1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.05 Oʻrmondan foydalanish huquqini berish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 Oʻrmondan va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.01 Umumiy qoidalar. Daraxt va butazorlarni kesish]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻrmondan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish, mahalliy farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan dori-darmonlar turlarini kengaytirish, yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklarni yetishtirish, yigʻish, tayyorlash va qayta ishlashni tizimli ravishda tashkil etish, yalangʻoch qizilmiyani xom ashyo sifatida eksport qilishdan manfaatdor boʻlgan tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada erkinlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻrmondan foydalanganlik uchun toʻlovlar miqdorini va ularni undirishni tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
3. Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari yalangʻoch qizilmiyani xomashyo sifatida (1 tonnasi uchun 225 AQSH dollari) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqqanliklari uchun toʻlovlardan 2016-yil 31-dekabrgacha ozod qilinsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 30-sentabr,
278-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-sentabrdagi 278-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻrmondan foydalanganlik uchun toʻlovlar miqdorini va ularni undirishni tartibga solish toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.01 Umumiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.05.00 Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar]
1. Ushbu Nizom “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq oʻrmondan foydalanganlik uchun toʻlovlar miqdorini va ularni undirishni tartibga soladi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar – oʻrmon fondi yerlari doimiy egalik qilishga berilgan oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari;
oʻrmondan vaqtincha foydalanuvchilar – oʻrmondan foydalanish huquqini beradigan tegishli hujjatlar asosida oʻrmondan qisqa muddatli (3 yilgacha) yoki uzoq muddatli (10 yilgacha) foydalanishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
3. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan jismoniy shaxslar tomonidan umumiy foydalanish bepul amalga oshiriladi.
II. Oʻrmondan foydalanish tartibi va turlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.05.00 Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar]
4. Davlat oʻrmon fondi uchastkalari oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar tomonidan oʻrmondan vaqtincha foydalanuvchilarga oʻrmondan foydalanishning quyidagi turlari boʻyicha toʻlov asosida foydalanishga beriladi:
chorva mollarini boqish;
pichan oʻrish;
asalari uyalari va qutilarini joylashtirish;
daraxt va butalarni kesmagan holda oʻtin va shox-shabbalarni yigʻish;
davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish;
davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish.
III. Oʻrmondan foydalanganlik uchun toʻlovlar miqdori va ularni undirish tartibi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.05.00 Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar]
5. Mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan oʻrmondan foydalanish turlari uchun ushbu Nizom ilovasiga muvofiq miqdorlarda toʻlov undiriladi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.06 Oʻrmon fondi yerlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.05.00 Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar]
6. Ushbu nizomning 4-bandida koʻrsatilgan oʻrmondan foydalanish turlari uchun toʻlovlar summasining 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga, qolgan 50 foizi oʻrmondan doimiy foydalanuvchilarning hisob raqamiga tushadi va oʻrmondan doimiy foydalanuvchilarning daromadi hisoblanadi. Agar oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar budjet tashkilotlari boʻlgan taqdirda, oʻrmondan foydalanishning koʻrsatib oʻtilgan turlari uchun toʻlovlar summasining 50 foizi ularning budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmalariga tushadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-apreldagi 282-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2018-y., 09/18/282/1055-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.01 Umumiy qoidalar;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.05.00 Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar]
7. Oʻrmondan foydalanganlik uchun toʻlovlar yuridik shaxslar tomonidan naqd pulsiz shaklda, jismoniy shaxslar tomonidan esa naqd pul yoki naqd pulsiz shakllarda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.05.00 Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar]
8. Oʻrmondan foydalanganlik uchun toʻlovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
oʻrmondan foydalanishning bir kalendar yiligacha boʻlgan muddat uchun — oʻrmondan foydalanish boshlangunga qadar 100% miqdorida;
oʻrmondan foydalanishning bir yildan ortiq boʻlgan muddati uchun har bir kalendar yilning yanvar oyida yoki foydalanish mavsumi boshlanishida joriy kalendar yil uchun 100% miqdorida.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.05.00 Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar]
9. Oʻrmondan foydalanganlik uchun toʻlovlar quyidagi holatlarda qaytariladi:
oʻrmonlarning holatiga salbiy taʼsirlarning oldini olish maqsadida oʻrmonga oid munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan oʻrmondan foydalanishning alohida turlarini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda;
oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar faoliyati toʻxtatilganda;
oʻrmon fondi yerlari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.05 Oʻrmondan foydalanish huquqini berish]
10. Toʻlovlarni qaytarish oʻrmondan vaqtincha foydalanuvchi tomonidan oʻrmondan foydalanish huquqini beruvchi tegishli hujjat ilova qilingan holda ariza berilgan kundan boshlab yigirma ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
11. Qaytariladigan toʻlov miqdori oʻrmondan foydalanish turi boʻyicha haqiqatda foydalanilmagan muddatdan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi.
IV. Oʻrmondan foydalanish uchun toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 Oʻrmondan va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.03 Boshqa foydalanish turlari]
12. Oʻrmondan madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish oʻrmondan vaqtincha foydalanuvchilarning quyidagi toifalari tomonidan bepul amalga oshiriladi:
maktabgacha yoshdagi bolalar;
oʻzlarining tabiat bilan bogʻliq tegishli dasturlari boʻyicha davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan foydalanadigan maktabgacha taʼlim muassasalarining tarbiyachilari va tarbiyalanuvchilari, umumtaʼlim muassasalarining oʻqituvchi va oʻquvchilari, oʻrta maxsus, kasb-hunar hamda oliy taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari va talabalari;
“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari va “Gʻamxoʻrlik” markazlariga joylashtirilgan shaxslar;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar;
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
atom obyektlaridagi halokatlar oqibatida kelib chiqqan yuqori radiatsiya nurlanishi bilan bogʻliq nurlanish kasalligiga va boshqa kasalliklarga yoʻliqqan yoki ularni boshidan kechirgan shaxslar.
V. Yakunlovchi qoidalar
13. Oʻrmondan foydalanishda kelib chiqadigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.10.00 Oʻrmonga oid qonun hujjatlarini va oʻsimliklar dunyosi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik. Oʻrmon fondiga va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimliklar dunyosiga yetkazilgan zararni qoplash (taksalar)]
14. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Oʻrmondan foydalanganlik uchun toʻlovlar miqdorini va ularni undirishni tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Oʻrmondan foydalanishning alohida turlari uchun undiriladigan toʻlovlar
Yuridik va jismoniy shaxslar uchun bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyent
1.
Oʻrmon fondining ruxsat etilgan hududlarida chorva mollarini boqish uchun (bir bosh chorva moli uchun bir mavsumga):
yirik qoramol, ot, eshak va tuya
2 yoshgacha boʻlgan buzoq, ot, eshak va tuya
6 oylikdan katta qoʻy va echkilar
6 oylikgacha boʻlgan qoʻy va echkilar (ona suti bilan oziqlanadigan buzoq, boʻtaloq, xoʻtik, qoʻzi va uloqlar uchun toʻlov undirilmaydi)
0,45
0,15
0,1
0,03
2.
Oʻrmon fondi uchastkalarida pichan oʻrish (1 gektar uchun)
1,5
3.
Oʻrmon fondi uchastkalarida asalari uyalari va qutilarini joylashtirish (bir asalari oilasi uchun 1 mavsumga)
0,05
4.
Oʻrmon fondi uchastkalarida daraxt va butalarni kesmagan holda oʻtin va shox-shabbalarni yigʻish uchun (1 m kub)
0,4
5.
Davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish uchun, har bir kishi uchun 1 sutkaga
0,05
Izohlar:
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi;
yovvoyi oʻsimliklarning dorivor xom ashyosini tayyorlash (yigʻish) va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi oʻsimliklarni tayyorlash (yigʻish), shuningdek davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan ovchilik xoʻjaligi ehtiyojlariga foydalanish uchun toʻlovlar qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-sentabrdagi 278-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“10. Yuridik va jismoniy shaxslarga yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklarni gʻamlaganlik (yigʻganlik) uchun toʻlovlarni kamaytirish boʻyicha quyidagi miqdorlarda imtiyoz beriladi:
belgilangan toʻlovlarning 50 foizi miqdorida — Qizil kitobga kirmaydigan hamda har yili Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklar roʻyxatiga kiritilgan yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklardan (yalangʻoch qizilmiyadan tashqari) ekstrakt tayyorlanganda yoki ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari bilan ularni xom ashyo sifatida yetkazib berish yuzasidan shartnomalar mavjud boʻlganda;
belgilangan toʻlovlarning 90 foizi miqdorida — plantatsiyalar tashkil etish maqsadida ekish materiallari (urugʻlari, koʻchatlari) uchun;
belgilangan toʻlovlarning 90 foizi miqdorida — yalangʻoch qizilmiya ildizidan ekstrakt tayyorlanganda yoki ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari bilan yalangʻoch qizilmiya ildizini xom ashyo sifatida yetkazib berish yuzasidan shartnomalar mavjud boʻlganda.
Yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklar roʻyxati, shuningdek Respublika boʻyicha gʻamlash (yigʻish) hajmlari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi va respublikaning yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklardan ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari buyurtmanomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 39-son, 511-modda; 2016-y., 24-son, 286-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2018-y., 09/18/282/1055-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)