1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARI FAOLIYATINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli “Yaratilgan yangi ish oʻrinlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Soliq intizomini mustahkamlash, soliq qonun hujjatlariga qatʼiy amal qilish, soliq toʻlovlarining budjetga toʻliq va oʻz vaqtida tushishini taʼminlash, soliq haqidagi huquq buzilishlarining aniqlanishi, ularning oldini olish va ularni bartaraf etish ustidan davlat nazoratni kuchaytirish, shuningdek soliq organlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining boshqarish tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasi 2 va 2a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tizimi xodimlarining umumiy soni 2000-yil 1-apreldan boshlab oʻrtacha 10 foizga qisqartirilsin. Qisqartirilayotgan xodimlar va ish haqi fondi Soliq sohasida huquq buzilishlarga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasini hamda uning hududiy boshqarmalarini xodimlar bilan toʻldirishga va mustahkamlashga yoʻnaltirilsin.
Davlat soliq qoʻmitasi raisining toʻrt nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari, 11 kishidan iborat tarkibda hayʼati boʻlishiga ruxsat etilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 13-son, 88-modda)
4. Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasida:
4-ilovaga muvofiq Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tashkil etilsin, unga belgilangan tartibda nazorat ishlarini amalga oshirish va hujjatlarni tekshirish hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish funksiyasi yuklansin;
Rejim va kadrlar bosh boshqarmasi tashkil etilsin, uning tarkibida 5-ilovaga muvofiq Davlat soliq xizmati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish maxsus boshqarmasi tuzish nazarda tutilsin.
Nazorat-taftish bosh boshqarmasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosariga boʻysunadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 13-son, 88-modda)
7. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi xodimlari uchun respublika budjeti hisobidan ular lavozim maoshining 20 foizi miqdorida maxsus ustamalar joriy etilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 13-son, 88-modda)
shu yil 1-maygacha davlat soliq, xizmati organlari xodimlarining yangi kiyim-boshini yaratish yuzasidan tanlov oʻtkazsin, bunda unga 2001-yildan boshlab oʻtishni nazarda tutsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Soliq sohasida huquq buzilishlarga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasiga va uning hududiy boshqarmalariga xizmat koʻrsatish uchun avtotransport vositalariga qoʻshimcha limit ajratish toʻgʻrisidagi masalani bir oy muddatda hal qilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat soliq qoʻmitasining Soliq sohasida huquq buzilishlarga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi tizimida ishlash uchun Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bitiruvchilari orasidan tezkor-qidiruv faoliyati boʻyicha mutaxassislarni yoʻllashni nazarda tutsin.
11. Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi (Isayev) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi Buxoro va Fargʻona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Buxoro va Fargʻona shaharlaridagi ikkita yangidan qurilgan kasb-hunar kollejlarini aniqlasin va ularni ikki oy muddatda ushbu kollejlar bazasida 2000-yil 1-sentabrgacha har biri 200 oʻrinli ixtisoslashtirilgan soliq kollejlari tashkil etish uchun Davlat soliq qoʻmitasi balansiga bersin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining Buxoro shahar va Samarqand shahar Davlat soliq inspeksiyalarini, shuningdek Fargʻona shahridagi Qirguli tumani Davlat soliq inspeksiyasini tugatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
13. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi soliq organlarini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 20-oktabrdagi 483-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 12-yanvardagi 14-son qarorining 1 va 3-bandlari, qarorga 1-6-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlasin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 13-mart,
87-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasini boshqarish
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 13-son, 88-modda)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 13-son, 88-modda)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 13-son, 88-modda)
8. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi
8.1. Hujjatlar boʻyicha tekshirishlarni tashkil etish boshqarmasi
8.2. Nazorat tartibidagi tekshirishlarni tashkil etish boshqarmasi
Raisning rejim va kadrlar boʻyicha oʻrinbosari
9. Xavfsizlik va kadrlar bosh boshqarmasi
9.1. Xavfsizlik va davlat soliq xizmati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish maxsus boshqarmasi
9.2. Soliq organlarining maxsus nazorat-taftish boshqarmasi
9.3. Kadrlar ishlari boshqarmasi
10. Navbatchi qism
11. Soliq kolleji
12. Oʻquv markazi
Rais oʻrinbosari
13. Yuridik shaxslar tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonunlar bajarilishini nazorat qilish bosh boshqarmasi
13.1. Daromad (foyda)dan soliq olish boshqarmasi
13.2. Mulkiy va resurs soliqlari boshqarmasi
13.3. Bilvosita soliq solish boshqarmasi
14. Valyuta nazorati bosh boshqarmasi
14.1. Valyuta nazorati boshqarmasi
14.2. Eksport-import operatsiyalari boshqarmasi
14.3. Xalqaro soliq munosabatlari va hamkorlik boshqarmasi
Rais oʻrinbosari
15. Jismoniy shaxslar tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonunlar bajarilishini nazorat qilish boshqarmasi
15.1. Jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq solish boshqarmasi
15.2. Uslubiyat va daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiya toʻldirish boʻlimi
15.3. Mulkiy va resurs soliqlari boshqarmasi
16. Soliq solish uslubini takomillashtirish boshqarmasi
Ishlar boshqaruvchisi
17. Moliya va buxgalteriya hisobi boshqarmasi
18. Butlash, kapital qurilish va transport boshqarmasi
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 13-son, 88-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-son qaroriga 4-ILOVA