1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.06.00 Qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklarida qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 5-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1885-1]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/7-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3428, 20.04.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 13-dekabrdagi 28/4-son qarori (roʻyxat raqami 1885, 2009-yil 19-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 4-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 22-iyul,
19/12-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/12-sonli qaroriga ILOVA
Tijorat banklarida qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi hamda “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlarni chiqarish va qimmatli qogʻozlar bozorida vositachilik bilan bogʻliq operatsiyalar hamda qimmatli qogʻozlar bilan muddatli bitimlarga oid operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini belgilaydi.”.
“1. Qimmatli qogʻozlar chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning emitent bankka berilgan nusxasiga asosan quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 90329 — “Bankning hujjatsiz qimmatli qogʻozlari”;
Kt 96314 — “Bankning qimmatli qogʻozlari boʻyicha kontr-hisobvaraq”.
“Toʻlov toʻliq olingandan soʻng bitim amalga oshirilganda, aksiya boʻyicha egalik huquqi oʻtkazilganligini tasdiqlovchi depo hisobvaragʻidan olingan tegishli koʻchirmaga asosan bir vaqtning oʻzida quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:”;