1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOSHKENT SHAHAR QURILISH KOMPLEKSINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Kapital qurilishni boshqarishning tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish, Toshkent shahar qurilish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish, pudrat ishlari bozorini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar pudrat qurilish tashkilotlari va qurilish industriyasi korxonalari “Toshkentqurilish” qurilish uyushmasi muassislarining uyushmani tugatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
2. “Toshkentqurilish” qurilish uyushmasini tugatish boʻyicha tugatish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*1-ilova berilmaydi.
Tugatish komissiyasi 2 oy muddatda “Toshkentqurilish” uyushmasini tugatish, shuningdek uning majburiyatlari va talablari masalalarini hal etish ishlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi PQ-3050-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Toshkent shahar hokimligi:
Departamentning mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, shaharning qurilish kompleksi pudrat qurilish tashkilotlari, qurilish industriyasi, mexanizatsiyalash va transport korxonalari bilan shartnoma asosidagi oʻzaro munosabatlari tartibini nazarda tutuvchi Qurilish va investitsiya dasturlari departamenti toʻgʻrisidagi Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qurilish, qurilish materiallari sanoati, uy-joy-kommunal xoʻjaligi, transport va aloqa kompleksi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
Toshkent shahar hokimligining budjetdan tashqari jamgʻarmalarini koʻrsatib oʻtilgan Departamentni moliyalash manbai etib belgilasin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 17-iyundagi 301-son qaroriga 2-ilovaga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Toshkentuyjoyinvestqurilish” Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasini tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 13-apreldagi 145-son qarorining 3 va 4-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N.Toʻlaganov va Toshkent shahar hokimi R.M.Shoabdurahmonov zimmasiga yuklansin.