

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="UNOFFIAL"><label id="s17882"></label><div name="-7364159" id="-7364159">Norasmiy tarjima</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-7365113" id="-7365113"><strong>Jeneva Konvensiyasi</strong></div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-7370212" id="-7370212">Dengizdagi qurolli kuchlar tarkibidan boʻlmish yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslarning qismatlarini yengillashtirish toʻgʻrisida</div></div><div class="TEXT_CENTER"><label id="s527"></label><div name="-7370215" id="-7370215">Jeneva, 1949-yil 12-avgust</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-7370216" id="-7370216">Oʻzbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 3-sentabrdagi 946-XII-sonli “Urush qurbonlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Jeneva konvensiyalariga hamda xalqaro tusdagi va xalqaro boʻlmagan tusdagi qurolli mojarolar qurbonlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Jeneva konvensiyalariga doir qoʻshimcha protokollarga qoʻshilish haqida”gi <a href="/mact/-2659335#-2659410">qaroriga </a>asosan qoʻshilgan.</div></div><div class="TEXT_CENTER"><label id="s527"></label><div name="-7370218" id="-7370218">(Oʻzbekiston Respublikasi uchun 1994-yil 8-apreldan kuchga kirdi)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2659536" id="-2659536"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344085" id="-7344085">Dengizdagi urushga nisbatan 1906-yilgi Jeneva Konvensiyasi asosiy prinsiplarini qoʻllash toʻgʻrisida 1907-yilning 18-oktabrida qabul qilingan X Gaaga Konvensiyasini qayta koʻrib chiqish maqsadida Jenevada 1949-yil 21-apreldan 12-avgustgacha oʻtkazilgan Diplomatiya konferensiyasida Hukumatlar vakillari sifatida ishtirok etganlar va quyida imzo chekuvchilar shunday bitimni tuzdilar:</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344089" id="-7344089">I BOB. UMUMIY QOIDALAR</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344091" id="-7344091">1-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344092" id="-7344092">Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar har qanday holatda mazkur Konvensiyaga amal qilish va amal qilishga majburlash masʼuliyatini oʻz zimmasiga oladilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344093" id="-7344093">2-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344094" id="-7344094">Tinchlik davridayoq kuchga kirishi lozim boʻlgan qarorlardan tashqari, ikkita yoki bir nechta Oliy Ahdlashuvchi Tomon oʻrtasida urush eʼlon qilingan yoxud turli qurolli mojarolar yuz bergan har qanday hollarda, hattoki, tomonlardan biri urush holatini tan olmasa ham, mazkur Konvensiya qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344095" id="-7344095">Mazkur Konvensiya, shuningdek, Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning hududlari toʻlaligicha yoki qisman istilo etilgan har qanday hollarda, hattoki, bunday bosqinchilik hech bir qurolli qarshilikka uchramasa ham, qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344096" id="-7344096">Agar nizolashayotgan Davlatlarning biri mazkur Konvensiya ishtirokchisi boʻlmasa, ishtirokchi sanalgan Davlatlar, baribir, u bilan oʻzaro munosabatlarini saqlab qolaveradilar Bundan tashqari, agar yuqorida koʻrsatilgan Davlat Konvensiya qoidalarini qabul qilsa va amalda qoʻllasa, ishtirokchi Davlatlar unga nisbatan Konvensiya bilan bogʻlangan hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344097" id="-7344097">3-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344098" id="-7344098">Oliy Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida xalqaro boʻlmagan qurolli mojaro sodir etilayotgan holda, oʻzaro nizoda boʻlgan tomonlarning har biri eng kamida quyidagi qoidalarni qoʻllashga majbur hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344099" id="-7344099">1. Harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etmayotgan shaxslar, jumladan, qurolli kuchlar tarkibida boʻlgan-u qurolini topshirgan, bundan tashqari, bemorligi, yaradorligi, qoʻlga olinganligi yoxud boshqa har xil sabablarga koʻra harbiy harakatlarda qatnashmayotgan shaxslar irqi, tana rangi, dini yoki eʼtiqodi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli va shunga oʻxshash boshqa jihatlar sababli hech bir kamsitishlarga yoʻl qoʻyilmagan holda har qanday shart-sharoitda insoniy muomaladan foydalanishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344100" id="-7344100">Shu maqsadda yuqorida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan quyidagi xatti-harakatlar har doim har qanday joyda taqiqlangan va taqiqlanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344101" id="-7344101">a) hayotiga va jismoniy daxlsizligiga tahdid solish, xususan, har xil yoʻllar bilan hayotiga tajovuz qilish, jarohat yetkazish, shafqatsizlarcha munosabatda boʻlish, qiynash va azoblash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344102" id="-7344102">b) garovga olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344103" id="-7344103">s) insoniy qadr-qimmatiga, or-nomusiga tajovuz qilish, xususan, tahqiromuz va qadr-qimmatini xoʻrlaydigan munosabatda boʻlish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344104" id="-7344104">d) tegishli tartibda taʼsis etilgan taraqqiy etgan xalqlar tomonidan zarur deb eʼtirof etilgan sudlov kafolatlariga toʻla ega boʻlgan sud tomonidan qaror chiqarilmasdan hukm etish va jazo chorasini qoʻllash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344108" id="-7344108">2. Yaradorlar va bemorlar yigʻib olinishi hamda ularga yordam koʻrsatilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344110" id="-7344110">Begʻaraz insonparvarlik tashkiloti, masalan, Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi, nizolashayotgan tomonlarga oʻz xizmatini taklif etishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344112" id="-7344112">Bundan tashqari, nizolashayotgan tomonlar mazkur Konvensiyaning barcha yoxud ayrim qoidalarini maxsus bitimlar orqali kuchga kiritish uchun intiladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344113" id="-7344113">Yuqoridagi qoidalarning qoʻllanilishi nizolashayotgan tomonlarning yuridik maqomiga taʼsir qilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344135" id="-7344135">4-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344136" id="-7344136">Nizolashayotgan tomonlarning quruqlikdagi va dengizdagi kuchlari oʻrtasida harbiy harakatlar sodir etilayotgan taqdirda, mazkur Konvensiya qarorlari faqat kemalarga joylashtirilgan kuchlarga nisbatan qoʻllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344137" id="-7344137">Qirgʻoqqa tushirilgan bu kuchlar darhol Harakatdagi qurolli kuchlardagi yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchraganlarning qismatlarini yengillashtirish toʻgʻrisida 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva Konvensiyasi qarorlarining taʼsir doirasiga olinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344138" id="-7344138">5-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344139" id="-7344139">Betaraf davlatlar nizolashayotgan tomonlar qurolli kuchlariga mansub boʻlgan va betaraf davlatlar hududida qabul qilingan yoxud ushlab qolingan hamda qurolsizlantirilgan yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchraganlarga, shuningdek, tibbiy va diniy xizmat xodimlariga, bundan tashqari, yigʻib olingan murdalarga nisbatan mazkur Konvensiya qoidalarini analogiya boʻyicha qoʻllaydilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344140" id="-7344140">6-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344142" id="-7344142"><a href="/mact/-2627590#-7344153">10</a>, <a href="/mact/-2627590#-7344190">18</a>, <a href="/mact/-2627590#-7344244">31</a>, <a href="/mact/-2627590#-7344271">38</a>, <a href="/mact/-2627590#-7344274">39</a>, <a href="/mact/-2627590#-7344280">40</a>, <a href="/mact/-2627590#-7344293">43</a> va <a href="/mact/-2627590#-7344344">53-moddalarda</a> maxsus koʻzda tutilgan bitimlardan tashqari, Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar alohida tartibga solish maqsadga muvofiq deb hisoblagan har qanday masala boʻyicha boshqa maxsus bitimlar tuzishi mumkin. Hech qanday maxsus bitim yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchraganlar, shuningdek, tibbiy va diniy xizmat xodimlarining mazkur Konvensiyada belgilab qoʻyilgan mavqeyiga ziyon yetkazmasligi, ularning mazkur hujjatda koʻzda tutilgan huquqlarini cheklamasligi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344143" id="-7344143">Yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchraganlar, shuningdek, tibbiy va diniy xizmat xodimlari ularga nisbatan mazkur Konvensiya qoʻllanilayotgan vaqt mobaynida ushbu hujjatlarda koʻzda tutilgan imtiyozlardan foydalanishda davom etadilar. Yuqorida tilga olingan yoki keyinchalik tuziladigan bitimlarga maxsus qarama-qarshi mazmundagi shartlarning maxsus kiritilishi yoxud nizolashayotgan tomonlardan birining ularga nisbatan qulayroq boʻlgan tadbirlarni qoʻllash holatlari bundan mustasno.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344145" id="-7344145">7-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344150" id="-7344150">Yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchraganlar, shuningdek, tibbiy va diniy xizmat xodimlari mazkur Konvensiyada hamda oldingi moddada tilga olingan maxsus bitimlarda, agar shunday bitimlar mavjud boʻlsa, koʻzda tutilgan huquqlaridan qisman yoxud toʻlaligicha voz kechishlari mutlaqo mumkin emas.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344146" id="-7344146">8-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344147" id="-7344147">Mazkur Konvensiya nizolashayotgan tomonlar manfaatlarini himoya qilish vazifasi yuklatilgan Homiy Davlatlarning bevosita koʻmagi va nazorati ostida qoʻllaniladi. Shu maqsadda Homiy Davlatlar oʻzlarining diplomatik va konsullik xizmatlari xodimlaridan tashqari, oʻz fuqarolari yoxud boshqa betaraf Davlatlar fuqarolari orasidan delegatlar tayinlashlari mumkin. Ushbu delegatlar tayinlanishi uchun ular oʻz vazifalarini bajarishga kirishadigan hudud egasi boʻlgan Davlatning roziligi olinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344148" id="-7344148">Nizolashayotgan tomonlar Homiy Davlatlar vakillari yoki delegatlari ishini yengillashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344149" id="-7344149">Homiy Davlatlar vakillari yoki delegatlari mazkur Konvensiyada belgilangan oʻz vazifalari doirasidan chetga chiqishlari mutlaqo mumkin emas. Xususan, oʻz vazifalarini bajarishga kirishgan hudud egasi boʻlgan Davlat xavfsizligining oʻta muhim ehtiyojlarini eʼtiborga olishlari zarur. Faqat oʻta dolzarb harbiy ehtiyojlar taqozo etgandagina ularning faoliyati vaqtincha va istisno tariqasida cheklab turilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344151" id="-7344151">9-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344152" id="-7344152">Mazkur Konvensiya qoidalari Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi yoki boshqa har qanday begʻaraz insonparvarlik tashkilotining nizolashayotgan tomonlarning roziligi asosida, yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchraganlar, shuningdek, tibbiy va diniy xizmat xodimlarini himoya qilish va ularga yordam koʻrsatish uchun qaratilgan insonparvarlik faoliyatiga toʻsiq boʻlib xizmat qilmasligi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344153" id="-7344153">10-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344154" id="-7344154">Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Konvensiya orqali Homiy Davlatlarga yuklangan majburiyatlarni bajarishni begʻaraz va taʼsirchan faoliyat koʻrsatish uchun toʻla kafolat bera oladigan muayyan tashkilotga topshirish borasida har qanday paytda oʻzaro bitim tuzishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344155" id="-7344155">Agar qandaydir sabablarga koʻra yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchraganlarga, shuningdek, tibbiy va diniy xizmat xodimlariga nisbatan muayyan Homiy Davlat yoki <a href="/mact/-2627590#-7344154">birinchi xatboshida</a> koʻzda tutilgan tashkilotning faoliyati qoʻllanilmayotgan yoxud qoʻllanilishi toʻxtatib qoʻyilgan boʻlsa, himoyadagi shaxslarni oʻz hukmi ostida saqlayotgan Davlat nizolashayotgan tomonlar mazkur Konvensiya asosida tayinlagan Homiy Davlat bajarishi lozim boʻlgan vazifalarni oʻz zimmasiga olishini soʻrab, betaraf Davlatga yoki shunday tashkilotga iltimos bilan murojaat qilishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344156" id="-7344156">Agar homiylikni yuqorida koʻrsatilgan tarzda amalga oshirishning iloji boʻlmasa, himoyadagi shaxslarni oʻz hukmi ostida saqlayotgan Davlat muayyan insonparvarlik tashkilotiga, masalan, Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasiga iltimos bilan murojaat qilishi yoxud ushbu modda qoidalarini hisobga olgan xolda, bunday tashkilotning mazkur Konvensiyaga muvofiq Homiy Davlatlar tomonidan bajariladigan insonparvarlik vazifalarini ado etishni oʻz zimmasiga olishi borasidagi takliflarini qabul qilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344157" id="-7344157">Manfaatdor Davlat tomonidan taklif etilgan yoxud ushbu maqsadlar yoʻlida oʻzini tavsiya etayotgan har qanday betaraf davlat yoki har qanday tashkilot mazkur Konvensiya himoyasidan foydalanuvchi shaxslar mansub boʻlgan nizolashayotgan tomonga nisbatan masʼuliyat tuygʻusi bilan yondashmogʻi, shuningdek, oʻz zimmasiga tegishli vazifalarni olishga va ularni begʻaraz ado etishga qodirligi toʻgʻrisida yetarlicha kafolat bermogʻi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344158" id="-7344158">Davlatlardan biri harbiy sharoit sababli, ayniqsa, mazkur Davlat hududining toʻlaligicha yoxud katta qismi istilo etilganligi tufayli u boshqa bir Davlat yoki uning ittifoqchilari bilan erkin muzokaralar oʻtkazish imkoniyatidan vaqtincha boʻlsa-da mahrum boʻlsa, Davlatlar oʻzaro maxsus bitimlar tuzish orqali ilgarigi qoidalardan chekinishlari mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344159" id="-7344159">Har gal mazkur Konvensiyada Homiy Davlat atamasi qayd etilganda, bu atama, shuningdek, ushbu moddaga muvofiq holda uning vazifasini bajaruvchi muayyan tashkilotni ham nazarda tutadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344160" id="-7344160">11-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344161" id="-7344161">Homiy Davlatlar himoyadagi shaxslar manfaati yoʻlida foydali deb hisoblagan barcha hollarda, xususan, mazkur Konvensiya qoidalarini qoʻllash yoki izohlash borasida nizolashayotgan tomonlar oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, bunday kelishmovchiliklarga barham berish maqsadida oʻzlarining xayrli yordamlarini koʻrsatadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344162" id="-7344162">Shu maqsadda Homiy Davlatlarning har biri tomonlardan birining iltimosi yoki bevosita oʻzining tashabbusi asosida, nizolashayotgan tomonlar uchun ularning vakillari, xususan, zimmasiga yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchraganlar, shuningdek, tibbiy va diniy xizmat xodimlari qismatiga gʻamxoʻrlik qilish masʼuliyati yuklangan maʼmuriyatlar ishtirokida, imkoniyatga qarab betaraf, tegishli talablardan kelib chiqib tanlangan muayyan hududda yashashni tashkil qilishni taklif etishi mumkin. Nizolashayotgan tomonlar bu borada oʻzlariga tushgan takliflarga yoʻl ochishlari shart. Homiy Davlatlar, zaruriyat tugʻilgan taqdirda, ushbu kengashda ishtirok etish uchun taklif qilinadigan betaraf Davlatga mansub shaxsni yoxud Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasining vakili boʻlgan shaxsni maʼqullash uchun nizolashayotgan tomonlarga tavsiya etishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344163" id="-7344163"><strong>II BOB. YARADORLAR, BEMORLAR VA KEMA HALOKATIGA UCHRAGANLAR</strong></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344164" id="-7344164">12-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344165" id="-7344165">Qurolli kuchlarning shaxsiy tarkibi va keyingi moddada koʻrsatilgan boshqa shaxslar dengizda boʻlgan paytida yaralangan, kasallikka chalingan yoki kema halokatga uchragan boʻlsa, har qanday shart-sharoitlarda homiylik va himoyadan foydalanishlari shart. Shu bilan birga, “kema halokati” atamasi sodir boʻlgan har qanday sharoitidan qatʼi nazar, barcha kema halokatlariga nisbatan qoʻllaniladi va samolyotlarning dengizga majburiy qoʻnishi yoxud dengizga qulab tushish hollarini ham oʻz ichiga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344166" id="-7344166">Yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchraganlarni oʻz hukmi ostida saqlab turgan nizolashayotgan tomon jinsi, irqi, millati, diniy eʼtiqodi, siyosiy maslagi va shunga oʻxshash boshqa jihatlarni sabab qilib hech bir kamsitishga yoʻl qoʻymasdan, ularga nisbatan insoniy muomala va parvarish koʻrsatilishini taʼminlaydi. Ularning hayoti va shaxsiyatiga nisbatan har qanday tajovuz, xususan, ularni oʻldirib yuborish, qirgʻin qilish, qiynoqlarga solish, ular ustida biologik tajribalar oʻtkazish, ularni ataylab tibbiy yordamsiz va qarovsiz qoldirish, ularning yuqumli kasalliklarga chalinishlari uchun qasddan shart-sharoitlar yaratish qatʼiyan taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344167" id="-7344167">Navbat bilan tibbiy yordam koʻrsatishda faqat shoshilinch tibbiy yordamga muhtojlik sababligina imtiyozli yondashuvga yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344168" id="-7344168">Ayollarga munosabatda ularning jinsi nuqtayi nazaridan zarur boʻlgan alohida eʼtibor koʻrsatiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344169" id="-7344169">13-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344170" id="-7344170">Mazkur Konvensiya quyidagi toifaga mansub yaradorlar, bemorlar va dengizda kema halokatiga uchraganlar uchun qoʻllaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344171" id="-7344171">1. Nizolashayotgan tomonlar qurolli kuchlarining shaxsiy tarkibi, shuningdek, ushbu qurolli kuchlar qatoriga kiruvchi ixtiyoriy lashkarlar va koʻngillilar otryadlarining shaxsiy tarkibi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344172" id="-7344172">2. Boshqa ixtiyoriy lashkarlar va koʻngillilar otryadlarining shaxsiy tarkibi, shu jumladan, nizolashayotgan tomonga tegishli boʻlgan va uning hududida yoki hududidan tashqarida, garchand bu hududlar dushman tomonidan istisno etilgan boʻlsa ham, faoliyat yurituvchi uyushgan qarshilik koʻrsatish harakatlarining shaxsiy tarkibi, bunda ushbu ixtiyoriy lashkarlar va koʻngillilar otryadlari, shuningdek, uyushgan qarshilik koʻrsatish harakatlari quyidagi talablarga javob berishlari kerak boʻladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344173" id="-7344173">a) oʻz qoʻl ostidagilar uchun masʼuliyatni zimmasiga olgan bosh rahbarga ega boʻlishlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344174" id="-7344174">b) aniq va uzoqdan koʻrinadigan farqlovchi belgiga ega boʻlishlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344175" id="-7344175">s) ochiq-oydin qurol olib yurishlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344176" id="-7344176">d) oʻz xatti-harakatlarida urush davrining qonun-qoidalari va odatlariga amal qilishlari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344177" id="-7344177">3. Asirlikda saqlab turgan Davlat tomonidan tan olinmagan hukumat yoki maʼmuriyat ixtiyorida hisoblanuvchi muntazam qurolli kuchlarning shaxsiy tarkibi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344178" id="-7344178">4. Qurolli kuchlar bilan izma-iz borayotgan, lekin bevosita ularning tarkibiga mansub boʻlmagan shaxslar, masalan, harbiy samolyotlar ekipaji tarkibidagi fuqaro shaxslar, harbiy muxbirlar, taʼminotchilar, shuningdek, qurolli kuchlarga maishiy xizmat koʻrsatuvchi ishchi komanda va xizmatlarning shaxsiy tarkibi. Bu holatda ular qurolli kuchlardan ruxsat olgan boʻlsalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344179" id="-7344179">5. Savdo floti kemalari ekipajlarining aʼzolari, jumladan, kapitanlar, lotsmanlar va yungalar hamda nizolashayotgan tomonlarning fuqaro aviatsiyasi ekipajlari, agar ular muayyan xalqaro huquq qoidalariga koʻra boshqa nisbatan imtiyozli imkoniyatlardan foydalanmayotgan boʻlsalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344180" id="-7344180">6. Istilo etilmagan hududlarda yashab turgan va dushmanning yaqinlashib kelishi munosabati bilan tartibsiz ravishda bosqinchilar armiyasiga qarshi kurashish uchun qoʻliga qurol olgan, lekin muntazam qoʻshin tarzida shakllanishga ulgurmagan aholi, agar ular ochiq-oydin qurol olib yursalar hamda oʻz xatti-harakatlarida urush davrining qonun-qoidalari va odatlariga amal qilsalar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344181" id="-7344181">14-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344182" id="-7344182">Nizolashayotgan tomonning har qanday harbiy kemasi harbiy gospital kemalardan, xayriya jamiyatlari yoki xususiy shaxslarning gospital kemalaridan, shuningdek, savdo kemalaridan, yaxtalar va kichik kemalardan, bu kemalarning milliy mansubligidan qatʼi nazar, ularda joylashgan yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchraganlarni oʻziga topshirishlarini talab qilishi mumkin, bunda yarador va bemorlarning ahvoli ularni koʻchirish imkonini berishi va tegishli harbiy kema zaruriy tibbiy parvarishni taʼminlash uchun muayyan shart-sharoitlarga ega boʻlishi shart.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344183" id="-7344183">15-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344184" id="-7344184">Agar yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchraganlar betaraf harbiy kema yoki betaraf harbiy samolyot tomonidan yigʻib olingan boʻlsa, shunday chora koʻrish kerakki, to ular xalqaro huquq qoidalari taqozo etgan hollarda, qaytadan harbiy harakatlarda ishtirok eta olmasinlar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344185" id="-7344185">16-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344186" id="-7344186"><a href="/mact/-2627590#-7344164">12-modda</a> qoidalarini inobatga olgan holda, nizolashayotgan tomonlarning dushman qoʻl ostiga oʻtib qolgan yaradorlari, bemorlari va kema halokatiga uchragan shaxslari harbiy asir hisoblanadi hamda ularga nisbatan xalqaro huquqning harbiy asirlarga oid qoidalari qoʻllaniladi. Asirga olgan tomon shart-sharoitdan kelib chiqqan holda, ularni oʻz ixtiyorida olib qolish, oʻz ixtiyoridagi portga, betaraf port yoki dushman ixtiyorida boʻlgan portga joʻnatish yuzasidan qaror qabul qilish huquqiga ega. Keyingi holda oʻz mamlakatlariga qaytarib yuborilgan harbiy asirlar urush davri mobaynida harbiy xizmatda boʻlishlari mumkin emas.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344187" id="-7344187">17-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344188" id="-7344188">Agar betaraf Davlatlar bilan nizolashayotgan tomonlar oʻrtasida boshqacha mazmundagi kelishuv mavjud boʻlmasa, mahalliy maʼmurlarning roziligi asosida betaraf portga tushirilgan yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchraganlar betaraf Davlat tomonidan shunday tartibda saqlab turilishi kerakki, toki ular xalqaro huquq talab etgan hollarda harbiy harakatlarda qaytadan ishtirok eta olmasinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344189" id="-7344189">Mazkur yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchraganlar mansub boʻlgan Davlat ularni gospitallarga joylashtirish hamda qurolsizlantirib ushlab turish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344190" id="-7344190">18-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344191" id="-7344191">Har qaysi jangdan keyin nizolashayotgan tomonlar tezkorlik bilan yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchraganlarni izlab topish va olib ketish, ularni talon-torojdan va nojoʻya munosabatlardan muhofaza qilish, ularga zaruriy yordam koʻrsatish, shuningdek, murdalarni qidirib topish va ularning talon-toroj etilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun imkoniyatlaridagi barcha choralarni koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344192" id="-7344192">Har gal, shuni shart-sharoit taqozo etgan hollarda, nizolashayotgan tomonlar oʻrtasida istilo etilgan yoki qamal qilingan hududlardan yaradorlar va bemorlarni dengiz orqali koʻchirish, tibbiy va diniy xizmat xodimlari hamda tegishli mol-mulkning ushbu makonlarga kiritilishi uchun ruxsat berish yuzasidan mahalliy bitimlar tuziladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344193" id="-7344193">19-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344194" id="-7344194">Nizolashayotgan tomonlar imkon tugʻilishi bilanoq oʻz qoʻllariga tushgan dushman tomonga mansub yaradorlar, bemorlar, kema halokatiga uchraganlar va murdalarning shaxsini aniqlashga koʻmaklashadigan barcha maʼlumotlarni qayd etib borishlari zarur boʻladi.Bu maʼlumotlar, imkon boʻlsa, quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344195" id="-7344195">a) ushbu shaxs mansub boʻlgan Davlatning nomi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344196" id="-7344196">b) harbiy qismi yoki shaxsiy raqami;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344197" id="-7344197">s) familiyasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344198" id="-7344198">d) ismi yoki ismlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344200" id="-7344200">e) tugʻilgan sanasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344201" id="-7344201">f) uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatida yoki tanituvchi medalonidagi jami maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344202" id="-7344202">g) asirga olingan yoxud vafot etgan sanasi va joyi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344204" id="-7344204">h) yaradorligi, bemorligi yoki oʻlimi sabablariga doir maʼlumotlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344206" id="-7344206">Yuqorida sanalgan maʼlumotlar imkon qadar tezlik bilan Harbiy asirlar bilan qilinadigan muomala toʻgʻrisida 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva Konvensiyasining <a href="/mact/-2660045#-7349466">122-moddasida</a> koʻzda tutilgan Maʼlumotlar Byurosi eʼtiboriga havola etilishi kerak. Byuro, oʻz navbatida, Homiy Davlatlar va Harbiy asirlar ishlari boʻyicha Markaziy Agentlik koʻmagida ushbu maʼlumotlarni tegishli shaxslar mansub boʻlgan Davlat eʼtiboriga havola etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344210" id="-7344210">Nizolashayotgan tomonlar oʻlim haqidagi guvohnomalarni yoki vafot etganlarning tegishli tartibda tasdiqlangan roʻyxatlarini tayyorlashlari va ushbu Byuro orqali bir-biriga yuborishlari zarur. Ular, shunga oʻxshab, ikki boʻlakli tanituvchi medalonning bir boʻlakli yoki agar tanituvchi medalon yaxlit bir butun boʻlsa, uning oʻzini, vasiyatnoma va marhumning oilasi uchun ahamiyatga molik boʻlgan boshqa hujjatlarni, pullarni, marhumning yonidan topilgan va obyektiv yoki subyektiv jihatdan muayyan qiymatga ega boʻlgan barcha buyumlarni toʻplaydi hamda ushbu Byuro orqali bir-biriga yuboradilar. Bu buyumlar, shuningdek, egasi aniqlanmagan buyumlar muhrlangan paketlarga solib joʻnatiladi, bunday paketlarga buyum egasi boʻlgan marhumlarning shaxsini aniqlaganda yordam beradigan barcha maʼlumotlarni jamlagan arizalar va buyumlarning nomma-nom roʻyxati ilova qilinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344212" id="-7344212">20-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344213" id="-7344213">Nizolashayotgan tomonlar marhumlarni dengizga dafn etish marosimlari imkoniyat boʻlsa, yakka tartibda amalga oshirilishi va bunday marosimdan oldin oʻlim holatini qayd etish, murdaning shaxsini aniqlash hamda bu xususda hisobot tayyorlash imkonini beradigan jiddiy tekshiruv, agar iloji topilsa, tibbiy koʻrik uyushtirish uchun barcha choralarni koʻradi. Ikki boʻlakli tanituvchi medalon qoʻllanilgan taqdirda, uning bir boʻlagi murdaning tanasida qoldirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344214" id="-7344214">Agar marhumlar quruqlikka yetkazilgan boʻlsa, ularga nisbatan Harakatdagi qurolli kuchlardagi yaradorlar va bemorlarning qismatlarini yengillashtirish toʻgʻrisida 1949-yilning 12-avgustida qabul qilingan Jeneva Konvensiyasi qoidalari qoʻllaniladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344215" id="-7344215">21-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344216" id="-7344216">Nizolashayotgan tomonlar betaraf savdo kemalari, yaxtalar va kichik kemalar kapitanlarini insonparvarlikka daʼvat etishlari hamda yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchraganlarni oʻz kemalari bortlariga qabul qilib parvarishlash, shuningdek, murdalarni yigʻib olish toʻgʻrisida murojaat qilishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344217" id="-7344217">Bunday murojaatlarga javob qaytargan, shuningdek, oʻz tashabbusi bilan yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchraganlarni yigʻib olgan barcha turdagi kemalar yordam koʻrsatish boʻyicha oʻz vazifalarini bajarishlari uchun maxsus homiylik koʻmagi va imtiyozlardan foydalanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344218" id="-7344218">Ular hech qanday holatda yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchraganlarni tashigani uchun qoʻlga olinishlari mumkin emas; ammo, shu bilan birga, agar bu kemalarga boshqa vaʼda berilgan boʻlmasa, ular betaraflikni buzganlikda ayblanib qoʻlga olinishlari mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344219" id="-7344219">III BOB. GOSPITAL KEMALAR</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344220" id="-7344220">22-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344221" id="-7344221">Harbiy gospital kemalar, yaʼni Davlatlar tomonidan yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchraganlarga yordam berish, davolash va tashishdan iborat yagona va maxsus maqsad yoʻlida qurilgan yoki jihozlangan kemalarga qarata har qanday sharoitda ham hujum qilinmasligi va ular istilo etilmasligi kerak va, aksincha, bu kemalardan foydalanishdan 10 kun oldin ularning nomi va xususiyati toʻgʻrisida nizolashayotgan tomonlarni xabardor etish sharti bilan, ular homiylik va himoyadan har qanday paytda foydalanishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344222" id="-7344222">Tomonlarga xabar qilinadigan maʼlumotlar qatoriga kemaning roʻyxatga olingan brutto-tonnaji, kemaning burnidan to quyrugʻigacha boʻlgan uzunligi, machta va trubalarining soni kiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344223" id="-7344223">23-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344224" id="-7344224">Harakatdagi qurolli kuchlardagi yaradorlar va bemorlarning qismatlarini yengillashtirish toʻgʻrisida 1949-yilning 12-avgustida qabul qilingan Jeneva Konvensiyasi homiyligida boʻlgan qirgʻoqdagi muassasalarga qarata hujum uyushtirish yoki dengizdan oʻqqa tutish mumkin emas.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344225" id="-7344225">24-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344226" id="-7344226">Qizil Xoch milliy jamiyatlari, rasmiy tarzda eʼtirof etilgan xayriya jamiyatlari yoki xususiy shaxslar tomonidan ishlatiladigan gospital kemalar harbiy gospital kemalar qatori homiylikdan foydalanadilar hamda agar ular oʻzlari tegishli boʻlgan nizolashayotgan tomondan rasmiy topshiriq olgan va <a href="/mact/-2627590#-7344220">22-moddadagi</a> xabardor qilish bilan bogʻliq koʻrsatmalarni bajargan boʻlsalar, bu kemalarni qoʻlga olish mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344227" id="-7344227">Bu kemalar tegishli maʼmurlar tomonidan beriladigan kemaning jihozlanish va yoʻlga otlanish jarayoni ularning nazorati ostida amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishlari kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344228" id="-7344228">25-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344229" id="-7344229">Qizil Xoch milliy jamiyatlari, betaraf mamlakatlarning rasmiy tarzda eʼtirof etilgan xayriya jamiyatlari yoki xususiy shaxslar tomonidan ishlatiladigan gospital kemalar ham harbiy gospital kemalar qatori homiylikdan foydalanishlari kerak hamda agar ular oʻzlari mansub boʻlgan hukumatning oldindan olingan roziligi va manfaatdor nizolashayotgan tomonning ruxsati asosida muayyan nizolashayotgan tomonning ixtiyoriga oʻtgan va <a href="/mact/-2627590#-7344220">22-moddadagi</a> xabardor qilish bilan bogʻliq koʻrsatmalarni bajargan boʻlsalar, bu kemalarni qoʻlga olish mumkin emas.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344230" id="-7344230">26-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344231" id="-7344231"><a href="/mact/-2627590#-7344220">22</a>, <a href="/mact/-2627590#-7344225">24</a> va <a href="/mact/-2627590#-7344228">25-moddalarda</a> tilga olingan homiylik har qanday tonnali kemalar va ularning qutqarish qayiqlariga nisbatan, ular qayerda ishlatilishidan qatʼi nazar, taalluqli hisoblanadi. Ammo iloji boricha qulaylik va xavfsizlikni taʼminlash maqsadida, nizolashayotgan tomonlar yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchraganlarni ochiq dengizda uzoq masofaga tashish uchun faqat suv sigʻimi 2000 brutto-tonnadan ortiq boʻlgan gospital kemalarnigina ishlatishga harakat qilishlari zarur.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344232" id="-7344232">27-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344233" id="-7344233">Davlat yoki rasmiy tarzda eʼtirof etilgan koʻmak jamiyatlari tomonidan qirgʻoqboʻyi qutqaruv ishlarini bajarish uchun <a href="/mact/-2627590#-7344220">22</a> va <a href="/mact/-2627590#-7344225">24-moddalarda</a> koʻzda tutilgan shart-sharoitlar asosida ishlatiladigan kichikroq kemalar ham operativ talablar taqozo etgan darajada homiylik va himoyadan foydalanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344234" id="-7344234">Bunday tartib, imkoniyat darajasida, oʻz insonparvarlik vazifasini oʻtash paytida faqat mazkur kemalargina foydalanadigan doimiy qirgʻoq inshootlariga nisbatan ham tegishli boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344235" id="-7344235">28-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344236" id="-7344236">Harbiy kema sahnida janglar boʻlgan hollarda, iloji boricha lazaretlarni saqlab qolish va ehtiyot qilish lozim. Bu lazaretlar va ularning asbob-uskunalari urush qonunlari taʼsir doirasida qiladilar, ammo yaradorlar va bemorlar ehtiyoji uchun zarur boʻlib turar ekan, ularni boshqa maqsadlarga yoʻnaltirish mumkin emas. Shu bilan birga, lazaretlar va ularning asbob-uskunalarini oʻz izmi ostiga olgan komandir, urush davri ehtiyojlari doirasida, bu yerda davolanayotgan yaradorlar va bemorlarning qismatlarini oldindan taʼmin etgan xolda, lazaretlar va ularning asbob-uskunalaridan oʻta dolzarb harbiy zarurat taqozo etgan holda foydalanish imkoniyatiga egadir.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344237" id="-7344237">29-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344238" id="-7344238">Dushman hukmi ostiga tushib qolgan portda turgan har qanday gospital kemaga ushbu portdan chiqib ketishi uchun ruxsat etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344239" id="-7344239">30-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344240" id="-7344240"><a href="/mact/-2627590#-7344220">22</a>, <a href="/mact/-2627590#-7344225">24</a>, <a href="/mact/-2627590#-7344228">25</a> va <a href="/mact/-2627590#-7344232">27-moddalarda</a> sanab oʻtilgan kemalar yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchraganlarga, ularning milliy mansubligidan qatʼi nazar, tegishli koʻmak va yordam koʻrsatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344241" id="-7344241">Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur kemalardan hech qanday harbiy maqsadlarda foydalanmaslik majburiyatini zimmasiga oladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344242" id="-7344242">Bu kemalar jang qilayotganlarning harakatlanishiga hech qanday xalal bermasliklari zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344243" id="-7344243">Bu kemalarning jang paytidagi va jangdan keyingi barcha xatarli va tavakkal harakatlari uchun ularning oʻzlari masʼuldir.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344244" id="-7344244">31-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344245" id="-7344245">Nizolashayotgan tomonlar <a href="/mact/-2627590#-7344220">22</a>, <a href="/mact/-2627590#-7344225">24</a>, <a href="/mact/-2627590#-7344228">25</a> va <a href="/mact/-2627590#-7344232">27-moddalarda</a> sanab oʻtilgan kemalarni nazorat qilish hamda koʻzdan kechirish huquqiga egadir. Ular ushbu kemalar koʻmagidan voz kechishlari, ularga joʻnab ketishni buyurishlari, ularning muayyan yoʻnalish boʻyicha harakatlanishi yuzasidan koʻrsatma berishlari, radio uskunalar va boshqa aloqa vositalaridan foydalanishlarini nazorat qilishlari, hattoki, sharoit jiddiyligi taqozo etgan hollarda, bu kemalarni koʻzdan kechirish vaqtidan eʼtiboran 7 kundan ortiq boʻlmagan muddatga ushlab qolishlari ham mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344246" id="-7344246">Ular kemaga vaqtincha komissar tayinlashlari mumkin, mazkur komissarning yagona vazifasi yuqoridagi xatboshida koʻzda tutilgan qoidalar asosida beriladigan buyruqlarning amalga oshirilishini nazorat qilishdan iborat boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344247" id="-7344247">Nizolashayotgan tomonlar, imkoniyatga qarab, oʻzlari beradigan buyruqlarni gospital kema jurnaliga gospital kema komandiri uchun tushunarli boʻlgan tilda qayd etadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344248" id="-7344248">Nizolashayotgan tomonlar bir tomonlama akt yoki maxsus bitim asosida oʻz gospital kemalariga mazkur Konvensiya qoidalarining qatʼiy bajarilishiga guvohlik beruvchi betaraf kuzatuvchilarni joylashtirishlari mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344249" id="-7344249">32-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344250" id="-7344250"><a href="/mact/-2627590#-7344220">22</a>, <a href="/mact/-2627590#-7344225">24</a>, <a href="/mact/-2627590#-7344228">25</a> va <a href="/mact/-2627590#-7344232">27-moddalarda</a> sanab oʻtilgan kemalar betaraf portda turgan boʻlsa, bunday hollarda ular harbiy kemalarga tenglashtirilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344251" id="-7344251">33-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344252" id="-7344252">Gospital kemaga aylantirilgan savdo kemalari butun urush davri mobaynida boshqa maqsadlar uchun ishlatilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344253" id="-7344253">34-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344254" id="-7344254">Gospital kemalar va kema-lazaretlardan insonparvarlik vazifalaridan tashqari dushmanga qarshi qaratilgan saʼy-harakatlarni amalga oshirishda foydalanilgan hollardagina oʻzlari foydalangan homiylik toʻxtatib qoʻyilishi mumkin. Shu bilan birga, homiylik faqat zarur ogohlantirish, toʻgʻri kelgan hollarda esa oqilona muddatlar belgilangan ogohlantirish berilib, natijasiz qolgach, toʻxtatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344255" id="-7344255">Xususan, gospital kemalar oʻz radiouzatgichlari yoki boshqa aloqa vositalariga tegishli boʻlgan yoxud ularni ishlatishda qoʻllaniladigan maxfiy kodlardan foydalanishlari mumkin emas.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344256" id="-7344256">35-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344257" id="-7344257">Quyidagi shartlar gospital kemalar va kema-lazaretlarni ular ega boʻlgan homiylik huquqlaridan mahrum etuvchi holatlar hisoblanmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344258" id="-7344258">1. Gospital kemalar ekipajlari va kema-lazaretlar xodimlarining tartibni saqlash, oʻzini muhofaza qilish yoxud bemorlar va yaradorlarni himoya qilish maqsadlarida qurollanganligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344259" id="-7344259">2. Kema bortida faqat suzishga va aloqa oʻrnatishgagina xizmat qiladigan uskunalarning mavjudligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344260" id="-7344260">3. Gospital kemalarda va kema-lazaretlarda yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchraganlardan olib qoʻyilgan, ammo tegishli joylarga topshirib ulgurilmagan qurol-aslahalar hamda oʻq-dorilar topilganligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344261" id="-7344261">4. Gospital kemalar va kema-lazaretlar yoki ularga tegishli komandalarning insonparvarlik faoliyati fuqaro shaxslardan iborat yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchraganlarga qaratilganligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344262" id="-7344262">5. Faqat sanitariya vazifalarini bajarishgagina moʻljallangan asbob-uskuna va xodimlarni odatdagi zaruriyatga nisbatan koʻproq miqdorda tashiganligi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344263" id="-7344263">IV BOB. SHAXSIY TARKIB</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344264" id="-7344264">36-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344265" id="-7344265">Gospital kemalarning tibbiyot, gospital va diniy xizmatlar xodimlari hamda kema ekipaji hurmat va homiylikdan foydalanadilar; ular gospital kemalardagi xizmatlari davrida, kema sahnida yaradorlar va bemorlar bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, qoʻlga olinishlari mumkin emas.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344266" id="-7344266">37-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344267" id="-7344267"><a href="/mact/-2627590#-7344164">12</a> va <a href="/mact/-2627590#-7344169">13-moddalarda</a> sanab oʻtilgan shaxslarga tibbiy hamda maʼnaviy xizmat koʻrsatishi koʻzda tutilgan tibbiyot, gospital va diniy xizmatlar xodimlari dushman qoʻliga tushib qolgan taqdirda, hurmat va homiylikdan foydalanadi; ular yaradorlar va bemorlar parvarishi taqozo etib turgan vaqt mobaynida oʻz kasbiy faoliyatini davom ettirishlari mumkin. Soʻng ushbu xodimlarni oʻz hukmida saqlab turgan bosh qoʻmondon lozim deb topgan taqdirda, darhol ortga qaytarib yuborishi lozim. Kemadan ketar chogʻida ular shaxsiy mulki hisoblangan buyumlarni oʻzi bilan birga olib ketishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344268" id="-7344268">Ammo harbiy asirlarning tibbiy va maʼnaviy ehtiyojlaridan kelib chiqib bunday xodimlarning muayyan qismini ushlab qolish zarur deb topilsa, ularni qisqa muddat ichida qirgʻoqqa tushirish uchun barcha zarur choralarni koʻrish lozim boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344269" id="-7344269">Ushlab qolingan xodimlar qirgʻoqqa tushirilgach, Harakatdagi qurolli kuchlardagi yaradorlar va bemorlarning qismatlarini yengillashtirish toʻgʻrisida 1949-yilning 12-avgustida qabul qilingan Jeneva Konvensiyasi qoidalarining taʼsir doirasida hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344270" id="-7344270">V BOB. SANITARIYA TRANSPORTLARI</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344271" id="-7344271">38-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344272" id="-7344272">Ushbu maqsad uchun moʻljallangan kemalarga, agar bu kemalarning qatnovi xususida dushman Davlatga maʼlum qilingan va uning roziligi olingan boʻlsa, faqat qurolli kuchlar tarkibiga tegishli yaradorlar va bemorlarnigina davolashda ishlatiladigan yoki kasallikning oldini olish uchun zarur materiallarni tashish uchun ruxsat etiladi. Dushman Davlat ushbu kemalarni koʻzdan kechirish huquqiga ega, ammo na kemalarni va na ularga tegishli yuklarni ushlab qolishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344273" id="-7344273">Nizolashayotgan tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida ushbu kemalarga tashilayotgan yukni nazorat qiluvchi betaraf kuzatuvchilar joylashtirilishi mumkin. Buning uchun ularga tashilayotgan narsalar bilan bemalol tanishib chiqish imkoniyati berilishi zarur.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344274" id="-7344274">39-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344275" id="-7344275">Sanitar uchish apparatlari, yaʼni faqatgina yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchraganlarni koʻchirish uchun hamda sanitarlar tarkibi va mol-mulkini tashish uchun foydalaniladigan apparatlarga hujum qilinmaydi, ammo ular manfaatdor nizolashayotgan tomonlar oʻrtasida tuzilgan bitimda maxsus koʻzda tutilgan muayyan vaqt, balandlik va yoʻnalish boʻyicha uchsagina nizolashayotgan tomonlar ularni hurmat qilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344276" id="-7344276">Ular milliy ranglar bilan birgalikda, ostki qismi, usti va yon tomonlarida aniq koʻzga tashlanib turadigan <a href="/mact/-2627590#-7344285">41-moddada</a> koʻzda tutilgan farqlovchi emblemaga ega boʻladi. Ular harbiy harakatlar boshida yoki davomida nizolashayotgan tomonlar oʻrtasida oʻzaro kelishilgan boshqa har qanday signallar beradigan tanitish moslamasi yoxud belgilariga ega boʻlishi ham mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344277" id="-7344277">Boshqacha mazmundagi bitimlar mavjud boʻlmagan taqdirda, dushman hududi yoki u egallab olgan hudud ustidan uchish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344278" id="-7344278">Sanitar uchish apparatlari qoʻnish toʻgʻrisidagi har qanday talabga boʻysunishlari shart. Uchish apparati talabga binoan yoʻlovchilari bilan birga yerga yoki suvga qoʻndirilgan hollarda, agar muayyan tekshiruv boʻlsa, tekshiruvdan soʻng u oʻz parvozini davom ettirishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344279" id="-7344279">Dushman hududi yoki dushman tomonidan egallab olingan hududda majburiy qoʻnish holatlarida, yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchraganlar, shuningdek, uchish apparatining ekipaji harbiy asirlarga aylanadilar. Sanitariya xizmati xodimlariga nisbatan <a href="/mact/-2627590#-7344264">36</a> va <a href="/mact/-2627590#-7344266">37-moddalarga</a> muvofiq holda muomala qilinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344280" id="-7344280">40-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344281" id="-7344281">Nizolashayotgan tomonlarning sanitar uchish apparatlari, mazkur moddaning <a href="/mact/-2627590#-7344282">ikkinchi xatboshida</a> qayd etilgan shartlar asosida, betaraf davlatlar hududi ustidan uchishi va u yerga zaruriyat tugʻilganda yoki oraliq toʻxtash joyi sifatida qoʻnishi mumkin. Ular betaraf Davlatlarni ularning hududi ustidan uchib oʻtishlari haqida oldindan xabardor qilishlari hamda yerga yoki suvga qoʻnish toʻgʻrisidagi har qanday talabga boʻysunishlari shart. Ular nizolashayotgan tomonlar va manfaatdor betaraf Davlatlar oʻrtasida tuzilgan bitimda maxsus koʻzda tutilgan muayyan yoʻnalish, balandlik va vaqt boʻyicha uchsagina hujumdan xoli boʻladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344282" id="-7344282">Lekin betaraf Davlatlar sanitar uchish apparatlarining oʻz hududlari ustidan uchishi yoki qoʻnishiga nisbatan shartlar yoki cheklashlar belgilashlari mumkin. Belgilanishi mumkin boʻlgan bunday talablar yoxud cheklashlar barcha nizolashayotgan tomonlar uchun bir xil qoʻllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344283" id="-7344283">Agar betaraf Davlatlar bilan nizolashayotgan tomonlar oʻrtasida boshqacha mazmundagi kelishuv mavjud boʻlmasa, mahalliy maʼmuriyatning roziligi asosida sanitar uchish apparatidan betaraf hududga tushirilgan yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchraganlar betaraf Davlat tomonidan shunday tartibda saqlab turilishi kerakki, toki ular xalqaro huquq talab etgan hollarda harbiy harakatlarda qaytadan ishtirok eta olmasinlar. Mazkur yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchraganlar mansub boʻlgan Davlat ularni gospitallarga joylashtirish hamda qurolsizlantirib ushlab turish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344284" id="-7344284">VI BOB. FARQLOVCHI EMBLEMA</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344285" id="-7344285">41-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344286" id="-7344286">Vakolatli harbiy maʼmuriyatning nazorati ostida oq rangli asosga tushirilgan qizil xoch emblemasi sanitariya xizmatlarining bayroqlarida, yengbogʻichlarida va ularga tegishli barcha ashyolarda tasvirlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344287" id="-7344287">Ammo, hozir oq rangli asosdagi qizil xoch oʻrniga oq rangli asosdagi qizil yarim oy yoki qizil sher va quyosh tasvirini ishlatayotgan mamlakatlar holatida, ushbu emblemalar teng asoslarda mazkur Konvensiya mazmunida eʼtirof etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344288" id="-7344288">42-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344289" id="-7344289"><a href="/mact/-2627590#-7344264">36</a> va <a href="/mact/-2627590#-7344266">37-moddalarda</a> qayd etilgan shaxsiy tarkib chap yengiga biriktirilgan namgarchilikdan yaroqsiz holga kelmaydigan, farqlovchi belgiga ega boʻlgan va harbiy maʼmuriyat tomonidan beriladigan va muhrlanadigan bogʻich taqib yuradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344290" id="-7344290">Ushbu shaxsiy tarkib <a href="/mact/-2627590#-7344193">19-moddada</a> koʻrsatilgan tanituvchi medalonga qoʻshimcha sifatida farqlovchi belgi bilan jihozlangan shaxsni tasdiqlovchi maxsus guvohnomaga ham ega boʻladi. Bu guvohnoma namgarchilikdan yaroqsiz holga kelmaydigan va choʻntakka sigʻadigan oʻlchamda boʻlmogʻi kerak. U tegishli davlatning tilida toʻldirilgan boʻlishi, unda kamida hujjat egasining ismi, familiyasi, tugʻilgan sanasi, unvoni va harbiy raqami, bundan tashqari, mazkur Konvensiya homiyligidan kim sifatida foydalanish huquqiga ega ekani haqidagi maʼlumotlar qayd etilishi kerak. Guvohnomada uning egasining rasmi, shuningdek, imzosi va barmoq izi yoxud ikkisidan biri boʻlishi zarur. Unda harbiy maʼmurlarning aniq bilinib turadigan qabariq muhri boʻlishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344291" id="-7344291">Shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar Oliy Ahdlashuvchi Tomonning qurolli kuchlari uchun bir xil andazada hamda, imkon qadar, barcha Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning qurolli kuchlari uchun imkon qadar bir turda boʻlishi kerak. Nizolashayotgan tomonlar misol sifatida mazkur Konvensiyaga <a href="/mact/-2627590#-7344430">ilova</a> qilingan guvohnoma namunasiga asoslanishlari mumkin. Harbiy harakatlar boshlanishida ular bir-birlarini oʻzlari qabul qilgan namuna toʻgʻrisida xabardor qiladilar. Har bir guvohnoma iloji boʻlsa kamida ikki nusxada tayyorlanishi kerak va ulardan biri ushbu shaxs tegishli boʻlgan Davlat ixtiyorida saqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344292" id="-7344292">Yuqorida koʻrsatilgan shaxsiy tarkib farqlovchi belgilaridan yoki guvohnomasidan va yengida bogʻich bogʻlab yurish huquqidan mahrum etilishi qatʼiyan mumkin emas. Ular yoʻqotib qoʻyilgan taqdirda, yoʻqotgan shaxs guvohnoma va bogʻich dublikatlarini olish huquqiga ega.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344293" id="-7344293">43-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344294" id="-7344294"><a href="/mact/-2627590#-7344220">22</a>, <a href="/mact/-2627590#-7344225">24</a>, <a href="/mact/-2627590#-7344228">25</a> va <a href="/mact/-2627590#-7344232">27-moddalarda</a> koʻrsatilgan kemalar quyidagi jihatlari bilan farqlanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344295" id="-7344295">a) tashqi tomoni toʻlaligicha oq rangda boʻlishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344296" id="-7344296">b) dengizda va havodan ravshan koʻrinib turishini taʼminlash maqsadida iloji boricha kattaroq hajmdagi bitta yoki bir nechta toʻqqizil rangdagi xoch belgisi kema korpusining har bir tomonida va yuqori qismlarida tasvirlangan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344297" id="-7344297">Barcha gospital kemalar oʻzlarini tanitish maqsadida milliy bayroqlarini koʻtarishlari, bundan tashqari, agar ular betaraf Davlatga mansub boʻlsalar, oʻzlari ixtiyoriga oʻtgan nizolashayotgan tomon bayrogʻini osib qoʻyishlari zarur. Oq rangli asosdagi qizil xoch tasviri tushirilgan bayroq grotmachtada iloji boricha balandroqqa osib qoʻyilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344298" id="-7344298">Tibbiy xizmat tomonidan ishlatilayotgan gospital kemalarning qutqarish qayiqlari, qirgʻoqboʻyi qutqarish kemalari va barcha kichikroq kemalar oq rangga boʻyalishi hamda ravshan koʻrinib turuvchi toʻqqizil rangli xoch belgisiga ega boʻlishi, umuman, gospital kemalar uchun yuqorida belgilab qoʻyilgan farqlanish tizimiga amal qilishlari zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344299" id="-7344299">Yuqorida qayd etilgan kemalar tungi paytlarda va koʻrish imkoniyati cheklangan sharoitlarda oʻzlarini tegishli homiylikdan foydalanish huquqi bilan taʼminlashni istagan taqdirda, oʻzlari tasarrufida boʻlgan nizolashayotgan tomonning roziligi asosida oʻz boʻyoqlari va emblemalarining yetarli darajada ravshan koʻrinishi uchun zarur choralarni qoʻllash huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344300" id="-7344300">Dushman tomonidan <a href="/mact/-2627590#-7344244">31-moddaga</a> binoan vaqtincha ushlab qolingan gospital kemalar oʻzlari xizmatida yoki ixtiyorida boʻlgan nizolashayotgan tomonning bayrogʻini tushirib qoʻyishlari shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344301" id="-7344301">Basharti bosib olgan Davlat roziligi asosida qirgʻoqboʻyi qutqarish kemalari istilo etilgan bazalarda faoliyat koʻrsatishni davom ettirayotgan boʻlsalar, u xolda ushbu kemalarga dengizga chiqish chogʻida oq rangli asosdagi qizil xoch tasviri tushirilgan bayroq bilan birga, bu haqda barcha manfaatdor nizolashayotgan tomonlarni oldindan xabardor qilish sharti bilan, oʻz milliy bayroqlarini ham osib qoʻyishlari uchun ruxsat etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344302" id="-7344302">Ushbu moddaning qizil xoch emblemasiga tegishli barcha qoidalari <a href="/mact/-2627590#-7344285">41-moddada</a> qayd etilgan barcha boshqa emblemalar uchun ham teng asoslarda qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344303" id="-7344303">Nizolashayotgan tomonlar har doim gospital kemalarni farqlashga xizmat qiladigan nisbatan zamonaviy ommabop usullarni qoʻllash yuzasidan bitimlar imzolashga intiladilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344304" id="-7344304">44-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344305" id="-7344305"><a href="/mact/-2627590#-7344293">43-moddada</a> qayd etilgan farqlovchi belgilar tinchlik davrida ham, urush vaqtida ham, faqat ushbu moddada koʻrsatilgan kemalarnigina himoya qilish va belgilash maqsadlarida ishlatilishi mumkin; boshqa qaysidir xalqaro konvensiyada yoki barcha manfaatdor nizolashayotgan tomonlar oʻrtasida tuzilgan bitimda shartlashilgan muayyan holatlar bundan mustasno.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344306" id="-7344306">45-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344307" id="-7344307">Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning amaldagi qonunchiligi yetarli boʻlmagan hollarda, ular har doim <a href="/mact/-2627590#-7344293">43-moddada</a> koʻzda tutilgan emblemalardan foydalanishda suiisteʼmolchilik hollariga barham berish va uning oldini olish borasida zarur boʻlgan barcha choralarni koʻradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344309" id="-7344309">VII BOB. KONVENSIYANI BAJARISH</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344310" id="-7344310">46-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344311" id="-7344311">Nizolashayotgan tomonlarning har biri oʻzining bosh qoʻmondoni orqali yuqoridagi moddalarning batafsil bajarilishini taʼminlash bilan bir qatorda, mazkur Konvensiyaning umumiy prinsiplaridan kelib chiqib nazarda tutilmagan holatlar haqida ham gʻamxoʻrlik qilishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344313" id="-7344313">47-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344314" id="-7344314">Konvensiya himoyasi ostida boʻlgan yaradorlar, bemorlar, kema halokatiga uchraganlar, shaxsiy tarkib, kemalar va mol-mulkka nisbatan repressaliy qoʻllash taqiqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344316" id="-7344316">48-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344317" id="-7344317">Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar tinchlik va urush vaqtida ham mazkur Konvensiya matnini oʻz mamlakatlari ichida imkon qadar kengroq tarqatish, xususan, uni oʻrganish uchun harbiy, mumkin boʻlsa, fuqaroviy taʼlim sohasining oʻquv dasturlariga kiritish majburiyatini zimmasiga oladilar, toki uning prinsiplaridan butun aholi, shu jumladan, mojarolashayotgan qurolli kuchlar, sanitar va diniy xodimlar xabardor boʻlsin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344319" id="-7344319">49-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344320" id="-7344320">Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar Shveysariya Federal Kengashi yordamida, harbiy harakatlar vaqtida esa Homiy Davlatlar orqali mazkur Konvensiya rasmiy tarjimalarining matnlarini, shuningdek, uning qoʻllanilishini taʼminlash yoʻlida qabul qilingan qonunlar va qarorlarni bir-birlariga yetkazadilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344325" id="-7344325">VIII BOB. SUIISTEʼMOLCHILIKLAR VA QOIDABUZARLIKLARNING OLDINI OLISH</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344328" id="-7344328">50-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344329" id="-7344329">Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar keyingi moddada koʻrsatilgan mazkur Konvensiya qoidalarining u yoki bu jiddiy buzilishini sodir etgan yoki bu haqda buyruq bergan shaxslar uchun samarali jinoiy javobgarlikni taʼminlash maqsadida zarur boʻlgan qonunchilikni kuchga kiritish yuzasidan oʻz zimmasiga tegishli majburiyat oladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344331" id="-7344331">Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri qoidalarning u yoki bu jiddiy buzilishini sodir etganlikda yoxud bu haqda buyruq berganlikda ayblanayotgan shaxslarni qidirib topish va qaysi mamlakat fuqarosi ekanidan qatʼi nazar, ularni oʻz sudiga topshirishni zimmasiga oladilar. Tegishli tomon agar xohlasa, oʻz qonunchiligiga muvofiq ularni sud qilish uchun boshqa manfaatdor Oliy Ahdlashuvchi Tomon ixtiyoriga berishi ham mumkin. Buning uchun ushbu manfaatdor Oliy Ahdlashuvchi Tomon ana shu shaxslarni ayblash uchun asos boʻla oladigan dalillarga ega boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344332" id="-7344332">Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri keyingi moddada sanab oʻtilgan jiddiy qoidabuzarliklar bilan bir qatorda, mazkur Konvensiya qoidalariga zid boʻlgan boshqa har qanday xatti-harakatlarga ham barham berish uchun zarur choralarni koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344333" id="-7344333">Har qanday sharoitda ayblanuvchi shaxslar tegishli sud protsedurasi va himoyalanish huquqi kafolatlaridan foydalanadilar. Bu kafolatlarning foydasi Harbiy asirlar bilan qilinadigan muomala toʻgʻrisida 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva Konvensiyasining <a href="/mact/-2660045#-7349200">105-moddasida</a> va undan keyingi moddalarida koʻzda tutilgan kafolatlarnikidan kam boʻlmasligi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344337" id="-7344337">51-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344338" id="-7344338">Yuqoridagi moddada qayd etilgan jiddiy qoidabuzarliklar qatoriga mazkur Konvensiya homiyligidan foydalanayotgan shaxslar yoki mol-mulkka qarshi qaratilgan quyidagi qoidabuzarlik harakatlari kiradi: qasddan oʻldirish, qiynoqqa solish va gʻayriinsoniy munosabatda boʻlish, shu jumladan, biologik tajribalar oʻtkazish, ataylab ogʻir azoblar yoki jiddiy shikast yetkazish, sogʻliqqa ziyon keltirish, harbiy zaruriyat taqozo qilmagan noqonuniylik va oʻzboshimchalik bilan keng koʻlamda mol-mulkni vayron etish yoki uni shu tarzda egallab olish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344341" id="-7344341">52-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344342" id="-7344342">Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning birontasiga oʻzini yoki boshqa Oliy Ahdlashuvchi Tomonni yuqoridagi moddada koʻzda tutilgan qoidabuzarliklar boʻyicha oʻzining yoxud biron-bir Ahdlashuvchi Tomonning zimmasiga yuklanadigan javobgarlikdan xalos etishi uchun ruxsat berilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344344" id="-7344344">53-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344345" id="-7344345">Nizolashayotgan tomonlardan birining iltimosiga binoan, Konvensiya qoidabuzarliklarining har qanday tasdigʻini tegishlicha aniqlashtirish yuzasidan manfaatdor tomonlar oʻrtasida oʻzaro kelishilgan tartibdagi aniqlash protsedurasi boshlanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344347" id="-7344347">Aniqlash protsedurasi masalasi boʻyicha bir bitimga kelishilmagan taqdirda, tomonlar oʻzaro kelishgan holda bu masalani hal etadigan arbitrni tanlab oladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344348" id="-7344348">Qoidabuzarlik aniqlanishi bilanoq nizolashayotgan tomonlar unga barham beradilar va imkon qadar qisqa fursatda aybdorni jazolash choralarini koʻradilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344357" id="-7344357">YAKUNIY QOIDALAR</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344358" id="-7344358">54-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344359" id="-7344359">Mazkur Konvensiya fransuz va ingliz tillarida tayyorlangan. Har ikki tildagi matn bir xil kuchga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344360" id="-7344360">Shveysariya Federal Kengashi Konvensiyaning rus va ispan tillariga rasmiy tarjimalarini taʼminlaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344363" id="-7344363">55-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344366" id="-7344366">Quyidagi sana qoʻyilgan mazkur Konvensiya 1949-yil 21-aprelda Jenevada ochilgan konferensiyaga vakil yuborgan barcha Davlatlar, shuningdek, ushbu konferensiyaga vakil yubormagan boʻlsa-da, lekin 1907-yil 18-oktabrda qabul qilingan Dengizdagi urushga nisbatan 1906-yilgi Jeneva Konvensiyasining asosiy qoidalarini qoʻllash toʻgʻrisidagi X Gaaga Konvensiyasi yoxud Harakatdagi armiyalardagi yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchraganlarning qismatlarini yengillashtirish toʻgʻrisidagi 1864, 1906 yoki 1929-yillardagi Jeneva Konvensiyalarida ishtirok etgan Davlatlar tomonidan 1950-yilning 12-fevraligacha imzolanishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344369" id="-7344369">56-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344371" id="-7344371">Mazkur Konvensiya imkon qadar tezroq ratifikatsiya qilinadi va ratifikatsiya yorliqlari saqlash uchun Bernga topshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344373" id="-7344373">Har bir ratifikatsiya yorligʻini topshirish haqida protokol tuziladi va uning tasdiqlangan nusxasi Konvensiyani imzolagan yoki unga qoʻshilish toʻgʻrisida bayonot bergan barcha Davlatlarga Shveysariya Federal Kengashi tomonidan topshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344376" id="-7344376">57-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344378" id="-7344378">Mazkur Konvensiya kamida ikkita ratifikatsiya yorligʻi saqlash uchun topshirilgandan soʻng oradan olti oy oʻtgach kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344380" id="-7344380">Kelgusida u har qaysi Oliy Ahdlashuvchi Tomon uchun mazkur tomonning ratifikatsiya yorligʻi saqlashga topshirilgan vaqtdan eʼtiboran oradan olti oy oʻtib kuchga kiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344383" id="-7344383">58-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344385" id="-7344385">Mazkur Konvensiya Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarda 1907-yil 18-oktabrda qabul qilingan Dengizdagi urushga nisbatan 1906-yil Jeneva Konvensiyasi asosiy qoidalarini qoʻllash toʻgʻrisidagi X Gaaga Konvensiyasining oʻrnini bosadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344387" id="-7344387">59-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344388" id="-7344388">Mazkur Konvensiya kuchga kirgan kunidan eʼtiboran ushbu Konvensiyani imzolamagan har qanday davlatning unga qoʻshilishi uchun ochiq hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344396" id="-7344396">60-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344397" id="-7344397">Har bir qoʻshilish toʻgʻrisida Shveysariya Federal Kengashiga yozma ravishda bayonot beriladi va ushbu bayonot, kelib tushgan kunidan boshlab olti oy vaqt oʻtgach, kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344399" id="-7344399">Shveysariya Federal Kengashi Konvensiyani imzolagan yoki unga qoʻshilish toʻgʻrisida bayonot bergan barcha davlatlarni qoʻshilish toʻgʻrisida xabardor qiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344401" id="-7344401">61-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344403" id="-7344403"><a href="/mact/-2627590#-7344093">2</a> va <a href="/mact/-2627590#-7344097">3-moddalarda</a> koʻzda tutilgan holatlar saqlashga topshirilgan ratifikatsiyalarni, shuningdek, nizolashayotgan tomonlar harbiy harakatlardan yoki istilodan oldin yo keyin qoʻshilish toʻgʻrisida bergan bayonotlarni darhol kuchga kirishini taʼminlaydi. Shveysariya Federal Kengashi ratifikatsiya yoki nizolashayotgan tomonlarning qoʻshilishi haqida olingan bayonotlar toʻgʻrisida eng tezkor yoʻllar bilan xabar yetkazadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344406" id="-7344406">62-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344408" id="-7344408">Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri mazkur Konvensiyani denonsatsiya qilish imkoniyatiga ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344410" id="-7344410">Denonsatsiya qilish toʻgʻrisida Shveysariya Federal Kengashiga yozma ravishda bayonot beriladi va u denonsatsiya qilish toʻgʻrisida barcha Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning hukumatlarini xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344413" id="-7344413">Denonsatsiya u haqda Shveysariya Federal Kengashiga yozma bayonot berilgandan bir yil oʻtgachgina kuchga kiradi. Shu bilan birga, Davlat mojaroda ishtirok etgan vaqtda denonsatsiya toʻgʻrisida bayonot bergan boʻlsa, u tinchlik bitimiga kelishilmaguncha va har holda, mazkur Konvensiya homiyligidan foydalanayotgan shaxslarni ozod etish va oʻz vatanlariga qaytarish boʻyicha ishlar tugallanmagungacha kuchga kirmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344414" id="-7344414">Denonsatsiya bu haqda bayonot bergan Davlatga nisbatangina kuchga egadir. U nizolashayotgan tomonlar zimmasiga xalqaro huquq prinsiplaridan kelib chiqib yuklanadigan majburiyatlarga hech qanday taʼsir etmaydi. Chunki, bu majburiyatlar maʼnaviy-madaniy taraqqiy etgan xalqlar oʻrtasidagi odatlar, insoniylik qonun-qoidalari va jamoatchilikning vijdon amridan kelib chiqadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7344418" id="-7344418">63-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344420" id="-7344420">Shveysariya Federal Kengashi mazkur Konvensiyani Birlashgan Millatlar Tashkiloti kotibiyatida roʻyxatdan oʻtkazadi. Shveysariya Federal Kengashi, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti kotibiyatiga ushbu Konvensiya yuzasidan olingan barcha ratifikatsiyalar, qoʻshilishlar va denonsatsiya qilishlar toʻgʻrisida xabar berib boradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7344421" id="-7344421">Ushbuni tasdiqlash uchun quyida imzo chekuvchilar tegishli vakolatlarni taqdim etgan holda mazkur Konvensiyani imzoladilar. Jenevada 1949-yil 12-avgustda fransuz va ingliz tillarida tuzildi; mazkur Konvensiyaning asl nusxasi Shveysariya Konfederatsiyasi arxivlarida saqlanadi, Konvensiyaning tasdiqlangan nusxalari esa Shveysariya Federal Kengashi tomonidan uni imzolagan yoki unga qoʻshilgan har bir Davlatga topshiriladi.</div></div><div class="TEXT_RIGHT"><div name="-7349195" id="-7349195">(imzolar)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7344430" id="-7344430"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-7344434" id="-7344434">ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-7344435" id="-7344435"><strong>Shaxsiy guvohnoma shakli</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7344473" id="-7344473"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7344487" id="-7344487"><img src="/files/7344486.jpg" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7344496" id="-7344496"><img src="/files/7344495.jpg" /></div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
