1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar boʻyicha savdo;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.01.00 Alohida turdagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 9-apreldagi 86-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 9-apreldagi 86-son qarorining 9-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Ushbu qaror:
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan maishiy elektr priborlari uchun — 2016-yil 1-yanvardan boshlab;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan maishiy elektr priborlari uchun — 2016-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi, ilgari foydalanishda boʻlgan maishiy elektr priborlari bundan mustasno.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Gʻ.I. Ibragimov hamda U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 28-sentabr,
276-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 28-sentabrdagi 276-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarida:
a) 165-bandning rus tili matnidagi “elektrobitovie pribori” soʻzlari “bitovie elektropribori” soʻzlari bilan almashtirilgan;
b) quyidagi mazmundagi 1681-band qoʻshilsin:
“1681. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 9-apreldagi 86-son qarorida nazarda tutilgan, maishiy elektr priborlarga ilova qilinadigan texnik hujjatlarida, markirovkasida va etiketkalarida energiya samaradorligining klassi toʻgʻrisidagi axborotlar mavjud boʻlmagan maishiy elektr priborlarini sotish va sotish uchun saqlash taqiqlanadi”;
v) 189-bandga quyidagi mazmundagi yigirma birinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 9-apreldagi 86-son qarorida nazarda tutilgan, maishiy elektr priborlarga ilova qilinadigan texnik hujjatlarda, markirovkasida va etiketkalarida energiya samaradorligining klassi toʻgʻrisidagi axborotlar mavjud boʻlmagan maishiy elektr priborlarini sotish”;
g) 1-ilova 11-bandidagi “maishiy elektr mashinalari va priborlari” soʻzlari “maishiy elektr mashinalari va maishiy elektr priborlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 2-ilova 3 va 4-bandlarining rus tili matnidagi “elektrobitovie pribori” soʻzlari “bitovie elektropribori” soʻzlari bilan almashtirilgan.
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-maydagi 127-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 5-son, 29-modda) 5-bandida:
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 9-apreldagi 86-son qarorida nazarda tutilgan maishiy elektr priborlari uchun energiya samaradorligi klassi”;