

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="UNOFFIAL"><label id="s17882"></label><div name="-5661819" id="-5661819">Norasmiy tarjima</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2691090" id="-2691090">Tovar belgilariga doir qonunlar toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2691091" id="-2691091">Shartnoma</div></div><div class="TEXT_CENTER"><label id="s527"></label><div name="-2691094" id="-2691094">1994-yil 27-oktabr, Jeneva</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-2691096" id="-2691096">Oʻzbekiston Respublikasi mazkur Shartnomaga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 1-maydagi 630-I-sonli “Tovar belgilariga doir qonunlar toʻgʻrisidagi Shartnomaga qoʻshilish haqida”gi<a href="/mact/-2623829"> qaroriga</a> asosan qoʻshilgan.</div></div><div class="TEXT_CENTER"><label id="s527"></label><div name="-2691097" id="-2691097">(Oʻzbekiston Respublikasi uchun 1998-yil 4-sentabrdan kuchga kirgan)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2691098" id="-2691098"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2691099" id="-2691099">1-modda <br />Qisqartirilgan iboralar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661446" id="-5661446">Mazkur Shartnoma maqsadlari uchun va maxsus alohida shartlar boʻlmaganida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661447" id="-5661447">(i) “idora” Ahdlashuvchi tomon belgilarni roʻyxatdan oʻtkazishni topshirgan idorani anglatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661448" id="-5661448">(ii) “roʻyxatdan oʻtkazish” idora tomonidan belgini roʻyxatdan oʻtkazishni anglatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661450" id="-5661450">(iii) “talabnoma” roʻyxatdan oʻtkazishga talabnomani anglatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661452" id="-5661452">(iv) “shaxs” ga havolalar jismoniy va/yoki yuridik shaxsga havolalarni anglatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661454" id="-5661454">(v) “egasi” belgilar reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish egasi sifatida koʻrsatilgan shaxsni anglatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661457" id="-5661457">(vi) “belgilar reyestri” idora shakllantiradigan maʼlumotlar majmuini anglatadi. Reyestr barcha roʻyxatdan oʻtkazilganlarning tarkibi va barcha roʻyxatdan oʻtkazilganlarga nisbatan kiritilgan barcha maʼlumotlardan iborat, ular saqlanadigan shakliga bogʻliq boʻlmagan holatda; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661460" id="-5661460">(vii) “Parij konvensiyasi” qayta koʻrishlar va oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda 1883 yil 20-martda imzolangan Sanoat mulki muhofazasi boʻyicha Parij konvensiyasini anglatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661465" id="-5661465">(viii) “Nitstsa tasnifi” qayta koʻrishlar va oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda 1957-yil 15-iyunda Nitstsada imzolangan Belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish maqsadlari uchun tovar va xizmatlarning xalqaro tasnifi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-2119697">Nitstsa bitimini</a>;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661467" id="-5661467">(ix) “Ahdlashuvchi tomon” mazkur Shartnomaga ishtirokchi — har qanday davlat yoki hukumatlararo tashkilotni anglatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661470" id="-5661470">(x) “ratifikatsiya yorligʻiga” havolalar qabul qilish va maʼqullash toʻgʻrisidagi hujjatga havolani anglatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661472" id="-5661472">(xi) “Tashkilot” Butun jahon intellektual mulk tashkilotini anglatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661473" id="-5661473">(xii) “Bosh direktor” Tashkilotning Bosh direktorini anglatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661474" id="-5661474">(xiii) “Yoʻrqinoma” 17-moddada aytib oʻtilgan mazkur Shartnomaga Yoʻriqnomani anglatadi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5661478" id="-5661478">2-modda <br />Shartnoma qoʻllanadigan belgilar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661482" id="-5661482">(1) [Belgilarning tavsifi] (a) Mazkur Shartnoma vizual belgilardan iborat belgilarga nisbatan qoʻllanadi, shu shart bilan-ki, Ahdlashuvchi tomonlardan qaysi biri hajmli belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun qabul qilsa mazkur Shartnomaning amal qilishini bunday belgilarga nisbatan qoʻllashga majbur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661489" id="-5661489">(b) Mazkur Shartnoma golografiya belgilar va vizual belgilardan iborat boʻlmagan, xususan, tovushli va hidli, belgilarga nisbatan qoʻllanmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661491" id="-5661491">(2) [Belgilarning turlari] (a) Mazkur Shartnoma tovarlar (tovar belgilari) yoki xizmatlar (xizmat koʻrsatish belgilari yoki tovarlar va xizmatlarga taalluqli belgilarga nisbatan qoʻllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661492" id="-5661492">(b) Mazkur Shartnoma jamoaviy, setifikatsiya va kafolat belgilariga nisbatan qoʻllanmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5661494" id="-5661494">3-modda <br />Talabnoma </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661495" id="-5661495">(1) [Talabnomada tarkibidagi yoki unga ilova qilingan koʻrsatkichlar yoki elementlar. Bojlar] (a) Har qanday Ahdlashuvchi tomon talabnoma quyidagi koʻrsatkichlar yoki elementlarning barchasi yoki ayrimlaridan iborat boʻlishini talab qilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661497" id="-5661497">(i) roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661498" id="-5661498">(ii) talabnoma beruvchining nomi va manzili;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661499" id="-5661499">(iii) talabnoma beruvchi fuqarosi boʻlgan davlatning nomlanishi, agar u biron bir davlat fuqarosi boʻlsa; u yashaydigan davlatning nomlanishi, agar mavjud boʻlsa; talabnoma beruvchining haqiqiy va nomavhum sanoat yoki savdo korxonasiga ega davlat nomlanishi, agar mavjud boʻlsa; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661503" id="-5661503">(iv) yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va davlat nomlanishi, zarur boʻlganda esa, koʻrsatilgan shaxs taʼsis etilgan qonunchilikka muvofiq bunday davlat tarkibidagi hududiy birlik, — agar talabnoma beruvchi yuridik shaxs boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661506" id="-5661506">(v) vakilning ismi va manzili, agar talabnoma beruvchida bunday shaxs boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661508" id="-5661508">(vi) yozishmalar uchun manzil, agar 4(2)(b) moddaga muvofiq talab etilsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661509" id="-5661509">(vii) agar talabnoma beruvchi ustuvorlik huquqidan foydalanishni xohlasa — oldingi topshirilgan talabnoma boʻyicha ustuvorlikni soʻrash toʻgʻrisidagi ariza, bunday arizani, Parij konvensiyasining 4-moddasiga muvofiq talab etilishi mumkin boʻlgan, qoʻllovchi koʻrsatmalar va dalillar bilan taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661512" id="-5661512">(viii) koʻrgazmalarda tovar va/yoki xizmatlarni namoyish etish natijasida vujudga keladigan muhofaza soʻralayotgan ariza, Ahdlashuvchi tomonning qonunchiligiga muvofiq talab etiladigan bunday arizani qoʻllovchi koʻrsatkichlar, agar talabnoma beruvchi bunday muhofaza ustunliklaridan foydalanishni xohlasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661513" id="-5661513">(ix) standart belgilardan (harf va raqam) foydalanish toʻgʻrisidagi ariza, agar talabnoma beruvchi standart belgilardan foydalangan holda roʻyxatdan oʻtkazilishi va nashr qilinishini xohlasa, — agar Ahdlashuvchi tomon idorasi bunday belgilardan foydalansa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661515" id="-5661515">(x) belgining farqlovchi elementi sifatida rangni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi ariza hamda muhofaza soʻralayotgan rang va ranglarning nomlari va har bir rang munosabati bilan ushbu rangda bajarilgan belgining asosiy qismlarining koʻrsatilishi, — agar talabnoma beruvchi bunday muhofaza soʻrashni xohlasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661516" id="-5661516">(xi) ariza, agar belgi hajmli boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661519" id="-5661519">(xii) belgining bitta yoki bir nechta tasviri;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661521" id="-5661521">(xiii) belgi yoki uning alohida qismlarining transliteratsiyasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661523" id="-5661523">(xiv) belgi yoki uning alohida qismlarining tarjimasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661525" id="-5661525">(xv) roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan Nitstsa tasnifi boʻyicha guruhlashtirilgan tovar va/yoki xizmatlar nomlari, bunda har bir guruh oldiga ushbu tovar yoki xizmatlar taalluqli boʻlgan ushbu Tasniflashning sinf raqami Tasniflashda keltirilgan tartibda koʻrsatilishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661527" id="-5661527">(xvi) (4) bandda koʻrsatilgan shaxsning imzosi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661529" id="-5661529">(xvii) Ahdlashuvchi tomon qonunchiligi talablariga muvofiq belgidan foydalanish niyati toʻgʻrisidagi ariza.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661533" id="-5661533">(b) (a)(xvii) kichik bandda aytib oʻtilgan belgidan foydalanish niyati toʻgʻrisidagi ariza oʻrniga yoki unga qoʻshimcha tarzda talabnoma beruvchi belgidan haqiqatda foydalanayotganligi toʻgʻrisidagi ariza berishi mumkin va bu talab Ahdlashuvchi tomon qonunchiligi talablariga muvofiq dalillarni taqdim etishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661534" id="-5661534">(s) Har qanday Ahdlashuvchi tomon uning idorasiga ariza berilayotganda boj toʻlanishini talab qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661535" id="-5661535">(2) [Talabnomani taqdim etish] Talabnomani taqdim etish talabiga nisbatan hech bir Ahdlashuvchi tomon uni rad qilishi mumkin emas,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661536" id="-5661536">(i) agar u qogʻozda yozma ravishda taqdim etilsa, shu shart bilan-ki, (3) bandni hisobga olgan holda u Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan talabnoma Blankiga mos blankda taqdim etilgan boʻlsa,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661537" id="-5661537">(ii) agar Ahdlashuvchi tomon uning idorasiga bildirishnomalarni telefaks orqali uzatishga ruxsat bersa va ariza shu tarzda topshirilsa, shu shart bilan-ki, (3) bandni hisobga olgan holda bunday uzatish orqali olingan qogʻozli nusxa (i) kichik bandda aytib oʻtilgan Blankka mos kelsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661538" id="-5661538">(3) [Til] Har qanday Ahdlashuvchi tomon talabnoma uning idorasida qabul qilingan tilda yoki tillarning birida tuzilganligini talab qilishi mumkin. Agar uning idorasida bir nechta tillar qabul qilingan boʻlsa talabnoma beruvchidan tilga aloqador boshqa talablar bajarilishini talab qilish mumkin, bunda talabnoma bittadan ortiq boʻlgan tilda tuzilishini talab qilish mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661539" id="-5661539">(4) [Imzo] (a) (1)(a)(xvi) bandda aytib oʻtilgan imzo talabnoma beruvchi yoki uning vakilining imzosi boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661540" id="-5661540">(b) (a) kichik bandni hisobga olmagan holda har qanday Ahdlashuvchi tomon (1)(a)(xvii) va (b) bandlarida aytib oʻtilgan ariza talabnoma beruvchi tomonidan shaxsan imzolangan boʻlishini, vakil mavjudligiga qaramasdan, talab qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661541" id="-5661541">(5) [Bir nechta sinflarga taalluqli tovar va/yoki xizmatlar uchun bitta talabnoma] Bitta talabnoma bir nechta tovarlar va/yoki xizmatlarga taalluqli boʻlishi mumkin, ularning Nitstsa tasniflanishining bitta yoki bir nechta sinflarga taalluqligiga bogʻliq boʻlmagan holda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661542" id="-5661542">(6) [Haqiqiy foydalanish] Agar belgidan foydalanish niyati toʻgʻrisidagi ariza (1)(a)(xvii) bandga muvofiq berilgan boʻlsa har qanday Ahdlashuvchi tomon talabnoma beruvchi milliy qonunchilikda belgilangan muddat davomida va Yoʻriqnomada belgilangan minimal muddatni hisobga olgan holda uning idorasiga koʻrsatilgan qonunchilik talablariga muvofiq belgidan haqiqatda foydalanayotganligi dalillarini taqdim etishni talab qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661543" id="-5661543">(7) [Boshqa shartlarni bajarishni talab qilishni taqiqlash] Ahdlashuvchi tomonlarning hech biri (1) — (4) va (6) bandlarda belgilangan shartlardan farqlanadigan shartlarni talab qilishi mumkin emas. Xususan, talabnoma nisbatan uni koʻrib chiqishning butun davrida quyidagi shartlarni bajarishni talab qilish mumkin emas:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661544" id="-5661544">(i) har qanday guvohnoma va savdo reyestridan koʻchirmani taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661545" id="-5661545">(ii) talabnoma beruvchi sanoat va savdo faoliyatini amalga oshirayotganligini koʻrsatish, hamda tegishli dalillarni taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661546" id="-5661546">(iii) talabnoma beruvchi talabnomada keltirilgan tovarlar va/yoki xizmatlarga mos faoliyatini amalga oshirayotganini koʻrsatish, hamda tegishli dalillarni taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661547" id="-5661547">(iv) belgi boshqa Ahdlashuvchi tomon yoki Ahdlashuvchi tomon boʻlmagan Parij konvensiyasi ishtirokchi-davlatning belgilar reyestrida roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etish, talabnoma beruvchi Parij konvensiyasining 6 quinquieѕ moddasini qoʻllashni soʻragan holatlar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661548" id="-5661548">(8) [Dalillar] Har qanday Ahdlashuvchi tomon talabnoma boʻyicha ekspertiza borishida uning idorasiga dalillar taqdim etilishini talab qilishi mumkin, agar talabnomadagi koʻrsatkich yoki element haqiqiyligiga nisbatan uning idorasida asoslangan shubha paydo boʻlsa.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5661549" id="-5661549">4-modda <br />Vakillik. Yozishmalar uchun manzil </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661550" id="-5661550">(1) [Amaliyotni amalga oshirishga ruxsat berilgan vakillar] Har qanday Ahdlashuvchi tomon uning idorasi amalga oshiradigan har qanday jarayon maqsadi uchun vakil sifatida tayinlangan shaxsni va bu shaxsga idora bilan amaliyotni olib borishga ruxsat beril boʻlishini talab qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661551" id="-5661551">(2) [Majburiy vakillik. Yozishmalar uchun manzil]</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661817" id="-5661817">(b) (a) kichik bandi maʼnosida vakillikni talab qilmaydigan har qanday Ahdlashuvchi tomon uning hududida yashamaydigan va haqiqiy va nomavxum sanoat yoki savdo korxonasiga ega boʻlmagan shaxs uning idorasi amalga oshiradigan har qanday jarayon maqsadi uchun uning hududida yozishmalar uchun manzilga ega boʻlish kerakligini talab qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661816" id="-5661816">(a) Har qanday Ahdlashuvchi tomon uning hududida doimiy yashamaydigan shaxs va uning hududida haqiqiy va nomavhum sanoat yoki savdo korxonasiga ega boʻlmagan shaxs uning idorasi amalga oshiradigan har qanday jarayon maqsadi uchun vakil tayinlanishini talab qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661821" id="-5661821">(3) [Ishonchnoma] (a) Ahdlashuvchi tomon talabnoma beruvchi, egasi yoki boshqa manfaatdor shaxsga uning idorasida ish yuritishni vakil orqali amalga oshirishga ruxsat berganda yoki talab qilganda bunday vakil alohida hujjat (keyinchalik “ishonchnoma”) bilan tayinlanishini va holatdan kelib chiqqan holda bunday hujjat talabnoma beruvchi, egasi va boshqa shaxsning ismi va imzosidan iborat boʻlishini talab qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661823" id="-5661823">(b) Ishonchnoma unda koʻrsatilgan bir nechta talabnoma va/yoki roʻyxatdan oʻtkazilgan belgilarga, yoki vakilni tayinlayotgan shaxs koʻrsatgan har qanday istisnolarni hisobga olgan holda ushbu shaxsning barcha mavjud va kelajakdagi talabnoma va roʻyxatdan oʻtkazilgan belgilarga taalluqli boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661824" id="-5661824">(s) Ishonchnoma vakilning vakolatlarini aniq huquqiy harakatlar bilan cheklashi mumkin. Har qanday Ahdlashuvchi tomon ishonchnoma bilan talabnomani chaqirib olish yoki roʻyxatdan oʻtkazishdan voz kechish toʻgʻrisidagi ishonchnomada bu harakatlar aniq koʻrsatilishi kerakligini talab qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661825" id="-5661825">(d) Agar bildirishnomani idoraga unda vakil sifatida koʻrsatilgan shaxs taqdim etsa, lekin bunday bildirishnomani olish vaqtida zarur ishonchnoma idorada mavjud boʻlmasa Ahdlashuvchi tomon bunday ishonchnoma Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan eng kam muddatni hisobga olgan holda Ahdlashuvchi tomon belgilagan muddatda taqdim etishi kerakligini talab qilishi mumkin. Agar ishonchnoma Ahdlashuvchi tomon belgilagan muddatda idoraga taqdim etilmasa Ahdlashuvchi tomon koʻrsatilgan shaxsning bildirishnomasi kuchga ega emasligini koʻzda tutishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661830" id="-5661830">(e) Ishonchnomani taqdim etish va uning mazmuniga talablarga nisbatan hech bir Ahdlashuvchi tomon bunday ishonchnomaning amal qilishini tan olmasligi mumkin emas: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661831" id="-5661831">(i) agar u yozma ravishda qogʻozda taqdim etilsa, shu shart bilan-ki, (4) bandni hisobga olgan holda Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan ishonchnoma Blankasiga mos boʻlgan blankada taqdim etilganda,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661832" id="-5661832">(ii) agar Ahdlashuvchi tomon bildirishnomalarning uning idorasiga telefaks orqali uzatishga ruxsat bersa va ishonchnoma shu usulda topshirilgan boʻlsa, shu shart bilan-ki, bunday uzatish orqali berilganning qogʻozdagi nusxa (4) bandni hisobga olgan holda (i) kichik bandda aytib oʻtilgan ishonchnoma Blankasiga mos kelganda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661835" id="-5661835">(4) [Til] Har qanday Ahdlashuvchi tomon ishonchnoma uning idorasida qabul qilingan tilda yoki tillarning birida tuzilishi kerakligini talab qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661836" id="-5661836">(5) [Ishonchnomaga havola] Har qanday Ahdlashuvchi tomon uning idorasida vakil tomonidan jarayon maqsadlari uchun qilingan bildirishnomada vakil oʻz harakatlarini amalga oshirayotgan ishonchnoma havola qilish kerakligini talab qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661837" id="-5661837">(6) [Boshqa shartlarni bajarishni talab qilishni taqiqlash] Hech qanday Ahdlashuvchi tomon (3) — (5) bandlarda koʻrilayotgan masalalarga nisbatan ushbu bandlarda koʻzda tutilgandan farqlanadigan shartlarni bajarishni talab qilishi mumkin emas. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661839" id="-5661839">(7) [Dalillar] Har qanday Ahdlashuvchi tomon uning idorasiga dalillar taqdim etilishini talab qilishi mumkin, agar (2) — (5) bandalarda aytib oʻtilgan bildirishnomaning biron-biridagi koʻrsatmaga nisbatan idorada asoslangan shubha paydo boʻlsa. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5661840" id="-5661840">5-modda<br /> Topshirish sanasi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661842" id="-5661842">(1) [Yoʻl qoʻyiladigan talablar] (a) Ahdlashuvchi tomon (b) kichik bandi v (2) bandni hisobga olgan holda talabnomani topshirish sanasi sifatida uning idorasi tomonidan quyidagi koʻrsatmalar va elementlarning 3(3) moddada koʻrsatilgan tilda olingan sanasini belgilaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661843" id="-5661843">(i) belgini roʻyxatdan oʻtkazishni aniq yoki koʻzda tutilayotganligi koʻrsatilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661845" id="-5661845">(ii) talabnoma beruvchini identifikatsiya qilish imkoni beruvchi koʻrsatmalar mavjudligida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661846" id="-5661846">(iii) talabnoma beruvchi yoki uning vakili bilan, agar u mavjudligida, pochta orqali aloqa oʻrnatish uchun yetarli boʻlgan koʻrsatmalar mavjudligida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661847" id="-5661847">(iv) talabnomada roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan belgining yetarli darajadagi tiniq tavsifi mavjudligida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661848" id="-5661848">(v) roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan tovar va/yoki xizmatlarning roʻyxati mavjudligida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661849" id="-5661849">(vi) Ahdlashuvchi tomon qonunchiligi talablariga muvofiq 3(1)(a) (xvii) moddada aytib oʻtilgan ariza yoki 3(1)(b) moddada aytib oʻtilgan ariza va dalillar mavjudligida, bunda, agar bu koʻrsatilgan qonunchilikning talabi boʻlsa, bunday arizalar talabnoma beruvchi tomonidan imzolangan boʻlishi kerak, uning vakili borligiga qaramasdan — 3(1)(a) (xvii) yoki (b) modda qoʻllanilgan hollarda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661851" id="-5661851">(b) Har qanday Ahdlashuvchi tomon talabnomani topshirish sanasi sifatida uning idorasi tomonidan barcha emas, balki bir nechta (a) kichik bandida aytib oʻtilgan koʻrsatmalar va elementlar, yoki 3(3) moddada belgilangan tildan farqlanadigan tilda olingan sanasini belgilashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661852" id="-5661852">(2) [Yoʻl qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar] (a) Ahdlashuvchi tomon talabnoma sanasi belgilangan bojlar toʻlangunga qadar belgilanmasligini koʻzda tutishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661853" id="-5661853">(b) Ahdlashuvchi tomon (a) kichik bandda koʻrsatilgan talabni qoʻyidagi holda qoʻllashi mumkin, agar mazkur Shartnomaga qoʻshilayotgan sanaga bunday talabni qoʻllayotgan boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661854" id="-5661854">(3) [Toʻgʻrilashlar va muddatlar] (1) va (2) bandlarga muvofiq toʻgʻrilashlarni kiritish shartlari va muddatlari Yoʻriqnomada belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661856" id="-5661856">(4) [Boshqa shartlarni bajarishni taqiqlash] Hech bir Ahdlashuvchi tomon topshirish sanasiga nisbatan (1) va (2) bandlarda aytib oʻtilganlaridan farqlanadigan shartlarni bajarishni talab qilishi mumkin emas.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5661857" id="-5661857">6-modda<br /> Bir nechta sinflarga taalluqli tovar va/yoki xizmatlar uchun bitta roʻyxatdan oʻtkazish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661858" id="-5661858">Agar Nitstsa tasnifining bir nechta sinflariga taalluqli tovarlar va/yoki xizmatlar bitta talabnomaga kiritilsa, ushbu talabnoma boʻyicha bitta roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5661860" id="-5661860">7-modda <br />Talabnoma va roʻyxatdan oʻtkazishni ajratish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661861" id="-5661861">(1) [Talabnomani ajratish] (a) Bir nechta tovar va/yoki xizmatlar sanab oʻtilgan har qanday talabnoma (keyinchalik “dastlabki talabnoma”),</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661863" id="-5661863">(i) idora tomonidan belgini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinishidan oldin,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661865" id="-5661865">(ii) idoraning belgini roʻyxatdan oʻtkazishga qarshi qarorini koʻrib chiqish bilan bogʻliq jarayon qatida,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661866" id="-5661866">(iii) belgini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat arizasi bilan bogʻliq jarayon vaqtida, Talabnoma beruvchi yoki uning iltimosi boʻyicha ikkita yoki bir nechta talabnomaga (keyinchalik “ajratilgan talabnoma”) dastlabki talabnomada sanab oʻtilgan tovar va/yoki xizmatlarni ushbu talabnomalar oʻrtasida taqsimlash yoʻli bilan ajratilishi mumkin. Ajratilgan talabnomalar dastlabki talabnoma topshirilgan sanasini va mavjud boʻlganida uning ustuvorligini saqlab qoladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661869" id="-5661869">(b) Har qanday Ahdlashuvchi tomon (a) kichik bandni hisobga olgan holda talabnomani ajratishga nisbatan talablarni belgilashda erkindir, shu hisobda boj toʻlanishida. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661870" id="-5661870">(2) [Roʻyxatdan oʻtkazishni ajratish] Tegishli oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda (1) band roʻyxatdan oʻtkazishni ajratishga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday ajratish quyidagi holatlarda ruxsat beriladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661872" id="-5661872">(i) uchinchi shaxslarning roʻyxatdan oʻtkazishni bekor qilish talabi bilan bogʻliq idora oldidagi jarayonlar vaqtida,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661874" id="-5661874">(ii) oldingi jarayon borishida idora tomonidan qabul qilingan qaror ustidan shikoyat jarayoni vaqtida, shu shart bilanki, Ahdlashuvchi tomon roʻyxatdan oʻtkazishni ajratishni koʻzda tutmasa, agar uning qonunchiligi uchinchi shaxslarga belgini roʻyxatdan oʻtkazish holatidan oldin belgining roʻyxatdan oʻtkazilishiga qarshi chiqishiga ruxsat bersa. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5661875" id="-5661875">8-modda<br /> Imzo </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661879" id="-5661879">(1) [Qogʻozdagi bildirishnoma] Agar Ahdlashuvchi tomonning idorasiga yoʻllangan bildirishnoma qogʻozda taqdim etilib imzoni talab qilsa, Ahdlashuvchi tomon </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661880" id="-5661880">(i) (iii) kichik bandni hisobga olgan holda qoʻlda qoʻyilgan asl imzoni qabul qiladi,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661882" id="-5661882">(ii) qoʻlda qoʻyilgan asl imzo oʻrniga imzoning boshqa shakllari, bosma imzo yoki imzoli shtempel, yoki muhr ishlatishga ruxsat berishi mumkin,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661884" id="-5661884">(iii) qoʻlda qoʻyilgan asl imzo oʻrniga muhr ishlatilishi talab qilishi mumkin, agar bildirishnomani imzolagan jismoniy shaxs uning fuqarosi va bunday shaxsning manzili uning hududida joylashgan boʻlishi kerak,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661885" id="-5661885">(iv) muhr jismoniy shaxsning harflarda koʻrsatilgan ismi bilan birgalikda boʻlishi kerakligini talab qilishi mumkin, agar bunday shaxsning muhri ishlatilsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661887" id="-5661887">(2) [Telefaks boʻyicha xabardor qilish] (a) Agar Ahdlashuvchi tomon uning idorasiga xabarlarni telefaks orqali joʻnatishga ruxsat bersa, bunda telefaksda olingan bosmada imzo tasviri boʻlgan yoki (1)(iv) bandga muvofiq zarur boʻlgan joyda muhr tasviri muhri ishlatilayotgan jismoniy shaxsning ismi harflar bilan koʻrsatilganda xabarnoma imzolangan hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661888" id="-5661888">(b) (a) kichik bandda aytib oʻtilgan Ahdlashuvchi tomon tasviri telefaks boʻyicha joʻnatilgan hujjat Yoʻriqnomada belgilangan minimal muddatni hisobga olgan holda idoraga aniq muddat davomida taqdim etilishi kerakligini talab qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661889" id="-5661889">(3) [Elektron aloqa vositalari orqali xabardor qilish] Agar Ahdlashuvchi tomon uning idorasiga elektron aloqa vositalari orqali xabarnomalarni yuborishga ruxsat bersa, Ahdlashuvchi tomon koʻzda tutganidek, xabarnomani elektron aloqa vositasi orqali joʻnatgan shaxs koʻrsatilsa u imzolangan hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661890" id="-5661890">(4) [Guvohnomani talab qilishni taqiqlash] Hech qanday Ahdlashuvchi tomon yuqoridagi bandlarda keltirilgan har qanday imzo yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa vositalari tasdiqlanishi, notarial tasdiqlanishi, imzo tasdiqlanishi, legalizatsiya qilinishi yoki har qanday imzoning boshqa usulda tasdiqlanishini talab qilishi mumkin emas, Ahdlashuvchi tomonning qonunchiligida roʻyxatdan oʻtkazishdan voz kechishda imzoni tasdiqlashni koʻzda tutishi holatlari bundan mustasno.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5661891" id="-5661891">9-modda<br /> Tovar va/yoki xizmatlarni tasniflash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661896" id="-5661896">(1) [Tovar va/yoki xizmatlarni koʻrsatish] Tovar va/yoki xizmatlardan iborat talabnoma yoki roʻyxatdan oʻtkazishga nisbatan idora tomonidan amalga oshiriladigan har bir roʻyxatdan oʻtkazish yoki nashr qilish ushbu tovar va/yoki xizmatlarning Nitstsa tasnifi sinflari boʻyicha guruhlashtirilgan tovar va/yoki xizmatlarning nomlarini Tasnifdagi tartibda koʻrsatiladi, bunda har bir guruh oldidan ushbu tovar yoki xizmatlarning guruhi taalluqli sinf raqami keltiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661898" id="-5661898">(2) [Bitta sinf yoki turli sinflarga taalluqli tovar yoki xizmatlar] (a) Tovarlar yoki xizmatlar idora amalga oshirishgan har qanday roʻyxatdan oʻtkazish yoki nashr qilishda Nitstsa tasnifining bitta sinfida koʻrsatilganligi asosida oʻxshash deb hisoblanmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661900" id="-5661900">(b) Tovarlar yoki xizmatlar idora amalga oshirishgan har qanday roʻyxatdan oʻtkazish yoki nashr qilishda Nitstsa tasnifining turli sinflarida koʻrsatilganligi asosida oʻxshash emas deb hisoblanmaydi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5661902" id="-5661902">10-modda<br /> Ismlar yoki manzillarni oʻzgartirish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661903" id="-5661903">(1) [Egasining ismi yoki manzilini oʻzgartirish] (a) Agar roʻyxatdan oʻtkazish egasi oʻzgarmasa, lekin uning ismi va/yoki manzili oʻzgarsa har bir Ahdlashuvchi tomon idoraning egasi yoki uning vakili tomonidan imzolangan bunday oʻzgarishning kiritish toʻgʻrisidagi arizani tan oladi, bunday xabarnoma egasi yoki vakil tomonidan imzolanadi va unda belgilar reyestriga kiritilishi kerak boʻlgan tegishli roʻyxat oʻtkazish raqami va oʻzgartirish koʻrsatiladi. Bunday arizani taqdim etish talablariga nisbatan hech qanday Ahdlashuvchi tomon arizani rad etmaydi, </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661904" id="-5661904">(i) agar u yozma ravishda qogʻozda taqdim etilgan boʻlsa, shu shart bilan-ki, (s) kichik bandni hisobga olgan holda, u Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan ariza Blankasiga mos blankda taqdim etilganda,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661905" id="-5661905">(ii) agar Ahdlashuvchi tomon uning idorasiga xabarni telefaks orqali uzatishga ruxsat bersa va ariza shu usulda topshirilgan boʻlsa, shu shart bilan-ki, (s) kichik bandni hisobga olgan holda bunday usulda topshirilgan qogʻozdagi nusxa (i) kichik bandda aytib oʻtilgan ariza Blankasiga mos kelganda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661907" id="-5661907">(b) Har qanday Ahdlashuvchi tomon arizada quyidagilar koʻrsatilishini talab qilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661908" id="-5661908">(i) egasining ismi va manzili;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661909" id="-5661909">(ii) vakilning ismi va manzili, agar roʻyxatdan oʻtkazish egasining bunday vakili boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661910" id="-5661910">(iii) yozishmalar uchun manzil, agar roʻyxatdan oʻtkazishning egasining bunday manzili boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661911" id="-5661911">(s) Har qanday Ahdlashuvchi tomon ariza uning idorasida qabul qilingan tilda yoki tillarning birida tuzilish kerakligini talab qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661912" id="-5661912">(d) Har qanday Ahdlashuvchi tomon ariza topshirilganda uning idorasiga boj toʻlanishi kerakligini talab qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661914" id="-5661914">(e) Agar oʻzgartirishlar bir nechta talabnomaga taalluqli boʻlsa ham unda tegishli roʻyxatdan oʻtkazishlarning barcha raqamlari koʻrsatilganda bitta arizani taqdim etish yetarlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661915" id="-5661915">(2) [Talabnoma beruvchining ismi yoki manzilini oʻzgartirish] Tegishli oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda (1) band oʻzgartirishlar talabnomaga yoki talabnomalarga roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishlarga taalluqli boʻlganda qoʻllaniladi, shu shart bilan-ki, agar tegishli talabnomaning biron biriga raqam berilmagan boʻlsa yoki bunday raqam talabnoma beruvchi yoki vakilga nomaʼlum boʻlsa, Yoʻriqnomada belgilanganidek, ariza bunday talabnomani identifikatsiya qilsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661917" id="-5661917">(3) [Vakilning ismi yoki manzilini oʻzgartirish yoki yozishmalar uchun manzilni oʻzgartirish] Tegishli oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda (1) band vakilning (agar boʻlsa) ismi yoki manzilining oʻzgarishiga va yozishmalar (agar boʻlsa) uchun manzilning oʻzgarishiga qoʻllaniladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661918" id="-5661918">(4) [Boshqa shartlarni bajarishni talab qilishni taqiqlash] Hech bir Ahdlashuvchi tomon ushbu moddada aytib oʻtilgan arizaga nisbatan (1) — (3) bandlarda aytib oʻtilgandan farqli shartlarning bajarilishi talab qilishi mumkin emas. Xususan, bunday oʻzgartirishni tasdiqlovchi biron hujjatni taqdim etishni talab qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661919" id="-5661919">(5) [Dalillar] Har qanday Ahdlashuvchi tomon uning idorasiga dalillarni taqdim etishni talab qilishi mumkin, agar arizadagi har qanday koʻrsatmalarga nisbatan idorada asoslangan shubha paydo boʻlsa.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5661921" id="-5661921">11-modda<br /> Egasini oʻzgartirish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661922" id="-5661922">(1) [Roʻyxatdan oʻtkazish egasini oʻzgartirish] (a) Roʻyxatdan oʻtkazish egasi oʻzgarganda har bir Ahdlashuvchi tomon roʻyxatdan oʻtkazishning oldingi egasi yoki uning vakili, roʻyxatdan oʻtkazishning endi egasi boʻlgan (keyinchalik “yangi egasi”) shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolangan xabarda idora tomonidan oʻz reyestriga oʻzgartirish kiritishi toʻgʻrisidagi arizani agar unda tegishli roʻyxatdan oʻtkazishning raqami va reyestrga kiritilishi kerak boʻlgan oʻzgartirish koʻrsatilganda tan oladi. Arizalarni taqdim etishga talablarga nisbatan hech qanday Ahdlashuvchi tomon arizani rad qilishi mumkin emas, </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661923" id="-5661923">(i) agar u yozma ravishda qogʻozda taqdim qilingan, shu shart bilan-ki, (2) (a) bandni hisobga olgan holda u Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan ariza Blankasiga mos keladigan blankda taqdim etilgan boʻlsa,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661924" id="-5661924">(ii) agar Ahdlashuvchi tomon uning idorasiga xabarni telefaks orqali uzatishga ruxsat bersa va ariza shu usulda topshirilgan boʻlsa, shu shart bilan-ki, (2)(a) kichik bandni hisobga olgan holda bunday usulda topshirilgan qogʻozdagi nusxa (i) kichik bandda aytib oʻtilgan ariza Blankasiga mos kelsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661925" id="-5661925">(b) Agar egasini oʻzgartirish shartnoma imzolash natijasida boʻlsa har qanday Ahdlashuvchi tomon bu arizada koʻrsatilishi talab qilishi mumkin. Bunda soʻrayotgan tomonning tanlovi boʻyicha quyidagi hujjatlarning bittasi ilova qilinadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661927" id="-5661927">(i) shartnoma nusxasi, bunda ushbu nusxa davlat notariusi yoki boshqa vakolatlangan davlat organi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661928" id="-5661928">(ii) roʻyxatdan oʻtkazish egasining oʻzgarishi aks etgan shartnomadan koʻchirma, bunda ushbu koʻchirma davlat notariusi yoki boshqa vakolatlangan davlat organi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerakligi talab qilinishi mumkin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661929" id="-5661929">(iii) Yoʻriqnomada belgilangan shakl va mazmunga muvofiq tuzilgan va oldingi va yangi egalari tomonidan imzolangan belgiga huquqlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi tasdiqlanmagan guvohnoma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661930" id="-5661930">(iv) Yoʻriqnomada belgilangan shakl va mazmunga muvofiq tuzilgan va oldingi va yangi egalari tomonidan imzolangan belgiga huquqlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi tasdiqlanmagan hujjat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661931" id="-5661931">(s) Agar egasini oʻzgartirish birlashtirish natijasi boʻlsa har qanday Ahdlashuvchi tomon bu arizada koʻrsatilishi kerakligini talab qilishi mumkin, bunda ushbu arizaga bunday birlashishni isbotlovchi va vakolatlangan organ tomonidan tuzilgan hujjat, masalan, savdo reyestridan koʻchirma, ilova qilinadi, bundan tashqari ushbu nusxa ushbu hujjatni bergan organ yoki davlat notariusi yoki boshqa vakolatlangan davlat organi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerakligi talab qilinishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661933" id="-5661933">(d) Shartnoma tuzish yoki birlashtirish natijasida bitta yoki bir nechta egalar oʻzgarganda, lekin barcha egalar emas, Ahdlashuvchi tomon har qanday oʻzgarmayotgan egasi boshqa egasini oʻzgartirishga maxsus ruxsatini imzolangan hujjat orqali berish kerakligini talab qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661935" id="-5661935">(e) Agar oʻzgartirish shartnoma imzolash yoki birlashtirish natija boʻlmasa, balki boshqa sabablar orqali vujudga kelganda, masalan, qonunni qoʻllash natijasida yoki sud qarori bilan, har qanday Ahdlashuvchi tomon buni arizada koʻrsatishi kerakligi va ushbu nusxa ushbu hujjatni bergan organ yoki davlat notariusi yoki boshqa vakolatlangan davlat organi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerakligi talab qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661936" id="-5661936">(f) Har qanday Ahdlashuvchi tomon arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerakligini talab qilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661937" id="-5661937">(i) oldingi egasining ismi va manzili;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661938" id="-5661938">(ii) yangi egasining ismi va manzili;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661939" id="-5661939">(iii) yangi egasining fuqaroligi, agar u biron davlat fuqarosi boʻlsa; yangi egasi yashaydigan davlat nomi, agar boʻlsa; yangi egasi haqiqiy va nomavhum sanoat yoki savdo tashkiloti joylashgan davlat nomi, agar boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661940" id="-5661940">(iv) agar yangi egasi huquqiy shaxs boʻlsa, huquqiy shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va davlat nomi, zarur boʻlganda ushbu yuridik shaxs qonunchiligiga muvofiq taʼsis qilingan ushbu davlatning hududiy birligining nomi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661941" id="-5661941">(v) vakilning ismi va manzili, agar oldingi egasida boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661943" id="-5661943">(vi) yozishmalar uchun manzil, agar oldingi egasida boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661945" id="-5661945">(vii) vakilning ismi va manzili, agar yangi egasida boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661946" id="-5661946">(viii) yangi egasining yozishmalar uchun manzili, agar bu 4(2)(b) moddaga muvofiq talab qilinsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661947" id="-5661947">(g) Har qanday Ahdlashuvchi tomon uning idorasiga topshirilgan ariza munosabati bilan boj toʻlanishini talab qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661948" id="-5661948">(h) egasini oʻzgartirish bir nechta roʻyxatdan oʻtkazishga aloqador boʻlsa bitta ariza yetarlidir, agar oldingi va yangi egasi har bir roʻyxatdan oʻtkazish uchun aynan shu shaxslar boʻlsa va arizada roʻyxatdan oʻtkazish raqamlari koʻrsatilsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661949" id="-5661949">(i) Agar egasini oʻzgartirish oldingi egasining roʻyxatdan oʻtkazishlarida keltirilgan barcha tovar va/yoki xizmatlarga taalluqli boʻlmasa va qonunchilik bunday oʻzgartirishlar toʻgʻrisida yozuvni kiritishga ruxsat bersa idora egasini oʻzgartirish taalluqli boʻlgan tovar va/yoki xizmatlarga aloqador alohida roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661950" id="-5661950">(2) [Til. Tarjima] (a) Har qanday Ahdlashuvchi tomon (1) bandda aytib oʻtilgan ariza, belgiga huquqlarni oʻtkazish toʻgʻrisida guvohnoma yoki bunday huquqni oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjat uning idorasida qabul qilingan tilda yoki tillarning birida tuzilishi kerakligini talab qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661952" id="-5661952">(b) Agar (1)(b)(i) va (hh), (s) va (e) bandlarda aytib oʻtilgan hujjatlar Ahdlashuvchi tomonning idorasida qabul qilingan tilda yoki tillarning birida taqdim etilmagan boʻlsa Ahdlashuvchi tomon arizaga talab qilingan hujjatning uning idorasida qabul qilingan tildagi yoki tillarning biridagi tasdiqlangan tarjimasi ilova qilini kerakligini talab qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661954" id="-5661954">(3) [Talabnoma egasini oʻzgartirish] Tegishli oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda (1) va (2) bandlar egasini oʻzgartirish talabnoma yoki talabnomalarga yoki roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishlarga taalluqli boʻlgan holatlarda qoʻllaniladi, shu shart bilan-ki, talabnomalarning biron biriga hali raqam berilmaganda yoki ushbu raqam talabnoma beruvchi yoki uning vakiliga maʼlum boʻlmaganda, arizada, shunga qaramasdan, Yoʻriqnomada belgilanganidek talabnoma identifikatsiya qilinganida.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661955" id="-5661955">(4) [Boshqa shartlarni bajarishni talab qilishni taqiqlash] Ahdlashuvchi tomonlarning hech biri mazkur moddada aytib oʻtilgan arizaga nisbatan (1) — (3) bandlarda koʻrsatilganidan boshqa shartlarni bajarishni talab qilishi mumkin emas. Xususan, quyidagi shartlarni bajarishni talab qilish mumkin emas:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661956" id="-5661956">(i) (1) (s) band qoidalarini hisobga olib savdo reyestridan koʻchirma yoki boshqa hujjatni taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661957" id="-5661957">(ii) yangi egasi sanoat yoki savdo faoliyatini amalga oshirayotganini, hamda tegishli dalillarni taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661958" id="-5661958">(iii) yangi egasini oʻzgartirish tovar va/yoki xizmatlarga tegishli faoliyatni amalga oshirayotganligi koʻrsatish, hamda tegishli dalillarni taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661959" id="-5661959">(iv) oldingi egasi oʻz korxonasi yoki nommoddiy aktivlarni yangi egasiga toʻliq yoki qisman berganligini koʻrsatish, hamda tegishli dalillarni taqdim etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661960" id="-5661960">(5) [Dalillar] Har qanday Ahdlashuvchi tomon uning idorasiga dalillarni yoki (1)(s) yoki (e) bandlardagi qoidalarga taalluqli holatlarda qoʻshimcha dalillarni taqdim etishni talab qilishi mumkin, agar idorada arizadagi va/yoki mazkur Moddadagi har qanday hujjatdagi har qanday koʻrsatkichning haqiqiyligiga nisbatan uning idorasida asoslangan shubha paydo boʻlsa. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5661962" id="-5661962">12-modda<br /> Xatolarni toʻgʻrilash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661963" id="-5661963">(1) [Roʻyxatdan oʻtkazishga taalluqli xatoni toʻgʻrilash] (a) Har bir Ahdlashuvchi tomon uning idorasiga topshirilgan talabnoma yoki boshqa arizadagi va idoraning belgilar reyestri va/yoki boshqa nashridagi xatoni toʻgʻrilash toʻgʻrisidagi arizani tan oladi, bunda ushbu xato roʻyxatdan oʻtkazish egasi yoki uning vakilining xabarida koʻrsatiladi, xabarda tegishli roʻyxatdan oʻtkazish raqami, toʻgʻrilanishi kerak boʻlgan xato va reyestrga kiritilishi kerak boʻlgan toʻgʻrilashlar keltiriladi. Bunday arizani taqdim etish talablariga nisbatan Ahdlashuvchi tomonning hech biri arizani rad etishi mumkin emas, </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661972" id="-5661972">(i) agar u yozma ravishda qogʻozda taqdim etilgan boʻlsa, shu shart bilan-ki, (s) kichik bandni hisobga olgan holda u Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan ariza Blankasiga mos blankda taqdim etilsa,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661974" id="-5661974">(ii) agar Ahdlashuvchi tomon uning idorasiga xabarni telefaks orqali uzatishga ruxsat bersa va ariza shu usulda topshirilgan boʻlsa, shu shart bilan-ki, (s) kichik bandni hisobga olgan holda bunday usulda topshirilgan qogʻozdagi nusxa (i) kichik bandda aytib oʻtilgan ariza Blankasiga mos kelsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661975" id="-5661975">(b) Har qanday Ahdlashuvchi tomon arizada quyidagilar koʻrsatilishini talab qilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661976" id="-5661976">(i) egasining ismi va manzili;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661978" id="-5661978">(ii) vakilning ismi va manzili, agar roʻyxatdan oʻtkazish egasining bunday vakili boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661980" id="-5661980">(iii) yozishmalar uchun manzil, agar roʻyxatdan oʻtkazishning egasining bunday manzili boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661982" id="-5661982">(s) Har qanday Ahdlashuvchi tomon ariza uning idorasida qabul qilingan tilda yoki tillarning birida tuzilish kerakligini talab qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661983" id="-5661983">(d) Har qanday Ahdlashuvchi tomon ariza topshirilganda uning idorasiga boj toʻlanishi kerakligini talab qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661984" id="-5661984">(e) Agar oʻzgartirishlar bitta shaxsning bir nechta roʻyxatdan oʻtkazishlarga taalluqli boʻlsa ham unda xato va kerakli toʻgʻrilash har bir roʻyxatdan oʻtkazishga bir xil boʻlganida, va ushbu roʻyxatdan oʻtkazishlarning barchasining raqamlari koʻrsatilganda bitta arizani taqdim etish yetarlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661985" id="-5661985">(2) [Talabnoma taalluqli xatoni toʻgʻrilash] Tegishli oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda (1) band xato talabnoma yoki talabnomalarga yoki roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishlarga taalluqli boʻlgan holatlarda qoʻllaniladi, shu shart bilan-ki, talabnomalarning biron biriga hali raqam berilmaganda yoki ushbu raqam talabnoma beruvchi yoki uning vakiliga maʼlum boʻlmaganda, arizada, shunga qaramasdan, Yoʻriqnomada belgilanganidek talabnoma identifikatsiya qilinganida.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661987" id="-5661987">(3) [Boshqa shartlarini bajarishni talab qilishni taqiqlash] Hech bir Ahdlashuvchi tomon mazkur Moddada aytib oʻtilgan arizaga nisbatan (1) va (2) bandlarda aytib oʻtilgandan farqli shartlarning bajarilishi talab qilishi mumkin emas. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661989" id="-5661989">(4) [Dalillar] Har qanday Ahdlashuvchi tomon uning idorasiga dalillarni taqdim etishni talab qilishi mumkin, agar xato haqiqatdan xato ekanligiga nisbatan idorada asoslangan shubha paydo boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661990" id="-5661990">(5) [Idoraning xatolari] Ahdlashuvchi tomon idorasi oʻzining ex-offisio barcha xatolarini yoki murojaat boʻyicha biron bir boj toʻlamasdan toʻgʻrilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661991" id="-5661991">(6) [Toʻgʻrilanmaydigan xatolar] Hech bir Ahdlashuvchi tomon (1), (2) va (5) bandlarning qoidalarini uning qonunchiligiga muvofiq toʻgʻrilab boʻlmaydigan har qanday xatoga nisbatan qoʻllashga majbur emas.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5661992" id="-5661992">13-modda <br />Roʻyxatdan oʻtkazishning amal qilishi va uni uzaytirish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661994" id="-5661994">(1) [Roʻyxatdan oʻtkazishni uzaytirish toʻgʻrisidagi arizadagi koʻrsatkich yoki elementlar va yoki ilovalar. Bojlar] (a) Har qanday Ahdlashuvchi tomon roʻyxatdan oʻtkazishni uzaytirish ariza topshirish orqali va ariza quyidagi koʻrsatkichlarning barchasi yoki ayrimlaridan iborat boʻlishi kerakligini talab qilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661995" id="-5661995">(i) roʻyxatdan oʻtkazishni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661997" id="-5661997">(ii) roʻyxatdan oʻtkazish egasining ismi va manzili;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661998" id="-5661998">(iii) tegishli roʻyxatdan oʻtkazishning raqami;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5661999" id="-5661999">(iv) Ahdlashuvchi tomonning tanloviga koʻra roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshirilgan talabnomaning topshirish sanasi yoki tegishli roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshirilgan sana;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662001" id="-5662001">(v) vakilning ismi va manzili, agar roʻyxatdan oʻtkazish egasining bunday vakili boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662002" id="-5662002">(vi) yozishmalar uchun manzil, agar roʻyxatdan oʻtkazishning egasining bunday manzili boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662003" id="-5662003">(vii) roʻyxatdan oʻtkazishni uzaytirish soʻralayotgan tovar va/yoki xizmatlarning reyestrga kiritilgan va Nitstsa tasnifi boʻyicha guruhlashtirilgan nomlarini yoki roʻyxatdan oʻtkazishni uzaytirish soʻralmayotgan tovar va/yoki xizmatlarning reyestrga kiritilgan nomlarini, bunda tovar va/yoki xizmatlar taalluqli boʻlgan har bir guruh oldidan ushbu Tasniflashning sinfi raqami tartiblashtirilgan holda keltirilishi kerak, — agar Ahdlashuvchi tomon roʻyxatdan oʻtkazishni belgilarning reyestriga kiritilgan ayrim tovar va/yoki xizmatlarga nisbatan uzaytirishni amalga oshirishga ruxsat bersa va bunday uzaytirish soʻralayotgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662004" id="-5662004">(viii) egasi yoki uning vakilidan tashqari boshqa shaxsning ismi va manzili, agar Ahdlashuvchi tomon roʻyxatdan oʻtkazishni uzaytirish toʻgʻrisidagi bunday shaxs tomonidan topshirilishiga ruxsat bersa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662005" id="-5662005">(ix) egasi yoki vakilning imzosi, yoki (viii) kichik band qoʻllanilganda ushbu kichik bandda aytib oʻtilgan shaxsning imzosi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662006" id="-5662006">(b) Har qanday Ahdlashuvchi tomon roʻyxatdan oʻtkazishni uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza munosabati bilan uning idorasiga boj toʻlanishi talab qilishi mumkin. Roʻyxatdan oʻtkazishning dastlabki davri yoki roʻyxatdan oʻtkazishni uzaytirishning har qanday davri uchun boj toʻlangandan keyin ushbu davr davomida roʻyxatdan oʻtkazishni kuchda saqlab turish uchun hech qanday boj toʻlanishi talab qilinishi mumkin emas. Mazkur kichik band maqsadlari uchun belgidan foydalanishga nisbatan ariza va/yoki dalillarni taqdim etish bilan bogʻliq bojlar roʻyxatdan oʻtkazishni kuchda saqlab turish uchun boj deb koʻrib chiqilmaydi va ularga nisbatan mazkur kichik bandning qoidalariga qoʻllanilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662007" id="-5662007">(s) Har qanday Ahdlashuvchi tomon roʻyxatdan oʻtkazishni uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza va (b) kichik bandda aytib oʻtilgan tegishli boj Yoʻriqnomadagi minimal muddatlarni hisobga olgan holda Ahdlashuvchi tomonning qonunchiligida belgilangan muddatda taqdim etilishi va toʻlanishini talab qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662010" id="-5662010">(2) [Arizani taqdim etish] Arizani taqdim etish talablariga nisbatan biron bir Ahdlashuvchi tomon arizani rad etishi mumkin emas,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662011" id="-5662011">(i) agar u yozma ravishda qogʻozda taqdim etilgan boʻlsa, shu shart bilan-ki, (3) bandni hisobga olgan holda u Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan ariza Blankasiga mos blankda taqdim etilgan boʻlsa,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662013" id="-5662013">(ii) Agar Ahdlashuvchi tomon xabarlarni uning idorasiga telefaks orqali yuborishni ruxsat bersa va ariza shu usulda yuborilsa, shu shart bilan-ki, (3) bandni hisobga olgan holda bunday yuborish natijasida olingan qogʻozli nusxasi (i) kichik bandda aytib oʻtilgan ariza Blankasiga mos kelsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662014" id="-5662014">(3) [Til] Har qanday Ahdlashuvchi tomon roʻyxatdan oʻtkazishni uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza uning idorasida qabul qilingan tilda yoki tillarning birida tuzilgan boʻlish kerakligini talab qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662017" id="-5662017">(4) [Boshqa shartlarni bajarishni talab qilishni taqiqlash] Ahdlashuvchi tomonlarning hech biri (1) — (3) bandlarda roʻyxatdan oʻtkazishni uzaytirish toʻgʻrisidagi arizaga nisbatan belgilangan shartlardan farqlanadigan shartlarni talab qilishi mumkin emas. Xususan, quyidagi shartlarni bajarishni talab qilish mumkin emas:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662020" id="-5662020">(i) belgining tasviri yoki belgini identifikatsiya qiluvchi boshqa maʼlumotlarni taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662022" id="-5662022">(ii) har qanday boshqa Ahdlashuvchi tomonning reyestrida belgi roʻyxatdan oʻtkazilganligi yoki belgini roʻyxatdan oʻtkazish uzaytirilganligini isbotlovchi dalillarni taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662024" id="-5662024">(iii) belgidan foydalanilayotganligini isbotlovchi dalillar va/yoki arizani taqdim etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662025" id="-5662025">(5) [Dalillar] Har qanday Ahdlashuvchi tomon roʻyxatdan oʻtkazishni uzaytirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishda uning idorasiga dalillarni taqdim etishni talab qilishi mumkin, agar roʻyxatdan oʻtkazishni uzaytirish toʻgʻrisidagi arizadagi koʻrsatkich yoki elementga nisbatan idorada asoslangan shubha paydo boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662028" id="-5662028">(6) [Mohiyati boʻyicha ekspertizani oʻtkazishni taqiqlash] Hech qanday Ahdlashuvchi tomon roʻyxatdan oʻtkazishni uzaytirish maqsadlari uchun roʻyxatdan oʻtkazilgan belgining mohiyatan boʻyicha ekspertizasini amalga oshirishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662030" id="-5662030">(7) [Roʻyxatdan oʻtkazishning amal qilish muddati] Dastlabki roʻyxatdan oʻtkazishning amal qilish davri oʻn yilni tashkil qiladi va keyinchalik oʻn yillik muddatlarga uzaytirilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5662032" id="-5662032">14-modda<br /> Tahminiy rad etishdagi izohlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662033" id="-5662033">Idora <a href="/mact/-2691060#-5661902">10 — 13 moddalarga </a>muvofiq ariza yoki talabnomani, holatdan kelib chiqqan holda, rad etish ehtimoli munosabati bilan belgilangan muddatda talabnoma beruvchi yoki ariza bergan tomonga izoh berish imkonisiz toʻliq yoki qisman rad etishi mumkin emas.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5662035" id="-5662035">15-modda <br />Parij konvensiyasiga rioya qilish majburiyati </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662036" id="-5662036">Har qanday Ahdlashuvchi tomon belgilarga nisbatan Parij konvensiyasining qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5662037" id="-5662037">16-modda <br />Xizmat koʻrsatish belgilari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662038" id="-5662038">Har qanday Ahdlashuvchi tomon xizmat koʻrsatish belgilariga Parij konvensiyasining tovar belgilariga nisbatan qoidalarini qoʻllaydi va ularni roʻyxatdan oʻtkazadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5662039" id="-5662039">17-modda <br />Yoʻriqnoma </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662040" id="-5662040">(1) [Mazmuni] (a) mazkur Shartnomaga ilova qilinadigan Yoʻriqnoma quyidagilarga nisbatan qoidalarni belgilaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662041" id="-5662041">(i) mazkur Shartnomada Yoʻriqnomaga maxsus havola qilingan talablarni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662042" id="-5662042">(ii) mazkur Shartnomaning qoidalarini qoʻllash uchun foydali boʻlgan har qanday qoʻshimcha aniqliklarni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662043" id="-5662043">(iii) har qanday maʼmuriy talablar, masalalar yoki jarayonlarni.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662044" id="-5662044">(b) Yoʻriqnomada Namunaviy xalqaro blankalar keltirilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662045" id="-5662045">(2) [Shartnoma va Yoʻriqnoma oʻrtasidagi farqlar] mazkur Shartnoma va Yoʻriqnoma qoidalari oʻrtasida farqlar mavjud boʻlganida Shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5662046" id="-5662046">18-modda<br /> Qayta koʻrishlar. Bayonnomalar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662047" id="-5662047">(1) [Qayta koʻrish] Mazkur Shartnoma diplomatik anjuman tomonidan qayta koʻrilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662062" id="-5662062">(2) [Bayonnomalar] Belgilarga oid qonunchilikni uygʻunlashtirishni yanada rivojlantirish maqsadi uchun diplomatik anjuman bayonnomalar qabul qilishi mumkin, agar ushbu bayonnomalar mazkur Shartnoma qoidalariga zid boʻlsa.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5662064" id="-5662064">19-modda<br /> Shartnomada ishtirok etish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662065" id="-5662065">(1) [Shartnomada ishtirok etish huquqi] Xalqaro munosabatlarning quyidagi subyektlari Shartnomani imzolashi va (2) va (3) bandlarni hamda 20 (1) va (3) moddalarni hisobga olgan holda uning tomoni boʻlishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662067" id="-5662067">(i) Oʻz idorasi tomonidan belgilar roʻyxatga olinishi mumkin boʻlgan Tashkilotga aʼzo-davlat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662068" id="-5662068">(ii) hukumatlararo tashkilotni taʼsis etuvchi shartnoma qoʻllanadigan hududda amal qiluvchi belgilar roʻyxatga olinishi mumkin boʻlgan idoraga ega har qanday hukumatlararo tashkilot, unga aʼzo-davlatlarning har birida yoki bunday maqsad uchun tegishli arizada koʻrsatilgan aʼzo-davlatlarda, shu shart bilan-ki, ushbu hukumatlararo tashkilotga barcha aʼzo-davlatlar Tashkilot aʼzosi boʻlganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662070" id="-5662070">(iii) Tashkilotga aʼzo boʻlgan boshqa davlatning idorasi orqali belgilar roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin boʻlgan Tashkilotning har qanday aʼzo-davlati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662071" id="-5662071">(iv) faqat hukumatlararo tashkilotning idorasi orqali belgilar roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin boʻlgan va unga aʼzo boʻlgan Tashkilotning aʼzo-davlati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662073" id="-5662073">(v) Tashkilotga aʼzo-davlatlar guruhining umumiy idorasi orqali belgilar roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin boʻlgan Tashkilotning aʼzo-davlati.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662075" id="-5662075">(2) [Ratifikatsiya yoki qoʻshilish] (1) bandda aytib oʻtilgan xalqaro munosabatlarning har qanday subyekti saqlash uchun quyidagilarni topshirishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662077" id="-5662077">(i) ratifikatsiya yorligʻini, agar u mazkur Shartnomani imzolasa,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662079" id="-5662079">(ii) qoʻshilish toʻgʻrisidagi akt, agar u mazkur Shartnomani imzolamagan boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662081" id="-5662081">(3) [Saqlash uchun topshirish sanasi] (a) (b) kichik bandni hisobga olgan holda ratifikatsiya yorligʻini yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi aktni saqlash uchun topshirish sanasi deb quyidagi hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662082" id="-5662082">(i) davlatning tegishli hujjati saqlash uchun topshirish sanasi — (1)(i) bandda koʻrsatilgan davlat boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662083" id="-5662083">(ii) hukumatlararo tashkilotning tegishli hujjati saqlash uchun topshirish sanasi — hukumatlararo tashkilot boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662084" id="-5662084">(iii) quyidagi talab bajarilgan sana: ushbu davlatning tegishli hujjati topshirilgan boʻlsa va boshqa koʻrsatilgan davlatning tegishli hujjati topshirilgan boʻlsa — (1) (iii) bandda koʻrsatilgan davlat boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662085" id="-5662085">(iv) yuqorida keltirilgan (ii) kichik bandga muvofiq qoʻllanadigan sana — (1) (iv) bandda koʻrsatilgan davlat boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662088" id="-5662088">(v) guruhning barcha aʼzo-davlatlarining hujjatlari saqlash uchun topshirilgan sana -(1) (v) bandda koʻrsatilgan davlatlar guruhiga aʼzo-davlat boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662090" id="-5662090">(b) Davlatning har qanday ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi akti (ushbu kichik bandda “hujjat” deb nomlanuvchi) saqlash uchun topshirilgan deb hisoblanadigan ariza bilan birga boʻlishi mumkin, shu shart bilan-ki, mazkur Shartnoma tomoni boʻlish huquqiga ega va ularning nomlari koʻrsatilgan holda, saqlash uchun boshqa bitta davlatning yoki bitta hukumatlararo tashkilotning hujjati topshirilsa, yoki boshqa ikkita davlatning yoki bitta boshqa davlat va bitta hukumatlararo davlatning hujjati topshirilsa, yoki saqlash uchun ikkita boshqa davlat, yoki bitta boshqa davlat va bitta hukumatlararo tashkilotning hujjati topshirilsa. Bunday arizaga ega hujjatni topshirish sanasi deb arizada koʻrsatilgan shart bajarilgan sana hisoblanadi. Ammo, arizada koʻrsatilgan hujjatni saqlash uchun topshirish, oʻz navbatida, bu turdagi ariza bilan birga boʻlsa, bunday hujjat saqlash sanasi deb oxirgi arizada koʻrsatilgan shart bajarilgan sana hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662091" id="-5662091">(s)(b) kichik bandiga muvofiq ariza har qanday vaqtda toʻliq yoki qisman chaqirib olinishi mumkin. Har qanday bunday chaqirib olish Bosh direktor tomonidan tegishli xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5662092" id="-5662092">20-modda<br /> Ratifikatsiya va qoʻshilishlarning kuchga kirish sanasi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662097" id="-5662097">(1) [Inobatga olinadigan hujjatlar] Mazkur modda maqsadlari uchun 19(1) moddada aytib oʻtilgan va 19(3) moddaga muvofiq kuchga kirish sanasiga ega xalqaro munosabatlar subyektlari saqlash uchun topshirilgan ratifikatsiya yorliqlari yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi aktlar inobatga olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662098" id="-5662098">(2) [Shartnomaning dastlabki kuchga kirishi] Mazkur Shartnoma beshta davlat oʻz ratifikatsiya yorliqlari va qoʻshilish toʻgʻrisidagi aktlarini saqlash uchun topshirgandan soʻng uch oydan keyin kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662100" id="-5662100">(3) [Mazkur Shartnoma kuchga kirgandan keyin ratifikatsiyalar va qoʻshilishlarning kuchga kirishi] (2) band qoidalari taalluqli boʻlmagan xalqaro munosabatlarning har qanday subyektiga nisbatan mazkur Shartnoma u oʻz ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi aktini saqlash uchun topshirgandan soʻng kuchga kiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5662101" id="-5662101">21-modda <br />Alohida shartlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662103" id="-5662103">(1) [Belgilarning alohida turlari] 2(1)(a) moddaga qaramasdan har qanday davlat yoki hukumatlararo tashkilot alohida shartlar koʻrinishidagi ariza orqali 3(1) va (2), 5, 7, 11 va 13 moddalar qoidalarini fikran bogʻlangan (assotsiatsiya qilinadigan), taqiqlovchi yoki hosila belgilariga nisbatan qoʻllamaslik bildirishi mumkin. Bunday arizada arizaga taalluqli yuqoridagi qoidalar keltiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662104" id="-5662104">(2) [Majburiy shartlar] (1) bandga muvofiq har qanday alohida shart tegishli davlat yoki hukumatlararo tashkilotning mazkur Shartnomani ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi aktga ilova qilinadigan arizada keltiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662105" id="-5662105">(3) [Alohida shartlarni chiqarib tashlash] (1) bandga muvofiq qilingan har qanday alohida shart istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662107" id="-5662107">(4) [Boshqa alohida shartlarni taqiqlash] (1) bandda nazarda tutilganidan boshqa alohida shartlar mazkur Shartnomaga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5662109" id="-5662109">22-modda <br />Oʻtish qoidalari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662111" id="-5662111">(1) [Bir nechta sinflarga taalluqli tovar va xizmatlar uchun bitta talabnoma. Talabnomani ajratish] (a) har qanday davlat yoki hukumatlararo tashkilot 3(5) moddaga qaramasdan uning idorasiga talabnoma Nitstsa tasnifining bitta sinfga taalluqli tovarlar yoki xizmatlarga nisbatan topshirilishi mumkinligini toʻgʻrisida ariza berishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662114" id="-5662114">(b) Har qanday davlat yoki hukumatlararo tashkilot 6- moddaga qaramasdan agar tovarlar va/yoki xizmatlar Nitstsa tasnifining bir nechta sinflariga taalluqli boʻlib bitta talabnomaga kiritilsa, bunday talabnoma boʻyicha belgilarning reyestrida bir nechta roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshirilishi mumkin, shu shart bilanki, bunday roʻyxatga oʻtkazishlarning har biri koʻrsatilgan talabnoma asosida amalga oshirilgan boshqa shunday roʻyxatdan oʻtkazishlarga havola qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662116" id="-5662116">(s) (a) kichik bandga muvofiq ariza bergan har qanday davlat yoki hukumatlararo tashkilot 7(1) moddaga qaramasdan talabnomani ajratish mumkin emasligi toʻgʻrisida ariza berishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662118" id="-5662118">(2) [Bir nechta talabnoma va/yoki roʻyxatdan oʻtkazishga bitta ishonchnoma] Har qanday davlat yoki hukumatlararo tashkilot 4(3)(b) moddaga qaramasdan ishonchnoma bitta talabnoma yoki bitta roʻyxatdan oʻtkazishga taalluqli boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662119" id="-5662119">(3) [Ishonchnoma va talabnomadagi imzo tasdiqlanishini talab qilishni taqiqlash] Har qanday davlat yoki hukumatlararo tashkilot 8(4) moddaga qaramasdan har qanday ishonchnomadagi imzo yoki har qanday talabnomadagi talabnoma beruvchining imzosi tasdiqlangan, legalizatsiya qilingan yoki boshqa usulda tasdiqlangan boʻlishini talab qilinishini arizada koʻrsatishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662120" id="-5662120">(4) [Ism va/yoki manzil, egasining oʻzgarishi yoki xatoni toʻgʻrilashga nisbatan bir nechta talabnomalar va/yoki roʻyxatdan oʻtkazishlar uchun bitta ariza] Har qanday davlat yoki hukumatlararo tashkilot 10(1)(e), (2) va (3) modda, 11(1)(h) va (3) moddava12(1)(e) va (2) moddalarga qaramasdan ism va/yoki manzilga nisbatan oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi ariza, egasiga nisbatan oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi ariza va xatoni toʻgʻrilashga nisbatan ariza bitta talabnoma yoki bitta roʻyxatdan oʻtkazishga taalluqli boʻlishi kerakligini arizada koʻrsatishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662121" id="-5662121">(5) [Roʻyxatdan oʻtkazishni uzaytirish munosabati bilan foydalanishga taalluqli dalillar va arizani taqdim etish] Har qanday davlat yoki hukumatlararo tashkilot 13(4)(iii) moddaga qaramasdan roʻyxatdan oʻtkazishni uzaytirish munosabati bilan foydalanishga taalluqli dalillar va ariza taqdim etilishini arizada koʻrsatishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662122" id="-5662122">(6) [Roʻyxatdan oʻtkazishni uzaytirish munosabati bilan mohiyati boʻyicha ekspertiza] Har qanday davlat yoki hukumatlararo tashkilot 13(6) moddaga qaramasdan, xizmatlarga doir roʻyxatdan oʻtkazishni birinchi bor uzaytirganda mohiyati boʻyicha ekspertizani amalga oshirish toʻgʻrisida ariza koʻrsatishi mumkin, shu shart bilan-ki, bunday ekspertiza koʻp marta roʻyxatdan oʻtkazishlarni bekor qilish bilan cheklangan, bunda bunday talabnomalar ushbu davlat yoki tashkilotning qonunchiligi kuchga kirgandan soʻng olti oy ichida topshirilgan talabnomalar asosidagi roʻyxatdan oʻtkazishlarga taalluqli boʻlib mazkur Shartnoma kuchga kirishidan oldin ularda xizmat koʻrsatish belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish imkoniyati boʻlganda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662123" id="-5662123">(7) [Umumiy qoidalar] (a) Davlat yoki hukumatlararo tashkilot (1) — (6) bandlarga muvofiq arizani faqat quyidagi holatda qilishi mumkin, agar mazkur Shartnomaga ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi aktni topshirish sanasiga uning qonunchiligini bunday arizasiz boʻyicha qoʻllash mazkur Shartnoma qoidalariga zid boʻlganda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662124" id="-5662124">(b) (1) — (6) bandlarga muvofiq qilingan har qanday ariza ariza beruvchi davlat yoki hukumatlararo tashkilotning mazkur Shartnomaga ratifikatsiya yorligi yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi aktiga ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662127" id="-5662127">(s) (1) — (6) bandlarga muvofiq qilingan har qanday ariza istalgan vaqtda chaqirib olinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662128" id="-5662128">(8) [Arizaning amal qilishining tugashi] (a) (s) kichik bandni hisobga olgan holda (1) — (5) bandlarga muvofiq Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasining oʻrnatilgan amaliyotiga binoan rivojlanayotgan davlat yoki aʼzolarining har biri rivojlanayotgan davlat hisoblanadigan hukumatlararo tashkilotdan berilgan ariza mazkur Shartnoma kuchga kirgandan soʻng 8 yildan soʻng oʻz kuchini yoʻqotadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662129" id="-5662129">(b) (s) kichik bandni hisobga olgan holda (1) — (5) bandlarga muvofiq (a) kichik bandida koʻrsatilgan davlatdan tashqari yoki (a) kichik bandida koʻrsatilgan hukumatlararo tashkilotdan tashqari boshqa hukumatlararo tashkilot tomonidan berilgan ariza mazkur Shartnoma kuchga kirgandan soʻng 6 yildan soʻng oʻz kuchini yoʻqotadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662130" id="-5662130">(s) Agar 2004-yil 28-oktabrga qadar (1) — (5) bandlarga muvofiq qilingan ariza (7) (s) bandga binoan chaqirib olinmagan boʻlsa yoki (a) yoki (b) kichik bandlarga binoan oʻz kuchini yoʻqotmagan boʻlsa u 2004-yil 28-oktabr kuni oʻz kuchini yoʻqotadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662131" id="-5662131">(9) [Shartnomada ishtirok etish] 1999-yil 31-dekabrgacha har qanday davlat mazkur Shartnomani qabul qilish sanasiga Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasiga aʼzo boʻlsa, lekin Tashkilot aʼzosi boʻlmasa 19(1)(2) moddaga qaramasdan agar uning belgilari oʻz idorasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilsa mazkur Shartnoma ishtirokchi boʻlishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5662132" id="-5662132">23-modda <br />Shartnomani denonsatsiya qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662134" id="-5662134">(1) [Xabarnoma] Har qanday Ahdlashuvchi tomon Bosh direktorga yoʻllagan xabarnoma orqali mazkur Shartnomani denonsatsiya qilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662136" id="-5662136">(2) [Kuchga kirish sanasi] Denonsatsiya Bosh direktor bildirishnomani olgandan soʻng bir yildan soʻng kuchga kiradi. Denonsatsiya mazkur Shartnomani koʻrib chiqilayotgan har qanday belgiga, yoki denonsatsiya qiluvchi Ahdlashuvchi tomonga nisbatan koʻrsatilgan davr tugashi sanasigacha roʻyxatdan oʻtkazilgan har qanday belgini qoʻllashga aloqador emas, shu shart bilan-ki, koʻrsatilgan davr tugagandan soʻng denonsatsiya qiluvchi Ahdlashuvchi tomon mazkur Shartnomani uzaytirilishi kerak boʻlgan roʻyxatdan oʻtkazish sanasidan har qanday roʻyxatdan oʻtkazishga nisbatan qoʻllashni toʻxtatishi mumkin. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5662137" id="-5662137">24-modda<br /> Shartnoma tillari. Imzolash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662139" id="-5662139">(1) [Haqiqiy matnlar. Rasmiy matnlar] (a) Mazkur Shartnoma bitta nusxada rus, ingliz, arab, ispan, xitoy va fransuz tillarida imzolanadi, barcha matnlar bir xil. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662142" id="-5662142">(b) (a) kichik bandda aytib oʻtilgan tillardan tashqari Ahdlashuvchi tomonning iltimosi boʻyicha va u va boshqa har qanday Ahdlashuvchi tomon bilan maslahatlardan soʻng, rasmiy til Bosh direktor tomonidan koʻrsatilgan Ahdlashuvchi tomonning rasmiy tili boʻlgan boshqa tilda ishlab chiqiladi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662143" id="-5662143">(2) [Imzolash uchun muddat] Mazkur Shartnoma imzolash uchun uni qabul qilgandan soʻng bir yil davomida Tashkilotning bosh qarorgohida ochiq.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5662144" id="-5662144">25-modda<br /> Depozitariy </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5662145" id="-5662145">Mazkur Shartnoma saqlash uchun Bosh direktorga topshiriladi.</div></div><div class="SIGNATURE_WITH_BOLD"><div name="-5662148" id="-5662148">(imzolar)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
