1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KORPORATIV BOShQARUV MARKAZINI JOYLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-apreldagi 79-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi oliy biznes maktabining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabining Korporativ boshqaruv markazi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Toshkent davlat texnika universiteti balansidagi Toshkent shahri, Shahrisabz koʻchasi, 42-uy manzilida joylashgan binoning 6 va 7-qavatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabi balansiga tasarruf etish huquqisiz berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabi ushbu binoning 6-7-qavatlarini Korporativ boshqaruv markazini joylashtirish uchun balansiga qabul qilib olsin hamda uni saqlash va samarali foydalanish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Korporativ boshqaruv markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 4-iyuldagi 304-son qarorigailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 2-fevral,
32-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 2-fevraldagi 32-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Korporativ boshqaruv markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 4-iyuldagi 304-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar