1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 15, 17, 18, va 20-moddalariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasida Uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olishning yagona tizimi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.09.00 Uy-joy fondidan yashashga moʻljallangan uylar va yashashga moʻljallangan xonalarni chiqarib tashlash]
Uylar va turar joylarni uy-joy fondiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.04.00 Turar joy binolarini noturar joy binolariga oʻzgartirish. Noturar joy binosini tura joy binosiga oʻzgartirish.]
Uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
(1-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
2. “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi texnik inventarizatsiya kadastrlar hududiy byurolari faoliyatiga uslubiy rahbarlikni, shuningdek uy-joy fondi yigʻma kadastrining yuritilishini taʼminlaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-son qarori tahririda – OʻR QT, 2001-y., 2-son, 10-modda)
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olishning yagona tizimi toʻgʻrisidagi nizom amalga kiritilgunga qadar tuzilgan inventar hujjatlar yigʻma jildi, roʻyxatdan oʻtkazish daftarlari va boshqa hujjatlar haqiqiy hisoblanadi.
4. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Uylar va xonalarning texnik va sanitar ahvolini tekshirish hamda ularning yashash uchun yaroqsizligini tan olish toʻgʻrisida, shuningdek, ularni boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qayta sozlashni yoki buzishni amalga oshirish toʻgʻrisida” 1985-yil 6-dekabrdagi 605-son qarori (OʻzSSR QT, 1985-y., 12-son, 58-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 20-yanvar,
18-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-yanvardagi 18-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olishning yagona tizimi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy fondini, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, davlat yoʻli bilan hisobga olishning yagona tizimini belgilaydi va koʻchmas mulk davlat kadastrining tarkibiy elementi hisoblanadi.
2. Uy-joy fondi obyektlarining joylashgan oʻrni, son va sifat tarkibi, texnik holati, obodonlashtirish darajasi va ularning qiymati toʻgʻrisida maʼlumot olish hamda ushbu koʻrsatkichlarni oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olishning asosiy vazifasi hisoblanadi.
3. Insonning yashashi uchun yaroqli boʻlgan turar joylar, shu jumladan, uylar, kvartiralar, xizmat turar joylari, maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolgʻiz keksalar internat-uylari, shuningdek, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadlar uchun moʻljallangan uylar) davlat yoʻli bilan hisobga olinadi.
Uylar va turar joylarni uy-joy fondiga kiritish, ularni uy-joy fondidan chiqarish, Uylar va turar joylarni uy-joy fondiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga, Uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasining uy-joy toʻgʻrisidagi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olishning yagona tizimi texnik (tezkor) va rasmiy statistika hisobini oʻz ichiga oladi.
Texnik inventarizatsiya oʻtkazish va uylar hamda turar joylarga egalik huquqini va boshqa mulkiy huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi uchun hisobga olishning yagona tizimi boʻyicha uy-joy fondini, uning qaysi idoraga qarashliligi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, texnik hisobga olish davlat yoʻli bilan hisobga olishning asosini tashkil etadi.
Uylar va turar joylarni texnik hisobga olish hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida koʻchmas mulk davlat kadastrini yuritish toʻgʻrisida” 1997-yil 2-iyundagi 278-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Uy-joy fondini texnik hisobga olishni yuritish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tumanlar va shaharlar texnik inventarizatsiya kadastr byurolariga yuklanadi.
5. Tumanlar, shaharlar texnik inventarizatsiya kadastr byurolari uy-joy fondini, uning qaysi idoraga qarashliligi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, texnik hisobga olishni amalga oshiradilar.
6. Uy-joy fondini rasmiy statistik hisobga olish texnik inventarizatsiya kadastr byurolari tomonidan taqdim etilgan uy-joy fondini davlat statistika kuzatuvi shakllarini umumlashtirish asosida, statistika ishlarining har yilgi dasturlarida belgilanadigan davrlar boʻyicha va muddatlarda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Uy-joy fondini davlat statistika kuzatuvi shakllari, ularni toʻldirish va taqdim etish metodologiyasi, tartibi hamda muddati “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
(6-band ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-son qarori tahririda – OʻR QT, 2001y., 2-son, 10-modda)
Uy-joy fondini texnik hisobga olish koʻrsatkichlari rasmiy statistik hisobga olish koʻrsatkichlariga mos boʻlishi kerak.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.06.00 Inventarizatsiya qilish va qayta baholash, qayta baholash, hisobdan chiqarish]
uy-joy fondini texnik inventarizatsiyalashga;
uylar va turar joylarning texnik holatini nazorat qilishga;
uylar va turar joylarni baholashga va qayta baholashga, shu jumladan, soliq olish maqsadida baholashga va qayta baholashga;
axborot va konsultativ xizmat koʻrsatish va uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olish bilan bogʻliq boshqa faoliyatni amalga oshirishga majburdirlar.
8. Uy va turar joyning inventar yigʻma jildi uy yoki turar joy foydalanish uchun qabul qilib olinayotganda yoxud turar joy uy-joy fondiga kiritilayotganda tuziladi.
Keyingi texnik hisobga olish uylar va turar joylarni vaqti-vaqti bilan rejali xatlashlar oʻtkazish yoʻli bilan besh yilda kamida bir marta, shuningdek rejadan tashqari tekshirishlar jarayonida hisobga olish koʻrsatkichlari oʻzgarishlari aniqlanishiga qarab amalga oshiriladi.
9. Inventarizatsiya maʼlumotlari va uy-joy fondini texnik hisobga olishning boshqa maʼlumotlari, agar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagi hollarda qoʻllanish uchun majburiydir:
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatini roʻyxatdan oʻtkazishda;
(9-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
uy-joy fondi obyektlariga kadastr tartib raqamlari berishda.
10. Uylar va turar joylarni rejali texnik inventarizatsiyalash texnik inventarizatsiya kadastrlari byurosi tomonidan ular mulkdorlarining mablagʻlari hisobiga, joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadigan stavkalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Rejadan tashqari tekshirishlar uylar va turar joylar mulkdorlarining buyurtmanomalariga koʻra, shartnoma narxlari boʻyicha texnik inventarizatsiya kadastrlar byurosi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
11. Qurilishi tugallangan uy va turar joyga ijroni hisobga olish texnik hujjati texnik inventarizatsiya kadastr byurosi tomonidan tuziladi, qabul komissiyasi buyurtmachisi (imorat soluvchi) tomonidan koʻrsatilgan hujjatlar tarkibiga kiritiladi.
12. Uy va turar joyning inventar yigʻma jildidan olingan maʼlumotlar ayrim turlaridan koʻchirmalar va nusxalar mustaqil hujjatlarni tashkil etadi, ularni berish tartibi joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.
13. Uylar, turar joylarni hisobga olish davlat kadastri yagona tizimining boshqa kadastrlar bilan texnologik aloqalarini taʼminlovchi avtomatik boshqarish tizimi vositalarini qoʻllagan holda uy-joy fondi reyestrini yuritish yoʻli bilan texnik inventarizatsiya kadastr byurosi tomonidan amalga oshiriladi.
14. Uy-joy fondining hisobga olish — texnik, hujjatlar yigʻma jildi, roʻyxatdan oʻtkazish daftarlari, inventar hujjatlar yigʻma jildida shakllangan roʻyxatdan oʻtkazilgan hujjatlarning nusxalari, boshqa inventarizatsiya hujjatlari texnik inventarizatsiya kadastr byurosi arxivida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlarida saqlanadi.
Texnik inventarizatsiya kadastr byurosi arxivlari Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxiv fondiga kiradi va joylardagi davlat hokimiyati organlari foydalanishida boʻlgan respublika mulki hisoblanadi.
Texnik inventarizatsiya kadastr byurosi arxivlarining begonalashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
15. Texnik inventarizatsiya kadastr byurosi va boshqa organlar mansabdor shaxslarining mazkur Nizom talablarining zarur darajada bajarilishi uchun javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-yanvardagi 18-son qaroriga 2-ILOVA
Uylar va turar joylarni uy-joy fondiga kiritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Mazkur Nizom uylar va turar joylarni uy-joy fondiga kiritish asoslari va shartlarini tartibga soladi.
2. Uy-joy fondi — inson yashashi uchun yaroqli boʻlgan turar joydan, shu jumladan, uylar, kvartiralar, xizmat turar joylari, maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar, internat-uylar, shuningdek, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar)dan iborat boʻlgan fond.
3. Uylar va turar joylar uy-joy fondiga belgilangan tartibda kiritilishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.05.00 Tugallangan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish]
4. Qurilish tugallangandan keyin uylar va turar joylarni, mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishlaridan qatʼi nazar, foydalanishga qabul qilib olish tuman, shahar hokimi tomonidan tayinlanadigan qabul qilish komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
5. Uy yoki turar joyni quruvchi (mulkdor, ashyoviy huquq egasi) mulkka egalik qilish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish va uy yoki turar joyni keyinchalik uy-joy fondiga kiritish uchun tuman, shahar texnik inventarizatsiya kadastr byurosiga:
a) joylardagi davlat hokimiyati organining uy qurish uchun yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qarorini yoki ushbu organlarning turar joy qurishga ruxsatnomasini, shuningdek, qabul qilish komissiyasining uyni yoki turar joyni foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi tuman, shahar hokimi tomonidan tasdiqlangan dalolatnomasini;
b) oʻzboshimchalik bilan tiklangan imorat majburiy tartibda davlat mulkiga olib qoʻyilgan hollarda uni olib qoʻyish toʻgʻrisida sudning qarorini;
v) qonunda nazarda tutilgan hollarda egasiz imoratni davlat mulkiga olib qoʻyish toʻgʻrisida sudning qarorini;
g) uy yoki turar joyning qavatma-qavat rejasini;
d) joylardagi davlat hokimiyati organlarining uyga yoki turar joyga egalik qilish huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qarorini;
e) uyga yoki turar joyga egalik qilish huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan qarorini taqdim etadi.
6. Ayrim hollarda tuman, shahar texnik inventarizatsiya kadastr byurosiga qurish uchun yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qaror oʻrniga yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini tasdiqlovchi davlat dalolatnomasi taqdim etilishi mumkin.
7. Bogʻdorchilik va boshqa yer uchastkalarida joylashgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 9-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan imoratlarga ega boʻlgan shaxslar shu imoratlarni uylar sifatida rasmiylashtirishni va ularni uy-joy fondiga kiritishni talab qilishga haqlidirlar. Ushbu talablar ular tomonidan tuman, shahar texnik inventarizatsiya kadastr byurosiga joylardagi davlat hokimiyati organlarining bogʻdorchilik shirkatlari va boshqa shirkatlar (kooperativlar) uchun yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qarori hamda tuman, shahar hokimining koʻrsatib oʻtilgan imoratlarni uylar sifatida rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarori taqdim etilgan taqdirda qondirilishi mumkin.
uy-joylardagi savdo, maishiy va nosanoat tusidagi boshqa ehtiyojlar uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan joylar;
uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida tiklangan, ularda fuqarolarning qancha vaqt yashashidan qatʼi nazar, mavsumiy va vaqtincha yashash uchun moʻljallangan imoratlar va joylar;
oʻzboshimchalik bilan qurilgan uylar va turar joylar;
turar joylarga qoʻyiladigan talablarga javob bermaydigan imoratlar va joylar kiritilmaydi.
9. Mulkdor tomonidan taqdim etilgan mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlar asosida tuman, shahar texnik inventarizatsiya kadastr byurosi uyga yoki turar joyga egalik qilish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi hamda roʻyxatdan oʻtkazilgan mulkka egalik qilish huquqi toʻgʻrisida hujjat beradi, bu uy yoki turar joy uy-joy fondiga kiritilganligi toʻgʻrisida guvohnoma boʻlib hisoblanadi.
10. Uylar va turar joylarni davlat tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida koʻchmas mulk davlat kadastrini yuritish toʻgʻrisida” 1997-yil 2-iyundagi 278-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
11. Uy-joy mulkdorlari boʻlgan yuridik shaxslar, uy-joyga xizmat koʻrsatish va ularni tuzatish boʻyicha boshqaruvchi tashkilotlar uy-joy fondining boshlangʻich hisobini yuritadilar, ularning mulkida (balansida) boʻlgan yoki ular xizmat koʻrsatadigan uy-joy fondi, konstruktiv qarorlar tarkibi, qiymati hamda obodonlashtirish turlari mavjudligi va boshqalar toʻgʻrisidagi buxgalteriya va statistika hisobotini tuzadilar hamda yuqori turuvchi tashkilotlarga va davlat statistikasi mahalliy organlariga taqdim etadilar.
12. Texnik inventarizatsiya kadastr byurosi ham Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan belgilanadigan muddatlarda, mulkchilik shakllari va qaysi idoraga qarashliliklaridan qatʼi nazar, uy-joy fondi toʻgʻrisida tegishli statistika hisobotini tuzadi hamda ularni yuqori turuvchi tashkilotlarga va davlat statistikasi mahalliy organlariga taqdim etadi.
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-yanvardagi 18-son qaroriga 3-ILOVA
Uylarni va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Mazkur Nizom uylarni va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish asoslarini va shartlarini tartibga soladi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash]
2. Uylar va turar joylar mulkdorlari, uy-joylarga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha boshqaruvchi tashkilotlar muntazam ravishda rejali — ogohlantiruvchi va rejadan tashqari koʻriklar oʻtkazish yoʻli bilan uylar va turar joylarning texnik holati ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash]
3. Rejadan tashqari koʻriklar zilzilalar, sel toshqinlari, jalalar, dovulli shamollar, kuchli qor yogʻishlari, suv toshqinlari va stixiyali tusdagi boshqa hodisalar, uylar joylashgan hududdagi uylarning alohida elementlarini va ularni butunlay shikastlashi mumkin boʻlgan harbiy harakatlardan keyin, issiqlik, suv, elektr taʼminoti tizimlaridagi avariyalardan keyin va poydevorlar va elementlarning deformatsiyalanishi aniqlanganda majburiy tartibda oʻtkazilishi kerak.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash]
4. Barcha texnik koʻriklar natijalari dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi va uylar yoki turar joylar mulkdori (uy-joylarga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha boshqaruvchi tashkilot)da turishi kerak boʻlgan uy yoki turar joyning texnik holatini hisobga olish hujjatlarida yoki inventar hujjatlar yigʻma jildida aks ettiriladi.
5. Uy yoki turar joy mulkdori arizasiga koʻra yoki uy-joylarga xizmat koʻrsatish boʻyicha boshqaruvchi tashkilotning yozma xabariga koʻra, shuningdek, mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan hollarda, uyning yoki turar joyning, kimga qarashliligidan qatʼi nazar, texnik holatini aniqlash uchun tuman, shahar hokimi tomonidan komissiya tuziladi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash]
6. Uy yoki turar joyning texnik holatini aniqlash komissiyasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
tuman, shahar hokimi oʻrinbosari — komissiya raisi;
komissiya aʼzolari;
uy yoki turar joy mulkdori;
uy-joylarga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha boshqaruvchi tashkilot vakili;
issiqlik, suv, gaz va elektr bilan taʼminlovchi tashkilotlar vakillari.
7. Komissiya uyni yoki turar joyni koʻzdan kechirgandan va asboblar bilan tekshirgandan keyin:
fizik eskirishi (uy yoki turar joyning koʻrik oʻtkazilgan paytdagi texnik va u bilan bogʻliq boʻlgan boshqa foydalanish koʻrsatkichlarining yomonlashganlik darajasini mufassal koʻrsatgan holda);
mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatib oʻtilgan sabablar tufayli avariya holatiga tushishi oqibatida yashash uchun yaroqsiz holga kelgan uyni yoki turar joyni uy-joy fondidan chiqarish toʻgʻrisida yozma xulosa beradi.
8. Komissiya xulosasiga muvofiq tuman, shahar hokimi yashash uchun yaroqsiz boʻlgan uylar yoki turar joylarni boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qayta jihozlash yoxud ushbu uylar yoki turar joylarni buzish toʻgʻrisidagi tavsiyanoma bilan tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat, Toshkent shahar hokimiga murojaat qiladi.
9. Tuman, shahar hokimi tavsiyanomasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan yashash uchun yaroqsiz boʻlgan uylar yoki turar joylarni boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qayta jihozlash yoxud buzish toʻgʻrisida qaror chiqariladi. Bunda turar joylari avariya holatida yoki tabiiy ofatlardan jabrlangan deb eʼtirof etilgan fuqarolarga davlat tomonidan tekin uy-joy berish masalasi albatta hal qilingan boʻlishi kerak.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar hokimining uylar va uy-joylarni boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qayta jihozlanishi yoki buzilishi sababli uy-joy fondidan chiqarish toʻgʻrisidagi qarori tuman, shahar texnik inventarizatsiya kadastr byurosida roʻyxatdan oʻtkaziladi va reyestr daftariga tegishli yozuvlar kiritish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
a) joylardagi davlat hokimiyati organining tegishli qarori asosida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar yoki yuridik shaxslar mulki boʻlgan uylar (kvartiralar) buzilganda;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.09.00 Uy-joy fondidan yashashga moʻljallangan uylar va yashashga moʻljallangan xonalarni chiqarib tashlash]
b) turar joy Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari qaroriga koʻra yashash uchun moʻljallanmagan joylarga oʻtkazilgan hollarda ham uy-joy fondidan chiqariladi.
12. Yuridik shaxslar — uy-joy mulkdorlari, uy-joylarga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha boshqaruvchi tashkilotlar, texnik inventarizatsiya kadastr byurosi uy-joy fondining kamayganligi haqida tegishli statistik hisobot tuzadilar hamda ularni Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda yuqori tashkilotlarga va mahalliy statistika organlariga taqdim etadilar.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 1-son, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 3-4-son, 13-modda; 2005-y., 19-20-son, 143-modda; 2007-y., 9-10-son, 85-modda; 2009-y., 24-son, 269-modda; 2010-y., 51-son, 486-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2014-y., 23-son, 269-modda; 2017-y., 35-son, 931-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)