1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XUSUSIYLAShTIRISh, MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
Yakka tartibda uy-joy qurish (dehqon xoʻjaligini yuritish) uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha ochiq auksion savdolarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 9-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2314-3]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 18-fevraldagi 01/10-10/42-sonli “Yakka tartibda uy-joy qurish (dehqon xoʻjaligini yuritish) uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha ochiq auksion savdolarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2314-5, 04.03.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2011-yil 9-dekabrdagi 01/09-18/13-son qarori (roʻyxat raqami 2314, 2012-yil 13-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 2-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Yakka tartibda uy-joy qurish (dehqon xoʻjaligini yuritish) uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha ochiq auksion savdolarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais D. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2015-yil 8-iyun,
01/13-26/13-son
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2015-yil 8-iyundagi 01/13-26/13-son qaroriga ILOVA
Yakka tartibda uy-joy qurish (dehqon xoʻjaligini yuritish) uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha ochiq auksion savdolarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandning oltinchi xatboshisidagi “hududiy boshqarmaning hisob raqamiga” degan soʻzlar “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 40-banddagi “hududiy boshqarmaning ikkilamchi maxsus hisob raqamiga” degan soʻzlar “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 46-banddagi “hududiy boshqarmaning” degan soʻzlar “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 47-banddagi “hududiy boshqarmaning tegishli hisob raqamiga” degan soʻzlar “Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“50. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqni realizatsiya qilishdan tushadigan mablagʻlar taqsimoti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 22-maydagi 135-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 23-son, 307-modda)