1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar;
3.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2015-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-son Qonuni)
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2015-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2015-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-dekabr,
372-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2015-yil 1-yanvardan boshlab kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi “b”-”j”-bandlariga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni toʻlashga xarajatlarni qoplash uchun mablagʻlarni yuridik shaxslardan belgilangan tartibda undirib olishni tashkil etish”;
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi “b” — “j”-bandlariga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni toʻlashga sarflangan mablagʻlarni yuridik shaxslardan regress daʼvolar boʻyicha belgilangan tartibda undirib oladi”;
v) 29-bandning birinchi xatboshidagi “Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining qaroriga muvofiq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 33-bandning oltinchi xatboshiga “boʻlimlari boshliqlarini” soʻzlaridan keyin “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari raislari oʻrinbosarlarini” soʻzlari qoʻshilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 89-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2022-y., 09/22/89/0164-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 1-son, 4-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2022-y., 09/22/89/0164-son, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son; 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)