1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.63.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalarini moliyalashtirish, moddiy texnika taʼminoti va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura);
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 13-avgustdagi 222-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 23-maydagi PQ-1971-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti kompleksi qurilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 13-avgustdagi 222-son qarorigailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 6-aprel,
83-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-apreldagi 83-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 13-avgustdagi 222-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
a) uchinchi xatboshidagi “ochiq aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari “aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Ishlar Boshqarmasining Qurilish birlashmasi” soʻzlari “Qurilish birlashmasi” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 6-bandning birinchi xatboshidagi “ochiq aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari “aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.