toggle_night_mode
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YER QAʼRINI GEOLOGIK OʻRGANISH, SANOATDA, KONCHILIKDA VA KOMMUNAL-MAISHIY SEKTORDA ISHLARNING BEXATAR OLIB BORILISHINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
buyrugʻi
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 26-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2690]
Oʻzbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-avgustdagi 231-sonli “Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar, shuningdek yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 10-iyun,
59-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2015-yil 10-iyundagi 59-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-avgustdagi 231-sonli “Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar, shuningdek yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
ionlashtiruvchi nurlanish manbai (INM) — oʻzidan ionlashtiruvchi nurlanish chiqaruvchi yoki chiqarishga qodir boʻlgan qurilma va (yoki) radioaktiv modda;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2021-yil 24-noyabrdagi 03/yub-12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2690-3, 02.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2021-y., 10/21/2690-3/1120-son)
Oldingi tahrirga qarang.
INM aylanishi subyekti — Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat koʻrsatish, ularni tashish, shu jumladan ularning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi, zararsizlantirilishi va koʻmib tashlanishi boʻyicha INM aylanishi sohasidagi faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslar;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
radioaktiv moddalar — ionlashtiruvchi nurlanishni tarqatadigan, yadroviy materiallar jumlasiga kirmaydigan moddalar;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2020-yil 28-sentabrdagi 03/YUB-62-sonli qarori (roʻyxat raqami 2690-2, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2690-2/1456-son)
Oldingi tahrirga qarang.
radioaktiv chiqindilar — keyinchalik foydalanish uchun moʻljallanmagan, tarkibidagi radionuklidlarning aktivlik darajasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan koʻrsatkichlardan yuqori boʻlgan har qanday agregat holatidagi moddalar;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishi subyektlari — Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarni qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat koʻrsatish, ularni tashish, shu jumladan ularning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi, zararsizlantirilishi va koʻmib tashlanishi boʻyicha radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishi sohasidagi faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslar.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni.
2. INMlar inventarizatsiyadan quyidagi maqsadlarda oʻtkaziladi:
respublika, idoraviy va mintaqaviy darajada INMlar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimining birlamchi maʼlumotini shakllantirish;
INM aylanishi subyektlarida INMning mavjud miqdorini aniqlash;
INMning nobudgarchiligi, ulardan ruxsat berilmagan foydalanish va ularni talon-toroj qilishning oldini olishni taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
INMning mavjudligi va ular saqlanadigan joylarning oʻzgarishi toʻgʻrisida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga xolisona va ishonchli axborot taqdim etish.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
2-bob. INMlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish
3. INM aylanishi subyektlari tomonidan:
radioaktiv moddalar hamda ular joylashgan joylar — yiliga bir marta;
radioaktiv chiqindilar va ular saqlanadigan va koʻmiladigan punktlar hamda radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishi subyektlari kuzatuv chegarasida joylashgan radionuklidlar bilan zararlangan hududlar — besh yilda bir marta inventarizatsiyadan oʻtkazilishi kerak.
4. Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishi subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgargan, u tugatilgan yoki qayta tashkil qilingan, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar bilan ishlash butunlay toʻxtatilgan, oʻgʻirlik, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar turgan yoki saqlanadigan punktlarga (joylarga) ruxsat berilmagan taʼsir oʻtkazish aniqlangan taqdirda, favqulodda holatlar oqibatlari bartaraf qilingandan keyin radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar navbatdan tashqari inventarizatsiyadan oʻtkaziladi.
5. Inventarizatsiyadan oʻtkazishdan oldin INM aylanishi subyekti rahbari INMlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish uchun masʼul shaxslar tayinlanadi va INMlar bilan muomalada boʻlish uchun yetarli malakaga ega boʻlgan mutaxassislardan tashkil topgan INMlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish komissiyasini shakllantiradi.
6. INM aylanishi subyekti tomonidan inventarizatsiyadan oʻtkazishda:
radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarning mavjud miqdori hamda holati aniqlanadi;
radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarning mavjud miqdori buxgalteriya hisobidagi maʼlumotlar bilan solishtiriladi;
radioaktiv moddalarning ularning pasport hujjatlaridagi maʼlumotlariga muvofiqligi tekshiriladi;
INMlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish boʻyicha tegishli hujjatlar toʻldiriladi va ularning yuborilishi taʼminlanadi.
7. INM aylanishi subyektlari tomonidan:
radioaktiv moddalar hamda ular joylashgan joylar inventarizatsiyadan oʻtkazilishi natijasi boʻyicha maʼlumot — mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovaga muvofiq shaklda;
radioaktiv chiqindilar hamda ular saqlanadigan va koʻmiladigan punktlar inventarizatsiyadan oʻtkazilishi natijasi boʻyicha maʼlumot — mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda;
radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishi subyektlari kuzatuv chegarasida joylashgan radionuklidlar bilan zararlangan hududlar inventarizatsiyadan oʻtkazilishi natijasi boʻyicha maʼlumot — mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. INM aylanishi subyektlari tomonidan oʻtkazilgan inventarizatsiya natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan maʼlumotlar kuzatuv xati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga joriy yilning 1-fevraligacha yuboriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
3-bob. Yakuniy qoida
9. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. ABDUSAMATOV
2015-yil 1-iyun
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
2015-yil 2-iyun
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2015-yil 2-iyun
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
2015-yil 4-iyun
Fanlar akademiyasi Prezidenti Sh. SALIXOV
2015-yil 5-iyun
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish yoʻriqnomasiga
1-ILOVA

Radioaktiv moddalar hamda ular joylashgan joylarni inventarizatsiyadan oʻtkazish natijasi boʻyicha
‎MAʼLUMOT

‎‎INM aylanishi subyektining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli: ________________________________________________

1-shakl‎

T/r‎

Radioaktiv moddaning turi‎‏

Radioaktiv moddaga berilgan zavod raqami‎

Radioaktiv moddaning pasport raqami

Radioaktiv moddaning ishlab chiqarilgan vaqti‎‏

Radioaktiv moddaning yaroqlilik muddati (yil, oy yoki kun)‎‏

Radioaktiv moddaning boshlangʻich aktivligi (Bk) ‎‏

Radioaktiv moddaning radionuklid tarkibi

Radioaktiv moddaning himoya konteyneri turi va zavod raqami‎‏

Radioaktiv moddaning joylashgan joyi‎‏

nomi‎

ulushi (foiz) ‎

1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎
‎‎Tashkilot (korxona) rahbari:

______________________‎‎

____________

(F.I.O.)‎‎

(imzo)‎‎

‎‎Shaklni tuzgan shaxs:

______________________‎‎

____________‎‎

__________________‎‎‎_

(F.I.O.)‎‎

(imzo)‎‎

‎‎(telefon/faks raqami)‎
‎‎‎‎‎‎Shakl toʻldirilgan sana:

______ yil ‎

_______‎

____________‎

(yil) ‎ ‎

(kun) ‎ ‎

(oy)‎

‎‎Maʼlumot hajmi _____ varaq.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish yoʻriqnomasiga
2-ILOVA

Radioaktiv chiqindilar hamda ular saqlanadigan va koʻmiladigan punktlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish natijasi boʻyicha
‎ MAʼLUMOT

‎‎INM aylanishi subyektining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli: ________________________________________________

‎‎‎‎2a-shakl (radioaktiv chiqindilar saqlanadigan va koʻmiladigan punktlar boʻyicha umumiy maʼlumot)

‎‏T/r
Radioaktiv chiqindilar saqlanadigan va koʻmiladigan punktlarning nomi‎‏
Punktning ishga tushirilgan sanasi‎‏
Punkt egallab turgan hudud (m2)‎‏
Punktlardagi radioaktiv chiqindilar saqlanadigan omborxona (sigʻim)lar soni Punktlardagi radioaktiv chiqindilar saqlanadigan omborxona (sigʻim)larning umumiy loyihaviy hajmi (m3) Omborxona (sigʻim)larda saqlanadigan radioaktiv chiqindilarning umumiy miqdori (dona/m3) ‎‎
qattiq holdagi radioaktiv chiqindilar uchun ‎ suyuq holdagi radioaktiv chiqindilar uchun‎ gaz holdagi radioaktiv chiqindilar uchun ‎ qattiq holdagi radioaktiv chiqindilar uchun ‎ suyuq holdagi radioaktiv chiqindilar uchun‎ gaz holdagi radioaktiv chiqindilar uchun ‎ qattiq holdagi radioaktiv chiqindilar ‎ suyuq holdagi radioaktiv chiqindilar‎ gaz holdagi radioaktiv chiqindilar
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎

‎‎‎‎2b-shakl (radioaktiv chiqindilar saqlanadigan va koʻmiladigan punktlardagi omborxona (sigʻim)lar boʻyicha maʼlumot)

T/r

Omborxona (sigʻim)ning tartib raqami‎‏

Omborxona (sigʻim)ning loyihaviy hajmi (m3)‎‏

Omborxona (sigʻim)da saqlanadigan radioaktiv chiqindilarning turi (qattiq, suyuq yoki gaz)‎‏

Omborxona (sigʻim)da saqlanadigan radioaktiv chiqindilarning miqdori (dona/m3) ‎‏

Omborxona (sigʻim)da saqlanadigan radioaktiv chiqindilarning solishtirma aktivligi (Bk/kg)‎‏

Omborxona (sigʻim) nurlanishining doza quvvati (mkGr/soat) ‎‏

Omborxona (sigʻim)ning muhandislik himoya baryerlari xarakteristikalari

devori‎‎

poli‎‎

shifti‎‎

materiali‎

qalinligi (sm) ‎

materiali‎

qalinligi (sm) ‎

materiali‎

qalinligi (sm)

1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎
‎‎Tashkilot (korxona) rahbari:

____________________________‎‎

_____________‎

(F.I.O.)

(imzo)‎

Shaklni tuzgan shaxs:

____________________________‎‎ ‎‎

______________‎

‎‎___________________

(F.I.O.)‎‎

(imzo)‎

(telefon/faks raqami)

‎‎Shakl toʻldirilgan sana:

_______ yil ____ _____________‎

(yil) ‎

(kun) ‎

(oy)‎
‎‎Maʼlumot hajmi _____ varaq.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish yoʻriqnomasiga
3-ILOVA

‎‎Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishi subyektlari kuzatuv chegarasida joylashgan radionuklidlar bilan zararlangan hududlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish natijasi boʻyicha
‎MAʼLUMOT

‎‎INM aylanishi subyektining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli: _____________________________________________________________________
3-shakl‎

T/r‎‏

Zararlangan hududning nomi (raqami)

Zararlangan hudud maydoni (m2)

Zararlangan hududning yuzasidan 1 m balandlikda (uzoqlikda)gi nurlanishning oʻrtacha doza quvvati (mkZv/soat)‎‏

Zararlangan hududning yuzasidan 1 m balandlikda (uzoqlikda)gi nurlanishning maksimal doza quvvati (mkZv/soat)

Zararlangan yer maydonining radionuklid tarkibi‎‎

radionuklidning nomi

hajmiy aktivligi (Bk/m3)‎‎

solishtirma aktivligi (Bk/kg)‎‎

oʻrtacha‎‎

maksimal‎‎

oʻrtacha‎‎

maksimal‎‎

alfa-aktivlik‎

beta-aktivlik‎

alfa-aktivlik‎‎

beta-aktivlik‎

alfa-aktivlik‎‎

beta-aktivlik‎

alfa-aktivlik‎‎

beta-aktivlik‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

‎‎(3-shaklning davomi)

Zararlangan suv havzasining radionuklid tarkibi‎‎

radionuklidning nomi‎‏

suyuq fazaning solishtirma aktivligi (Bk/l)‎

suv tubidagi choʻkmalarning solishtirma aktivligi (Bk/kg)‎‎

oʻrtacha‎‎

maksimal

oʻrtacha‎‎

maksimal‎‎

alfa-aktivlik‎

beta-aktivlik‎

alfa-aktivlik‎

beta-aktivlik‎

alfa-aktivlik‎

beta-aktivlik‎

alfa-aktivlik‎

beta-aktivlik‎

14‎ 15‎ 16‎ 17‎ 18‎ 19‎ 20‎ 21‎ 22‎
‎‎Tashkilot (korxona) rahbari:

______________________________

____________‎‎

(F.I.O.)‎‎

(imzo)‎‎

‎‎Shaklni tuzgan shaxs:

______________________________‎‎

_____________‎‎

___________________‎‎

(F.I.O.)‎‎

(imzo)‎‎

‎‎(telefon/faks raqami)

‎‎‎‎Shakl toʻldirilgan sana:

_____ yil ‎

_______‎

__________‎

(yil) ‎ ‎

(kun) ‎ ‎

(oy)‎ ‎

‎‎Maʼlumot hajmi _____ varaq.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 25-son, 336-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2019-y., 10/19/2690-1/3878-son; 02.11.2020-y., 10/20/2690-2/1456-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 02.12.2021-y., 10/21/2690-3/1120-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)