1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.03 Ushlab qolish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat xavfsizligini taʼminlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar toifalari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
“Garov toʻgʻrisida” va “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ–2003-son qarorini va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 5-dekabrdagi 335-son qarorini bajarish yuzasidan hamda davlat xavfsizligini taʼminlash manfaatlari nuqtai nazaridan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
1. Davlat xavfsizligini taʼminlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar toifalari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 8-may,
114-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-maydagi 114-son qaroriga ILOVA
Davlat xavfsizligini taʼminlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar toifalari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida yer va yer osti boyliklari.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
2. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari, ilmiy-tadqiqot muassasalarining arxivlari, fondlari.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.01 Umumiy qoidalar]
3. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro zaxiralari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, davlat maqsadli fondlari mablagʻlari, xalqaro operatsiyalar va hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan bogʻliq holatlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlari bilan nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.01 Xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona]
5. Pul belgilarini, qimmatli qogʻozlarni, ordenlarni va medallarni ishlab chiqarishni taʼminlovchi davlat korxonalari va obyektlar.
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.08.00.00 Qurol va harbiy texnika]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Ichki ishlar vazirligining korxonalari, obyektlari va harbiy-texnikaviy mol-mulki (sanoatda qayta ishlov berilguniga qadar, shuningdek, sanoatda qayta ishlov berilishi mumkin boʻlmagan mol-mulk) (jazoni ijro etish muassasalari, ularning budjetdan tashqari faoliyat bilan shugʻullanuvchi boʻlinmasi balansida boʻlgan va davlat mulki hisoblangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri bilan kelishilgan holda garov va ipoteka qoʻllaniladigan bino hamda inshootlar, shu jumladan boshqa mol-mulk bundan mustasno).
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
7. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanib ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini olib boruvchi, rentgen uskunalari, asbob-uskunalar va jihozlarni ishlab chiqish, tayyorlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi davlat korxonalari va davlat obyektlari.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.02.00 Radiatsiyaviy xavfsizlik (shuningdek, 16.04.07.00ga qarang)]
8. Radioaktiv moddalarni kavlab olish, ishlab chiqarish, tashish, qayta ishlashni, radioaktiv chiqindilarni koʻmish, uran va boshqa boʻlinuvchi materiallarni, shuningdek ulardan yasalgan buyumlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi davlat korxonalari va davlat obyektlari.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.08.00.00 Qurol va harbiy texnika]
9. Qurol-yarogʻ va oʻq dorilar, himoya vositalari, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, butlovchi qismlar va ular uchun asbob-uskunalar, portlovchi moddalar, pirotexnika mahsulotlari, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va uskunalar ishlab chiqish, tayyorlash, taʼmirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi davlat korxonalari va davlat obyektlari.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
10. Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi davlat korxonalari va davlat obyektlari.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
11. Kuchli taʼsir etadigan zaharlar, giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar ishlab chiqaruvchi, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar boʻlgan ekinlar ekuvchi, yetishtiruvchi va ularga qayta ishlov beruvchi davlat korxonalari.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.04.00 Davlat moddiy zaxirasi]
12. Oʻzbekiston Respublikasining davlat zaxiralari.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.05.00.00 Urush holati. Harbiy holat / 15.05.03.00 Safarbarlik]
13. Fuqaro muhofazasi va safarbarlik maqsadidagi obyektlar hamda mol-mulk.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
14. Atom energetikasi obyektlarini (uskunalari, tizimlari va apparatlarini oʻrnatish) va strategik ahamiyatdagi obyektlarni qurish va montaj qilish ishlarini olib borish, ulardan foydalanish hamda ularni taʼmirlashni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan davlat korxonalari va obyektlar.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
15. Portlash xavfi boʻlgan va zaharli moddalarni tashishni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan davlat korxonalari va obyektlar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
16. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.01 Umumiy masalalar;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.12.00 Sud-tibbiyot ekspertizasi va sud-psixiatriya ekspertizasi]
17. Sanitariya-epidemiologiya stansiyalari. Sud-tibbiy ekspertizasi byurolari. Atrof muhit holatini nazorat qiluvchi hamda tabiatni muhofaza qiluvchi xizmatlar.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.03.00 Jazoni ijro etish muassasa va organlari hamda ular faoliyatini nazorat qilish]
18. Jazoni ijro etish muassasalarining davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari, korxonalari va obyektlari.
19. Maxsus vazifalarni bajaradigan korxonalar va obyektlar (Respublika maxsus aloqa uzeli, 15361-harbiy qism, Elektromagnit moslashuv markazi).
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.05.00 Diniy marosim xizmatlari. Dafn etish joylari]
20. Qabristonlar.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha alohida muhim va toifalangan obyektlar.
22. Muomaladan olib qoʻyilgan va oʻzgaga berilmaydigan ashyolar, shuningdek boshqa shaxsga berilishi qonunda man etilgan talablar.
23. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq davlat xavfsizligini taʼminlash manfaatlari nuqtai nazaridan ularga nisbatan garov va ipoteka qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan boshqa obyektlar.
Izoh. Istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida, ushbu Roʻyxatning 21-bandida koʻrsatilgan obyektlarga nisbatan garov va ipoteka qoʻllanilishiga, shuningdek bunday obyektlarga ega boʻlgan tashkilotlar tomonidan kafillik berilishiga yoʻl qoʻyiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 19-son, 233-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 04.05.2019-y., 09/19/371/3080-son; 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)