1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.03.00 Boshqa kredit tashkilotlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash;
3.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 25-sentabrda 2093-6-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 22-avgustdagi 19/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3389, 28.09.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-yanvardagi 3/5-son qarori (roʻyxat raqami 2093, 2010-yil 13-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 116-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 5-sentabr,
24/9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 5-sentabrdagi 24/9-son qaroriga ILOVA
Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Nizom muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida mikrokredit tashkilotlarini litsenziyalash tartibini belgilaydi.”.
“15. Hajmi bir varaqdan ziyod holda taqdim etiladigan barcha hujjatlar alohida yigʻmajild shaklida tikilib, mikrokredit tashkiloti rahbari tomonidan imzolangan va muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlangan boʻlishi lozim.”.
“55. Mazkur Nizomga muvofiq talab qilinadigan barcha hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga rioya etilgan holda taqdim etiladi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 38-son, 506-modda)