1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2013-yil 3-iyuldagi PQ-1994-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini samarali tashkil etish, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini va qulayligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.05.00 Tugallangan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 3-iyuldagi PQ-1994-son qaroriga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar kompleksining 10, 11 va 13-bandlariga muvofiq:
Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Olmazor koʻchasi, 6-uy manzilida yangi bino qurilishi tugallanganligi, bino keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi balansiga qabul qilinishi, unda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini (keyingi oʻrinlarda Sport tibbiyoti markazi deb ataladi) joylashtirish nazarda tutilayotganligi;
Sport tibbiyoti markazining sotib olingan zamonaviy yuqori texnologiyali va innovatsion tibbiyot, ixtisoslashtirilgan laboratoriya asbob-uskunalari va inventarini montaj qilish va ishga tushirish-sozlash ishlari tugallanganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi shuʼba korxona shaklida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
2. Yangi bino qurilishi tugallanganligi va unda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasining ijroiya apparati joylashtirilishi munosabati bilan, shuningdek sport federatsiyalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasining Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Olmazor koʻchasi, 15/I manzilida joylashgan binolar va inshootlarni tutash hududi bilan birga Oʻzbekiston Ogʻir atletika federatsiyasi balansiga bepul berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti]
3. Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Sport tibbiyoti markazi 2015-yil 1-maydan boshlab oʻzini oʻzi moliyalashtirish asosida ixtisosli faoliyatini va oʻz ishini boshlashi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.03 Pullik tibbiy xizmat koʻrsatish]
4. Sport tibbiyoti markaziga:
biriktirilgan kontingent bilan bir qatorda sportchilar va sport jamoalariga, shuningdek respublika aholisiga va xorijiy fuqarolarga belgilangan tariflarga muvofiq pulli asosda diagnostika va davolash sifatining tasdiqlangan standartlariga rioya qilish sharti bilan tibbiy yordamning barcha turlarini, shu jumladan diagnostik va laboratoriya tadqiqotlari oʻtkazish xizmatlarini koʻrsatish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]
Sport tibbiyoti markazining tibbiyot, farmatsevtika xodimlari va boshqa xodimlarining ish haqi va ularni moddiy ragʻbatlantirish miqdorlarini pulli tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan tushgan daromadlar doirasida mustaqil belgilash;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
ilmiy-amaliy va tadqiqot ishlari uchun xorijiy mutaxassislarini jalb etish huquqi berilsin.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
5. Belgilab qoʻyilsinki, Sport tibbiyoti markazining sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoalari aʼzolarini va barcha yosh toifalarida ularning zaxirasini tibbiy-biologik taʼminlash, shu jumladan ular profilaktikasi, diagnostikasi, ularni davolash va reabilitatsiya qilish xizmatlari (keyingi oʻrinlarda terma jamoalar aʼzolarini tibbiy taʼminlash deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston federatsiyalari (uyushmalari) mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Sport va jismoniy tarbiya — ommaviy tadbirlar respublika kalendar rejasida nazarda tutilgan budjet mablagʻlari va Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari boshqa mablagʻlari doirasida terma jamoalar aʼzolariga tibbiy xizmat koʻrsatishga Sport tibbiyoti markazi bilan tegishli yilga tanlov (tender) savdolari oʻtkazmasdan shartnomalar tuzish huquqi berilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Sport tibbiyoti markazining buyurtmanomalari boʻyicha yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek sport tibbiyoti sohasida ilmiy-amaliy va tadqiqot ishlari uchun jalb etiladigan xorijiy fuqarolarga toʻlov undirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.15.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga kelishi, ketishi va boʻlishi;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Sport tibbiyoti markazining buyurtmanomalari boʻyicha sport tibbiyoti sohasida ilmiy-amaliy va tadqiqot ishlari uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda koʻp martalik kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.15.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga kelishi, ketishi va boʻlishi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sport tibbiyoti markazining buyurtmanomalari boʻyicha sport tibbiyoti sohasida ilmiy-amaliy va tadqiqot ishlari uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji toʻlanmasdan koʻp martalik kirish vizalari belgilangan tartibda berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek ular vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2013-yil 15-avgustdagi 226-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 56-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 1-may,
109-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 1-maydagi 109-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2013-yil 15-avgustdagi 226-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“Belgilansinki, Sport tibbiyoti markazi faoliyatini moliyalashtirish oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash va oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash asosida oʻz mablagʻlari hisobiga, zarurat boʻlganda esa, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Oʻzbekiston olimpiadachilarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi toʻgʻrisidagi nizomda (qarorga 1-ilova):
a) 9-bandga quyidagi mazmundagi oʻninchi-oʻn birinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan kelishuv boʻyicha birkitilgan kontingentdagi shaxslarga bepul va (yoki) imtiyozli tariflar boʻyicha xizmatlar koʻrsatish va ishlarni amalga oshirish;
birkitilgan kontingent bilan bir qatorda, sportchilarga va sport jamoalariga, shuningdek respublika fuqarolariga va xorijiy fuqarolarga barcha turdagi tibbiy yordam, shu jumladan diagnostika va laboratoriya tadqiqotlari oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish”;
b) 14-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti, zaruriyat boʻlganda, Sport tibbiyoti markazi tuzilmasiga Sport tibbiyoti markazi xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritishga haqlidir”;
“Bunda Sport tibbiyoti markazining tibbiyot, farmatsevtika va boshqa xodimlarining lavozim maoshlari, moddiy ragʻbatlantirish miqdorlari Sport tibbiyoti markazi tomonidan mustaqil ravishda, ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan manbalardan tushadigan mablagʻlar doirasida belgilanadi.”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar kompleksi (qarorga 2-ilova) 4-bandining “Masʼul bajaruvchilar” ustunidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 18-son, 219-modda; 2017-y., 20-son, 367-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)