toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.02.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGINING MEHNAT ShART-ShAROITLARI DAVLAT EKSPERTIZASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA VA DAVLAT MEHNAT HUQUQ INSPEKSIYASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 29-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va mehnatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 27-noyabrdagi 496-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
I. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 29-iyuldagi 378-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 7-son, 29-modda) bilan tasdiqlangan Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi toʻgʻrisidagi Nizomga:
1) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “bemalol kirish” soʻzlari “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2) 1-ilovada:
oxirgi xatboshidagi “bemalol kirish” soʻzlari “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
guvohnomaga qoʻshimchaning ikkinchi xatboshidagi “bemalol kirish” soʻzlari “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 29-iyuldagi 378-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 7-son, 29-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mehnat huquq inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizom III boʻlimining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Mehnat haqidagi qonunlarga hamda “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunga rioya qilinishini, shuningdek maʼmuriyat tomonidan jamoa shartnomasi shartlari, mehnat bitimlarining bajarilishini va ularning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilish maqsadida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, uyushmalar, konsernlar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarni belgilangan tartibda tekshirish”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1999-yil 8-fevral,
60-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 2-son, 11-modda)