

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;15.06.2007
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2711013" id="-2711013">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2711014" id="-2711014">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2711015" id="-2711015">Sud qarorlari haqida</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-2824165" id="-2824165">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi <a href="/mact/-1641542">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2711016" id="-2711016"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711019" id="-2711019">Xoʻjalik sudlarining oldida turgan iqtisodiy munosabatlar sohasida qonunchilikni mustahkamlash va odil sudlovni amalga oshirishni takomillashtirish masalasi qabul qilinayotgan sud qarorlarining qonun talablariga toʻliq javob berishini talab etadi. Bu esa sudyalarga alohida masuliyat va eʼtibor yuklaydi. Har bir ish boʻyicha qarorlar qonuniy va asoslangan boʻlishi lozim. Sud amaliyotini oʻrganish shuni koʻrsatadiki, koʻpchilik ishlar boʻyicha chiqarilayotgan qarorlar moddiy huquq va protsessual talablarga binoan chiqarilayapti.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711020" id="-2711020">Shu bilan birga xoʻjalik sudlari tomonidan ayrim ishlar boʻyicha qabul qilinayotgan qarorlar hamma vaqt ham Xoʻjalik protsessual kodeksi qonunchiligi talablariga va ishning moxiyatiga toʻla, aniq javob bermaydi. Ish jarayonida obyektiv tahlillar va aniq holatlar boʻyicha yigʻilgan dalil-isbotlar qarorlarda baʼzi paytlarda toʻliq koʻrsatilmaydi. Koʻpchilik qarorlarda daʼvogarning talablari va javobgarning vajlari aniq bayon etilmaydi, tomonlar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlarning mohiyati chuqur ochilmaydi, aniqlangan faktlarga huquqiy baho berilmaydi. Baʼzi hollarda esa, sud nizoni mohiyati boʻyicha hal qilishda koʻrsatilishi kerak boʻlgan qonunlarni koʻrsatmaydi. Qarorlarning tuzilish tartibida ham bir qancha kamchiliklar uchramoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711025" id="-2711025">Yuqorida koʻrsatilgan kamchiliklarning oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/mact/-68425#-130842">42</a>, <a href="/mact/-68425#-130893">46-moddalariga </a>asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711027" id="-2711027">1. Xoʻjalik sudlarining eʼtibori sud hokimiyati aktlari boʻlgan — qarorlarni chiqarishda har bir alohida ish boʻyicha chiqarilgan qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual qonunchiligining talablariga toʻliq javob berishiga, qonuniy va asosli boʻlishiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711028" id="-2711028">Sudyalar qarorlarni oʻzlarining huquqiy ongiga tayanib, tashqi muhitlar taʼsirisiz, qonunlarga va ishdagi mavjud holatlarga asoslangan holda qabul qilsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711033" id="-2711033">Chiqarilgan qaror chuqur asoslantirilgan, daʼvoning mohiyati boʻyicha qoʻyilgan barcha savollarga javob beradigan boʻlishi kerak. Daʼvo yuzasidan hamma masalalarni hal qilmasdan, asoslanmagan yuzaki, taraflar tomonidan taqdim qilingan iltimosnoma va qoʻshimcha dalil-isbotlarni huquqiy baholamasdan, qaror chiqarilishi mumkin emas. Qonun talablarini buzib chiqarilgan qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 98-moddasiga binoan bekor qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711038" id="-2711038">2. Mazkur nizolar boʻyicha huquqiy munosabatlarni hal qilishda protsessual huquq talablari va moddiy huquq talablari toʻliq va aniq qoʻllangan boʻlsa, qarorlar qonuniy deb hisoblanadi. Agar baʼzi hollarda, shartnomada yoki qonun osti normativ aktlaridagi holatlar qonunga zidligi aniqlansa, xoʻjalik sudlari qaror chiqarishda qonunga asoslangan ravishda qaror chiqaradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711057" id="-2711057">Nizoli munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar boʻlmagan taqdirda, sud Xoʻjalik protsessual kodeksining 1-moddasi 3-boʻlimiga asoslanib, shunga oʻxshash munosabatlarni tartibga soluvchi qonunni qoʻllashlari kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711059" id="-2711059">3. Ish boʻyicha muhim boʻlgan hamma holatlar, keltirilgan dalil-isbotlarni tasdiqlovchi fikrlar tomonlarning huquq va majburiyatlarini koʻrsatuvchi holatlarni tasdiqlasa, qaror asoslantirilgan boʻladi. Qarorlar ish holati boʻyicha taxminlarga asoslangan boʻlishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711061" id="-2711061">Qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 30, 40-moddalari talablarini hisobga olgan holda toʻla va aniq, shu ish bilan bogʻliq ishonchli va yetarli dalillarga asoslangan boʻlishi kerak. Ish boʻyicha ekspertning xulosasi, yozma va ashyoviy dalillar, tomonlar vakillarining va ish protsessida qatnashayotgan boshqa shaxslarning tushuntirishlari isbotlash vositalari boʻlib hisoblanadi. Faqat tekshirilgan va baholangan dalil-isbotlar sud qarorining asoslari boʻla oladi. Sudlar oʻz qarorlarida dalil-isbotlarni koʻrsatish emas, balki bu dalil-isbotlarning mazmunini qisqacha koʻrsatib oʻtishlari kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711062" id="-2711062">Agar, dalillarning har birini alohida va jami keltirilgan u yoki bu hujjatlar, taraflar vakillarining koʻrsatmalari oʻzlarining daʼvo yoki eʼtirozlarini tasdiqlamasligini aniqlasa, qaror chiqarishda sud bu haqda oʻz xulosasini asoslab koʻrsatishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711064" id="-2711064">Hech qanday dalil-isbotlar sud uchun oldindan belgilangan kuchga ega emas, shuning uchun javobgar daʼvoni tan olganda ham, ish koʻrish jarayonida aniqlangan holatlar qarorda koʻrsatilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711065" id="-2711065">Ekspert xulosasiga havola qilinganda, shu xulosa bilan qanday holatlar tasdiqlanishi qarorda koʻrsatilishi lozim. Ekspertning xulosasidan norozi boʻlgan sud ish boʻyicha qarorda oʻzining eʼtirozini asoslantirgan holda koʻrsatishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711066" id="-2711066">4. Xoʻjalik sudlari qarorlarining ijrosi boʻyicha tushunmovchiliklar va nizolar boʻlmasligi uchun XPKning 80-moddasi talabi boʻyicha qarorning kirish, taʼriflash, asoslantirish va xulosa qismini aniq izohlashi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711067" id="-2711067">4.1 Qarorning kirish qismida koʻrsatilgan sana, sud majlisida qaror eʼlon qilingan kun hisoblanadi. Bu tartib sud majlisida qarorning xulosa qismi eʼlon qilinayotganda ham amalda boʻladi. Shuning uchun, sudyalar tomonidan imzolangan va sud majlisida eʼlon qilingan qarorning asoslantirilgan va xulosa qismlariga ham, qaror qabul qilingan bir xil sana qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711068" id="-2711068">4.2. Qarorning taʼriflash qismida daʼvo arizasiga bildirilgan fikr, tushuntirishlar hamda iltimosnomalarning qisqacha bayoni koʻrsatilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711069" id="-2711069">4.3. Qarorning asoslash qismi xoʻjalik sudlarining huquqiy va faktik holatlariga asoslantirib koʻrsatilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711070" id="-2711070">Qaror matnida asoslarning (sud fikrlari va tayangan holatlar) bayon etilishi sudning xulosasini yanada tushunarli va ishonchli boʻlishini taʼminlaydi. Qarorning faktik asoslanish qismi sudning daʼvo asoslari haqidagi mulohazasidan, shu jumladan, qarshi daʼvo va uchinchi shaxs daʼvosidan, shuningdek daʼvoga qarshi eʼtirozlarning asosiga qoʻyilgan faktlariing mulohazasidan va mazkur ishni hal etish uchun xoʻjalik sudi tomonidan maʼqullangan muhim ahamiyatga ega boʻlgan boshqa faktlardan tarkib topishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711071" id="-2711071">Asoslovchi qismda xoʻjalik sudi qarori huquqiy asoslantirilishi ham kerak. Bu yerda ishni hal qilish jarayonida sud tomonidan qoʻllanilgan moddiy huquq meʼyorlari va u amal qilgan protsessual huquq meʼyorlari koʻrsatilishi lozim. Shu bilan bir qatorda qayd etilgan u yoki bu huquq meʼyorlarini tadbiq etish masalalari boʻyicha tushuntirishlarni oʻzida mujassam etgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Plenum qarorlariga ham murojaat etishlari kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711072" id="-2711072">Agar xoʻjalik sudi ishda qatnashayotgan shaxslar koʻrsatayotgan qonun yoki boshqa normativ-huquqiy aktlarni qoʻllamasa, u holda nizoni hal etishda mazkur qonunlarni nima sababdan qoʻllamaganligining sabablarini koʻrsatib oʻtishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711073" id="-2711073">4.4. Xoʻjalik sudi qarorlarining xulosa qismida tomonlarning har bir talabi qondirilganligi yoki qondirilmaganligi koʻrsatilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711074" id="-2711074">Bir necha daʼvogar va javobgarlar qatnashayotgan ishni qarorida, ularning har biriga nisbatan nizo qanday hal qilinganligi koʻrsatib oʻtiladi. Dastlabki va qarshi daʼvolarni toʻla yoki qisman qanoatlantirib qabul qilinayotgan qarorning xulosa qismida hisob qilinib, undirilishi kerak boʻlgan summa koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711075" id="-2711075">Ayni paytda sud ish boʻyicha jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari haqidagi masalani echishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711076" id="-2711076">Qarorlar qabul qilishda, ularning ijrosini maʼlum shartlar kelib chiqishi yoki kelib chiqmasligi bilan bogʻliq qilib qoʻymaslik kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711077" id="-2711077">5. Xoʻjalik protsessual kodeksining 79-moddasi 1-qismiga muvofiq, sud hal qiluv qarorini qabul qilishda, tashkilotlar va tadbirkor fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun daʼvo talablaridan chetga chiqishi mumkin. Ayni paytda, XPKning 23-moddasi 2-bandiga asosan, daʼvo predmeti yoki asosi sudning tashabbusi bilan, javobgarning protsessual huquqlarini buzmasdan va sud tomonidan unga yangi holatlar boʻyicha dalil va isbotlar keltirish, shuningdek sud majlisida oʻzining vajlarini bayon etish imkoniyatlarini bergan holda, daʼvogarning bevosita sud majlisida bergan roziligi asosida oʻzgartirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711078" id="-2711078">6. Xoʻjalik sudlari hal qiluv qarorini chiqarishda davlat bojini taraflar oʻrtasida taqsimlash haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 43, 48-moddalari talabiga soʻzsiz rioya qilishlari kerak. Asosan bunday qilish davlat bojini avvaldan toʻlanmay qoʻzgʻatilgan ishlar boʻyicha majburiydir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711079" id="-2711079">7. Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 81-moddasiga muvofiq, sudya yoki hayʼat ishni sud majlisida mohiyati boʻyicha koʻrib chiqib, tugallangan hal qiluv qarorini chiqaradi. Shu bilan birga sudya yoki hayʼat hal qiluv qarorining faqat xulosa qismini eʼlon qilishi mumkin. Bunday hollarda sud majlisida taraflar va ularning vakillari tugallangan hal qiluv qarori bilan qachon tanisha olishlari mumkinligi eʼlon qilinishi kerak. Hal qiluv qarorining toʻla matni 5 kun mobaynida tayyor boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711080" id="-2711080">8. Sudning hal qiluv qarori nizoni qaysi sudya yoki hayʼat hal qilgan boʻlsa, faqat ular tomonidan chiqarilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711081" id="-2711081">Ish koʻrish jarayonida sudyani oʻzgartirish lozim boʻlib qolsa, ish boshqatdan koʻrilishi va bu haqda shu sud raisining yoki oʻrinbosarining qarori boʻlishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711082" id="-2711082">Ish koʻrishda ishtirok etmagan sudya (hayʼat) tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarori bekor qilish uchun asosdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711083" id="-2711083">9. XPKning 114-moddasida koʻrsatilgan hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirish yoki oʻzgartirish lozim boʻlganda, hamda uni ijro etish usuli yoki tartibini oʻzgartirish zaruriyati kelib chiqsa, buni hal qiluv qarorini chiqarishda ham amalga oshirish mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711084" id="-2711084">Hal qiluv qarorini ijro etishni kechiktirish yoki choʻzish hamda usulini yoki tartibini oʻzgartirishga javobgarning mulkiy holatidagi oʻzgarishlarni, javobgarning bank hujjatlari tekshiruvi va nazorat qiluvchi boʻlimlar ixtiyorida ekanligi, hal qiluv qarorini taraflar tomonidan darhol qayta koʻrish uchun ariza berilganligi (qaror ijrosini qaytarishga imkoniyat berilmaslik uchun ) va boshqa eʼtiborga loyiq vaziyatlarni asos qilib olish mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711085" id="-2711085">Bu protsessual harakat taraflar arizasiga yoki sud tashabbusiga binoan qoʻzgʻatiladi va ijro etiladi hamda bu harakatlar yuzasidan asoslangan ajrim chiqariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711086" id="-2711086">Shu bilan birga sud Oʻzbekiston Respublikasi XPKning 9-bobida koʻzda tutilgan, hal qiluv qarorini ijro etishni taʼminlovchi choralarni koʻrishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711087" id="-2711087">10. Sudlar Xoʻjalik protsessual kodeksining 81-moddasi talabi boʻyicha hal qiluv qarorini qayta koʻrish uchun ariza berish tartibini tushuntirishi lozimligini koʻzda tutishi kerak. Taraflarning ariza berish huquqlarini buzmaslik uchun hal qiluv qarorining xulosa qismida bunday ariza berish tartibi va muddatlari koʻrsatilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711088" id="-2711088">11. Xoʻjalik sudlarining eʼtibori ish koʻrishda ishtirok etgan, etmagan taraflar va boshqa ishtirokchilarga hal qiluv qarorining nusxalarini qabul qilingan kundan keyin 5 kun muddat ichida yuborish lozimligini talab qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi XPKning 68, 84-moddalariga qatiy rioya qilishga qaratishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711089" id="-2711089">12. Hal qiluv qarorini chiqargan sud oʻz tashabbusi bilan yoki ish koʻrishda ishtirok etgan taraflar iltimosiga koʻra, daʼvo arizasida koʻrsatilgan biron-bir talab koʻrilmay qoldirilgan boʻlsa yoki davlat boji masalasi hal qilinmagan boʻlsa, qoʻshimcha qaror chiqarishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711090" id="-2711090">Qoʻshimcha qaror, sudlov ishlarini yuritish boʻyicha ishda ishtirok etgan taraflarning va boshqa ishtirokchilarning protsessual huquqiy talablarini buzmagan holda chiqariladi. Chiqarilgan qoʻshimcha qaror asosiy hal qiluv qarori singari taraflar talabi, prokuror protestiga binoan qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Qayta koʻrib chiqish uchun berilgan arizani qabul qilmasdan chiqarilgan ajrim ustidan ham shunday tartibda ariza berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711091" id="-2711091">Agar asosiy hal qiluv qarorida davlat bojini taraflar oʻrtasida taqsimlash masalasi hal qilingan boʻlsa-yu, lekin u ish mohiyati boʻyicha sud xulosasiga toʻgʻri kelmagan boʻlsa, bunday chiqarilgan hal qiluv qaroriga qoʻshimcha qaror chiqarishga, shuningdek toʻldirish yoki tuzatishga sud xaqli emas. Sudning bunday xatosini toʻgʻrilash, belgilangan tartibda hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqish yoʻli bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711092" id="-2711092">Qoʻshimcha qarorda shu qaror chiqarish uchun asos boʻlgan sababni koʻrsatish, xulosa qismida qoʻshimcha masala yuzasidan oʻz yakunini izhor etib, qoʻyilgan, lekin sud tomonidan hal etilmay qoldirilgan talab boʻyicha yoki javobgardan daʼvogarga davlat bojining undiriladigan qismini yoxud sud harajatlarini undirish va boshqalar koʻrsatilib qaror chiqarilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711093" id="-2711093">13. XPKning 86-moddasiga binoan sudya taraflar talabiga binoan qaror mohiyatini oʻzgartirmay mazmunini tushuntirish, hamda taraflar iltimosiga yoki oʻz tashabbusi bilan qaror mazmunini oʻzgartirmay yoʻl qoʻyilgan xatoliklarni tuzatishi mumkin. Bunday prodessual harakatlar ajrim chiqarish yoʻli bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711094" id="-2711094">Sud shuningdek hal qiluv qarorini bevosita ijro etuvchi idoralar (umumiy sudlar ijrochisi, bank, tugatish komissiyasi, moliya boʻlimi, mablagʻni davlat daromadiga oʻtkazuvchi soliq nazorati) iltimosiga binoan ham hal qiluv qarorini izohlashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711095" id="-2711095">Hal qiluv qarorini izohlashdan maqsad yaqqol boʻlmagan qismlarini yaqqol va toʻla izohlashdir. Bu holda sud hal qiluv qarorining mazmunini oʻzgartirishi, sud qarorida koʻrsatilmagan masalalarni izohlashi mumkin emas. Faqat hal qiluv qarorini chiqargan sudgina shu qarorni izohlashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711098" id="-2711098">Agar hal qiluv qarori ijro etilgan boʻlsa yoki hal qiluv qarorini ijro etish uchun belgilangan muddat oʻtgan boʻlib, bu muddat tiklanmagan boʻlsa, qarorni izohlashga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711101" id="-2711101">Undirilgan mulk qiymati, vaqti va koʻrilgan choralarga oʻzgartirishlar kiritish sud tomonidan yozuvdagi xatoliklarga yoʻl qoʻyilgan taqdirdagina ruxsat beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2711102" id="-2711102">14. Sud hal qiluv qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish boʻyicha sudlov hayʼatlari raislari qayta koʻrish uchun ariza berilgan hal qiluv qarorlarining qonun talablariga toʻla rioya qilinishini mukammal tekshirishlari va yoʻl qoʻyilgan xatoliklarni oʻz vaqtida tuzatish choralarini koʻrishlari lozim. Qonunga muvofiq boʻlmagan va asossiz chiqarilgan hal qiluv qarorlarining sabablarini doim tahlil qilib borish, ularning oldini olish, sud xodimlarining malaka mahoratini oshirish tadbirlarini koʻrishlari zarur.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2711103" id="-2711103">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisi M. ABDUSALOMOV</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2711104" id="-2711104">Plenum kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudyasi I. SOBIROV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2711105" id="-2711105">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2711106" id="-2711106">1996-yil 1-mart,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2711107" id="-2711107">54-son</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
