1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yoʻl transportida bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish huquqini berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini sanatoriy-kurortda sogʻlomlashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yoʻl transportida bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish huquqini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yoʻl transportida bepul yurishni va havo transportida imtiyozli yurishni tegishli ravishda taʼminlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yoʻl transportida bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish huquqini berish bilan bogʻliq xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga belgilangan tartibda qoplasin.
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 23-aprel,
100-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-apreldagi 100-son qaroriga ILOVA
Respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yoʻl transportida bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish huquqini berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga (keyingi oʻrinlarda urush va mehnat fronti faxriylari deb ataladi) har yili bir marta borish va kelishda temir yoʻl transportida bepul yurish huquqini, shuningdek havo transportida yurishda yoʻl haqi qiymatining 50 foizi miqdorida chegirish tarzidagi imtiyozlar berish (keyingi oʻrinlarda bepul va imtiyozli yurish deb ataladi) tartibini belgilaydi.
2. Bepul va imtiyozli yurish huquqi 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini sogʻlomlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-dekabrdagi 361-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga yoʻllanma olgan urush va mehnat fronti faxriylariga beriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.13.00 Sanatoriya-kurort davolanish]
3. I guruh nogironligi boʻlgan urush va mehnat fronti faxriylari oʻzlarini kuzatib borayotgan bir nafar shaxs uchun ham bepul va imtiyozli yurishga chipta olish huquqiga egadirlar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.13.00 Sanatoriya-kurort davolanish]
4. Respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yoʻl transportida bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish tadbirlari ushbu Nizomning ilovasidagi sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
II. Bepul va imtiyozli yurishga chiptalarni berish (sotish), hisob va hisobotlarni yuritish
5. Urush va mehnat fronti faxriylariga bepul va imtiyozli yurish chiptalari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining vakolatli boʻlinmalari orqali beriladi (sotiladi). Havo transportida yurish qiymatining 50 foizi miqdoridagi chegirishlar, aeroport yigʻimlarini hisobga olmagan holda, yurish tariflaridan amalga oshiriladi.
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlarida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining urush va mehnat fronti faxriylariga bepul va imtiyozli yurish uchun chiptalarni beruvchi (sotuvchi) vakolatli filiallari toʻgʻrisidagi batafsil axborot joylashtirilishi kerak.
6. Urush va mehnat fronti faxriylari bepul va imtiyozli yurishga chipta olish (sotib olish) uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining tegishli kassasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
pasportning nusxasi;
bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlari tomonidan berilgan urush va mehnat fronti faxriylari uchun respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga yoʻllanmaning nusxasi;
urush faxriysi guvohnomasining yoki 1941 — 1945-yillarda mehnat frontida ishtirok etganlik toʻgʻrisidagi hujjatning nusxasi.
Urush va mehnat fronti faxriylari ayni bir vaqtda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining tegishli kassasiga koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etadilar.
Oʻzgalarning hamrohlik qilishiga muhtoj boʻlgan nogironlikning I guruhiga kiruvchi urush va mehnat fronti faxriylari oʻzlariga hamrohlik qiluvchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ham taqdim etadilar (pasport hamda hamrohlik qiluvchi shaxsning nomiga bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazi tomonidan berilgan respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga yoʻllanmaning nusxalari, ularning asl nusxalari taqdim etilgan holda).
7. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining vakolatli boʻlinmalari berilgan hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazadilar va ushbu Nizomga muvofiq taqdim etilgan (sotilgan) chiptalar hisobini yuritadilar hamda chiptalarning nusxalarini yoki yoʻnalish qaydnomasini (elektron yoʻlkira hujjatlari uchun) ilova qilgan holda tashishning imtiyozli va amaldagi qiymati koʻrsatilgan holda rasmiylashtirilgan hujjatlarning alohida reyestrini shakllantiradilar.
Ushbu Nizomning 5-bandida sanab oʻtilgan hujjatlarning nusxalari bepul va imtiyozli yurishga chipta olinganligi holatini tasdiqlaydigan hujjatlar hisoblanadi hamda hisobot hujjatlari bilan birgalikda belgilangan tartibda saqlanadi.
8. Urush va mehnat fronti faxriylariga temir yoʻl transportida bepul yurish uchun chiptalar berish (sotish) kupeli vagon tarifi boʻyicha, havo transportida imtiyozli yurishga — ekonom (rejali) klass tarifi boʻyicha amalga oshiriladi.
III. Bepul va imtiyozli yurishga xarajatlarni qoplash
9. Urush va mehnat fronti faxriylarining bepul va imtiyozli yurishini taʼminlash xarajatlari ushbu Nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
10. Urush va mehnat fronti faxriylarining bepul va imtiyozli yurish xarajatlarini qoplash uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 20-kunigacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markaziga ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan chiptalarning nusxalarini yoki yoʻnalish qaydnomasini (elektron yoʻlkira hujjatlari uchun), shuningdek zarur mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojning hisob-kitobini ilova qilgan holda tashishning imtiyozli va amaldagi qiymatini koʻrsatgan holda rasmiylashtirilgan hujjatlar reyestrlarini taqdim etadilar.
11. Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunigacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga rasmiylashtirilgan hujjatlarning reyestrlarini va Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markaziga budjet mablagʻlari ajratish uchun zarur mablagʻlarga ehtiyojning hisob-kitoblarini taqdim etadi, Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi oʻz navbatida 5 ish kuni mobaynida ushbu mablagʻlarni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining hisob-kitob raqamlariga oʻtkazadi.
12. Urush va mehnat fronti faxriylarini bepul va imtiyozli yurish chiptalari bilan oʻz vaqtida va maqsadli taʼminlash yuzasidan masʼuliyat ushbu Nizomga muvofiq “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi rahbarlariga yuklanadi.
13. Ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning haqiqiyligi uchun javobgarlik bepul va imtiyozli yurishga chiptalar oluvchilarga yuklanadi.
14. Koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari sarflarining asoslanganligini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yoʻl transportida bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish huquqini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yoʻl transportida bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish huquqini berish tadbirlarini amalga oshirish
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 16-son, 199-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)