1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.01 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomni hamda Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar kadrlarini tanlash va ularni rotatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Vazirlar Mahkamasining “Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatini va uni malakali kadrlar bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 26-iyundagi 170-son qaroriga muvofiq, shuningdek davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini yuksak kasbiy va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, zamonaviy sharoitlarda rahbarlik qilishga qodir boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar kadrlarini tanlash va ularni rotatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-apreldagi 147-son qarori bilan tasdiqlangan Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun jazo jarimalaridan tushadigan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 20-avgust,
243-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 243-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida
1. Ushbu Nizom Vazirlar Mahkamasining “Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatini va uni malakali kadrlar bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 26-iyundagi 170-son qaroriga muvofiq Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar kadrlarini tanlash, attestatsiyadan oʻtkazish va rotatsiya qilish boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining bosh vrachlarini egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining bosh vrachlari (keyingi oʻrinlarda bosh vrachlar deb ataladi) davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini malakali, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak kasbiy va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallagan, yetarli darajada boshqaruv koʻnikmasiga va tajribaga ega boʻlgan kadrlar bilan taʼminlash maqsadida attestatsiyadan oʻtkaziladi.
4. Respublika komissiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga amal qiladi.
bosh vrachlarni, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimlariga kasbiy tayyorgarligi darajasi va malakasi boʻyicha muvofiqligini baholash yuzasidan uch yilda bir marta attestatsiyadan oʻtkazish;
sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmatlari bosh vrachlari malakasini doimiy ravishda oshirib borish va ularning kasbiy darajasini oʻstirish tizimini yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
8. Attestatsiyadan oʻtkazish joyi va muddati, attestatsiyadan oʻtkaziladiganlarning roʻyxat boʻyicha tarkibi hamda attestatsiyani oʻtkazishning boshqa tashkiliy masalalari Respublika komissiyasi tomonidan belgilanadi.
9. Respublika komissiyasi aʼzolari Respublika komissiyasi majlislarini tayyorlash va oʻtkazishda qatnashadilar, zarurat boʻlganda, attestatsiyadan oʻtkaziladiganning faoliyatiga taalluqli qoʻshimcha materiallar va hujjatlarni talab qilish huquqiga egadirlar, attestatsiya varaqasini va attestatsiya protokolini imzolaydilar.
III. Attestatsiyadan oʻtishi kerak boʻlgan shaxslar va attestatsiyani oʻtkazish muddatlari
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar hamda shaharlarning davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari bosh vrachlari attestatsiyadan oʻtishlari kerak.
tegishli lavozimda bir yildan kam ishlagan shaxslar;
homilador, shuningdek chaqaloqni parvarish qilish boʻyicha taʼtilda boʻlgan ayollar.
Koʻrsatib oʻtilgan ayollarni attestatsiyadan oʻtkazishga ular ishga chiqqanidan keyin oradan kamida bir yil oʻtgach yoʻl qoʻyiladi.
IV. Attestatsiya talablari
13. Attestatsiya talablari quyidagilarni xolisona baholashni oʻz ichiga oladi:
qonunchilik, maʼnaviyat va maʼrifat masalalari boʻyicha bilimlar;
bosh vrachlarning kasbiy fazilatlari hamda tegishli hududda sogʻliqni saqlash va sanitariya-epidemiologiya holatining maqbul darajada boʻlishi sohasida davlat siyosatini amalga oshirish yakunlari boʻyicha ular faoliyatining yakuniy natijalari;
lavozim vazifalariga muvofiq bosh vrachlar faoliyatining aniq natijalari;
sanitariya-epidemiologiyaning maqbul boʻlishi sohasidagi qonunchilikka rioya etish darajasi va sifatiga qoʻyiladigan talablarning taʼminlanishi;
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish va ular bilan ish olib borish sifati;
moddiy resurslarni boshqarish samaradorligi;
ilgʻor axborot-texnologiyalarini, zamonaviy ilmiy yutuqlarni davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimi faoliyatiga joriy etish.
V. Attestatsiyani oʻtkazish tartibi
14. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
attestatsiya oʻtkazilishidan oʻn kun oldin Respublika komissiyasi bilan kelishgan holda attestatsiyani oʻtkazish toʻgʻrisidagi tegishli buyruqni chiqaradi, unda attestatsiyadan oʻtkaziladiganlarning roʻyxat boʻyicha tarkibi, attestatsiyani oʻtkazish joyi va muddati belgilanadi;
attestatsiyadan oʻtkaziladiganlarni attestatsiyani oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq, shuningdek Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan attestatsiya talablari roʻyxati (shu jumladan savolnomalar) bilan imzo qoʻydirgan holda tanishtiradi.
15. Respublika komissiyasiga attestatsiyadan oʻtkaziladiganlarning har biri uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
b) maʼlumoti, malaka toifasi, ilmiy darajasi toʻgʻrisidagi hujjatlarning nusxalari;
v) malaka oshirganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar (sertifikatlar) nusxalari;
g) oʻtgan uch yilda amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisidagi hisobot;
d) quyidagilar uchun ishlab chiqarish tavsifnomasi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining bosh vrachlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachidan;
tumanlar va shaharlar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining bosh vrachlari uchun — tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining bosh vrachlaridan;
17. Respublika komissiyasi majlisi attestatsiyadan oʻtayotgan xodimning ishtirokida oʻtkaziladi.
Uzrli sababga koʻra attestatsiyaga kelmagan shaxslar Respublika komissiyasining keyingi majlisi vaqtida attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Uzrsiz sababga koʻra attestatsiyaga kelmagan shaxslar ogohlantiriladi. Uzrsiz sababga koʻra attestatsiyaga takroran kelinmagan taqdirda Respublika komissiyasi attestatsiyadan oʻtadiganning egallab turgan lavozimiga muvofiq emasligi toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqli.
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining bosh vrachlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun savolnoma Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
21. Attestatsiyani oʻtkazish vaqtida audio va videoyozuvlar amalga oshiriladi.
VI. Attestatsiya natijalari
22. Bosh vrachning attestatsiya talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi qaror attestatsiyadan oʻtayotganning ishtirokisiz ochiq ovoz berish yoʻli bilan, Respublika komissiyasining majlisda qatnashayotgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Respublika komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
24. Attestatsiya natijalari attestatsiyadan oʻtkazilayotganga Respublika komissiyasi majlisi tugagandan keyin darhol eʼlon qilinadi va ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq protokol bilan rasmiylashtiriladi.
25. Respublika komissiyasining protokoli asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi belgilangan tartibda oʻn ish kunidan kechikmay tegishli buyruq chiqaradi.
26. Attestatsiyadan oʻtolmagan bosh vrachlar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 100-moddasining 2-qismi asosida egallab turgan lavozimidan ozod qilinadilar.
5. Ilmiy darajasi, unvoni______________________________________________________ 6. Malaka oshirganligi: _________________________________________________________ ____________________________________________________________________________ 7. Egallab turgan lavozimi: ___________________________________________________ ____________________________________________________________________________ 8. Umumiy ish staji ____, shu jumladan rahbarlik lavozimidagi _______________________ 9. Boshqa maʼlumotlar: __________________________________________________________ ____________________________________________________________________________ 10. Attestatsiyadan oʻtkazilayotganga savollar va uning javoblari: ________________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________ 11. Attestatsiyadan oʻtkazilayotganning eʼtirozlari va takliflari: ________________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________ 12. Attestatsiyadan oʻtkazilayotganning faoliyatini baholash: ___________________________ ____________________________________________________________________________ 13. Ovoz berish natijalari: rozilar_________ qarshilar________ betaraflar____________ 14. Komissiyaning tavsiyalari: ____________________________________________________ _____________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________ 15. Attestatsiya oʻtkazilgan sana: ___________________________________________________ 16. Oʻtkazilgan attestatsiya natijalari boʻyicha qaror: __________________________________ _____________________________________________________________________________
Komissiya raisi
___________________________________
Komissiya raisining oʻrinbosari
___________________________________
Komissiya kotibi
___________________________________
Komissiya aʼzolari
_______________________________
_______________________________
_______________________________
_______________________________
Attestatsiya varaqasi bilan tanishdim: ____________________________________________
Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar kadrlarini tanlash, attestatsiyadan oʻtkazish va rotatsiya qilish boʻyicha Respublika komissiyasi majlisining ____ -son PROTOKOLI
Toshkent shahri
20___ yil “___” _________
Komissiya raisi Komissiya raisining oʻrinbosari Komissiya kotibi Komissiya aʼzolari: 1. 2. 3. 4. 5. 6. 7.
F.I.O. F.I.O. F.I.O. F.I.O.
20___ yil “___” ________ dagi majlis yakunlari boʻyicha komissiya qaror qiladi:
T/r
Familiyasi, ismi va otasining ismi
Ish joyi
Lavozimi
Respublika komissiyasining qarori
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
Komissiya raisi _____________________ Komissiya kotibi _____________________
1. Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining “Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatini va uni malakali kadrlar bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 26-iyundagi 170-son qaroriga muvofiq Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari rahbar kadrlarini tanlash, attestatsiyadan oʻtkazish va rotatsiya qilish boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari bosh vrachlarini (keyingi oʻrinlarda bosh vrachlar deb ataladi) tanlash va rotatsiya qilish tartibini belgilaydi.
2. Bosh vrachlarni tanlash va rotatsiya qilishdan maqsad davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlarini eng malakali, yuqori kasbiy va maʼnaviy — axloqiy sifatlarga ega boʻlgan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini biladigan, yetarli boshqaruv koʻnikmalari va tajribasiga ega boʻlgan, zamonaviy fikrlaydigan kadrlar bilan toʻldirish hisoblanadi.
3. Bosh vrachlar lavozimiga nomzodlarni tanlash davlat sanitariya-epidemiologiya xizmatining yetarli malaka va ish tajribasiga ega boʻlgan xodimlari safidan amalga oshiriladi.
ularga yuklangan vazifalar va majburiyatlarni samarali bajarishni taʼminlash qobiliyati.
5. Respublika komissiyasining koʻrib chiqishi uchun bosh vrachlar lavozimiga nomzodlarni tanlash uchun zarur hujjatlarni tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
6. Respublika komissiyasi taqdim qilingan hujjatlar boʻyicha har bir nomzod bilan suhbat oʻtkazadi, ularning kasbiy bilimlari darajasini va boshqaruv faoliyati tajribasini oʻrganadi.
7. Nomzodlarning malakasi, kasbiy, maʼnaviy-axloqiy sifatlarini yanada chuqurroq oʻrganish maqsadida, zarur hollarda, Respublika komissiyasi taqdim etilgan materiallar boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga soʻrovnoma yuborishi mumkin.
8. Hujjatlarni koʻrib chiqish yakunlari, shuningdek bosh vrach lavozimiga nomzodga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi boʻyicha Respublika komissiyasi nomzodlarni maʼqullash yoki rad qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining bosh vrachlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan lavozimga tayinlanadi.
11. Respublika shaharlari va tumanlari davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining bosh vrachlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi bilan kelishuv boʻyicha tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining bosh vrachlari tomonidan lavozimga tayinlanadi.
13. Bosh vrachlar egallagan lavozimida besh yillik muddat muvaffaqiyatli ishlar bilan tugagandan keyin egallab turgan lavozimidan past boʻlmagan lavozimga yangi ish joyiga rotatsiya qilinadi. Ishda jiddiy kamchiliklar mavjud boʻlganda ushbu muddat ancha qisqartirilishi mumkin.
faoliyati jarayonida aholining sanitariya-epidemiologiya jihatdan xotirjamligi sohasida toʻplangan kasbiy bilimlari va ilgʻor tajribasini davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining boshqa markazlarida joriy etish;
mutaxassislarning ishlash qobiliyatini va ular faoliyatining samaradorligini oshirish, jamoada sogʻlom ish sharoitini taʼminlash;
lavozim mavqeyini suiisteʼmol qilish va oʻz kasbiy vazifalariga sovuqqonlik bilan qarash kabi salbiy holatlarni bartaraf etish.
15. Bosh vrachlarni boshqa ish joyiga rotatsiya qilish mehnat qonunchiligi normalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 243-son qaroriga 3-ILOVA
Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun jazo jarimalaridan tushadigan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Nizomning barcha matni boʻyicha “Sanitariya-epidemiologiya stansiyasi”, “sanepidstansiya” va “sanitariya-epidemiologiya stansiyalari” soʻzlari “davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Nizomning barcha matni boʻyicha “schyot” soʻzi “hisob varaqasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“vaksinalar, ozuqa muhiti, bakteriyali faglar, immunoglobulinlar, diagnostikumlar, zardoblar, dezinfeksiya vositalari, kimyoviy reaktivlar, tibbiy jihozlar va texnikalar, laboratoriya idishlari, laboratoriyalar uchun asboblar va priborlar xarid qilishga, priborlar va asboblarni taʼmirlashga, avtotransport vositalarini taʼmirlash va yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlashga, epidemiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazilganda xizmat safari xarajatlarini toʻlashga;
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 26-iyundagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari rahbar kadrlarini tanlash, attestatsiyadan oʻtkazish va rotatsiya qilish boʻyicha Respublika komissiyasining qaroriga koʻra, davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar kadrlarini yangi ish joyiga oʻtkazilganda ularni xizmat uy-joylari bilan taʼminlashga yoki uning ijarasi uchun kompensatsiya toʻlovlariga”.
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 243-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Daydi hayvonlarni tutish bilan shugʻullanuvchi xodimlar mehnatini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 1998-yil 21-avgustdagi 359-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 25-oktabrdagi 227-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 10-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi sogʻliqni saqlash tizimi rahbar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ilovaning yettinchi xatboshi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 33-son, 443-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)