalga oshiriladi. Bunda taqdim etiladigan hisob-kitob shaklida har bir savdo shoxobchasi joylashgan joyi koʻrsatilgan holda alohida satrda koʻrsatiladi. Soliq boʻyicha hisob-kitob mikrofirmalar va kichik korxonalarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi. Yuridik shaxs hisoblanmagan har bir savdo shoxobchasi hisobga qoʻyilganlikni tasdiqlash uchun soliq hisob-kitobining nusxasiga ega boʻlishi kerak.
18. Hisob-kitobda koʻrsatilgan soliq solish obyekti (umumiy foydalaniladigan maydon) soliq stavkasi oʻzgargan taqdirda, eng kam oylik ish haqi va boshqa koʻrsatkichlar oʻzgarishi munosabati bilan soliq toʻlovchilar davlat soliq xizmati organlariga oʻzgartirilgan hisob-kitobni oʻzgartirilgan shart-sharoitlarda faoliyatni amalga oshirish boshlangungacha taqdim etishlari shart.
VI. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni toʻlash tartibi va muddatlari
19. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq taqdim etilgan hisob-kitob asosida hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay har oyda toʻlanadi va toʻliq miqdorda mahalliy budjetga oʻtkaziladi.
20. Budjet bilan hisob-kitoblarning buxgalteriya hisobi budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni hisobga olish hisob raqami boʻyicha yuritiladi (turlar boʻyicha).
Hisoblangan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq summasi:
davr xarajatlarini hisobga olish hisob raqami debeti;
budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni hisobga olish hisob raqami krediti boʻyicha aks ettiriladi.
VII. Yakuniy qoidalar
21. Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq toʻlovchilar soliq solishning belgilangan tartibi buzilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
22. Davlat soliq xizmati organlari:
Oʻzbekiston Respublikasining soliq kodeksiga, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni toʻlashning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladilar;
chakana savdo korxonalarida soliq solish obyektining taqdim etilgan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq hisob-kitobiga muvofiqligi yuzasidan tanlab muntazam tekshirishlar oʻtkazilishini nazarda tutuvchi belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqning budjetga toʻliq va oʻz vaqtida tushishi, shuningdek mazkur soliqning korxonalar faoliyati natijalariga taʼsiri va budjet tushumlari monitoringini amalga oshiradilar.
Chakana savdo sohasida mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibiga 1-ILOVA
Sotiladigan tovarlarning turlariga qarab joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan stavkalarga tuzatuvchi koeffitsiyentlar
Avtomobillar, avtomobillar uchun ehtiyot qismlar va aksessuarlar
2,0
3.
Teri va moʻynadan yasalgan buyumlar, kiyim-bosh va poyabzal
1,2
4.
Qurilish, pardozlash materiallari va qurilish uskunalari va instrumentlar
1,2
5.
Maishiy texnika, tashkiliy texnika, yoritish priborlari, aloqa, �ino va fototexnika vositalari, shuningdek ularga anjomlar
1,5
6.
Mebel, gilam va gilambop buyumlar
1,5
7.
Zargarlik buyumlari, qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlar
1,5
8.
Chinni va billurdan yasalgan idishlar
1,2
9.
Boshqa tovarlar, shu jumladan oziq-ovqat tovarlari
1,0
*) Aralash assortiment bilan savdo qilishda sotiladigan tovarlarning ayrim turlari uchun belgilangan tuzatuvchi koeffitsiyentning eng koʻp miqdori qoʻllaniladi.
Aralash assortiment bilan sadvo qilishda tuzatuvchi koeffitsiyentlarni qoʻllashga misol:
Sotiladigan tovarlarning turiga qarab tasdiqlangan tuzatuvchi koeffitsiyent
Korxona quyidagilarni sotadi:
1. Attorlik mollari
1,0
2. Tamaki mahsulotlari va alkogolli mahsulotlar
1,5
3. Mebel, gilam va gilambop buyumlar
1,5
4. Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar va aksessuarlar
2,0
Mazkur korxona uchun belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqishda soliqning belgilangan stavkasiga 2,0 miqdorida tuzatuvchi koeffitsiyent, yaʼni sotiladigan tovarlarning mazkur turlari uchun belgilangan tuzatuvchi koeffitsiyentning eng koʻp miqdori qoʻll�niladi.
Chakana savdo sohasida mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibiga 2-ILOVA
Mebel sotuvchi korxonaning tavsifi:
1.
Umumiy foydalaniladigan maydon 45 kv.m.;
2.
Joylashgan joyi viloyat shahri;
3.
Joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan aniq stavka 1 kvadrat metrga oyiga eng kam oylik ish haqining yarmi;
4.
Sotiladigan tovarlar (mebel) turidan kelib chiqqan holda stavkaning belgilangan miqdoriga tuzatuvchi koeffitsiyent 1,5.
T/r
Koʻrsatkichlar
Oʻlchov birligi
Summa
1.
Umumiy foydalaniladigan maydon
kv.metr
45
2.
Bir kv. metrga oyiga joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan stavkaning aniq miqdori
Eng kam oylik ish haqi
0.5
3.
Hisobot oyidagi eng kam ish haqi
soʻm
4535
4.
Sotiladigan mahsulotning turiga qarab stavkaning belgilangan miqdoriga tuzatuvchi koeffitsiyent
1,5
5.
Belgilangan daromadidan olinadigan yagona soliq summasi (1 satr x 2 satr x 3 satr x 4 satr)
soʻm
153056,3
Shunday qilib, belgilang�n daromaddan olinadigan yagona soliq summasi quyidagiga teng boʻladi:
N=45 x 0,5 x 4535 x 1,5= 153056,3 soʻm
Chakana savdo sohasida mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibiga 3-ILOVA
Yuridik shaxs shtampi
tuman (shahar) _______________________________________ ____________________________ davlat soliq inspeksiyasiga
soliq organining shtampi yoki qaydi
Soliq toʻlovchi _______________________________________
__________________________________________ da olindi
(yuridik shaxsning nomi)
(sana )
Hisob-kitob uchun masʼul shaxs _________________________
belgilangan daromaddan yagona soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazishingizni iltimos qilamiz
Korxona rahbari
_________________________________
_________________________________
(imzo)
(FIO)
Bosh buxgalter
_________________________________
_________________________________
(imzo)
(FIO)
200__ yil “____” _______________________
M.Oʻ.
Chakana savdo sohasida mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibiga 4-ILOVA
Yuridik shaxs shtampi
________________________________________ tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga
soliq organining shtampi yoki qaydi
Soliq toʻlovchi _______________________________________
Chakana savdo sohasida mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq
HISOB-KITOBI
Savdo shoxobchasi joylashgan joy
Umumiy foydalaniladigan maydon (kv.metrlarda)
Joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan yagona soliq stavkasining aniq miqdori (eng kam oylik ish haqi hisobida)
Eng kam oylik ish haqi miqdori (bir oyda)
Sotiladigan mahsulotning turiga qarab stavkaning belgilangan miqdoriga tuzatuvchi koeffitsiyent
Belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq summasi (soʻm) (2-ustun X 3-ustunX 4-ustun X 5-ustun)
1
2
3
4
5
6
Chakana savdo sohasidagi faoliyatni amalga oshirishdan olinadigan belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq 200__yil* _____________________________________________________________________ dan boshlab soʻmni tashkil etadi.
(yozuv bilan)
Korxona rahbari
_________________________________
_________________________________
(imzo)
(FIO)
Bosh buxgalter
_________________________________
_________________________________
(imzo)
(FIO)
Ushbu hisob-kitob boʻyicha soliq toʻlovchining shaxsiy raqamiga har oyda _________________________________________________________________________________________ soʻm oʻtkaziladi.
Soliq inspektori
_________________________________
_________________________________
(imzo)
(FIO)
*) Soliq hisoblanadigan sana koʻrsatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 12-iyuldagi 249-son qaroriga 2-ILOVA
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi tushumidan (tovar aylanmasi hajmidan) olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 13-iyundagi 208-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi tushumidan (tovar aylanmasi hajmidan) olinadigan yagona soliqni hisoblash va toʻlash tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomning amal qilishi chakana savdo sohasida belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq toʻlovchilar hisoblanadigan mikrofirmalar va kichik korxonalarga tatbiq etilmaydi.
2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan mikrofirmalar va kichik korxonalar yalpi daromad soligʻi, mulk soligʻi, shuningdek yalpi daromaddan olinadigan yagona soliq toʻlash oʻrniga keyingi oʻrinlarda “yalpi tushumdan yagona soliq” deb ataladigan yalpi tushumdan (tovar aylanmasi hajmidan) yagona soliq toʻlaydilar.
3. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq toʻlovchilar uchun:
bojxona toʻlovlari (tovarlarni import qilishda bojxona bojlari va yigʻimlari, aksiz soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻi);
davlat bojlari;
savdo huquqi uchun yigʻim, shu jumladan tovarlarning ayrim turlari bilan savdo qilish huquqi uchun litsenziya yigʻimlari;
davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar toʻlashning amaldagi tartibi saqlanib qoladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevraldagi 62-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 3-son, 22-modda)
5. Savdo korxonalari ularga Vazirlar Mahkamasi yoki joylardagi davlat hokimiyati organlari qarorlariga binoan ularga ijaraga berilgan yer uchun ijara toʻlovidan ozod qilinadilar.
II. Soliq toʻlovchilar
6. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari (keyingi oʻrinlarda korxonalar deb ataladi) yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq toʻlovchilar hisoblanadi.
Yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan korxona faoliyati kodi yalpi tushumdan yagona soliq toʻlovchilarni aniqlashning asosiy mezoni hisoblanadi.
Agar korxonalar faoliyatning asosiy turi bilan bir qatorda savdo yoki umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shugʻullansa, ular ushbu faoliyat boʻyicha alohida hisob yuritishga va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq toʻlashga majburdir.
III. Soliq solish obyekti va uni hisoblash tartibi
7. Korxonaning yalpi tushumi yalpi tushumdan yagona soliq olish obyekti hisoblanadi.
Yalpi tushum tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
tovarlar sotishdan (ishlar, xizmatlarni amalga oshirishdan) tushum summasi;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan boshqa daromadlar. Shu bilan birga, kurs boʻyicha ijobiy va salbiy tafovut oʻrtasidagi saldo balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan olinadigan daromad hisoblanadi. Salbiy kurs tafovuti summasi ijobiy kurs tafovuti summasidan ortiq boʻlgan taqdirda, ortiq boʻlgan summa yalpi tushumdan yagona soliqni hisoblab chiqishda soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 24-son, 200-modda)
8. Soliq solish maqsadlari uchun yalpi tushumdan quyidagilar chegiriladi:
mahsulotni sotish boʻyicha aylanmalar uchun hisoblangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi*;
* ulgurji savdo korxonalari uchun;
avtotransport vositalariga quyish uchun benzin, dizel yonilgʻisi va gazdan foydalanganlik uchun jismoniy shaxslardan olingan soliq summasi*;
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 24-son, 200-modda)
IV. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq stavkalari
9. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan:
faoliyat turiga (ulgurji va chakana savdo, umumiy ovqatlanish);
korxonaning joylashgan joyiga (shahar, qishloq, uzoq va togʻli tumanlar) qarab belgilanadigan stavkalar boʻyicha toʻlanadi.
Yalpi tushumdan yagona soliq stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 24-son, 200-modda)
V. Hisoblash tartibi va toʻlash muddatlari
10. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
N = V x S
bunda:
N — yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq summasi;
V — hisobot oyidagi yalpi tushum;
S — yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq stavkasi.
Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliqni hisoblashga misol ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-noyabrdagi 379-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 21-son, 167-modda)
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-noyabrdagi 379-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 21-son, 167-modda)
12. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq boʻyicha ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq hisob-kitob toʻlovchilar tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay taqdim etiladi.
13. Toʻlovchilar yalpi tushumdan olinadigan yagona soliqni hisob-kitoblarni topshirish uchun belgilangan muddatdan kechikmay toʻlaydilar.
14. Budjet bilan hisob-kitoblarning buxgalteriya hisobi budjetga toʻlovlar (soliq turlari) boʻyicha qarzlarni hisobga olish hisob raqami boʻyicha yuritiladi.
Hisoblangan soliq summasi:
soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun foydadan foydalanishni hisobga olish hisob raqami debeti boʻyicha;
budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzni hisobga olish hisob raqami krediti boʻyicha aks ettiriladi.
Budjetga oʻtkazilgan soliq summasi:
budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzni hisobga olish hisob raqami debeti boʻyicha:
pul mablagʻlarini hisobga olish hisob raqami krediti boʻyicha aks ettiriladi.
VI. Yakuniy qoidalar
15. Toʻlovchilar yalpi tushumdan (tovar aylanmasi hajmidan) olinadigan yagona soliqning toʻgʻri hisoblanishi va oʻz vaqtida toʻlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Yalpi tushumni (tovar aylanmasi hajmini) yashirish hollari aniqlangan taqdirda soliq toʻlovchidan tushumning yashirilgan jami summasi va ana shu summadagi jarima undiriladi.
16. Davlat soliq xizmati organlari:
yalpi tushumga yagona soliq solishning belgilangan qoidasiga rioya etilishi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradilar.
yalpi daromaddan olinadigan yagona soliqning budjetga toʻliq va oʻz vaqtida tushishi ustidan monitoringni taʼminlaydi, ushbu monitoring savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida yalpi tushum hajmining yagona soliq summasi budjetga toʻliq tushishiga muvofiqligi yuzasidan muntazam ravishda tanlab tekshiruvlar oʻtkazishni nazarda tutadi. Aniqlangan tafovutlar yalpi tushumni yashirish deb hisoblanadi va buning uchun qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik choralari qoʻllanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil30-dekabrdagi 455-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi tushumidan (tovar aylanmasi hajmidan) olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ILOVA
Iyul oyi uchun yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq HISOB-KITOBI
T/r
Koʻrsatkichlar
Oʻlchov birligi
1-variant
2-variant
1.
Bir oy (iyul)dagi haqiqiy olingan yalpi tushum
ming soʻm
20800
18200
2.
Soliqning belgilangan stavkasi
%
5
5
3.
Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq summasi (4-satr x 5-satr/100)
ming soʻm
1040
910
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-noyabrdagi 379-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 21-son, 167-modda)
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi tushumidan (tovar aylanmasi hajmidan) olinadigan yagona soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 3-ILOVA
Yuridik shaxs shtampi
_______________________________________tumani (shahri) davlat soliq inspeksiyasiga
Soliq organining shtampi yoki belgisi
Soliq toʻlovchi _______________________________________
**) Hisob-kitobga yalpi tushumdan aniq chegirmalar roʻyxati ilova qilinadi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-noyabrdagi 379-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 21-son, 167-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 12-iyuldagi 249-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga oʻtgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliq solish tartibi toʻgʻrisida” 1998-yil 15-apreldagi 159-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 4-son, 15-modda; 1999-y., 11-son, 64-modda; 2000-y., 8-son, 45-modda; 2001-y., 6-son, 34-modda) bilan tasdiqlangan Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllash tartibida:
a) I boʻlim 2-bandining ikkinchi xatboshiga “soliq solishning alohida tartibi belgilangan tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin;
b) III boʻlim 1-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“xarid qiluvchi, taʼminot-sotish korxonalari uchun – yalpi daromad”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan isteʼmol tovarlari bilan savdo qilishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 31-oktabrdagi 433-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 10-son, 61-modda) 1-bandining birinchi xatboshidagi “vositachilar sonidan qatʼi nazar, koʻpi bilan 25 foiz miqdorida belgilanadigan cheklangan savdo ustamasi qoʻllangan holda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2001-yil 31-dekabrdagi 490-son qarorida:
v) 4 va 5-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
g) 7-ilova jadvalidagi “savdo (xarid qiluvchi, savdo-vositachilik, ulgurji-sotish, taʼminot) korxonalari, shu jumladan umumiy ovqatlanish” soʻzlari “xarid qiluvchi, taʼminot-sotish korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 10-ilova jadvalidagi 1—3 satrlar, shuningdek izohning 3-bandi chiqarib tashlansin;
e) 18-ilova jadvalidagi “transport vositalari uchun suyultirilgan gaz” soʻzlari “transport vositalari uchun gaz” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 13-iyundagi 208-son qaroriga 4-ilovada:
a) 1.1 va 1.2-bandlardagi “zargarlik buyumlari” pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
b) 1.3-banddagi “zargarlik buyumlari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) izohga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Aralash savdo (oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan) pozitsiyasi boʻyicha 1.1-bandda nazarda tutilgan bazaviy stavkalar va bazaviy stavkaga oʻzgartiruvchi koeffitsiyentlar ushbu bandda alohida koʻrsatilmagan nooziq-ovqat tovarlari bilan turgʻun savdo shoxobchalari orqali chakana savdoga ham tatbiq etiladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 13-son, 108-modda; 24-son, 200-modda; 21-son, 167-modda; 2003-y., 3-son, 22-modda; 12-son, 92-modda; 13-son, 104-modda)