

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="UNOFFIAL"><label id="s17882"></label><div name="-7337911" id="-7337911">Norasmiy tarjima</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2699553" id="-2699553"><strong>Xalqaro</strong><strong> </strong><strong>boʻlmagan</strong><strong> </strong><strong>tusdagi</strong><strong> </strong><strong>qurolli</strong><strong> </strong><strong>mojarolar</strong><strong> </strong><strong>qurbonlarini</strong><strong> </strong><strong>himoya</strong><strong> </strong><strong>qilishga</strong><strong> </strong><strong>taalluqli</strong><strong> 1949 </strong><strong>yil</strong><strong> 12 </strong><strong>avgustda</strong><strong> </strong><strong>qabul</strong><strong> </strong><strong>qilingan</strong><strong> </strong><strong>J</strong><strong>yeneva</strong><strong> </strong><strong>konvensiyalariga</strong><strong> </strong><strong>doir </strong><strong>(II </strong><strong>Protokol</strong><strong>)</strong></div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2699558" id="-2699558">Qoʻshimcha protokol</div></div><div class="TEXT_CENTER"><label id="s527"></label><div name="-7349560" id="-7349560">1977-yil 8-iyunda qurolli mojarolarda qoʻllaniladigan xalqaro gumanitar huquqni qayta tasdiqlash va rivojlantirish boʻyicha Diplomatik konferensiya tomonidan qabul qilingan</div></div><div class="TEXT_CENTER"><label id="s527"></label><div name="-2699570" id="-2699570">1977-yil 8-iyun, Jeneva</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-2699571" id="-2699571">Oʻzbekiston Respublikasi mazkur Qoʻshimcha Protokolga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 3-sentabrdagi 946-XII-sonli “Urush qurbonlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Jeneva konvensiyalariga hamda xalqaro tusdagi va xalqaro boʻlmagan tusdagi qurolli mojarolar qurbonlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Jeneva konvensiyalariga doir qoʻshimcha protokollarga qoʻshilish haqida”gi <a href="/mact/-2659335">qaroriga</a> asosan qoʻshilgan.</div></div><div class="TEXT_CENTER"><label id="s527"></label><div name="-2699572" id="-2699572">(Oʻzbekiston Respublikasi uchun 1994-yil 8-apreldan kuchga kirgan)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7337910" id="-7337910"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337912" id="-7337912">Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337913" id="-7337913">1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyalari uchun umumiy boʻlgan 3-moddada bayon etilgan insonparvarlik prinsiplari xalqaro tusga ega boʻlmagan qurolli mojarolar yuzaga kelgan taqdirda inson shaxsini hurmat qilish uchun asos boʻlib xizmat qilishini ogoh etib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337914" id="-7337914">inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlar inson shaxsi uchun asosiy himoyani taʼminlashini ogoh etib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337915" id="-7337915">bunday qurolli mojarolar qurbonlarini eng maqbul himoya bilan taʼminlash zaruratini taʼkidlab,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337916" id="-7337916">amaldagi huquq meʼyorlarida koʻzda tutilmagan hollarda, inson shaxsi insonparvarlik prinsiplari va omma ongi taqozo etadigan talablar doirasida himoya etilishini ogoh etib, quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7337920" id="-7337920"><strong>I QISM. MAZKUR PROTOKOLNING QOʻLLANISH SOHASI</strong></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7337921" id="-7337921"><strong>1-modda — Asosiy qoʻllanish sohasi</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337922" id="-7337922">1. Mazkur Protokol 1949-yil 12-avgustdagi Jeneva konvensiyalari uchun umumiy boʻlgan 3-moddani rivojlantirib va toʻldirib, uning qoʻllanishi borasidagi mavjud shart-sharoitni oʻzgartirmagan holda, xalqaro qurolli mojarolar qurbonlarini himoya qilishga taalluqli, 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyalariga doir qoʻshimcha protokolning (I Protokol) 1-moddasi taʼsir doirasiga tushmaydigan barcha qurolli mojarolarga nisbatan va Oliy Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida uning qurolli kuchlari bilan hukumatga qarshi boʻlgan masʼul qoʻmondonlik ostida boʻlib, muayyan hududning bir qismi ustidan uzluksiz va kelishib turib harbiy harakatlarni olib borish hamda mazkur Protokolni qoʻllash uchun oʻzlariga imkon beradigan darajada nazoratni amalga oshiradigan qurolli kuchlar yoki boshqa uyushgan harbiy guruhlar oʻrtasidagi qurolli mojarolar vaqtida qoʻllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337923" id="-7337923">2. Mazkur Protokol ichki tartib buzilishi va keskinlik holatlari yuzaga kelgan vaziyatlarda, masalan, sodir boʻlgan turli tartibsizliklar, ayrim va tasodifiy zoʻravonlik harakatlari va shu mazmundagi boshqa xil harakatlarga nisbatan ushbu holatlarning qurolli mojarolar sirasiga kirmasligi sababli qoʻllanilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7337924" id="-7337924"><strong>2-modda — Alohida shaxslarga nisbatan qoʻllanish sohasi</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337925" id="-7337925">1. Mazkur Protokol irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini va eʼtiqodi, siyosiy yoki boshqa xil maslagi, fuqaroligi yoxud ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tavalludi yoki boshqa xil maqomi yoxud shunga oʻxshash alomatlarga asoslangan nomuvofiq tafovutlar qilinmasdan (bundan keyin qisqacha: “nomuvofiq tafovutlar”, deb ataladi), <a href="/mact/-2698725#-7337921">1-moddada</a> bayon etilgan qurolli mojarolar taʼsirida boʻlgan barcha shaxslarga nisbatan qoʻllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337926" id="-7337926">2. Qurolli mojaro nihoyasida shu mojaro bilan bogʻliq sabablar tufayli ozodlikdan mahrum etilgan yoki erkinligi cheklab qoʻyilgan shaxslar, shuningdek, mojaro tugaganidan soʻng xuddi shu sabablar asosida ozodlikdan mahrum etilgan yoxud erkinligi cheklangan shaxslarning barchasi oʻzlari ozodlikdan mahrum etilgan va erkinligi cheklab qoʻyilgan davr mobaynida <a href="/mact/-2698725#-7337948">5</a> va <a href="/mact/-2698725#-7337963">6-moddalarda</a> koʻzda tutilgan himoyadan foydalanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7337927" id="-7337927"><strong>3-modda — Aralashmaslik</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337928" id="-7337928">1. Mazkur Protokolning hech bir jihati davlatning suverenitetiga daxl etish yoki hukumatning barcha qonuniy vositalar yordamida davlatdagi qonuniy tartiblarni mustahkamlash va tiklash yoxud milliy birdamlik va davlatning hududiy yaxlitligini himoya qilish borasidagi vazifalariga aralashish sifatida talqin etilmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337929" id="-7337929">2. Mazkur Protokolning hech bir jihati qurolli mojaroga yoki ushbu mojaro boʻlib oʻtayotgan hudud tegishli boʻlgan Oliy Ahdlashuvchi Tomonning ichki yoxud tashqi ishlariga qandaydir sabab bilan bevosita yoki bavosita aralashuvni oqlash uchun xizmat qiladigan mazmunda talqin etilmasligi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7337930" id="-7337930"><strong>II QISM. INSONIY MUOMALA</strong></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7337931" id="-7337931"><strong>4-modda — Asosiy kafolatlar</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337932" id="-7337932">1. Harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etmayotgan yoki ishtirok etishni toʻxtatgan barcha shaxslar, ularning erkinligi cheklangan yoki cheklanmaganligidan qatʼi nazar, oʻz shaxsi, or-nomusi, maslagi va diniy taomillarining hurmat qilinishi huquqiga egadir. Har qanday sharoitda ularga nisbatan insoniy biron-bir nomuvofiq tafovutlarsiz munosabatda boʻlinadi. Hech kimni tirik qoldirmaslik toʻgʻrisida buyruq berish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337933" id="-7337933">2. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan umumiy qoidalarga ziyon yetkazmagan holda <a href="/mact/-2698725#-7337932">1-bandda</a> qayd etilgan shaxslarga nisbatan quyidagi xatti-harakatlarni sodir etish har qachon har qanday joyda taqiqlangan va taqiqlanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337934" id="-7337934">a) shaxsning hayotiga, sogʻligʻiga, jismoniy va ruhiy salomatligiga tajovuz qilish, xususan, oʻldirish, shuningdek, azob berish, mayib-majruh qilish yoki boshqa xil tan jazosi koʻrinishida shafqatsiz muomalada boʻlish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337935" id="-7337935">b) ommaviy jazolash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337936" id="-7337936">s) garovga olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337937" id="-7337937">d) terrorchilik harakatlarini qoʻllash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337938" id="-7337938">e) insoniy qadr-qimmatini toptash, xususan, xoʻrlash va haqoratlash, zoʻrlash, fohishabozlikka majburlash yoki boshqa xildagi nomunosib tajovuzlar koʻrsatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337939" id="-7337939">f) qullikka solish va barcha toifadagi qul savdosiga jalb etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337940" id="-7337940">g) talon-toroj qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337941" id="-7337941">h) yuqorida qayd etilgan xatti-harakatlardan istalgan bittasini amalga oshirish toʻgʻrisida tahdid etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337942" id="-7337942">3. Bolalarga zarur gʻamxoʻrlik va koʻmak koʻrsatiladi, xususan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337943" id="-7337943">a) ular oʻz ota-onalarining, ota-onalari boʻlmagan taqdirda ularga vasiylik qilish boʻyicha masʼul shaxslarning xohish-istaklari asosida taʼlim-tarbiya, shu jumladan, diniy va axloqiy tarbiya oladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337944" id="-7337944">b) vaqtincha ajralib ketgan oilalarni birlashtirishga koʻmaklashish uchun barcha zaruriy choralar koʻriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337945" id="-7337945">s) oʻn besh yoshga toʻlmagan bolalar qurolli kuchlar yoki guruhlar safiga yollanmaydi va ularga harbiy harakatlarda qatnashish uchun ruxsat etilmaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337946" id="-7337946">d) agar ular s) banddagi qoidalarga xilof ravishda harbiy harakatlarda bevosita qatnashgan va asir tushganlari taqdirda, mazkur moddadagi oʻn besh yoshga toʻlmagan bolalar uchun koʻzda tutilgan maxsus himoya ularga nisbatan qoʻllanishda davom etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337947" id="-7337947">e) zaruriyat tugʻilgan va imkoniyat mavjud boʻlgan hollarda ota-onalarining yoki qonun yoxud taomil boʻyicha ularga vasiylik qilish boʻyicha asosiy masʼul shaxslarning roziligi asosida bolalarni harbiy harakatlar hududidan mamlakat ichkarisidagi nisbatan xavfsiz hududga vaqtincha koʻchirish choralari koʻriladi va bunda bolalarning oʻz xavfsizliklari va osoyishtaliklari uchun masʼul shaxslarning hamrohligida boʻlishi taʼminlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7337948" id="-7337948"><strong>5-modda — Erkinligi cheklangan shaxslar</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337949" id="-7337949">1. Harbiy harakatlar bilan bogʻliq boʻlgan sabablar tufayli ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladigan <a href="/mact/-2698725#-7337931">4-modda</a> qoidalariga qoʻshimcha ravishda, ushbu shaxslarning muayyan hududga joylashtirilgani yoki koʻchirilganidan qatʼi nazar, ularga nisbatan kamida quyidagi qoidalarga amal qilinadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337950" id="-7337950">a) yaradorlar va bemorlar <a href="/mact/-2698725#-7337976">7-modda</a> qoidalari asosida tegishli muomaladan foydalanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337951" id="-7337951">b) ushbu bandda koʻrsatib oʻtilgan shaxslar mahalliy fuqaro aholi bilan tengma-teng ravishda oziq-ovqat va ichimlik suv bilan taʼminlanadi, ularga sogʻliqni saqlash va gigiyenaga amal qilish uchun tegishli sharoit, shuningdek, shafqatsiz iqlim sharoitidan va qurolli mojaro xavf-xataridan himoyalanish imkoniyati yaratib beriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337952" id="-7337952">s) ularga alohida yoki ommaviy tartibda koʻmak olish uchun ruxsat etiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337953" id="-7337953">d) ularga oʻz diniy taomillarini amalga oshirishlari va tegishli iltimoslar tushganda va joiz deb topilganda, diniy vazifani bajaruvchi ruhoniylar va boshqa shunday shaxslardan maʼnaviy koʻmak olish uchun ruxsat etiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337954" id="-7337954">e) ishga jalb etilgan taqdirda, ular mahalliy fuqaro aholi qatori tegishli ish sharoiti va mehnat muhofazasi bilan taʼminlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337955" id="-7337955">2. Yuqorida <a href="/mact/-2698725#-7337949">1-bandda</a> koʻrsatib oʻtilgan muayyan hududga joylashtirilishi yoki koʻchirib saqlanishi uchun masʼullar oʻz imkoniyatlarida doirasida ushbu shaxslarga taalluqli quyidagi qoidalarga amal qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337956" id="-7337956">a) yagona oilani tashkil etuvchi erkak va ayolni birgalikda joylashtirishdan tashqari barcha hollarda ayollar erkaklar joylashgan binolardan uzoqroq binolarga joylashtiriladi va bevosita ayollarning nazorati ostida boʻladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337957" id="-7337957">b) ularga xatlar va pochta kartochkalari joʻnatish va olish uchun ruxsat etiladi hamda bu xat-xabarlar soni zarur topilganda vakolatli maʼmurlar tomonidan cheklanishi mumkin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337958" id="-7337958">s) muayyan hududga joylashtirilgan va koʻchirib saqlanayotgan shaxslar joylashtirilgan manzil jangovar harakatlar borayotgan hudud yaqinida boʻlmasligi kerak. Qurolli mojarolar tufayli 1-bandda qayd etilgan shaxslar saqlanayotgan manzil yaqqol xavf-xatar ostida qolgan taqdirda, ularni yetarli darajada bexatar sharoitda koʻchirish imkoniyati mavjud boʻlsa, ular boshqa joyga koʻchirilishi zarur;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337959" id="-7337959">d) ular tibbiy koʻrikdan oʻtish huquqidan foydalanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337960" id="-7337960">e) ularning jismoniy va ruhiy salomatligiga hamda daxlsizligiga qandaydir oqlab boʻlmaydigan xatti-harakat yoki harakatsizlik tufayli ziyon yetkazish mumkin emas. Shu maʼnoda, ushbu moddada qayd etilgan shaxslarning salomatligi vajidan taqozo etilmagan hamda tibbiyot nuqtayi nazari boʻyicha xuddi shunday sharoitda ozodlikdagi shaxsga nisbatan qoʻllash odatdagi tibbiyot talablariga javob bermaydigan har qanday tibbiy muolajalarning ularga nisbatan qoʻllanishi taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337961" id="-7337961">3. Yuqoridagi <a href="/mact/-2698725#-7337949">1-bandda</a> qoidalari oʻzlariga nisbatan qoʻllanmaydigan, ammo harbiy harakatlar bilan bogʻliq boʻlgan sabablar tufayli qanday tarzda boʻlmasin ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar <a href="/mact/-2698725#-7337931">4-modda</a> va mazkur moddaning “<a href="/mact/-2698725#-7337956">1.a</a>”, “<a href="/mact/-2698725#-7337952">1.s</a>” va “<a href="/mact/-2698725#-7337953">1.d</a>” bandlari hamda <a href="/mact/-2698725#-7337957">“2.b” bandi</a> asosida insoniy muomaladan foydalanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337962" id="-7337962">4. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bunday qarorni qabul qiluvchilar ushbu shaxslarning xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan barcha choralarni koʻradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7337963" id="-7337963"><strong>6-modda — Jinoyatni jazolash jarayoni</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337964" id="-7337964">1. Ushbu modda qurolli mojaro bilan bogʻliq boʻlgan jinoiy huquqbuzarliklar boʻyicha sudlov va jazolash jarayoniga nisbatan qoʻllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337965" id="-7337965">2. Muayyan shaxsning mustaqillik va xolislik kabi asosiy kafolatlarni taʼminlagan sud hukmi boʻyicha huquqbuzarlikda aybdor deb topilishidan tashqari barcha hollarda, unga nisbatan hech qanday sud hukmi chiqarilmaydi hamda hech qanday jazo chorasi qoʻllanilmaydi. Xususan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337966" id="-7337966">a) sudlov jarayoni ayblanuvchi ayb sifatida oʻz boʻyniga qoʻyilayotgan huquqbuzarlik tafsilotlaridan kechiktirmasdan xabardor etilishini hamda sudgacha boʻlgan davrda va sud paytida ayblanuvchi barcha tegishli huquqlar va himoya vositalari bilan taʼminlanishini koʻzda tutishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337967" id="-7337967">b) hech bir shaxs oʻzining shaxsan jinoiy javobgarligiga asoslanmagan huquqbuzarlik yuzasidan jazoga hukm etilmasligi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337968" id="-7337968">s) hech bir shaxs sodir etilgan paytda kuchda boʻlgan qonunchilikka koʻra jinoiy huquqbuzarlik hisoblanmagan qaysidir harakati yoki xatosi bilan bogʻliq qandaydir jinoiy huquqbuzarlik boʻyicha aybdor deb topilishi mumkin emas; shuning barobarida, jinoiy huquqbuzarlik sodir etilgan paytda qoʻllanishi mumkin boʻlgan jazoga nisbatan ogʻir jazo berilishi mumkin emas; agar huquqbuzarlik sodir etilganidan keyin qonunda nisbatan yengil jazo chorasi koʻzda tutiladigan boʻlsa, u holda ushbu qonunning taʼsiri mazkur huquqbuzarga ham taalluqlidir;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337969" id="-7337969">d) huquqbuzarlikda ayblanayotgan har qanday shaxsning aybi qonun boʻyicha isbot etilmaguniga qadar u aybsiz hisoblanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337970" id="-7337970">e) huquqbuzarlikda ayblanayotgan har qanday shaxs sudda oʻz ishining koʻrib chiqilishida hozir boʻlish huquqiga ega;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337971" id="-7337971">f) hech qanday shaxs oʻziga oʻzi qarshi guvohlik berishga yoki oʻzini oʻzi aybdor deb tan olishga majbur etilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337972" id="-7337972">3. Hukmni eʼlon qilish paytida mahkum oʻzining sudlov yoki boshqa tartibda shikoyat qilish huquqi, shuningdek, ushbu huquqdan qancha muddat davomida foydalanishi mumkinligi toʻgʻrisida xabardor etilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337973" id="-7337973">4. Huquqbuzarlik sodir etgan paytda oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar oʻlimga hukm qilinmaydi hamda homilador ayollar va yosh bolali ayollarga nisbatan bunday hukm ijro etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337974" id="-7337974">5. Harbiy harakatlar barham topgach, hukumat tepasidagi maʼmuriy organlar qurolli mojarolarda qatnashgan shaxslarga hamda muayyan hududga joylashtirilganligi yoki koʻchirib saqlanayotganligidan qatʼi nazar, qurolli mojaro tufayli erkinligi cheklangan shaxslarga nisbatan iloji boricha keng amnistiya berishga harakat qiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7337975" id="-7337975"><strong>III QISM. YARADORLAR, BEMORLAR VA KEMA HALOKATIGA UCHRAGAN SHAXSLAR</strong></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7337976" id="-7337976"><strong>7-modda — Himoya va parvarishlash</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337977" id="-7337977">1. Barcha yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslar, qurolli mojaroda qatnashgani yoki qatnashmaganidan qatʼi nazar, hurmat va himoyadan foydalanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337978" id="-7337978">2. Har qanday sharoitda ularga nisbatan insoniy muomala qilinadi hamda salomatligi taqozo etgan hollarda ular iloji boricha imkoniyat doirasida va qisqa fursatda tibbiy koʻmak va tegishli parvarish bilan taʼminlanadi. Ularni tibbiy nuqtayi nazardan tashqari hech bir jihat boʻyicha tafovutlashga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7337979" id="-7337979"><strong>8-modda — Qidiruv</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337980" id="-7337980">Sharoit taqozo etgan barcha hollarda, ayniqsa, jangdan keyin yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslarni qidirib topish va yigʻib olish hamda ularni talon-torojdan, nojoʻya muomalalardan muhofaza etish, tegishli parvarish bilan taʼminlash, bundan tashqari, murdalarni qidirib topish va ularni talon-toroj etishlariga yoʻl qoʻymaslik hamda munosib ravishda dafn etish yuzasidan barcha zaruriy choralar kechiktirmasdan amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7337981" id="-7337981"><strong>9-modda — Tibbiy va diniy xodimlar himoyasi</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337982" id="-7337982">1. Tibbiy va diniy xodimlar hurmat va himoyadan foydalanadi va oʻz vazifalarini bajarishlari uchun ularga barcha zaruriy yordam koʻrsatiladi. Ular oʻz insonparvarlik faoliyatiga mos kelmaydigan ishlarni bajarishga majbur etilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337983" id="-7337983">2. Oʻz vazifasini bajarayotgan tibbiy xodimlardan biron-bir shaxsga nisbatan tibbiy mazmundagidan boshqacharoq mulohaza asosida alohida munosabatda boʻlishni talab qilish mumkin emas.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7337984" id="-7337984"><strong>10-modda — Tibbiy faoliyat koʻrsatayotgan shaxslarning umumiy himoyasi</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337985" id="-7337985">1. Hech qanday sharoitda biron-bir shaxs tibbiyot odob-axloqiga mos ravishda tibbiy faoliyat koʻrsatgani uchun, bu faoliyatning qaysi shaxs manfaatlariga qaratilganidan qatʼi nazar, jazoga tortilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337986" id="-7337986">2. Tibbiy faoliyat koʻrsatayotgan shaxs tibbiyot odob-axloqi qoidalariga yoki yaradorlar va bemorlar manfaatiga xizmat qiladigan boshqa tibbiy nizomlarga yoxud mazkur Protokol qoidalariga xilof harakatlarni sodir etishga yoki shunday ishlarni bajarishga, shuningdek, ana shu qoida va nizomlar boʻyicha talab qilingan harakatlarni bajarmaslikka majbur etilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337987" id="-7337987">3. Milliy qonunchilikni hisobga olgan holda, tibbiy faoliyat koʻrsatayotgan shaxslarning oʻz qaramogʻida (yoki ilgari oʻz qaramogʻida) boʻlgan yaradorlar va bemorlarga taalluqli axborotga ega boʻlish bilan bogʻliq kasbiy faoliyati hurmat qilinishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337988" id="-7337988">4. Milliy qonunchilikni hisobga olgan xolda, tibbiy faoliyat koʻrsatayotgan biron-bir shaxs oʻz qaramogʻidagi yoki ilgari qaramogʻida boʻlgan yaradorlar va bemorlarga taalluqli axborotni taqdim etishdan boʻyin tovlagani yoxud shu axborotni taqdim etmagani uchun jazoga tortilishi mumkin emas.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7337989" id="-7337989"><strong>11-modda — Tibbiyot tuzilmalari va sanitariya-transport vositalari himoyasi</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337990" id="-7337990">1. Tibbiyot tuzilmalari va sanitariya-transport vositalari har doim hurmat va himoyadan foydalanadilar va ular hujum uchun nishon boʻlishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337991" id="-7337991">2. Tibbiyot tuzilmalari va sanitariya-transport vositalaridan insonparvarlik faoliyati doirasidan chetga chiquvchi dushmanlarcha harakatlarni sodir etishda foydalanilgan taqdirda, ular ega boʻlgan himoya huquqi barham topadi. Ayni chogʻda, himoyadan foydalanishni toʻxtatishdan oldin bu haqda zarur boʻlganda oqilona muddat belgilab ogohlantirish berilishi lozim va bunday ogohlantirish ham eʼtiborga olinmaganidan keyingina himoya toʻxtatilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7337992" id="-7337992"><strong>12-modda — Farqlovchi emblema</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337993" id="-7337993">Tegishli vakolatli maʼmuriyatlar nazorati ostida oq rangli sathdagi Qizil Xoch, Qizil Yarim Oy yoki Qizil Sher va Quyosh emblemalarini tibbiy yoxud diniy xodimlarning taqib yurishi yoki tibbiyot tuzilmalari va sanitariya-transport vositalarining koʻrinarli joylarida ularning tasviri tushirilishi koʻzda tutiladi. Bu farqlovchi belgi har qanday sharoitda hurmat qilinadi. Emblemadan boshqa maqsadlarda foydalanilmasligi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7337994" id="-7337994"><strong>IV QISM. FUQARO AHOLI</strong></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7337995" id="-7337995"><strong>13-modda — Fuqaro aholi himoyasi</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337996" id="-7337996">1. Fuqaro aholi va alohida fuqaro shaxslar harbiy amaliyotlar tufayli yuzaga keladigan xavf-xatardan umumiy himoyalanish huquqidan foydalanadi. har qanday sharoitda ushbu himoyani roʻyobga chiqarishda quyidagi qoidalarga amal qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337997" id="-7337997">2. Fuqaro aholi, shuningdek, alohida fuqaro shaxslar hujum uchun nishon boʻlmasligi kerak. Asosiy maqsadi fuqaro aholini terror qilishdan iborat boʻlgan zoʻravonlik harakatlarini sodir etish yoki bunday harakatlarni sodir etish bilan tahdid qilish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7337998" id="-7337998">3. Fuqaro shaxslar hozircha harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etmasagina va ishtirok etmayotgan davrdagina ushbu qismda koʻzda tutilgan himoyadan foydalanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7337999" id="-7337999"><strong>14-modda — Fuqaro aholi jon saqlashi uchun zarur boʻlgan obyektlar himoyasi</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338000" id="-7338000">Fuqaro aholi oʻrtasida yuzaga keladigan ochlikdan harbiy harakatlar olib borishning usuli sifatida foydalanish taqiqlanadi Shu sababdan bunday maqsadni amalga oshirish yoʻlida fuqaro aholi jon saqlashi uchun zarur boʻlgan obyektlarni, masalan, oziq-ovqat zaxiralari, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi hududlari, ekinzorlar, mol-hol, ichimlik suv bilan taʼminlovchi qurilmalar va suv zaxiralariga, shuningdek, irrigatsiya inshootlariga hujum qilish, ularni yakson etish, koʻchirib ketish yoki yaroqsiz ahvolga keltirish taqiqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7338001" id="-7338001"><strong>15-modda — Xatarli kuchga ega boʻlgan qurilma va inshootlar himoyasi</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338002" id="-7338002">Xatarli kuchga ega boʻlgan qurilma va inshootlar, yaʼni toʻgʻonlar, dambalar va atom elektrostansiyalariga hujum qilish, agar bunday hujum xatarli kuchlarning boʻshalib ketishiga va oqibatda fuqaro aholi oʻrtasida ogʻir yoʻqotishlar yuzaga kelishiga sabab boʻlsa, hattoki ushbu inshootlar harbiy obyektlar boʻlgan taqdirda ham, ular hujum uchun nishon boʻlmasligi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7338003" id="-7338003"><strong>16-modda — Madaniy qadriyatlar va ibodat marosimlari oʻtkaziladigan joylar himoyasi</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338004" id="-7338004">Harbiy harakatlar yuz bergan hollarda madaniy qadriyatlarni himoya qilish toʻgʻrisida 1954-yil 14-mayda qabul qilingan Gaaga konvensiyasi qoidalariga ziyon yetkazmagan xolda, xalqlarning madaniy yoki maʼnaviy merosi hisoblangan tarixiy yodgorliklar, sanʼat asarlari yoxud ibodat marosimlari oʻtkaziladigan joylarga qarshi qaratilgan biron-bir dushmanlik xatti-harakatlarini sodir etish va ulardan harbiy harakatlarni qoʻllab-quvvatlash uchun foydalanish taqiqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7338005" id="-7338005"><strong>17-modda — Fuqaro shaxslarni majburiy koʻchirishning taqiqlanishi</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338006" id="-7338006">1. Fuqaro shaxslarning xavfsizligini taʼminlash talabi yoki harbiy mazmundagi qatʼiy sabablar buni taqozo etmagan taqdirda, qurolli mojaro tufayli ana shu fuqaro aholini koʻchirish toʻgʻrisida farmoyish berilishi mumkin emas. Bunday koʻchirishni amalga oshirish zarurati yuzaga kelgan hollarda fuqaro aholini qabul qilish uchun tegishli boshpana, gigiyena, sogʻliqni saqlash, xavfsizlik va oziq-ovqat taʼminoti nuqtayi nazaridan qoniqarli shart-sharoit yaratish yoʻlida barcha zarur choralar koʻriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338007" id="-7338007">2. Fuqaro shaxslar mojaro bilan bogʻliq sabablar tufayli oʻzlari yashab turgan hududni tark etishga majbur qilinishi mumkin emas.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7338008" id="-7338008"><strong>18-modda — Koʻmak jamiyatlari va koʻmak koʻrsatish amaliyotlari</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338009" id="-7338009">1. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar hududida joylashgan koʻmak jamiyatlari, masalan, Qizil Xoch (Qizil Yarim Oy Qizil Sher va Quyosh) tashkilotlari qurolli mojaro qurbonlariga nisbatan anʼanaviy vazifasini bajarish maqsadida oʻz xizmatlarini taklif etishi mumkin. Fuqaro aholi hatto tashabbus bilan chiqib, yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslarni yigʻib olishni va parvarishlashni soʻrashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338010" id="-7338010">2. Fuqaro aholi jon saqlashi uchun oʻta zarur boʻlgan zaxiralar, masalan, oziq-ovqat va tibbiyot mahsulotlarining yetishmasligi tufayli juda qiyin ahvolga tushib qolgan taqdirda, manfaatdor Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning roziligiga koʻra fuqaro aholiga yordam koʻrsatish amaliyotlari faqat insonparvarlik va xolislikka asoslangan holda va biron-bir nomuvofiq tafovutlarga qaramasdan amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7338011" id="-7338011"><strong>V QISM. YAKUNLOVCHI QOIDALAR</strong></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7338012" id="-7338012"><strong>19-modda — Ommalashtirish</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338013" id="-7338013">Mazkur Protokol imkon qadar kengroq miqyosda ommalashtirilishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7338014" id="-7338014"><strong>20-modda — Imzolash</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338015" id="-7338015">Mazkur Protokol Yakuniy hujjat imzolanganidan soʻng olti oy oʻtgach, Konvensiya ishtirokchilari imzolashlari uchun ochiq hisoblanadi va oʻn ikki oy davomida ochiq boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7338016" id="-7338016"><strong>21-modda — Ratifikatsiya</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338017" id="-7338017">Mazkur Protokol imkon qadar tezroq ratifikatsiya qilinishi zarur. Ratifikatsiya yorliqlari saqlash uchun Shveysariya Federal Kengashiga, Konvensiyalar depozitariysiga topshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7338018" id="-7338018"><strong>22-modda — Qoʻshilish</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338019" id="-7338019">Mazkur Protokol uni imzolamagan har qanday Konvensiyalar ishtirokchisi qoʻshilishi uchun ochiqdir. Qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlar saqlash uchun Konvensiyalar depozitariysiga topshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7338020" id="-7338020"><strong>23-modda — Kuchga kirishi</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338021" id="-7338021">1. Mazkur Protokol ikkita ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat saqlash uchun topshirilganidan soʻng olti oy oʻtgach kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338022" id="-7338022">2. Mazkur Protokol keyinchalik uni ratifikatsiya qilgan yoki unga qoʻshilgan har qaysi Konvensiyalar ishtirokchisi uchun u tomonidan tegishli ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat saqlash uchun topshirilganidan soʻng olti oy oʻtgach kuchga kiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7338023" id="-7338023"><strong>24-modda — Tuzatishlar</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338024" id="-7338024">1. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri mazkur Protokolga oʻz tuzatishlarini tavsiya etishi mumkin. Har qanday tavsiya etilgan tuzatishning matni depozitariyga joʻnatiladi va u barcha Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar va Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi bilan maslahatlashib, tuzatish yoki tuzatishlar boʻyicha tegishli tavsiya yuzasidan konferensiya chaqirish kerakmi-yoʻqligini hal etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338025" id="-7338025">2. Depozitariy ushbu konferensiyaga barcha Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarni, shuningdek, Konvensiyalar ishtirokchilarini, ular mazkur Protokolni imzolaganmi-yoʻqligidan qatʼi nazar, taklif etadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7338026" id="-7338026"><strong>25-modda — Denonsatsiya</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338027" id="-7338027">1. Oliy Ahdlashuvchi Tomon mazkur Protokolni denonsatsiya qilgan taqdirda, bu haqdagi hujjat kelib tushganidan soʻng olti oy muddat oʻtgachgina denonsatsiya kuchga kiradi. Ammo olti oylik muddat tugashi davomida denonsatsiya haqida bayonot bergan tomon <a href="/mact/-2698725#-7337921">1-moddad</a>a qayd etilgan vaziyatga tushib qolgan boʻlsa, u holda denonsatsiya qurolli mojaro tugamagunga qadar kuchga kirmaydi. Shunga qaramay, ushbu mojaro tufayli ozodlikdan mahrum etilgan yoki erkinligi cheklab qoʻyilgan fuqarolar toʻla ozodlikka chiqquniga qadar mazkur Protokol qoidalari homiyligidan foydalanishda davom etaveradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338028" id="-7338028">2. Denonsatsiya toʻgʻrisidagi bildirish yozma tarzda depozitariyga joʻnatiladi va depozitariy uni barcha Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarga yuboradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7338029" id="-7338029"><strong>26-modda — Bildirish</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338030" id="-7338030">Depozitariy barcha Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarga, shuningdek, Konvensiya ishtirokchilariga, ular mazkur Protokolni imzolaganmi-yoʻqligidan qatʼi nazar, quyidagilarni bildiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338031" id="-7338031">a) mazkur Protokolga qoʻyilgan imzolar, shuningdek, <a href="/mact/-2698725#-7338016">21</a> va <a href="/mact/-2698725#-7338018">22-moddalarga</a> muvofiq ratifikatsiya yorliqlari va qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlarning saqlashga topshirilishi haqida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338032" id="-7338032">b) <a href="/mact/-2698725#-7338020">23-moddaga</a> muvofiq mazkur Protokol kuchga kiradigan sana haqida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338033" id="-7338033">s) <a href="/mact/-2698725#-7338023">24-moddaga</a> muvofiq kelib tushgan maʼlumotlar va bayonotlar haqida.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7338034" id="-7338034"><strong>27-modda — Roʻyxatga olish</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338035" id="-7338035">1. Mazkur Protokol kuchga kirganidan soʻng depozitariy uni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining 102-moddasiga muvofiq roʻyxatga olish va eʼlon qilish uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti kotibiyatiga yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338036" id="-7338036">2. Depozitariy, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti kotibiyatini mazkur Protokol boʻyicha oʻziga kelib tushgan barcha ratifikatsiya yorliqlari va qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlar haqida xabardor etib boradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7338037" id="-7338037"><strong>28-modda — Matnlarning autentligi</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338038" id="-7338038">Mazkur Protokolning asliyati boʻlgan ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tilidagi oʻzaro teng darajada asl nusxaga muvofiq matnlar saqlash uchun depozitariyga topshiriladi va depozitariy asliyatning tasdiqlangan nusxalarini Konvensiyalarning barcha ishtirokchilariga yuboradi.</div></div><div class="SIGNATURE_WITH_BOLD"><div name="-7347879" id="-7347879">(imzolar)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
