1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish]
Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sanoatda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishga va mahsulot tannarxini pasaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 22-yanvardagi 8-son qaroriga muvofiq hamda chetdan olib kirilayotgan va sotilayotgan maishiy elektr priborlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida yangidan qurilayotgan binolar va inshootlarning energiya samaradorligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2016-yil 1-yanvardan boshlab:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
a) texnik hujjatlarida, markirovkasida va etiketkalarida energiya samaradorligining tegishli klassi toʻgʻrisidagi axborotlarning majburiy mavjud boʻlishi haqidagi talab ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha chetdan olib kirilayotgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotilayotgan maishiy elektr priborlariga tatbiq etiladi;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
b) maishiy elektr priborlarining energiya samaradorligi klasslarini aniqlash uchun “A”, “V”, “S”, “D”, “E”, “F”, “G” belgilari joriy etiladi. Bunda:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.03 Sertifikatlashtirish faoliyatiga talablar]
“A” klassi energiya samaradorligi eng yuqori boʻlgan maishiy elektr priborlarini belgilash uchun va tegishli ravishda “G” klassi — (tavsiflarini hisobga olgan holda) bir toifaga kiritilgan maishiy elektr priborlari jumlasidagi energiya samaradorligi eng kam boʻlgan maishiy elektr priborlarini belgilash uchun qoʻllanadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.03 Sertifikatlashtirish faoliyatiga talablar]
energiya samaradorligining “A+”, “A++” (ortib borishiga koʻra — A+”, “A++” va shu kabi) hamda undan yuqori qoʻshimcha klasslari “A” klassi uchun belgilangan energiya samaradorligi darajasidan oshadigan energiya samaradorligiga mansub boʻlgan maishiy elektr priborlarini belgilash uchun qoʻllanadi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.03.00 Olib kirishga cheklovlar va taqiqlar]
2. Texnik hujjatlarida, markirovkasida va etiketkalarida elektr samaradorligining tegishli klassi toʻgʻrisidagi axborotlar mavjud boʻlmagan ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan maishiy elektr priborlarini chetdan olib kirish 2016-yil 1-yanvardan boshlab, ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotish esa — 2016-yil 1-iyuldan boshlab taqiqlansin (ilgari foydalanishda boʻlgan maishiy elektr priborlarini sotish bundan mustasno).
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar boʻyicha savdo]
Bunda ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan, 2016-yil 1-yanvargacha “vaqtincha saqlash” va “bojxona ombori” bojxona rejimlarida joylashtirilgan maishiy elektr priborlari, istisno tariqasida erkin muomalaga chiqarilishi va 2016-yil 1-iyulgacha sotilishi mumkin.
3. Energiya samaradorligining “G” klassiga mansub boʻlgan maishiy elektr priborlarini chetdan olib kirish va sotish — 2017-yil 1-yanvardan boshlab, “F” klassidagilar uchun — 2018-yil 1-yanvardan boshlab va “E” klassidagilar uchun — 2019-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich taqiqlansin.
LexUZ sharhi
3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.16.00 Savdo qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik]
4. Belgilansinki, ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan, texnik hujjatlarida, markirovkasida va etiketkalarida energiya samaradorligining tegishli klassi toʻgʻrisidagi axborotlar mavjud boʻlmagan maishiy elektr priborlarini sotish va sotish maqsadida saqlash ushbu qarorda nazarda tutilgan muddatlar oʻtgandan keyin sotish qoidalarini buzish deb hisoblanadi va qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik choralari qoʻllanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.03 Standartlar boʻyicha davlat nazorati]
5. “Oʻzeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda ushbu Nizomga ilovada koʻrsatilgan maishiy elektr priborlarining texnik hujjatlarida, markirovkasida va etiketkalarida energiya samaradorligining tegishli klassi toʻgʻrisidagi axborotlar majburiy boʻlishi haqidagi talabni nazarda tutuvchi standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni 2015-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 9-oktabrdagi 23-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3686, 09.10.2025-y.).
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.02 Sertifikatlashtirish boʻyicha organlar]
6. “Oʻzstandart” agentligi mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning maishiy elektr priborlarining energiya samaradorligi boʻyicha muayyan klassga muvofiqligini baholash va tasdiqlash boʻyicha sinash (oʻlchash) laboratoriyalarining (markazlarining) hamda elektrotexnika mahsulotlarini sertifikatlash organlarining belgilangan tartibda akkreditatsiya qilinishini taʼminlasin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-sonli “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu qarorning talablariga muvofiq energiya samaradorligi klassi toʻgʻrisidagi tegishli axborotlar mavjud boʻlmagan maishiy elektr priborlarining chetdan olib kirilishiga va respublika hududida sotilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan nazorat oʻrnatsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi shaharsozlik normalari va qoidalarini ularda yangidan qurilayotgan binolar va inshootlarga nisbatan qoʻyiladigan energiya samaradorligi toʻgʻrisidagi tegishli talablarning mavjudligi yuzasidan olti oy muddatda qayta koʻrib chiqsin.
9. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2015-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
10. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Gʻ.I. Ibragimov va U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 9-aprel,
86-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 14-son, 171-modda, 2016-y., 25-son, 308-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2019-y., 09/19/860/3898-son)