1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.03.00 Favqulodda holat;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Aloqa]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
Qarori
Favqulodda holatlarda Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarishning umumiy qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 25-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1742-2]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 11-avgustdagi 20-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3664, 11.08.2025-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi PF-4702-son “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi PQ-2293-son “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqasi xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2007-yil 31-oktabrdagi 02-8/3189, 15, 132, 8, 206, 17-son qarori (roʻyxat raqami 1742, 2007-yil 27-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 491-modda) bilan tasdiqlangan Favqulodda holatlarda Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarishning umumiy qoidalarigailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X. MIRZAXIDOV
Toshkent sh.,
2015-yil 20-may,
120-mh-son
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 20-may,
7-son
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Toshkent sh.,
2015-yil 20-may,
58-son
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
Toshkent sh.,
2015-yil 20-may,
5-son
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 20-may,
13-son
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 20-maydagi 120-mh, 7, 58, 5, 13-son qaroriga ILOVA
Favqulodda holatlarda Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarishning umumiy qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat qoʻmitasi deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 4-banddagi “Davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Vazirlik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. 6-banddagi “Davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar “Vazirlikning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
4. 8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Vazirlik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
5. 9-banddagi “Davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar “Vazirlikning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
6. 12-bandning oltinchi xatboshisidagi “Davlat qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Vazirlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin.
7. 13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat qoʻmitasi” va oltinchi xatboshisidagi “Davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar tegishincha “Vazirlik” va “Vazirlikning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 16-banddagi “Davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Vazirlik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 21-son, 274-modda)