1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARI FAOLIYATINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli “Yaratilgan yangi ish oʻrinlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Soliq intizomini mustahkamlash, soliq qonun hujjatlariga qatʼiy amal qilish, soliq toʻlovlarining budjetga toʻliq va oʻz vaqtida tushishini taʼminlash, soliq haqidagi huquq buzilishlarining aniqlanishi, ularning oldini olish va ularni bartaraf etish ustidan davlat nazoratni kuchaytirish, shuningdek soliq organlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tizimi xodimlarining umumiy soni 2000-yil 1-apreldan boshlab oʻrtacha 10 foizga qisqartirilsin. Qisqartirilayotgan xodimlar va ish haqi fondi Soliq sohasida huquq buzilishlarga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasini hamda uning hududiy boshqarmalarini xodimlar bilan toʻldirishga va mustahkamlashga yoʻnaltirilsin.
Davlat soliq qoʻmitasi raisining olti nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari, 9 kishidan iborat tarkibda hayʼati boʻlishiga ruxsat etilsin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-oktabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2017-y., 09/17/847/0142)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 13-son, 88-modda)
4. Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasida:
Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tashkil etilsin, unga belgilangan tartibda nazorat ishlarini amalga oshirish va hujjatlarni tekshirish hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish funksiyasi yuklansin;
Rejim va kadrlar bilan ishlash bosh boshqarmasi tashkil etilsin, uning tarkibida Ichki xavfsizlik boshqarmasi va Soliq organlarini nazorat qilish boshqarmasi tuzish nazarda tutilsin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-oktabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2017-y., 09/17/847/0142)
(4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-avgustdagi 168-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 323-modda)
Nazorat-taftish bosh boshqarmasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosariga boʻysunadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-avgustdagi 168-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 323-modda)
Rejim va kadrlar bilan ishlash bosh boshqarmasi oʻz faoliyatida Davlat soliq qoʻmitasi raisining rejim va kadrlar boʻyicha oʻrinbosariga boʻysunadi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-oktabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2017-y., 09/17/847/0142)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
7. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi hamda Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi xodimlari uchun respublika budjeti hisobidan ular lavozim maoshining 20 foizi miqdorida maxsus ustamalar joriy etilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-oktabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2017-y., 09/17/847/0142)
shu yil 1-maygacha davlat soliq, xizmati organlari xodimlarining yangi kiyim-boshini yaratish yuzasidan tanlov oʻtkazsin, bunda unga 2001-yildan boshlab oʻtishni nazarda tutsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Soliq sohasida huquq buzilishlarga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasiga va uning hududiy boshqarmalariga xizmat koʻrsatish uchun avtotransport vositalariga qoʻshimcha limit ajratish toʻgʻrisidagi masalani bir oy muddatda hal qilsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
11. Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi (Isayev) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi Buxoro va Fargʻona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Buxoro va Fargʻona shaharlaridagi ikkita yangidan qurilgan kasb-hunar kollejlarini aniqlasin va ularni ikki oy muddatda ushbu kollejlar bazasida 2000-yil 1-sentabrgacha har biri 200 oʻrinli ixtisoslashtirilgan soliq kollejlari tashkil etish uchun Davlat soliq qoʻmitasi balansiga bersin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining Buxoro shahar va Samarqand shahar Davlat soliq inspeksiyalarini, shuningdek Fargʻona shahridagi Qirguli tumani Davlat soliq inspeksiyasini tugatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
13. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi soliq organlarini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 20-oktabrdagi 483-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 12-yanvardagi 14-son qarorining 1 va 3-bandlari, qarorga 1-6-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlasin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-avgustdagi 168-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 323-modda)
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-avgustdagi 168-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 323-modda)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 13-son, 88-modda)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-avgustdagi 168-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 323-modda)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-avgustdagi 168-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 323-modda)
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
(6a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
(6b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
(6v-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)
(7a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-maydagi 98-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 21-son, 162-modda)