1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.09 Ipakchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PILLACHILIKNING OZUQA BAZASINI MUSTAHKAMLASH VA IPAKCHILIK MAHSULOTLARI YETISHTIRISH HAJMLARINI KOʻPAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Pillachilikning mavjud ozuqa bazasini saqlab qolish va uni yanada rivojlantirish, shu asosda pilla yetishtirishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.08.00 Qishloq xoʻjaligida ijara]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat yer resurslari qoʻmitasi, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan viloyatlar qishloq xoʻjaligi korxonalarining 1-ilovaga* muvofiq tutzorlarini “Pilla-xolding” xolding kompaniyasining tuman pilla tayyorlash va uni qayta ishlash korxonalariga tajriba tariqasida uzoq muddatli ijaraga bersin.
* 1-ilova berilmaydi.
Bunda ijara haqi undirish yer soligʻi stavkasi miqdorida belgilansin.
3. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi pillachilik xoʻjaliklarining qishloq xoʻjalik yerlaridan asosan tut urugʻligi va ekish materiali yetishtirish, pillachilikning ozuqa bazasini barpo etish maqsadida tut daraxtlari oʻtkazish uchun foydalanilishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga pillachilik va pillakashlik korxonalari ehtiyojlaridan kelib chiqib, koʻrsatib oʻtilgan yer maydonlarida tut daraxtlari ekish huquqi berilsin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tut daraxtlari saqlanishi va ularning mahsuldorligi oshirilishi uchun qishloq xoʻjaligi korxonalari, rahbarlariga talabchanlikni oshirsinlar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishmasdan tut daraxtlari asossiz ravishda qoʻporib tashlanishiga yoʻl quyuvchi rahbarlar va shaxslarni javobgarlikka tortsinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 13-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. Oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo tadqiqotlari respublika markazi hamda “Oʻzbek ipagi” uyushmasi Andijon, Namangan, Fargʻona va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda 2000-2001-yillarda tut parvonasini qirib tashlash va uni toʻliq yoʻqotish hamda tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 13-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.09 Ipakchilik]
har yili boʻlajak pilla tayyorlash mavsumida pillaning navlari boʻyicha cheklangan shartnomaviy narxlar yuzasidan tavsiyalarni ishlab chiqsinlar;
pilla yetishtiruvchi xoʻjaliklar bilan hisob-kitoblarni pillaning amaldagi standart boʻyicha aniqlanadigan nav tarkibini hisobga olgan holda shartnomaviy narxlarga qatʼiy muvofiq holda amalga oshirsinlar.
pilla yetishtiruvchi xoʻjaliklar pillani ichki bozorda ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining pilla tayyorlash va “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ipak yigirish korxonalariga mahsulot yetkazib berish boʻyicha shartnomaviy majburiyatlar bajarilgandan keyingina sotishlari mumkin;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 13-modda)
respublikaga import boʻyicha kasallikka chalingan va sifatsiz ipak qurt urugʻi keltirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ular Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi xulosasi berilgandan keyin olib kelinadi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 13-modda)