toggle_night_mode
Hujjat 06.04.2015 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi oliy biznes maktabining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, va davlat mulkidan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabining (keyingi oʻrinlarda — Oliy biznes maktabi) mazkur qaror 1-ilovasida keltirilgan roʻyxat boʻyicha obyektlarni tashkilotlarga operativ boshqarish huquqi asosida, bepul berish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi va Oliy biznes maktabi mazkur qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan obyektlarni bir oy muddatda belgilangan tartibda qabul qilib olinishi-topshirilishini shuningdek keyinchalik ulardan samarali foydalanilishini taʼminlasinlar.
3. Davlat raqobat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan belgilangan tartibda kelishilgan holda Oliy biznes maktabiga Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasidan uning asosli hisob-kitoblariga muvofiq loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va rekonstruksiya qilish, shuningdek, mazkur qarorning 1-ilovasi birinchi bandida koʻrsatilgan mulkiy majmuani jihozlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qaror 1-ilovasining birinchi bandida koʻrsatilgan mulkiy majmuani rekonstruksiya qilish doirasida quyidagilar belgilansin:
buyurtmachi — Oliy biznes maktabi;
bosh loyiha tashkiloti — “Tashgiprogor” AJ;
bosh pudratchi tashkilot — “Trest № 12” AJ.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 2-fevraldagi № 32-sonli “Korporativ boshqaruv markazini joylashtirish toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 2-aprel,
79-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-apreldagi 79-son qaroriga
1-ILOVA
Operativ boshqaruv huquqi asosida tashkilotlarga begʻaraz topshirilgan obyektlar
ROʻYXATI

T/r

Obyektlar nomi

Oʻrnashgan joyi

Balans saqlovchi

Obyekt topshirilayotgan tashkilot nomi

1.

Mulkiy majmua *

Toshkent sh., Mirobod tumani, Mirabod koʻchasi, 25-uy

Davlat raqobat qoʻmitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabi

2.

“Viardot” mehmonxona majmuasi

Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Belarik koʻchasi, 18 va 22-uylar.

Davlat raqobat qoʻmitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabi

3.

7 qavatli binoning 5 — 7 qavatlari **

Toshkent shahar, Mirobod tumani, Shahrisabz koʻchasi, 42-uy

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabi

Davlat raqobat qoʻmitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi

* “Ipak Yoʻli” AITBning toʻgʻridan toʻgʻri shartnomasi asosida sotilgan binolardan, konsert zali binosidan, bir va ikki qavatli binolarning tegishli qismlaridan, shuningdek kafe sifatida foydalanilayotgan joylardan tashqari.
** Obyektni qabul qilish-topshirish Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod koʻchasi, 25-uy manzilida joylashgan mulkiy kompleks rekonstruksiya qilingandan va unda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabi joylashtirilgandan keyin amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-apreldagi 79-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
2. Vazirlar Mahkamasining “Oliy biznes maktabining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 19-fevraldagi 48-sonli qarorining 1 va 2-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini samarali tasarruf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 28-martdagi 75-sonli qaroriga 2-ilovada:
a) “Oʻlcham (binolar va inshootlar, % ulush)” ustunidagi 6-pozitsiyada “12 031” raqami “5 031” raqami bilan almashtirilsin.
b) 12-pozitsiya kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.