toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2019
Hujjat 28.09.2015 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOshqaruvining
Qarori
Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 22-sentabrda 2687-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/12-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3208, 30.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 16-maydagi 12/17-son qarori (roʻyxat raqami 2687, 2015-yil 22-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 25-son, 330-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 5-sentabr,
24/7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 5-sentabrdagi 24/7-sonli qaroriga
ILOVA
Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 24-bandning birinchi xatboshisidagi “tikilgan va muhrlangan” degan soʻzlar “tikilgan va tashkilot muhri bilan muhrlangan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 26-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “imzolanadi va muhrlanadi” degan soʻzlar “imzolanadi va tashkilot muhri bilan muhrlanadi (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 38-son, 502-modda)