1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Narxlar va narxlarning hosil boʻlishi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qatʼiy belgilangan va boshqariladigan narxlar (tariflar) hamda ustama narxlarning shakllantirilishi va qoʻllanilishi ustidan davlat nazoratini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 19-iyun,
216-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 216-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1997-yil 31-martdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qoʻllanilishini nazorat qilish tartibida:
1) 11-bandning ikkinchi xatboshida “xoʻjalik yurituvchi subyektga” soʻzlaridan keyin “va davlat monopoliyaga qarshi organiga” soʻzlari qoʻshilsin;
2) 20-bandning ikkinchi xatboshida “ustamalarni” soʻzidan keyin “hamda rentabellikning cheklangan darajasini” soʻzlari qoʻshilsin;
3) 21-bandning beshinchi xatboshi “choraklik hisob-kitoblar asosida” soʻzlaridan keyin “ishlarning mavsumiy xususiyatiga ega boʻlgan korxonalar uchun esa yillik hisob-kitoblar asosida” soʻzlari qoʻshilsin;
“Mazkur Tartib buzilishi natijasida olingan mablagʻlar (mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar)ning deklaratsiyada koʻrsatilmagan narxlari qoʻllanilishi natijasida olingan tafovutdan tashqari) Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi hisob raqamiga olib qoʻyiladi. Bunda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga sotilgan mahsulotlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun ular bilan hisob-kitob qilish boʻyicha mazkur Tartib buzilishi natijasida olingan mablagʻlar qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga qaytarilishi kerak.
Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar)ning deklaratsiyada koʻrsatilmagan narxlarini qoʻllashdan olingan tafovut tegishli budjetga olib qoʻyiladi.
Narxlar (tariflar) shakllantirilishi va ular qoʻllanilishi ustidan nazorat qilish tartibi buzilganligi uchun mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilariga muvofiq olib qoʻyilishi kerak boʻlgan summa miqdorida jarima undiriladi. Jarima summasi Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi” hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Davlat monopoliyaga qarshi kurash organining qaroriga muvofiq olib qoʻyilishi kerak boʻlgan summa belgilangan oʻttiz kun muddatda oʻtkazilmagan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyekt kechiktirilgan har bir kun uchun olib qoʻyilishi kerak boʻlgan mablagʻning 0,15 foizi miqdorida penya toʻlaydi. Agar kechiktirish bankning aybi bilan yuz bergan boʻlsa (xoʻjalik yurituvchi subyektning toʻlov topshirigʻi tushgan kundan boshlab uch kundan ortiq) 0,15 foiz miqdoridagi penya bank tomonidan toʻlanadi”;
5) 23-bandda “Iqtisodiy sanksiyalar” soʻzlari “Jarima” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Qonunsiz olingan mablagʻlar olib qoʻyilishi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga jarima solinishi ularning mazkur Tartib buzilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarini amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod qilmaydi”;
“Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi” hisob raqamiga olib qoʻyilishi kerak boʻlgan summani hisoblab chiqishda soliqlarning oshirilishiga olib kelgan mazkur Tartib buzilishiga yoʻl qoʻygan korxonalarda soliqlarning va boshqa toʻlovlarning ortiqcha toʻlangan summasi korxonadan olib qoʻyiladigan summa pasaytirilishi hisobiga oʻtkazilmaydi”;
“davlat monopoliyaga qarshi organining qonunsiz olingan mablagʻlarni olib qoʻyish va mazkur Tartib buzilganligi uchun jarima solish toʻgʻrisidagi qarori olingandan keyin bir oy muddatda ushbu mablagʻlarni Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi” hisob raqamiga yoki tegishli budjetga soʻzsiz undirib oladi”;
“Nazorat organlari mazkur Tartib buzilganligi aniqlangan taqdirda tekshirish materiallarini qonunsiz olingan mablagʻlar olib qoʻyilishi va jarima solish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun tegishli monopoliyaga qarshi davlat organiga yuboradilar”;
“Mazkur Tartib buzilganligini mustaqil ravishda aniqlagan va buning natijasida ortiqcha summa olgan xoʻjalik yurituvchi subyekt ushbu summani Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi” hisob raqamiga yoki tegishli budjetga oʻtkazadi. Ushbu holda jarima qoʻllanilmaydi”;
“Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi” hisob raqamiga notoʻgʻri undirilgan mablagʻlar va jarimalarni qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha foizlar qoʻshilgan holda monopoliyaga qarshi davlat organining yoki sudning qaroriga koʻra amalga oshiriladi”.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 11-12-son, 94-modda; 2010-y., 31-son, 261-modda)