Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Kasalliklarning oldini olish uchun javobgarlikni oshirish, shuningdek daydi hayvonlarni tutish bilan shugʻullanuvchi xodimlar mehnatini ragʻbatlantirish va ularni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining daydi hayvonlarni tutish bilan shugʻullanuvchi, faoliyati Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan mablagʻ bilan taʼminlanadigan xodimlari uchun 1998-yil 1-sentabrdan boshlab:
alohida xavfli mehnat sharoitlari uchun tarif stavkalariga (lavozim maoshlariga) 30 foizli ustama;
zimmasidagi vazifalarni namunali bajarganlik uchun har oyda lavozim maoshining 100 foizi miqdorida mukofotlash belgilansin.
Tarif stavkalariga ustama va zimmadagi vazifalarni namunali bajarganlik uchun har oyda mukofotlash sanitariya qonunlarini buzganlik uchun jazo jarimalaridan tushadigan mablagʻlar hisobiga amalga oshirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-apreldagi 147-son qarori bilan tasdiqlangan “Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun jazo jarimalaridan tushadigan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning
“a” kichik bandi quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining daydi hayvonlarni tutish bilan shugʻullanuvchi xodimlariga zimmadagi vazifalarni namunali bajarganlik hamda alohida xavfli mehnat sharoitlari uchun ustamalar toʻlashga va ularni har oyda mukofotlashga”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda daydi hayvonlarni tutish bilan shugʻullanuvchi xodimlarga sanitariya qonunlarini buzganlik uchun jazo jarimalaridan tushadigan mablagʻlar hisobiga ustamalar belgilash hamda ularni mukofotlash
tartibi va shartlarini bir oyda muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.