toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.09.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 539-sonli “Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish va uning asosida davlat xizmatini koʻrsatishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Belgilangan tartibda roʻyxatga olingan yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-sentabrdagi 274-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 70-modda) bilan tasdiqlangan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 3-iyul,
179-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-iyuldagi 179-son qaroriga
ILOVA
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 8-bandning “z” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“z) yuridik shaxsning idoraviy mansubligi oʻzgarganda — uning muassislari yoki davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan tushgan maʼlumotlari asosida”.
2. 16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. Quyidagilar:
yuridik shaxslarni — tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlar yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga ushbu Nizom 8-bandining “a” kichik bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritilgandan keyin bir kun muddatda, ushbu Nizom 8-bandining “b”—“e” kichik bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritilgandan keyin ikki kun muddatda davlat statistika organlariga elektron shaklda ilovaga muvofiq bildirishnoma yuboradilar;
yuridik shaxslarni — davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlar ushbu Nizom 8-bandining “a”—“e” kichik bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgandan keyin ikki kun muddatda davlat statistika organlariga elektron shaklda ilovaga muvofiq bildirishnoma yuboradilar.
Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan maʼlumotlar davlat statistika organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining dasturiy-texnologik vositalaridan foydalangan holda Internet tarmogʻi orqali taqdim etiladi”.
3. 17-banddagi “pochta manzillari” soʻzlaridan keyin “, telefon raqamlari, yuridik shaxslarning muassislari, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan tartib raqami va sanasi (taʼsis hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, yagona davlat reyestridan chiqarish) toʻgʻrisidagi maʼlumotlari” soʻzlari qoʻshilsin.
4. Ilovadagi “Yuborilgan sanasi va vaqti, Roʻyxatdan oʻtkazgan organ masʼul xodimining F.I.O., M.Oʻ. (elektron hujjatlar uchun EMM)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 27-son, 354-modda)