1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.16.00 Pensiyalarni tayinlash va toʻlash;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.11 Nafaqalarni tayinlash, qayta hisoblash va toʻlash. Boshqa masalalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
3.Iqtisodiyot / Aloqa]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISh VAZIRLIGINING
Qarori
“O`ZBEKISTON POCNTASI” AJning pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 24-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2394-2]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018-yil 19-yanvardagi 9 va 160-mh-sonli “O`ZBEKISTON POCNTASI” AJning pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2394-3, 01.02.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2015-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-son Qonuni)”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2012-yil 15-avgustdagi 58, 10-8/2927-sonli qarori (roʻyxat raqami 2394, 2012-yil 28-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 40-son, 470-modda) bilan tasdiqlangan “O`ZBEKISTON POCNTASI” AJning pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomagailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 16-mart,
23-son
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X. MIRZAXIDOV
Toshkent sh.,
2015-yil 16-mart,
99-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2015-yil 16-martdagi 23, 99-mh-son qaroriga ILOVA
“O`ZBEKISTON POCNTASI” AJning pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddimada “Ikkinchi jahon urushi” degan soʻzlar “1941 — 1945-yillardagi urush” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbek tilidagi matnning 38-bandi “a” kichik bandidagi “nizomning” degan soʻz “Yoʻriqnomaning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar “O`ZBEKISTON POCNTASI” AJ va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
“OʻZBEKISTON POCNTASI” AJ Bosh direktori R. QOSIMOV
2015-yil 16-mart
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2015-yil 16-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 12-son, 143-modda)