1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.03 Ruxsat berish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tadbirkorlik subyektlarining O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida temir yo‘l transporti sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish yuzasidan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq, shuningdek temir yo‘l transporti sohasida tadbirkorlik subyektlarining ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishining yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Harakatlanadigan tarkibning umumiy foydalaniladigan temir yo‘llarga chiqishi uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq;
Temir yo‘l shoxobcha yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilishda ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bir oy muddatda o‘zlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bir oy muddatda ushbu qarorning maqsadlari, mazmuni va amaliy ahamiyati tadbirkorlik subyektlari orasida keng yoritilishi yuzasidan tadbirlar tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 31-mart,
72-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 13-son, 153-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)